-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Тўрт улус тарихи
Муҳтарам ўқувчи, маълумкингизким, ҳалқимизда ҳар ким етти отасининг исм-шарифини билиши керак, деган ақида бор. Зеро, инсон боласи ўз падари бузукворига қараб қад ростлайди. Бобокалонларимиздан бири Мирзо Улуғбекнинг номини мунажжим бўлганини,нари борса ўз ўғли томонидан ўлдирилганини биламиз холос. Қўлингиздаги китоб эса Мирзо Улуғбек истеъдодининг яна бир қирраси-тарихчилик соҳасидаги фаолиятининг маҳсулидир.
-
Қаҳрамон мўмина аёллар
Қўлингиздаги китобга турли йиллари "Ҳидоят" журналимизнинг "Қаҳрамон аёллар" рукни остида чоп этилган ҳикоялар киритилди. Уларда динимиз бунёдининг илк паллаларида саҳобия аёллар кўрсатган сабр ва матонат, фидокорлик ва яхши хулқ намуналари самимий баён этилади. Чиндан ҳам Ҳазрати Расулуллоҳнинг (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) пок хотинлари -муҳтарама оналаримиз ва бошқа саҳобия аёлларнинг ҳаёти динимизнинг ибратларга тўла тарихида жуда гўзал саҳифалардир. Уларни ўрганиш замонамиз учун ҳам кўп фойдали, ўта муҳим бир иш. Зеро, фарзандларимиз тарбиясида одоб-ахлоқимиз тамойилларини емирувчи турли ва жуда нозик иллатлар урчиган бир даврда яшамоқдамиз. Шу боисдан тақволи бўлиш, фойдали илм талаб қилиш, эрига итоат этиш, фарзандларни салоҳиятли қилиб тарбиялаш каби хусусларда саҳобия аёллардан ибрат олган мўминалар бугун ҳам, иншааллоҳ, улуғ натижаларга эришадилар. Тавфиқ Аллоҳ таолодандир.
-
Tanbehul-g'ofiliyn
Kitobning o‘ta ta’sirchanlik xususiyatini qayd etdik. Darhaqiqat, bu kitob g‘ofillarni, ya’ni e’tiborsizlarni, bexabarlarni, uyqudagilarni uyg‘otuvchi, oxirat manzaralaridan ogoh etuvchi, aqlga xitoblar qilguvchi mav’izalar kitobidir. Hazrati Payg‘ambarimiz bir hadisi shariflarida: “Insonlar uyqudadirlar, o‘lganda uyg‘ongaylar”, desalar, yana bir hadisda: “O‘lmasdan oldin o‘ling!” deb buyurganlar. O‘lmasdan oldin o‘lmoq, o‘lmasdan oldin uyg‘onmoq deganidir! Ilohiy haqiqatlarni, oxirat hayotini o‘lmay turib bilmoq deganidir. Bu ish robitai mavt – o‘limni tafakkur qilish, qalbning uyg‘oqligi va tirikligi esa, zikr etish bilan bo‘lgaydir. Xullas, bu kitob tafakkurga da’vat va xitob kitobidir!
-
Yulduzlar mangu yonadi
Qo'lingizdagi kitob 0‘zbekiston xalq yozuvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Tog`ay Murodning ilk, ammo allaqachon xalqimizning ko'ngil mulkiga aylangan,hozirga qadar bir necha avlod kitobxonlari dillariga milliy g‘urur-iftixor, oriyat tuyg'ularini singdirib, yoshlarimizni asl vatanparvarlik ruhida tarbiyalab kelayotgan, go'zal badiiyatga oshno etajak “Yulduzlar mangu yonadi” qissasidan tashkil topdi.
-
Vido
«Hikoyalar xazinasi» rukni ostida «Vido» kitobiga adibning eng sara hikoyalari jamlangan bo'lib, ushbu hikoyalarda turli xarakterdagi insonlarning taqdiri, kechinmalari, o'y-fikrlari, voqea-hodisalar o'ziga xos san'atkorona tarzda hayotiy tasvirlangan. Taqdim etilayotgan hikoyalarda o'sha davr ruhini saqlab qolish maqsadida shaharlar va atamalar nomi asliyatga asosan qoldirildi.
-
Shayboniyxon
Yozuvchining yangi „Dashti Qipchoq lochini (Muhammad Shayboniyxon qissasi)“ asari o‘zbek xalqi davlatchiligi tarixida muhim rol o‘ynagan Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) haqida bo‘lib, u turkiy shayboniylar sulolasi va davlatining asoschisi hisoblanadi. Muhammad Shayboniyxon haqida hozirgacha o‘zbek adabiyotida ayrim tarixiy mavzudagi hikoyalarni mustasno etganda birorta qissa yoki roman yaratilmagan edi. Adib S. Siyoyev o‘zbek adabiyotidagi mazkur bo‘shliqni to‘ldirish uchun mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olib, juda katta mashaqqat va zahmatlar evaziga mazkur qissani yaratdi.
-
Oyning oltin o'rog'i
«Hikoyalar xazinasi» rukni ostida «Oyning oltin o'rog'i» kitobiga adibning eng sara hikoyalari jamlangan.Ushbu hikoyalarda turli xarakterdagi insonlarning taqdiri, kechinmalari, o'y-fikrlari, voqea-hodisalar o'ziga xos san’atkorona tarzda tasvirlangan. Shu sababli bu hikoyalarni o'qish jarayonida o'quvchi goh o'yga toladi, goh qayg'uradi, gohida esa, o'zini ayni qahram onning o'rniga qo'yib, bunday vaziyatda men nima qilgan bo'lardim , degan savolni o'z oldiga qo'yadi va yechimini axtaradi. Taqdim etilayotgan hikoyalarda o'sha davr ruhini saqlab qolish maqsadida shaharlar va ayrim atamalar nomi asliyatga asosan qoldirildi.
-
Oydinda yurgan odamlar
Asar nima haqida? Bir qarashda qissa adabiyotimizda ko‘p aytilgan farzandsizlik muammosiga bag‘ishlangandek tuyuladi. Aslida, unday emas. Aslida, uslub jihatidan xalq dostonlariga o'xshab ketadigan bu qissani muhabbat haqidagi bir kuy, to‘g‘rirog‘i, muhabbatga suyanib, barcha hayot dovullarini yengib o‘tgan ikki dil, ikkipok inson haqidagi tipik bir qo‘shiq, desak, yarashadi.
-
Ot kishnagan oqshom
Tabiat va inson... Tabiat va inson o‘rtasida ko‘zga ko'rinmas uzviy birlik bor. Ana shu bogliqlik, birlik 0 ‘zbekiston xalq yozuvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Tog'ay Murod “Ot kishnagan oqshom” qissasida mohirona tasvirlab bergan.Qo‘lingizdagi kitob xalqimiz ko'nglidan mustahkam o‘rin egallagan, chet tillarga taijima qilinib, dovruq qozongan mashhur “Ot kishnagan oqshom” qissasidan tashkil topdi.
-
Oq laylaklar
Ushbu mojazgina to'plamgayozuvchining bir-biridan ajoyib,bir-biridan qiziqarli hikoyalari jamlandi. Ularni o‘qirkan, yosh kitobxon do'stlarimiz o‘zlarining sirli, sehrli do'stlari bilan yuzlashadilar. Safar Barnoyev hikoyalarining aksariyati rus, ukrain, belorus,latish, moldovan, polyak, chex, arman, ozar, tojik, qozoq, qirg‘iz,turkman va qoraqalpoq tillariga ham tarjima qilingan. Adib asarlarining turli tillarda sevib mutolaa qilinishining asosiy sababi - u barcha xalq farzandlarini bir ko‘zda ko'rgani, ularning barchasini baxtli va saodatli ko'rmoq istagi bilan yonganidadir.
-
Nomi chiqmagan xotin
«Hikoyalar xazinasi» rukni ostida «Nomi chiqmagan xotin» kitobiga adibning eng sara hikoyalari jamlangan bo'lib,ushbu hikoyalarda turli xarakterdagi inson larning taqdiri,kechinmalari, o'y-fikrlari, voqea-hodisalar o'ziga xos san'atkorona tarzda hayotiy tasvirlangan. Taqdim etilayotgan hikoyalarda o'sha davr ruhini saqlab qolish maqsadida shaharlar va atamalar nomi asliyatga asosan qoldirildi.
-
Muqaddas
,,Muqaddas“ qissasi oltmishinchi yillar yoshlarining sevimli asarlaridan biri edi. Qissa - muhabbat haqida, to‘g‘rirog‘i, fojiali sevgi haqida. Chin muhabbat, poklik va halollikning ramzi. Qissa qahramoni Sharifjon sevgilisi Muqaddasga erishish orzusida xudbinlikka yo‘l qo'yadi va...suyuklisidan ayriladi. Chunki xudbinlik va nohalollik hukm surgan joyda muhabbat so‘nadi, hatto o‘ladi. Shu boisdan ,,Muqaddas“ qissasi bugungi kun uchun ham, ehtimol kelajak uchun ham ibratli bo‘lib qolaveradi.
-
Momo Yer qo‘shig‘i
0‘zbekiston xalq yozuvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Tog'ay Murodning “Momo Yer qo‘shig‘i” qissasi qo'lingizga olgan kitobda mujassam. Mazkur qissada ona zamindan, xalqidan uzilgan ijodkor fojiasi katta ijodkor ustalik bilan tasvir etgan Pahlavon Daho obrazi orqali ochib beriladi.
-
Girdob
Ushbu asarda muallif yosh oila Aziz va Saltanatning hayotiy kechinmalari, ularning turmush so`qmoqlaridan qiyinchilik bilan bosib o`tgan yollari haqida yuritilgan. Aziz paxtachilik bilan shug`ullanib unda paxtaning vilt kasalligiga qarshi ilmiy ish olib borishi mobaynida kop to`siqlarni yengib o`tadi. Aziz orqali muallif yoshlarning irodasi mustaxkamligini, kashfiyotchiligini ochib bergan.
-
Ишқ ва ҳайрат олами
Алишер Навоийнинг мазмунан теран ва бадиий юксак, мураккаб шаклу услубдаги газаллари, китъалари, рубоийлари ва тушунилиши кийин байтларининг илмий-оммабоп тахлилига бағишланган навоийшунос олимлар Иброхим Ҳаккул ва Эргаш Очиловларнинг ушбу тўпламдан ўрин олган мақолалари улуғ шоир шеърларидаги кават-кават маъно кирраларини кашф этиш ва бекиëс маҳорати сирлари билан ўкувчиларни таништириш жихатидан буюк бобокалонимиз ижодини англаш сари куйилган яна бир кадамдир. Китоб Навоий ижодиëти ихлосмандлари, адабиётшунос олимлар, олий ўкув юртлари филология факультетлари талабалари, адабиётшунослик йўналиши бўйича изланиш олиб бораётган тадқиқотчиларгамўлжалланган.
-
Ақлга қувват битиклар
Ушбу рисолада муаллиф ҳаётнинг муаммолари-ю инсонларнинг мулоқот-муносабатлари, ёшларнинг турмуш чорраҳалари кексаларнинг ҳаёт сабоқлари ҳақида ҳар томонлама фикр юритади ва мунозарали масалаларда уларнинг ечимини топишга ҳаракат қилади.