-
Tarix. Tarix fanlari
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Parole. 10 percorsi nel lessico italiano
Parole si propone di guidare il discente nei meandri abbastanza inesplorati del lessico italiano. Si propone di dare consapevolezza della rete dei rapporti esistenti fra le parole, di attivare conoscenze lessicali già esistenti, e di offrire lessico nuovo. Tra le vaste problematiche relative al lessico - aspetto centrale seppure a tutt'oggi molto trascurato dell'insegnamento linguistico - Parole ha individuato dieci diversi percorsi in aree diverse: 1. Antonimia, 2. Sinonimia, 3. Intensità, 4. Collocazione, 5. Polisemia, 6. Inclusione, 7. Connotazione, 8. Metafora, 9. Derivazione, 10. Residui e prestiti. Il libro si divide dunque in dieci parti corrispondenti a dieci gruppi di esercizi, numerosi e il più possibile variati, che ruotano intorno a ciascuno dei dieci temi prescelti affrontandoli da angolazioni diverse. Ogni gruppo di esercizi è preceduto da una breve introduzione che, senza nessuna pretesa di esaurire l'argomento, si offre al discente come guida a qualche riflessione teorica. Parole si rivolge a studenti di italiano come L2 con competenze diversificate, giacché la difficoltà degli esercizi non è omogenea nemmeno all'interno di ciascun blocco.
-
Pancasila & Ketahanan Jati Diri Bangsa: Panduan Kuliah di Perguruan Tinggi
Buku ini disusun sebagai panduan perkuliahan di perguruan tinggi mengenai Pancasila dan ketahanan jati diri bangsa Indonesia. Di tengah arus globalisasi dan tantangan ideologi, buku ini hadir untuk memberikan pemahaman mendalam tentang nilai-nilai Pancasila sebagai dasar negara serta pentingnya memperkuat karakter nasional. Melalui pembahasan yang disesuaikan dengan silabus resmi, buku ini mengajak mahasiswa untuk berpikir kritis, mengkaji, menghayati, dan mengamalkan nilai-nilai luhur Pancasila dalam kehidupan sehari-hari guna menjaga integritas bangsa di tengah perubahan zaman.
-
O‘zbekistonning eng yangi tarixi
Ushbu o‘quv qo‘llanmada mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi madaniy-ma’naviy jarayonlar, ta’lim sohasidagi islohotlar, o‘zlikni anglash tushunchalarining keng yoyilishi va uni mustahkamlash yo‘lida qilingan sa’y-harakatlar, milliy qadriyatlar, din va e’tiqod erkinligi, tarixiy xotira, buyuk mutafakkirlar hamda tarixiy shaxslar nomini qaytadan tiklanishi, madaniyat va san’at, shuningdek, yangilanayotgan O‘zbekistonda ta’limga berilayotgan e’tibor, ilm-fan va innovatsiyalar, sport va jismoniy tarbiya bo‘yicha erishilayotgan yutuqlar kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan. Qo‘llanma bakalavr o‘quv rejasiga mos ravishda yozilgan bo‘lib, unda mavzular bayoni bilan birgalikda tayanch so‘z va iboralar, mustahkamlash uchun savollar, glossariy hamda ishlab chiqilgan test savollari mavjud.
-
Applied Numerical Methods Using MATLAB
The objective of numerical analysis is to solve complex numerical problems using only the simple operations of arithmetic, to develop and evaluate methods for computing numerical results from given data. The methods of computation are called algorithms. An algorithm is a fiite sequence of rules for performing computations on a computer such that at each instant the rules determine exactly what the computer has to do next
-
Electrical and Electronic Principles and Technology
The right of John Bird to be identified as the author of this work has been asserted in accordance with the Copyright
-
O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglik
Mazkur o‘quv qo‘llanmada O‘zbekistonda bag‘rikenglik va millatlararo munosabatlarning tarixiy ildizlari hamda bu borasida olib borilayotgan keng islohotlar tahlili keltirilgan. O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan millati, irqi va dinidan qat’iy nazar o‘zbek xalqini tashkil etishi hamda barcha millatlar hamjihatlikda respublika taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotganligi bilan bog‘liq jihatlarga e’tibor qaratilgan.
-
O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI
Mazkur o‘quv qo‘llanmada o‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi bilan bog‘liq ravishda tilning jamiyatda tutgan o‘rni, til va tafakkur, til va madaniyat munosabati, Davlat tili haqidagi hujjatlarning mazmun-mohiyati, jamiyatning turli sohalarida o‘zbek tili ijtimoiy funksiyalarining kengayishi, o‘zbek adabiy til me’yorlari, nutq uslublari va ularning xususiyatlari, pedagog-mutaxassisning kommunikativ sifatlari, sohaga oid taqdimot nutqi, sohalarda davlat tilida ish yuritish masalalari, til va nutq, nutq odobi, adabiy til va adabiy norma, grammatik stilistika, nutqning kommunikativ sifatlari, ta’lim-tarbiya jarayonida nutq madaniyati muammolari kabi masalalar haqida fikr yuritiladi. Davlat tili - adabiy tilga oid nazariy ma’lumotlar amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlanadi, o‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi bilan bog‘liq namunalar keltiriladi.
-
O‘ZBEK TILINING AMALIY USLUBIYATI
Mazkur o‘quv qo‘llanmada nutq tuzish qonuniyatlari, til me‘yorlari, matn va uning turlari, nutq uslublari va ularning o‘ziga xos jihatlari, nutqda uchraydigan kamchilik va xatolar, badiiy matnning fonetik, fonologik, leksik-grammatik xususiyatlari hamda badiiy matnni tahlil etish tamoyillari xususida fikr yuritiladi. Qo‘llanma oliy ta‘lim muassasalari bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nazariy ma‘lumotlar bilan bir qatorda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantiruvchi mashqlar, muammoli vaziyatga doir topshiriqlar va tahliliy matnlarni o‘z ichiga oladi.
-
O‘zbek tili (rus tilida so‘zlashuvchilar uchun elektron darslikka o‘quv qo‘llanma)
Ushbu o‘quv qo‘llanma rus tilida so‘zlashuvchi fuqarolarga “Xorijliklar uchun o‘zbek tili (A1-A2)” elektron darsligi asosida o‘zbek tilini o‘rgatish maqsadida yaratilgan bo‘lib, undan xorijiy mamlakatlar universitetlaridagi o‘zbek tili bo‘limlari, o‘zbek tili markazlari o‘qituvchilari va talabalari, shuningdek, o‘zbek tilini mustaqil o‘rganish istagida bo‘lgan fuqarolar foydalanishlari mumkin.
-
OʻZBEK TILI
Mazkur oʻquv qoʻllanma Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga hamkorlik shartnomalari asosida yozgi maktablarga oʻzbek tilini oʻrganish maqsadida keladigan xorijiy fuqarolarga, shuningdek, oʻzbek tilini oʻrganishni xohlovchi xorijliklar uchun yaratildi. Qoʻllanma Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida amaliy loyiha doirasida yaratilgan “Xorijliklar uchun oʻzbek tili” elektron darsligi bilan ishlash metodikasi taqdim etiladi. Shu maqsadda qoʻllanmaga “Xorijliklar uchun oʻzbek tili (A1-A2)” darsligi havolasi ham taqdim etilgan.
-
ENGLISH (LISTENING AND SPEAKING)
Mamlakatimiz ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb masalalardan biri, bu shubhasiz, ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni zarur o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashdan iborat. Ushbu masalani hal etishga xizmat qiluvchi English (Ingliz tili) o‘quv qo‘llanmasi kimyo-texnologiya ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun kredit-modul tizimiga mos ishlab chiqilgan.
-
O‘zbek Terminologiyasi
Mazkur o‘quv qo‘llanma “O‘zbek terminologiyasi” fanining mazmun-mohiyatini yoritish maqsadida tuzilgan bo‘lib, u o‘zbek tili terminlar tizimi, taraqqiyot bosqichlari va hozirgi takomillashish davridagi fonetik, leksik-semantik va grammatik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan. Qo‘llanma terminologiyaga oid adabiyotlar, lug‘atlar va o‘zbek adabiy tili rivojlanish dinamikasini o‘zida mujassam etgan ilmiy, tarixiy va badiiy asarlarda qayd etilgan ashyoviy materiallar bazasida tuzilgan bo‘lib, fanning asosiy masalalarini qamrab olgan hamda talabalar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va o‘zbek tili terminologiyasi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.
-
Numerical Analysis. Tenth Edition
This text was written for a sequence of courses on the theory and application of numerical approximation techniques. It is designed primarily for junior-level mathematics, science, and engineering majors who have completed at least the first year of the standard college calculus sequence. Familiarity with the fundamentals of matrix algebra and differential equations is useful, but there is sufficient introductory material on these topics so that courses in these subjects are not needed as prerequisites
-
O‘zbek adabiyoti tarixi
O‘quv qo‘llanma o‘zbek mumtoz adabiyotining qadimgi davrlaridan Alisher Navoiy ijod qilgan davrgacha bo‘lgan adabiy merosni yoritish, o‘zbek mumtoz adabiyotining genezisi, shakllanishi va taraqqiyoti, uning diniy-tasavvufiy va ilmiy manbalari, mumtoz she’riyatga xos bo‘lgan xususiyatlar, mumtoz adabiyotda badiiy uslub tushunchasi masalalariga bag‘ishlangan. Shuningdek, unda islomgacha bo‘lgan davr adabiyoti, o‘rxun yozuvidagi yodgorliklar, ularning yozuv xususiyatlari xususidagi qarashlar ham o‘z aksini topgan.
-
Bino va inshootlarni ta'mirlash hamda qayta qurish texnologiyasi (2-qism)
Qo'llanmada bino va inshootlarni ta'mirlash va qaytaqurish, umumqurilishi, montaj va maxsus ishlarning ilg'or texnonologiyasi, tashkiloti hamda ilmiy nazariy asoslariga tayangan holda ko'rib chiqilgan.
-
O‘RGANILAYOTGAN MAMLAKAT ADABIYOTI (qadimgi va o‘rta asr adabiyoti)
Mazkur o‘quv qo‘llanma talabalarda arab adabiyoti haqidagi nazariy hamda amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga doir mavzularni qamrab olgan bo‘lib, oliy o‘quv yurtlarining «5220100 – Filologiya» hamda 60230100 – “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.