-
-
-
-
-
-
-
-
Elektronika. Radiotexnika
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Akademik xonandalik
Opera yo'nalishi talabalari uchun Qo'rqmas Muhitdinov repertuaridan ariya va romanslar kiritilgan. Bu ariya va romanslar bas ovozi bor ijrochilaga mo'ljallangan. Musiqiy materiallarni saralash jarayonida janr va uslub jihatidan xilma xil asarlar xonandaning ijrochilik san'atini oson o'zlashtirishga xizmat qilishi nazarda tutiladi
-
Iplarni to'quvchilikka tayyorlash
To‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, zamonaviy yuqori texno logiyalardan foydalanish va bozor iqtisodiyoti sharoitida mavjud xomashyolardan foyda-lanib, raqobatbardosh sifatli yangi turdagi to‘qimalarni ishlab chiqarish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.Iplarni to‘quvchilikka tayyorlash ip va to‘qima ishlab chiqarish jarayoni o‘rtasidagi bog‘lovchi texnologik zveno bo‘lib hisoblanadi. To‘quvchilik ishlab chiqarish texnologik jarayoni asosan quyidagilardan: ishlab chiqarilayotgan to‘qimalar assortimenti, xomashyo va to‘qimalarning tuzilishidan tashkil topadi.
-
Biologik faol moddalar texnologiyasi
Darlikda o'simlik, hayvon xomashyolari va mikroorganizmlar yordamida olingan biofaol moddalardan ishlab chiqarilgan dori vositalari hamda moddalami ajratib olishda ishlatiladigan biokimyoviy reaktorlar to‘g‘risida ham ma’lumotlar keltirilgan.
-
Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va uskunalari
Ushbu darslikda talabalar neft, gaz va boshqa uglevodorodli xomashyolarni qayta ishlash jarayonlarining umumiy nazariy asoslari bilan tanishtiriladi. Kitobda ekologiya, modda va energiyani tejash, istiqbolli jarayonlar va uskunalardan foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlarini zamonaviy usullar bilan jadallashtirish masalalarini yoritishga alohida ahamiyat berilgan. Shu bilan birga, asosiy atamalarning ta’rifi, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun aniq mavzular, test savollaridan namunalar keltirilgan.
-
Balet tanqidchiligi tarixi
Mazkur o'quv qo'llanmada balet tanqidchiligining vujudga kelishi va rivojlanish yo'llari, jahon balet san'ati nazariyasi va tarixi masalalari, raqs san'ati badiiy ifoda vositalarining o'ziga hos xususiyatlari yoritilgan. O'zbekistonda raqs va balet san'ati haqidagi fan shakllanishiga alohida e'tibor qaratilgan. "Balet tanqidchiligi tarixi" fani bo'yicha o'quv-uslubiy qo'llanma O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi San'atshunoslik (xoreografiya bo'yicha) bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Elektr va magnetizm
Mazkur qo'llanma mavjud Umumiy fizika kursi. Elektr va magnetizm o'quv qo'llanmasi asosini qayta ishlab chiqish va qo'shimcha ma'lumotlar bilan to'ldirib tayyorlangan.Qo'llanmada dielektriklarning xossalari va qutblanishi kabi mavzular kengroq yoritilgan.
-
Harbiy tarix
Mazkur o‘quv-uslubiy qo’llanma Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix o’qtish metodikasi kafedrasi va Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti Taktika kafedrasi hamkorligida tayyorlandi. O‘quvuslubiy qo'llanmada Qadimgi Sharq davlatlarining urushlari va harbiy san’ati rivojlanishining muhim bosqichlarini yoritishga ahamiyat berildi.
-
Chizma geometriya
Oliy o‘quv yurtlari oldida turgan asosiy vazifalardan biri O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»da belgilangan talablar asosida fanlar bo‘yicha zamonaviy mukammal darsliklar yaratish va shu asosida talabalarga chuqur nazariy bilimlar berib, ularni puxta amaliy malakalarga ega bo‘lgan mutaxassislar qilib tayyorlab yetishtirishdir.
-
Strategik marketing
Mazkur darslikda korxonada marketingni roli, marketing va ehtiyojlarni qondirilishi batafsil bayon etilgan. Bozorni segmentlash orqali ehtiyojlarni o'rganish, bozorning jozibadorligi, firmaning raqobatbardoshligini tahlil qilish, yangi tovarlar ishlab chiqarish yoli bilan rivojlanish strategiyasi, sotish kanali, narx va kommunikatsiya bo'yicha strategik qarorlar qabul qilish va strategik marketing rejasini tuzish muammolari batafsil bayon etilgan.
-
Geodeziya
O‘quv qo‘llanmada yer shakli va kattaligi haqida tushuncha, karta va planlarni tuzish usullari va ularni to‘g‘ri o‘qish, geodezik o'lchash ishlarini bajarish hamda ularni natijalarini hisoblash, geodezik o‘lchashlarda yo‘l qo‘yiladigan xatolarni aniqlash va tuzatish, geodezik tayanch va plan olish to‘rlarini yaratish masalalari bayon qilingan.
-
Электротехника ва электроника асослари
Ушбу дарслик техника олий ўқув юртларининг электротехника асосий бўлмаган ихтисослик бўйича ўқитиладиган талабаларига мўлжалланган.
-
Kompozisiya
O'quv qo'llanmaning asosiy vazifasi talabalarning kompozitsiya sirlarini o'zlashtirish, mustaqil fikrlash va ijodiy faoliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Mazkur qo'llanma kompozitsiya fanidan yaratilgan dastur asosida tuzilgan bo'lib, illyustratsiyalar bilan boyitilgan. Oliy o'quv yurtlari uchun mo'ljallangan ushbu qo'llanmadan shu sohaga aloqador mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
-
Biotexnologiya asoslari
Darslikda an’anaviy va zamonaviy biotexnologiya haqida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, unda biotexnologiyaning asosiy yo‘nalishlari, uning fundamental va amaliy tomonlari, asosiy biotexnologik jarayonlarning amalga oshirish usullari, gen injeneriya yo‘nalishlari, fermentativ jarayonlar bayon etilgan.
-
Спортивная медицина
Физическая культура и спорт расширяют адаптационные возможности человека. Двигательная активность, рациональное питание, закаливание способствуют укреплению здоровья человека, повышают его функциональные возможности, способность противостоять негативным факторам окружающей среды. Это особенно важно сегодня, в условиях резко возросшего темпа жизни и повышенных требований, которые предъявляются к работникам всех сфер труда.
-
Моделирование взаимодействия экологических факторов
Цель учебного пособия заключается в том, чтобы студенты на основе изучения современных методов экологии приобрели навыки применения вычисления взаимодействия экологических факторов для использования и решения задач охраны окружающей природной среды безопасности.
-
"Qutadg'u bilig"dagi so'zlarning o'zbekcha, ruscha va inglizcha izohli lug'ati.
Mazkur lug'atda Yuauf Xos Xojibning "Qutadg'u bilig" asarida qayd etilgan 3370 ta leksema o'zbekcha, rus va ingliz tillarida izohlangan.Lug'atda keltirilgan turkiy, fors-tojikcha hamda arab tiliga oid so'zlarning ma'nolari bugungi kun uchun ham ahamiyatlidir. Lug'at talabalar,magistrantlar,doktarantlar hamda o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.