-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Poligrafiya. Reprografiya. Fotokinotexnika
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Ommaviy kommunikatsiya. Jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari
-
Циркулярная Экономика
Особое внимание уделено цифровым решениям, таким как цифровые паспорта продукции, цифровые двойники и прослеживаемость цепей поставок с использованием искусственного интеллекта и интернета вещей для обратной логистики и сортировки
-
KASBIY KOMPETENTLIK
BUGUNGI KUNDA MALAKATIMIZ OLIMLARI RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TAJRIBALARINI O'RGANISH MAHALLIY SHART - SHAROIT IQTISODIY VA INTELEKTUAL RESURSLARNI INOBATGA OLGAN HOLDA JAMIYAT HAYOTINING BARCHA SOHALARIDA TUB ISLOHATLARNING AMALGA OSHIRILAYOTGANLIGI YANGIDAN YANGI YUTUQLARGA ERISHISHNI TA'MINLAMOQDA.
-
O'lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash
Ushbu darslik Oliy ta’lim muassasalarining “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv rejada ko‘rsatilgan “O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash” fanidan tayyorlangan. Mazkur darslik hayotimizning barcha jabhalarida, xalq xo‘jaligida, sanoatning barcha tarmoqlari uchun o‘ta zarur bo‘lgan, metrologiya haqidagi asosiy tushunchalar va ta’riflar, o‘lchash, o‘lchov va kattaliklar, o‘lchash vositalari va ularni qiyoslash, o‘lchashdagi xatoliklar, metrologiya xizmati va metrologik ta’minot, standartlashtirish hamda uning davlat tizimi, sertifikatlashtirish, sifat tizimlari va sifat boshqaruvi kabi masalalari xususida etarli va zarur ma’lumotlar keltirilgan.
-
Go'sht-sut biokimyosi
Ushbu darslikda tirik organizmlarning umumiy kimyoviy tarkibi, oqsillar, fermentlar, Iipidlar, uglevodlar, mineral moddalar, vitaminiar, organizmlardagi modda almashinuvi, go'shtning fizik va kimyoviy agentlar ta'sirida biokimyoviy va fizik-kimyoviy go'shtni tuzlashda va dudlashda biokimyoviy haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, sut va sut mahsulotlari biokimyoviy va fizik- kimyoviy jarayonlar; sm va sut mahsulotlarini o'rganishning usullari kabi ma'lumotlar keltirilgan.
-
Fizika va agrometeorologiya
Darslik fizika va agrometeorologiya faniniga bag‘ishlangan. Mazkur darslikda fizika qonunlaridan qishloq xo‘jaligida foydalanish hamda agrometeorologik omillarning qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish mahsuldorligiga ta’sirini meteorologiyaga bog‘langan holda bayon qilingan.
-
Inklyuziv ta'limda sinergetika
Bugungi kunda jamiyatda inson huquqlari, teng imkoniyatlar va inklyuzivlik tamoyillari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, ta'lim sohasida har bir bolaning individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda, teng sharoitda sifatli bilim olishini ta'minlash dolzarb masalalardan biriga aylangan. Shu nuqtai nazardan, inklyuziv ta'lim tizimini rivojlantirishda zamonaviy ilmiy yondashuvlardan biri sinergetik yondashuv muhim o'rin tutadi. Mazkur darslikda inklyuziv ta'lim jarayonida sinergetik yondashuvning nazariy-metodologik asoslari, uning ta'limiy hamkorlik, o'zaro bog'liqlik va barqarorlikni ta'minlashdagi roli yoritilgan. Sinergetika murakkab tizimlar o'rtasidagi uyg'unlik va o'zaro ta'sir qonuniyatlarini o'rganuvchi fan sifatida pedagogik jarayonda o'qituvchi, o'quvchi, ota-ona va ijtimoiy muhit o'rtasida samarali aloqalarni yo'lga qo'yish imkonini beradi.
-
GIDROMETALLURGIYA JARAYONLARINAZARIYASI
Mazkur darslikda suvning xossalari, gidratlanish termodinamikasi, suvli eritmalarda metall birikmalarning erish shart-sharoitlari termodinamika va kinetik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Ruda va boyitmalardan metallami tanlab eritish usullari to‘g‘risida toTiq ma’lumot berilgan. Eritmalardan metallarni ekstraksiya, ion almashuv, durlash. tiklash. elektroliz va boshqa usuliar bilan ajratib olish usullari nazariy tahlil qilingan va texnologiyani amalga oshirish yo‘llari ko‘rsatilgan.
-
Prokatlash va kiryalash texnologiyalari
Darslikdan texnika oliy o‘quv yurtlari, asosan “Metallar texnologiyasi (prokatlash texnologiyalari)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari, shuningdek turdosh soha xodimlari foydalanishlari mumkin. Darslikda fanning asosiy tushunchalari, prokatlash va kiryalash texnologiyalari, hamda prokat va kiryalash stanlarining ishonchliligi bo‘yicha bilimlar yoritilgan.
-
Iqlimshunoslik va gidrologiya
Ushbu "Iqlimshunoslik va gidrologiya" darsligi 60530200 - Geografiya ta'lim yo'nalishi o'quv rejasidan o'rin olgan "Iqlimshunoslik va gidrologiya" fani dasturi asosida yozilgan. Darslik shartli ravishda ikki qismga ajratilgan. Unda dastlab, o'quv yilining 1-semestrida o'qitiladigan "Iqlimshunoslik" fanida o'tiladigan mavzular keltirilgan. Ikkinchi qismida esa "Gidrologiya" ga oid mavzularni o'rganishga bag'ishlangan. Unda dastlab, atmosfera tarkibi va tuzilishi, asosiy iqlimiy jarayonlar, shamollar, havo bosimi, shuningdek, suvning tabiiy va kimyoviy xususiyatlari, tabiatda suvning aylanishi, atmosfera yog'inlari, bug'lanish, yer osti suvlari, daryolar, koʻllar, muzliklar va botqoqliklarlarining o'ziga xos gidrologik xususiyatlari, suv obyektlarida amalga oshiriladigan suv o'lchash ishlari hamda suv resurslari, ulardan samarali foydalanish va muhofazasi masalalari bilan bog'liq bo'lgan mavzular yoritilgan. Shuningdek, darslikda mazkur fan bo'yicha amaliy mashg'ulotlarni bajarish uchun uslubiy ko'rsatmalar berilgan.
-
Mexanika
Mazkur darslik 60110700 "Fizika va astronomiya" ta'lim yo'nalishi bakalavr talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, "Mexanika" fani boʻyicha nazariy qism, nazorat savollari, masalalar yechish namunalari, talabalar egallagan nazariy bilimlarini mustahkamlashga yo'naltirilgan test savollari va tavsiya etilgan mustaqil ta'lim mavzulari boʻyicha nazorat savollarini o'z ichiga oladi.
-
Shahar elektr ta'minoti 1-qism
Ushbu darslikda shaharlar elektr ta'minoti tizimlarini ta'minlovchi elektr ta'minot sxemalari,elektr iste'molchilar,nazorat qiluvchining yangi tizimlar bo'yicha materiallar keltirilgan.
-
Информатика
Дарслик информатика ва ҳисоблаш техникаси фанининг мазмуни, ҳисоблаш техникасининг ривожланиш тарихи, IBM PC туридаги компьютерлар ва унинг дастурий таъминоти, хусусан MS DOS операцион тизими, NC қобиқ дастури, Windows операцион тизими, Microsoft Word ва Excel дастурлари, Paint график муҳаррири, Microsoft Access дастури, Internet Explorer ва электрон почта хизматидан фойдаланишни ўз ичига олади. Шунингдек, дарсликда алгоритмлаш асослари ва Паскал алгоритмик тили баён қилинган. Барча мавзулар бўйича назорат учун савол машклар тўплами келтирилган.
-
Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi asoslari
Ushbu darslikda chet el adabiyotlari asosida yangi texnika va zamonaviy texnologiyalar asosida matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyalarini o'zida qamrab olib, bosishgacha bo'lgan jarayon asoslari, bosish jarayoni va bosishdan keyingi jarayonlar texnologiyalarining asoslari keltirib o‘tilgan. Darslikda shu bilan birga matnlami terish tarixi va qayta ishlash, rasmlarni qayta ishlash, bosma qolip tayyorlash jarayonlarining zamonaviy uslublari, ya’ni “Computer-to-plate”, bosish jarayonini avtomatik dastur yordamida boshqarish hamda broshyuralash- muqovalash jarayonlarini avtomatlashtirish batafsil va keng yoritib berilgan.
-
Qiyosiy adabiyotshunoslik
"Qiyosiy adabiyotshunoslik" fani o'zining geografik qamrovi, xronologik davrlashtirilishiga koʻra global miqyosni egallaydi. Jahon xalqlari badiiy tafakkuri namunalarining barchasi qiyosiy adabiyotshunoslik manbai boʻlishi mumkin. Komparativistika yoʻnalishidagi tadqiqotlar keng qamrovli tahlilni amalga oshirishni taqozo etadi. E'tiboringizga havola qilinayotgan ushbu darslikda qiyosiy adabiyotshunoslik metodologiyasiga oid eng muhim ilmiy-nazariy tushunchalar, jahon xalqlariga xos tarixiy, madaniy, falsafiy, estetik, adabiy hodisalar oʻrtasidagi tipologik xususiyatlar, adabiy aloqalar, tarjimashunoslik masalalari, komparativist olimlar va qiyosiy adabiyotshunoslik markazlari yoritilgan. Mazkur darslik davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan IL-27-4722022413-sonli "Qiyosiy adabiyotshunoslik" fanining "Komparativistika" elektron platformasini yaratish" mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida tayyorlangan.
-
Milliy identivlik va oav
Mazkur darslikda milliy identivlikning nazariy asoslari va OAVda bu mavzu kesimida material tayyorlashning o'ziga xosligi tahlil etiladi. Millliy identivlik OAVda namoyon bo'lishining spesifik xususiyatlari haqida ma'lumot beriladi. Darslik jurnalistika ixtisosligi bo'yicha oliy ta'lim muassasalari magistrlari, talabalari, soha mutaxassislari hamda mavzuga qiziqqan barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.
-
English grammar and history of language: theory and practice
This textbook, 'ENGLISH GRAMMAR AND HISTORY OF LANGUAGE: THEORY AND PRACTICE,' is tailored for bachelor's students in 'Foreign Language and Literature (English)' (60111800) at O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti. It offers a comprehensive exploration of English grammar's theoretical underpinnings and the historical evolution of the language, encompassing morphology, syntax, phonetics, and vocabulary across Old, Middle, and New English periods. The resource integrates theoretical knowledge with practical applications, preparing students for advanced linguistic studies and qualification papers in Theoretical Grammar and History of Languages.