-
-
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Huquqshunoslik
Ushbu darslik talabalarga davlat va huquqning kelib chiqishi, jamiyat taraqqiyotida ulaming o‘mi, davlat, huquq, davlat shakllari, Konstitutsiya huquqi, uning maqsadi, vazifasi, boshqa huquq sohalari, ulaming inson hayotidagi o`rni to`g‘risidagi bilim asoslarini berishni nazarda tutadi.
-
Pul, kredit va banklar
Mazkur darslikda pul, kredit moliya nazariyalari haiqda ma`lumotlar batafsil yoritilgan bo`lib, bundan tashqari moliya tizimi, korxonalar moliyasi, inflatsiya, bank tizimi, xalqaro valuta-kredit munosabatlari va sug`urta ishi keng yoritilgan. Ushbu darslik Oliy o`qub yurtlari talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, undan kollej o`quvchilari va tijorat banklari xodimlari ham foydalanishlari mumkin.
-
Pedagogik mahorat
Ushbu darslikda muallif hozirgi kunda "Pedagogik mahorat" fanidan erishilgan eng so`nggi yutuqlar nuqtai nazaridan yondashgan. Darslikda ta`lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borayotgan o`qituvchilarga, tarbiyachilarga, pedagogik faoliyatga tayyorlanayotgan talabalarga kasbiy pedagogik mahoratni egallash hamda uni uzluksiz takomillashtirib borish to`g`risida har tomonlama mukammal tavsiyalar berilgan.
-
Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi
Darslikda beton va temir-beton buyumlari hamda mahsulotlarini ishlab chiqarish, xususan, ularni tayyorlash jarayonida issiqlik bilan ishlov berish, ushbu mahsulotlarni armaturalash, quyma temir-beton mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi, opalubkalar va uch qatlamli temir-beton konstruksiyalarini loyihalashtirish hamda ulardan foydalanish haqida batafsil ma`lumotlar berilgan.
-
Tikuv buyumlarini konstruksiyalash
Ushbu darslikda loyiha ishlarining nazariy asoslari va kiyim sifatini baholash usullari keltirilgan. Kiyimning yangi modellarini yaratishda qo`llanadigan zamonaviy loyihalash va texnik modellashtirish usullari yoritilgan. Darslikda O`zbekistonning iqlimiy sharoitini hisobga olgan holda kiyim loyixasining material xususiyatlari, aholi tipologiyasi, inson organizmining fiziologik o`zgarishiga bog`liq holda o`ziga xos xususiyatlari keltirilgan.
-
Qurilishda metrologiya, standartlashtirish va sifat nazorati
Darslik bino va inshootlarni loyihalash, konstruksiyalarni sinash va hisoblash, ularni qurilish jarayonida baholash (metrologiya, material va konstruksiyalarni tayyorlash jarayonida sifat nazoratini amalga oshirish, hamda standartlash ishlarini boshqarish va boshqa qurilishdagi dolzarb masalalarga bag`ishlangan).
-
Pedagogika
Mazkur darslik Pedagogika oliygohlari bakalavr yo`nalishining barcha sohalari bo`yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim davlat standartlari talablari asosida tuzilgan. Unda "Pedagigika nazariyasi va tarixi" kursi bo`yicha o`quv rejada ko`rsatilgan "Pedagogikaning umumiy asoslari", "Tarbiya nazariyasi", "Ta`lim nazariyasi (Didaktika)" bo`limlariga monand mavzular kiritilgan.
-
Bino va injenerlik tizimini qayta tiklash
Mazkur darslikda bino va injenerlik tizimini qayta tiklashning loyihalash masalalari majmuiy yoritilgan. Unda bino konstruksiyalarini tekshirish, ularning holatini va rekonstruksiya qilishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash usul va vositalari ko`rilgan. Konstruksiyalarni kuchaytirish va binolarni qayta tuzishni loyihalash bo`yicha tavsiyalar berilgan.
-
Moliya
Darslikda moliyaning mohiyati va funksiyalari, moliyaviy siyosat moliya tizimi, moliyaviy boshqaruv, moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash, moliyaviy nazorat, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar moliyasi, davlat byudjeti, byudjet daromadlari va xarajatlari, byudjet defitsiti, byudjet tizimi va tuzilmasi, byudjet jarayoni, davlat krediti, byudjetdan tashqari fondlar, ijtimoiy ta`minot, sug`urta, uy xo`jaliklari moliyasi va xalqaro moliyaga oid masalalr yoritilgan.
-
Elektr mashinalari
Darslikda turli sohlarda keng qo`llaniladigan transformatorlar, asinxron, sinxron va o`zgarmas tok mashinalarining tuzilishi, ishlash prinsipi, ularda bo`ladigan asosiy fizik jarayonlari va ish rejimlarini bayon etishda malakali mutaxassislar tayyorlash dasturiga mos holda amaliyot nuqtayi nazaridan yondashilgan.
-
Agrokimyo
Ushbu darslikda Agrokimyo fanining predmeti, vazifalari, tarixi, tekshirish uslublari, qonuniyatlari, o`simliklarning kimyoviy tarkibi va oziqlanishi, o`simliklar oziqlanish nuqtayi nazaridan tuproqlarning xossalari, o`g`itlar, ularning turlari, olinishi, qo`llanilishi, o`g`it qo`llash tizimini ishlab chiqish va asosiy qishloq xo`jalik ekinlarini `'g`itlash agrokimyoning ekologik muammolari bayon etilgan. Darslik universitet va qishloq xo`jalik oliy o`quv yurtlarining Tuproqshunoslik, agrokimyo va agrotuproqshunoslik ta`lim yo`nalishlari talabalari uchun mo`ljallangan.
-
Iqtisodiy-matematik modellar va usullar
"Iqtisodiy-matematik modellar va usullar" fani iqtisodiy jarayonlarning matematik modellarini va ularni dadqiq qilish usullarini o`rganadi. Mazkur darslikda iqtisodiy jarayonlarning statik va dinamik modellari o`rganilgan, ularni tekshirish uchun qator usullar keltirilgan. Shu usullar qatoridan yangi, ratsional usullar ham joy olgan. Darslikdan yosh o`qituvchilar, magistrantlar hamda aspirantlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Menejment nazariyasi
Ushbu darslikda menejment nazariyasining metodologik va nazariy menejmenti ilmini rivojlantirish, menejment nazariyasi qonunlari va tamoyillari, davlat ba hududiy menejment, tashkiliy tuzilish va menejer faoliyatini boshqarish, menejmentning vazifalari, usullari va texnologiyasi, menejment qarorlari, motivatsiya, nazorat va boshqa menejmentga oid masalalar yoritilgan.
-
Sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyasi asoslari
Ushbu darslikda atmosferani, gidrosferani va litosferani sanoat chiqindilaridan himoyalash usullari ko`rib chiqilgan. Gazsimon tashlanmalarni va oqova suvlarni turli sanoat chiqindilaridan tozalash usullari, hamda ba`zi ishlab chiqarishlarning, qattiq maishiy chiqindilarning, neft shlamlarining utilizatsiyalash va qayta ishlash usullari keltirilgan.
-
Axborot texnologiyasi va tizimlari
Ushbu darslikda axborotlashgan jamiyatni shakllantirishda axborot tizimlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq etishning nazariy, ham amaliy asoslari, ya`ni texnologiya, axborot texnologiyasi, rivojlanish bosqichlari, axborot, axborot resusrslari, avtomatlashtirilgan ish joylari va kompyuter tarmoqlari to`liq yoritilgan.
-
Sanoat chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi
Mazkur darslikda O`zbekistondagi ekologik ahvol, atrof-muhitni muhofaza qilishning huquqiy asoslari, biosferaning ekologik muammolari, atmosfera, gidrosfera hamda litosferani ifloslantiruvchi manbalar, chiqindilar normasini aniqlash to`g`risida tushuncha berilgan. Kitobda atmosfera havosini changdan, zaharli gazlardan tozalash, qattiq chiqindilarni qayta ishlash, noorganik va organik moddalar ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash usullari haqida fikr yuritilgan.