-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
-
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Strukturaviy geologiya va geologik xaritalash
Mazkur darslik Yer po'stining tuzilishi va undagi deformatsiyalar, cho'kindi, magmatik va metamorfik tog‘ jinslarining hamda foydali qazilma yotqiziqlarining struktura shakllari va o‘zaro munosabatlari, burmali va uzilmali strukturalar tasvirlangan geologik xarita va ularni tuzish usullari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar keltirilgan. Geologik ishlarda aerofotosurat va geofizik tadqiqot materiallarini qo‘llashga katta ahamiyat berilgan. Geologik xaritalash ishlari tashkiliy, dala va kameral ishlar bosqichlarining maqsadlari va vazifalari hamda O‘rta Osiyo mintaqasiga taluqli murakkab geologik tuzilishdan kelib chiqqan holda, xaritalashda dala izlanishlarining xususiyatlari ko‘rsatilgan. Geologik xaritalashning turli usullari yoritilgan.
-
Anatomiya, fiziologiya va patologiya
Ushbu o‘quv qo‘llanma tibbiyot kollejlari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. U O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Anatomiya, fi ziologiya va patologiya» fani o‘quv dasturi asosida tuzilgan. O‘quv qo‘llanmada odam organizmi a’zolari va tizimlarining mo‘tadil tuzilishi va fao liyati, ularning ba’zi bir patologik holatlarda o‘zgarishi, shuningdek, moddalar almashinuvi va ularning buzilishi haqidagi ma’lumotlar ham keltirilgan.
-
Социальная философия
Книга рассчитана для студентов, аспирантов, преподавателей высшей школы и для всех интересуюшихся данной проблематикой.
-
Гендер тадқиқоти асослари курси хрестоматияси
Ушбу нашрдан кўзланган мақсад -гендер тадқиқотлари назарияси ва услубиёти бўйича хрестоматия билан таништиришдан иборат. Китобга хотин-қизларнинг ижтимоий роли, Ғарбдаги феминистик ҳаракат тарихига оид фалсафий , тарихий , ижтимоий ва публицистик адабиётлардан парчалар киритилган.
-
Pedagogika fanidan (o'quv-uslubiy qo'llanma)
O‘quv uslubiy qo‘llanmada Pedagogika faniga oid bilim asoslari ketma-ket va izchil bayon etilgan. Unda talabalarning o‘ziga xos tarbiyaviy jixatlari bayon qilingan.
-
Болаларни жойлаштиришнинг муқобил шакллари (Ўқув -услубий қўлланма)
Қўлланмада оила ва ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган болаларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоялаш учун муносиб шароитларни таъминлаш бўйича ижтимоий ишни ташкиллаштиришнинг ўзига хосликларини таъсифловчи масалалар ҳам киритилган.
-
Педагогика
Мустақиллик шарофати туфайли бошқа фанлар қатори педагогика фани равнақида ҳам буюк бурилиш ва ўзгаришлар содир бўлди. Бу шу фанни миллий тарбия асосига қуриш билан боғлиқдир. Мазкур дасрликда аждодларимиздан мерос бўлиб қолган тарбия анъаналари ва ақидалари, метод ва йўл-йўриқлари назарий жиҳатдан таҳлил қилинган.
-
Ўзбекистон - Япония: ўзбек дипломатиясининг янги босқичи
Мазкур қўлланма Олий ўқув юрти талабалари , ўқитувчилар ва кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Folklor va etnografiya
Mazkur o`quv qo`llanma o`zbek folklorshunosligining so`nggi yutuqlariga suyangan holda yaratildi. Unda o`zbek folklorining o`ziga xos jihatlari, janrlar tarkibi va badiyatini ko`rsatishga alohida e`tibor qarqtiladi.
-
Ўзбекистонда патронат тарбиянинг ташкил этилиши ва унинг таҳлили
Мазкур қўлланма олий ўқув юртларининг "Ижтимоий ходимларни тайёрлаш" факультетларида таҳсил олаётган талабалар учун ҳам тавсия қилинади.
-
Pedagogik texnologiya
Darslikda Pedagogik texnologiya kursining nazariy metodologik asoslari uning loyihalash asoslari yoritilgan. Shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalarining nazariyasi va loyihalash tartibi keltirilgan.
-
Ona tilini o'rganamiz
Mazkur o‘quv qo'llanmada Davlat ta'lim standartlariga kiritilgan mavzular yoritilgan bo‘lib, unda hozirgi o'zbek adabiy tili fanining barcha bo'limlari bo'yicha mavjud ma'himotlar, mashqlar hamda test topshiriqlari jamlangan.
-
Odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Ushbu darslik dasturga mos ravishda yozilgan bo`lib, talabalarga odam organizmi, organlari va to‘qimalarining tuzilishi, a’zolarining asosiy sistematik guruhlari kelib chiqishi vu rivojlanishi, organlar faoliyati va kasalliklarning kelib chiqishi sabablari haqida ma`lumotlar beradi.
-
Ma`naviyat asoslari
Mazkur ishda ma`naviyat va uning jamiyat taraqqiyotidagi o`rni, milliy mustaqillik sharoitida inson ma`naviy fazilatlarini shakllantirish hamda ma`naviyatga davlat homiyligi muammolari xususida so`z boradi.
-
O'simlikshunoslik
Darslik qishloq xo`jaligi fanlari bilan shug'ullanuvchi bir guruh olimlar tomonidan oliy о‘quv yurtlari talabalari uchun ilk bor mintaqaviy darslik sifatida yaratildi. Uni yozishda ко‘p yillik tajriba asos qilib olindi. Mualliflar tomonidan olib borilgan ilmiy kuzatishlar kitobning asosini tashkil etdi. Darslik о‘zbek tilida birinchi marta bunday to‘liq va mahalliy sharoit hisobga olingan holda bosmaga tayyorlangani uchun о ‘ziga xos kamchiliklardan xoli emas.
-
Ona tili o'qitish metodikasi
Mazkur darslikda boshlang'ich sinf ona tili o‘qitish metodikasi kursining maqsad va vazifalari, bo‘limlari: savod o'rgatish metodikasi, sinfda va sinfdan tashqari o'qish metodikasi, fonetika, gragika, grammatika, so‘z yasalishi, imlo o'qitish metodikasi; va o'quvchilarning bog'lanishli nutqini o'stirish metodikasi ta ’lim oldiga qo'yilgan zamonaviy talablar asosida bayon qilingan.