-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Reflets 1: Cahier d'exercices
Cahier d'exercices destiné à accompagner la méthode de français Reflets 1, proposant de nombreuses activités pour renforcer les compétences grammaticales, lexicales et communicatives des apprenants de niveau débutant.
-
Qisqa masofaga yugurish
Ushbu o‘quv qo‘llanma yengil atletika sportining qisqa masofaga yugurish turiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda qisqa masofaga yugurishning qisqacha tarixi, O‘zbekistondagi yetakchi sportchilar, yugurishning texnika asoslari, biokimyoviy va biomexanik xususiyatlari, o‘rgatish uslubiyatlari, sportchilarni tayyorlash rejalari, nazorat va saralash usullari, hamda musobaqa qoidalari va rekordlar haqida ma’lumotlar keng ochib berilgan.
-
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejmenti
Ushbu o‘quv qo‘llanmada respublika agrar sektoridagi qishloq xo‘jalik sub’ektlari va unga ta’minot, servis xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda iqtisodiy samaradorligini oshirishni bozor munosabatlarida rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, boshqarish tizimini tubdan yaxshilashning nazariy va amaliy asoslari yoritib berilgan bo‘lib, kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablariga to‘la mos keladi. Qo‘llanmada qishloq xo‘jalik korxonalarini bozor munosabatlarida rivojlantirishning istiqbolli yo‘llarini respublika Prezidenti farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, tegishli me’yori hujjatlar asosida yozilgan. Shuningdek, o‘quv qo‘llanmada agrosanoat majmuasi va uni rivojlantirish yo‘llari, yer fondi va undan samarali foydalanish, yer kadastri, suv va mehnat resurslaridan foydalanish, asosiy va aylanma fondlar, moddiy-texnika resurslari, investitsiya, ishlab chiqarish infratuzilmasi, MTP, lizing, transport va agrokimyo servis xizmat ko‘rsatish, dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari, qishloq xo‘jaligini boshqarishda menejment, agrar sohada biznes va menejment, qishloq xo‘jaligida menejment samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘llari yoritib berilgan.
-
Qadimgi Sharq tarixi
Mazkur o'quv qo'llanmada Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Kichik Osiyo, Arabiston, Eron, O'rta Osiyo, Hindiston, Xitoy, Koreya, Yaponiya va Janubi-sharqiy Osiyo xalqlari va davlatlarining tarixi, xo'jalik faoliyati, moddiy va ma’naviy madaniyati haqida ma’lumot beriladi. Qadimgi Sharq tarixi deganda Yevropadan Sharqda joylashgan ko‘hna Misrdan Xitoygacha bo‘lgan hududlarda yashagan xalqlar va davlatlar tarixi tushuniladi. O'quv qo'llanmada Sharq davlatlarining tarixiga bog‘liq xaritalar va rasmlar ilova qilingan.
-
Prüfen, Testen, Evaluieren
Das vorliegende Buch behandelt grundlegende Aspekte des Prüfens, Testens und Evaluierens im Bereich Deutsch als Fremdsprache. Es thematisiert verschiedene Testtypen, die Konstruktion von Prüfungsaufgaben, Bewertungskriterien sowie Strategien zur Optimierung der eigenen Prüfungspraxis. Darüber hinaus werden informelle Evaluationsformen, die Arbeit der Lernenden sowie methodische Grundlagen für Lehrende detailliert erläutert, um eine fundierte Kompetenzmessung im Unterricht zu ermöglichen.
-
PRACTICE OF VOCABULARY
This manual on vocabulary for 1st year university students is designed to enhance learners' interactional communication, critical thinking, and linguistic proficiency. Through 18 thematic lessons, the tutorial provides a diverse range of exercises and a distributed vocabulary bank, helping students understand the context of words and phrases to improve their confidence and performance in both academic and daily life settings.
-
PRACTICE OF LINGUISTIC ASPECTS (VOCABULARY)
This tutorial on vocabulary for the 2nd year students is targeted to improve learners’ interactional communication through a diverse range of thematic lessons. The manual provides in-depth knowledge of vocabulary, language models, and structures, helping students to correctly use grammatical and lexical forms in various contexts. It contains 22 thematic lessons, each including a relevant passage, a distributed vocabulary bank, and tasks designed to enhance lexicon and boost confidence in learning English, aiming to assist students both in examinations and in their daily lives.
-
PRACTICE OF FLTM (FOREIGN LANGUAGE TEACHING METHODS)
This manual is targeted to fourth year students to improve their interactional communication and critical thinking skills. It covers 15 thematic lessons, including historical teaching methods, communicative approaches, lesson planning, classroom management, and assessment techniques. The book serves to increase students' knowledge of language models and structures, teaching them the correct use of methods while conducting lessons in an interactive way.
-
PANJOB ADABIYOTI
Ushbu o‘quv qo‘llanma Shimoliy Hindiston adabiyotlaridan biri – panjob adabiyotining qadimgi davrlardan hozirgi zamongacha bo‘lgan davrini o‘z ichiga oladi. Qo‘llanmada panjob adabiyotining rivojlanishi, uning milliy o‘ziga xosligi hamda O‘zbekiston bilan adabiy aloqalar tarixi yoritilgan. Materiallar Toshkent davlat sharqshunoslik institutida olib borilgan ilmiy-tadqiqot loyihasi asosida tayyorlangan bo‘lib, magistratura talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
O‘zbekistonning eng yangi tarixi
Ushbu oʻquv qoʻllanmada Yangi Oʻzbekistonda Prezident Sh.M.Mirziyoyev rahbarligi va tashabbusi ostida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, Yangi Oʻzbekiston fenomeni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Yangi O‘zbekistonning novator rahbari ekanligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini hayotga tadbiq etilishi, Harakatlar strategiyasi: jadal taraqqiyot va yangilanish modeli ekanligi, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan dasturiy g‘oya asosida yoshlarni tashabbuskorlik, fidoyilik hissini hamda axloqiy fazilatlarni shakllantirishning ahamiyati, Oʻzbekistondagi davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etish, Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslarini yaratish, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” – inson qadri ulugʻlangan Bosh dastur sifatidagi ahamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari va Oʻzbekistonning xalqaro reyting miqyosida egallayotgan oʻrinlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash borasidagi davlat siyosatining mazmun-mohiyati yoritib berilgan.
-
O‘zbekistonning eng yangi tarixi
Ushbu o‘quv qo‘llanma barcha nomutaxassis ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavriat talabalari va professor-o‘qituvchilar uchun O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan foydalanish uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada mustaqillik yillari tarixini chuqur va batafsil o‘rganish, jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish hamda ularda vatanparvarlik va Vatanga sadoqat hislarini shakllantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etish, yosh avlodni milliy g‘oya asosida tarbiyalash va tarixiy xotirani shakllantirishning ahamiyati ham o‘rin olgan.
-
O'ZBEKISTON TARIXI
Mazkur o'quv qo'llanmada O'zbekiston, o'zbek xalqining qadimdan bugungi kungacha bosib o'tgan boy va qiziqarli tarixi va undagi tarixiy jarayonlari xolisona tarzda yoritib berishga harakat qilingan. Ushbu o'quv qo'llanma vatanimiz tarixidan dars beruvchi muallimlar, shuningdek, talabalar hamda tariximiz bilan qiziquvchi barcha yurtdoshlarimiz uchun mo'ljallangan.
-
O‘ZBEK TILINING AMALIY USLUBIYATI
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishi milliy guruhlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda nutq uslublari, fonetik, leksik va grammatik uslubiyat bo‘yicha ilmiy va nazariy ma’lumotlar yoritilgan, shuningdek, og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantiruvchi mashqlar, muammoli vaziyatlar va testlar qamrab olingan.
-
O'zbek tili va adabiyoti ta'limida zamonaviy axborot texnologiyalari
Ushbu o'quv qo'llanma o'zbek tili va adabiyotini o'qitishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ulardan foydalanish metodikasi haqida ma'lumot beradi va oliy o'quv yurtlari talabalari, magistrantlar hamda o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.
-
O’ZBEK ADIBLARI
Ushbu kitobda o’zbek adabiyoti tarixidagi yirik namoyandalar, jumladan Muhammadsharif So’fizoda, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy va Sadriddin Ayniyning hayoti va ijodiy faoliyati qamrab olingan. Unda adiblarning o’z davri ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga munosabati, ma’rifatparvarlik g’oyalari, adabiyot va ta’lim sohasidagi xizmatlari hamda ularning o’zbek milliy adabiyoti shakllanishiga qo’shgan ulkan hissasi batafsil yoritilgan.
-
O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning birinchi yarmigacha)
Mazkur qo‘llanma o‘zbek adabiyotining eng qadimgi davrlaridan XV asrning birinchi yarmigacha bo‘lgan davrni qamrab olgan bo‘lib, unda birinchi marta qadimgi turkiy mif va afsonalar, islomgacha bo‘lgan davr yozma yodgorliklari o‘zbek xalqining adabiy yodgorliklari va yozma manbalari sifatida batafsil yoritilgan, shuningdek, adabiyot tarixi manbalari yangicha davrlashtirish tamoyillari va adabiy-estetik hamda diniy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilingan.