-
Рақамли тарих
Мазкур дарслик тарих таълими йўналиши талабалари учун мўлжалланган бўлиб, унда рақамли тарих фанининг мақсади ва вазифалари, тарихий жараёнларни англашда рақамли технологияларнинг ўрни ҳамда замонавий ёндашувлар ёритилган. Шунингдек, электрон манбалар, интернет, электрон кутубхоналар ва архивлардан фойдаланиш масалалари таҳлил қилинган.
-
Savdo boshqaruvi
"Savdo boshqaruvi: tahlil va qaror qabul qilish" darsligining ushbu o'ninchi nashrida savdo boshqaruvi sohasidagi eng yangi ilmiy tadqiqotlarni yetakchi savdo tashkilotlarining real faoliyatda qo'llanadigan eng ilg'or amaliyotlari bilan uyg'unlashtirish an'anasi davom ettiriladi.
-
Dorivor o'simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya
Mazkur darslik farmatsiya, sanoat farmatsiyasi, biotexnologiya, metrologiya va kasb ta’lim yo‘nalishlarining talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, dorivor o'simliklarning botanik tavsifi, morfologiyasi, tarqalishi, kimyoviy tarkibi, tibbiyotda qo'llanishi, o‘stirish texnologiyasi hamda xom-ashyosini yig‘ish va qayta ishlash masalalarini o'z ichiga oladi.
-
ДОРИВОР ЎСИМЛИКЛАР УРУҒЧИЛИГИ ВА КЎЧАТЧИЛИГИ
Ўқув қўлланмада доривор ўсимликларнинг уруғчилиги ва кўчатчилигига доир маълумотлар, жумладан, уруғларнинг ҳосилдорлигини белгилаш, тайёрлаш, сақлаш ва қайта ишлаш усуллари ҳамда парваришлаш агротехникаси атрофлича ёритилган. Қўлланма олий ўқуv юртлари бакалавриат ва магистратура талабалари, соҳа мутахассислари ҳамда ўрмон хўжалиги ходимлари учун мўлжалланган.
-
Seed Science and Technology: Biology, Production, Quality
This book provides a comprehensive overview of seed science and technology, covering key aspects such as seed biology, seed production, and seed quality assessment and enhancement. Written by prominent experts, it serves as a valuable reference for students, researchers, and professionals in the seed sector.
-
Seed Production and Technology
This book covers comprehensive topics on seed production and processing technologies, including seed treatment, seed certification, seed testing, and storage. It discusses the pre-harvest and post-harvest factors affecting seed quality, agronomic and genetic principles, and the role of quality seeds in agricultural success.
-
Dorivor o'simliklar biologiyasi va ekologiyasi
Darslikda dorivor o'simliklar biologiyasi va ekologiyasi fanining predmeti va metodlari, shakllanish tarixi, o'zbek olimlarining fanni rivojlantirishga qo'shgan hissasi, dorivor o'simliklarning ontogenez bosqichlari, hayotiy sikllari, hayotiy va reproduktiv strategiyalari, populyatsiyalari tuzilishi hamda O'zbekistonning turli mintaqalarida tarqalgan dorivor o'simliklarning bioekologik xususiyatlari yoritilgan.
-
Dorivor o‘simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya
Mazkur darslik farmatsiya, sanoat farmatsiyasi, biotexnologiya va metrologiya yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, dorivor o'simliklarning botanik tavsifi, morfologiyasi, tarqalishi, kimyoviy tarkibi, tibbiyotda qo'llanishi hamda ularni o'stirish va qayta ishlash texnologiyasiga oid ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
-
Propagation and Genetic Manipulation of Plants
Propagation and Genetic Manipulation of Plants is an edited academic book that covers various aspects of plant tissue culture, in vitro morphogenesis, micropropagation, and genetic modification techniques. It features contributions from international researchers discussing topics such as somaclonal variation, synthetic seed technology, and secondary metabolite production in various plant species. The book serves as a valuable resource for researchers and students in plant biotechnology and botan
-
Seed Science and Technology: Biology, Production, Quality
This book provides a comprehensive overview of seed science and technology, covering seed biology, production, quality assessment, and enhancement. It serves as a reference for graduate students, researchers, scientists, and seed professionals working in both public and private sectors.
-
FARMAKOGNOZIYA I QISM
Darslik farmakognoziya fanining amaldagi dasturi asosida yozilgan bo'lib, unda dorivor o'simliklar mahsuloti, ularning tasviri, o'sish joyi, yig'ish, quritish usullari, kimyoviy tarkibi, tahlil qilish, ishlatish va dorivor preparatlari to'g'risida to'liq ma'lumot keltirilgan. Kitob farmatsevtika institutlari talabalari, tibbiyot kollejlari o'quvchilari hamda mutaxassislarga mo'ljallangan.
-
Доривор ўсимликларни етиштириш технологияси
Ўқув қўлланмада Ўзбекистон флорасида учрайдиган маҳаллий ҳамда интродукция қилинган доривор дарахт-бута ва ўт ўсимликларнинг шифобахшлик хусусиятлари ва уларнинг инсон саломатлигини сақлашдаги аҳамияти ҳақида маълумотлар келтирилган. Асосий доривор дарахт-бута ва ўт ўсимликларни биоэкологик хусусиятлари, уларни кўпайтириш, парваришлаш ҳамда доривор хом-ашёсини тайёрлаш усулларига доир маълумотлар баён этилган.
-
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish
Mazkur darslik qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan dehqonchilikda mahsulot ishlab chiqarishdagi asosiy texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Unda ekinlarni yetishtirishda mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar, mashinalarni ishga tayyorlash, mashina va agregatlarning tuzilishi hamda ulardan samarali foydalanish qoidalari bayon etilgan.
-
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК ИШЛАБ ЧИҚАРИШИНИ МЕХАНИЗАЦИЯЛАШТИРИШ
Ушбу дарсликда Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқариши тизими ва ривожланиш истиқболлари, жаҳонда қишлоқ хўжалигини механизациялаштирилиши ҳақида умумий маълумотлар ҳамда қишлоқ хўжалик техникаларидан самарали фойдаланиш ва такомиллаштириш масалалари ёритилган. Бакалаврият таълимининг 5410100 - Агрокимё ва агротупроқшунослик йўналиши талабаларига тавсия этилган.
-
Muhandislik va kompyuter grafikasi
Ushbu o'quv qo'llanma Guliston davlat universiteti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, "Muhandislik va kompyuter grafikasi" fanidan nazariy va amaliy mashg'ulotlarni o'z ichiga oladi. Qo'llanmada nuqta, to'g'ri chiziq, tekislikning ortogonal proyeksiyalari, ko'pyoqliklar, ish chizmalari, aksonometrik proyeksiyalar va ularning hosil bo'lishi, qirqimlar hamda kesimlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
-
Muhandislik va kompyuter grafikasi
Darslik O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy va Orta mahsus ta'lim vazirligi tomonidan 5111000 - Kasb ta’limi (Dizayn (kostyum)) bakalavriat ta’lim yo’nalishi uchun tuzilgan namu naviy fan dasturi asosida yozildi. Kitob muhandislik grafikasi (chizma geometriya va chizmachilik) hamda kompyuter grafikasi (AutoCAD dasturida 2D va 3D formatda loyihalash) bo‘limlaridan iborat.