-
Umumiy sotsiologiya
Mazkur oʻquv qo'llanmada “Umumiy sotsiologiya" fanidan ma'ruza matnlari, namunaviy ta'lim texnologiyalari, nazorat turlari uchun tayyorlangan topshiriqlar, fanga oid tushunchalar izohi glossariylar jamlangan. Ushbu o'quv qoʻllanma oliy o'quv yurtlari bakalavriat talabalari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga, oʻquv qoʻllanmadan tadqiqotchilar va mazkur fanga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin. Sotsiologiya ijtimoiy fanlar doirasidagi shunday yoʻnalishki, u butun jamiyat va uning ijtimoiy tizimini tashkil etadigan tarkibiy qismlarining rivojlanish va mavjud bo'lish qonuniyatlarini, turli sotsial jarayonlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar va kishilarning sotsial xulq-atvori qonuniyatlarini oʻrganadi. Fanning nazariy asoslari dolzarb ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy tarkib va ijtimoiy tizimlarning mavjud boʻlishi va rivojlanish muammolari, jamiyat ijtimoiy-madaniy tizim sifatida, shaxs ijtimoiy munosabatlarning obyekti va subyekti sifatida, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy jamoalar, sotsial aloqalar, sotsial tashkilotlar, guruhlar, sotsial institutlar va institutlashgan munosabatlar, jamiyatdagi ijtimoiy oʻzgarishlarni batafsil bayon qilish bilan shugʻullanadi. Qoʻllanmada jamiyatni yaxlit tizim sifatida tahlil qilish, ijtimoiy hayotda sotsial institutlarning roli, deviant hulq-atvor va sotsial nazorat masalalari, jamiyatning sotsial strukturasi va stratifikatsion jarayonlar, sotsial munosabatlar, ijtimoiy taraqqiyot tendensiyalarini ifodalaydigan mavzular yoritilgan.
-
Umumiy psixologiya
Ushbu umumiy psixologiyasi psixologiya darsligida psixologiya fanining asosiy psixik qonuniyatlari, mexanizmlari, psixologiya fanining muammolari, bilish jarayonlari, hissiyot va iroda, shaxsning individual psixologik xususiyatlari, ularning nerv-fiziologik mexanizmlari va psixik rivojlanish qonuniyatlari bayon etilgan. Darslikda jahon psixologiya ilmining zamonaviy yutuqlari, psixologiya tadqiqotlaridan olingan asosli ma'lumotlar yoritib berildi. Bo'lajak mutaxassislarning psixologik bilimlarini oshirishga qaratilgan. Darslik Oliy ta'lim muassasalarining oʻqituvchi va talabalariga moʻljallangan.
-
Umumiy pedagogika
Мазкур darslik 5 ta modulga ajratilgan. “Umumiy pedagogika – ta'lim-tarbiya nazariyasi" deb nomlangan birinchi modulida “Umumiy pedagogika" – ta'lim-tarbiya nazariyasi, pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi, Oʻzbekistonda ta'lim tizimini modernizasiyalash jarayonlari, uning huquqiy-me'yoriy asoslari, ta'lim muassasasi menejmenti o`rganilgan. “Tarbiya nazariyasi" deb nomlangan ikkinchi modulida tarbiya nazariyasi, globallashuv jarayonlarining tarbiyaga ta'siri, milliy tarbiya usullari va vositalari, yoshlarda ilmiy va umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish zaruriyati tahlil etilgan. "Ta'lim nazariyasi” deb nomlangan uchinchi modulida didaktika-ta'lim nazariyasi, pedagogik jarayon, taʻlim tamoyillari va qoidalari, ta'lim shakllari, metodlari va vositalari tasnifi, zamonaviy dars tipologiyasi va unga qo'yiladigan didaktik talablar o`rganilgan. "Ijtimoiy pedagogika amaliy faoliyat sohasi” deb nomlangan to`rtnichi modulida ijtimoiy pedagogika amaliy faoliyat sohasi sifatida, O`zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi, ijtimoiy-pedagogik tadqiqotlar, shaxsni rivojlanishi, ijtimoiylashuvi va tarbiyalash masalalari, ijtimoiylashuv omillari va vositalari, bolaning sotsiumda rivojlanishi, oilada sog'lom ma'naviy muhitni barqarorlashtirish, maktab yoshidagi bolalar va mahalla bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat yoritilgan. “Pedagogik kasbiy kompetentlik va pedagogik mahorat” deb nomlangan beshinchi modulida pedagogik kasbiy kompetentlik, unga xos sifatlar, pedagogik mahorat asoslari va uning tarkibiy qismlari o`rganilgan. Mazkur darslikdan professor-o'qituvchilar, malaka oshirish tinglovchilari, mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktorantlar, doktorantlar va talabalar foydalanishi mumkin.
-
Translation of special texts
This textbook provides a comprehensive guide to the theory and practice of translating specialized texts. It covers various aspects of translation, including terminology, stylistic features, cultural nuances, and common challenges encountered when dealing with technical, scientific, legal, and other professional documents. The book is designed for students and practitioners seeking to develop their skills in specialized translation.
-
Theoretical english grammar (for theoretical and practical lessons)
This study guidebook is intended for lectures and seminars from the theoretical grammar module of Theoretical Grammar and Language History. The study guide covers the main topics indicated in the science program, which defines the essence of the theoretical grammar of the English language and the history of the language. Also, in this study guide, exercises, questions and tasks are given for students to use in independent and practical training, and a list of recommended literature is presented.
-
Последний круг
"Последний круг" - это документально-автобиографическая книга легендарного советского легкоатлета, олимпийского чемпиона 1960 года Петра Болотникова. Она содержит воспоминания спортсмена и размышления о беге, стайерских дистанциях и выдающихся бегунах.
-
Texnika va muhandislik hujjatlari tarjimasi
Bugungi kunda ilm-fan va texnologiyalar tez rivojlanayotgan davrda ilmiy-texnik axborot almashinuvi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu darslik texnika va muhandislik hujjatlarini tarjima qilish boʻyicha nazariy bilimlar hamda amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan boʻlib, tarjimashunoslik, texnik tarjima, muhandislik terminologiyasi va ilmiy-texnik kommunikatsiya bilan shugʻullanuvchi talabalar, magistrantlar hamda mutaxassislar uchun foydali manba hisoblanadi. Unda texnik tarjimaning nazariy asoslari, hujjatlarning turlari, terminologiya bilan ishlash usullari, zamonaviy tarjima texnologiyalari, jumladan, CAT-dasturlar va mashina tarjimasi imkoniyatlari, shuningdek, energetika, mashinasozlik, transport muhandisligi, axborot texnologiyalari, qurilish, telekommunikatsiya, kimyo texnologiyasi, metallurgiya, mexatronika, robototexnika, aviakosmik muhandislik, tibbiy muhandislik hamda ekologik muhandislik sohalariga oid hujjatlarni tarjima qilish masalalari yoritilgan.
-
Ta'lim sotsiologiyasi
Darslik 60310400 "Sotsiologiya" bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan “Taʼlim sotsiologiyasi” fani dasturi asosida tayyorlangan. Ta'limning ijtimoiy institut va tizim sifatidagi tabiati, uning jamiyat ijtimoiy tuzilishi hamda stratifikatsiya jarayonlari bilan aloqadorligi mumtoz va zamonaviy sotsiologik nazariyalar orqali yoritilgan. Fan dasturini shakllantirishda xalqaro tan olingan universitetlari taʼlim dasturlari tajribasidan foydalanilgan. Darslikda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni talablari asosida mamlakatimiz ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, uzluksiz taʼlim qonuniyatlari va taʼlim paradigmalari sotsiologik tahlil etilgan. Shuningdek, oliy ta'lim muhitida inson kapitalini rivojlantirish, tizimni gumanitarlashtirish, soha xodimlarining demografik tarkibi hamda talaba va professor-o'qituvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy holati va tizim ichidagi nizolarni boshqarish mexanizmlariga e'tibor qaratilgan. Darslik talabalarda ta'lim sohasida mustaqil fikrlash, ta'lim sifatini baholash hamda mustaqil ta'lim olish fenomenini tizimli oʻrganish boʻyicha empirik tadqiqotlar o'tkazish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur kitob oliy ta'lim muassasalarining sotsiologiya yoʻnalishida tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrantlar, sohaga oid mustaqil tadqiqotchilar hamda ta'lim tizimini boshqarish va modernizatsiya qilish muammolari bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
-
Tarjima nazariyasi va amaliyoti
Ushbu qoʻllanma Filologiya fakultetining III bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan "Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fani o'quv dasturi asosida yaratilgan boʻlib, tarjimashunoslik fani haqida yalpi tasavvur hosil qilishi, uning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida muxtasar ma'lumot berishi, eng muhim qoida va talablari bilan tanishtirishi jihatidan undan filologiya sohasidagi barcha mutaxassislar, magistrant va talabalar ham foydalanishlari mumkin.
-
Talabalarning yozma tarjima koʻnikmasini til korpuslari vositasida takomillashtirish
Dunyoda tarjima sohasida korpus lingvistikasi vositalaridan ta'lim jarayonida samarali foydalanish boʻyicha ilmiy-amaliy izlanishlar soni ortib bormoqda. Ayniqsa, yozma tarjima ko'nikmasini korpus asosidagi topshiriqlar yordamida rivojlantirish boʻyicha o'tkazilayotgan tadqiqotlar tarjimonlik kompetensiyasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Yozma tarjima bo'yicha parallel matnlar asosida mashq tuzish, ularning lingvodidaktik funksiyalarini aniqlash, tarjima mashqlarini korpus asosida modullashtirish, tarjimonlarning tahliliy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan mashq tizimini ishlab chiqish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu tadqiqotlarda tarjima tilidagi ekvivalent birliklarni tanlash, kontekstga mos sinonimlar va stilistik vositalardan foydalanish, soʻzma-soʻzlikdan qochish, turlanuvchanlikni ta'minlash bo'yicha korpus asosida ishlab chiqilgan mashqlar muhim o'rin egallaydi.
-
Talabalarga xorijiy tillarni oʻqitishning muvaffaqiyatini belgilovchi psixologik omillar
Ushbu monografiyada oliy ta'lim muassasalari talabalarga xorijiy tillarni oʻqitishning muvaffaqiyatini belgilovchi psixologik omillar kabi ilmiy-nazariy ma'lumotlar aks ettirilgan. Talabalarda xorijiy tillarni oʻzlashtirishdagi oʻquv motivatsiyasiyasining professional-pedagogik, kognitiv-oʻquv, intellektual-rivojlantiruvchi, hissiy-qadriyatli, kommunkativ, majburiyat omillarini xorijiy tilni oʻqitish muvaffaqiyatini belgilovchi psixologik yondashuv emperik jihatdan tadqiq etilgan. Shuningdek, talabalarning xorijiy tilni oʻrganish motivatsiyasi, professional-pedagogik, hissiy-qadriyatli, identifikatsiya, shuhratparastlik, majburiyat motivlari ustuvorligida kommunkativ ustanovkalar, ya'ni dialogik, manipulyativ va avtoritar jihatlarning differensial farqlanishini ilmiy oʻrganilgan. Xorijiy tilni oʻzlashtirish jarayonida talabalarning shaxslararo va shaxsiy rivojlanishidagi empatiyaning darajaviy ifodalanishi, qadriyatli-mazmunli va axloqiy yo'nalganlik xorijiy tillarni o'qitish muvaffaqiyatini ta'minlovchi psixologik omil ekanligini tadqiq etilgan.
-
Sun'iy intellekt
Ushbu o'quv qo'llanma Toshkent amaliy fanlar universiteti "60610500-Kompyuter injiniring" bakavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan boʻlib, o`z ichiga sun'iy intellekt bazaviy tushunchalar, tasniflash, klasterlash, taniqli algoritmlari, Python dasturlash tilida qo'llaniladigan kutubxonalar bilan ishlash bo'yicha nazariy bilimlar va amaliy mashqlani o'z ichiga oladi. Qo'llanma ikki bobdan iborat bo'lib, nazariy bilimlar ikki qismdan, oxirgi bobda esa kurubxonalarda masalalar yechimi izohi bilan keltirilib sun'iy intellekt sohasida boshlang'ich ma'lumotlarni amaliy yechimlar bilan o'rganishga imkon beradi.
-
Sotsiologik tadqiqot metodi va texnikasi
Amaliy sotsiologiya mantiqiy tarkibiga koʻra murakkab tizimli nazariy va empirik tadqiqotlarni oʻzida aks ettiradi. Bu ijtimoiy jarayonlar mohiyatini ochishda oʻziga xos ahamiyat kasb etadi va huquqiy demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyati tartibotlarini mustahkamlashda empirik bazani shakllantiradi. Ushbu darslik shaxs va jamiyat oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlarni oʻrganish, ularning ichki qonuniyatlarini aniqlash va amaliy yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Kitobda ijtimoiy munosabatlarning ijobiy yechimlarini topish yo'llari, ularning ilmiy asoslari va tadqiqot jarayonlari batafsil yoritilgan bo'lib, sotsiologiya ta'lim yo'nalishi talabalari, olimlar, aspirantlar va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Siyosiy madaniyat
Ushbu o'quv qo'llanmada siyosiy madaniyat kategoriyasi, uning shakllanishida ommaviy axborot vositalarining o'rni, shaxs ma'naviy kamolotida siyosiy madaniyatning o'rni, shaxs siyosiy madaniyatining oʻziga xos xususiyatlari, siyosiy madaniyat va siyosiy ong tushunchalari mohiyati, siyosiy madaniyatning siyosiy taraqqiyot va siyosiy mafkura bilan o'zaro bogʻliklik jihatlari ochib berilgan. Qo'llanma siyosat-shunoslik yo'nalishi talabalalari, soha mutaxassislari va tadqiqotchilarga moʻljallangan.
-
Siyosiy madaniyat, mafkura va antropologiya
Ushbu qoʻllanma siyosatshunoslik yoʻnalishida ta'lim olayotgan talabalar hamda siyosiy madaniyat, mafkura va antropologiya masalalari bilan qiziquvchi tadqiqotchi o'qituvchilarga moʻljallangan. Bugungi globallashuv davrida siyosiy madaniyat, mafkura va antropologiyaning asosiy yoʻnalishlarini oʻrganish ilmiy zaruratga aylangan. Qoʻllanma turli davrlar va jamiyatlarda siyosiy qadriyatlarning tarixiy rivojini oʻrganish, siyosiy antropologiyaning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish, shuningdek, siyosiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan. Unda siyosiy madaniyat, mafkura va antropologiyaning nazariy tushunchalari ochib berilgan bo'lib, talabalarda tahliliy ko'nikmalar va tanqidiy tahlil qilish qobiliyatini shakllantirishni maqsad qiladi.
-
Read and write
Mazkur oʻquv qoʻllanma Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 2-bosqich xorijiy til va adabiyoti, hamda ingliz tili filologiyasi yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarga, shuningdek, ingliz tilida oʻqish va yozish ko'nikmalarini rivojlantirishni xohlovchilar uchun yaratildi. Uning maqsadi talabalarga kasbiy yoʻnalish doirasida tilning og'zaki va yozma shakllarini o'rgatish, ijtimoiy-madaniy muloqot malakalarini rivojlantirish, funktsional shakllar va uslublarni takomillashtirish, C1 daraja talabiga javob beruvchi matnlarni tushunish va yoza olish mahoratini ta'minlashdir. Qoʻllanma o'qish va yozish amaliyoti fani dasturi asosida yaratilgan bo'lib, o'qitishda shaxsga yoʻnaltirilgan ta'lim metodi va kommunikativ yondashuvdan foydalanadi.