-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
Neft va gaz kimyosi
Ushbu o‘quv qo`llanmada neft va gazni fizik-kimyoviy xossalari, ulami tadqiqoti va tarkibiy qismlarga ajratish usullari hamda neft va gazni tarkibiga kiruvchi birikmalarning asosiy sinflarining xossalari va reaksiyalari ko‘rib chiqilgan. Neftning hosil bo‘lishi, termik va termokatalitik o'zgarishlari kimyosi, neft va gaz uglevodorodlarining gidrogenolizi va boshqa reaksiyalari jarayonlari masalalari yoritilgan. Yoqilg‘i va moylar asosiy turlarining tarkibi va ekspluatatsion xossalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
-
Axloqshunoslik
Darslik axloq, xulq, odob haqida bog'chada ham, maktabda ham, oilada ham, ma’raka-yig'inlarda ham ko‘p eshitgansiz, radio-televideniye, matbuot doim axloq to‘g‘ risida gapiradi. Hadislar-u rivoyatlar, mashhur imom-xatiblarning va’zlari-yu she’r-u romanlar, masal-u matallar — hammasi bitta narsaga qaratilgan: inson bolasi yuksak axloq egasi bo‘lmog‘i lozim.
-
Amaliy geodeziya
Mazkur darslikda injener-geodezik ishlarning quyidagi asosiy turlari: topografiк-geodezik qidiruv, chiziqli inshootlarni trassalash, rejalash ishlari, qurilish konstruksiyalarini loyihaviy holatda o ‘rnatish va tekshirishning geodezik usullari, inshootlar deformatsiyasini kuzatish, yo‘l-transport, gidrotexnik, yer osti hamda noyob inshootlarni loyihalash va qurishdagi geodezik ishlarning nazariyasi va amaliyoti bayon etilgan.
-
Kasb ta’lim uslubiyati
O'quv qollanmada kasb ta'limining metodologik asoslari va ilmiy tadqiqot usullari tamoyillari va o'qitish jarayonini tashkil etish, o'tkazish, bilim, ko'nikma va malakalarni baholash yo'llari hamda kasbiy faoliyatni tashkil etish, talabalarni kasbga yo'naltirish bo'yicha tavsiyalar bayon etilib, ta'lim-o'qitish, metod-usul tushunchalaridan sinonim sifatida foydalanilgan.
-
Элекротехника материаллари
Китодида электротехника матеаллар ўргатиш ва тақсимлаш асослари уларнинг таркиби ишлаб чиқилади.
-
Analitik kimyo.Laboratoriya mashg'ulotlari
Kitobda kimyoviy analiz usullari yordamida qilinadigan sifat va miqdor analizi usullarining amaliy asoslari,laboratoriya ishlarini bajarish texnikasi, usullari, yo'llari va tartibi batafsil o'rganib chiqilgan.
-
Mikroprotsessorlar
Mikroprotsessorlar o`quv qo`llanmasida raqamli qurilmalarni rivojlantirish bosqichlari, mikroprotsessorlarni qurish tamoyillari va ishlash asoslari, tarmoq protsessorlarining tuzilishi, rivojlanish bosqichlari va arxitekturasi ko`rib chiqilgan. Turli mikrokontrollerlarning strukturalari keltirilgan, ular uchun dasturiy ta'minot yaratish masalalari, bosqichlari va shular asosida dasturiy boshqariladigan qurilmalarni yaratish jihatlari yoritilgan. Shuningdek, ma'lum qurilmalarga oid dasturlar tuzish misollari keltirilgan.O`quv qo`llanma oliy o`quv yurtlariga hamda aloqa va axborotlashtirish sohasi xodimlariga mo`ljallangan.
-
Matbaa asoslari
Mazkur o'quv qo'llanma Matbaa asoslari dasturi asosida yozilgan bo'lib unda matbaa sanoatining bosishgacha bo'lgan, bosish va risolalash-muqovalash, texnologik jarayonlarining asoslari to'la yoritib berilgan.
-
Миллий маданият ва миллий ўзликни англаш
Ҳар бир дарсга мос равишда ўзига хос вазифа қўйилади. Таълим соҳасида ислохот ўтказиш, баркамол авлодни тарбиялаш , либералтзация, мамлакатни модернизасия қилиш, фуқаровий жамиятни шакллантириш , кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни ривожлантириш муаммолари бир бирини тақоза этади.
-
Odam genetikasi
Ushbu darslikda «Odam genetikasi» asoslariga oid asosiy maiumot va tushunchalar berilgan. Fanga oid turli nazariy bilimlar, odam genetikasining rivojlanish tarixi, hujayralar bo'linishi va odam jinsiy hujayralarining hosil boiishi, irsiyat qonunlari va o‘zgaruvchanlik haqidagi maiumotlar berilgan.
-
Аналитик кимё
Дарслик уч қисмдан: сифат анализи, миқдорий анализ ва физик-кимёвий анализ усулларидан иборат бўлиб, ҳар бир қисм берилган маълумотларни ўзлаштиришни осонлаштирадиган қисқача назарий маълумот билан бошланади.
-
Электр машиналари ва эритма
Қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқаришини электрлаш ва автоматлаш йўналишидаги коллеж ўқувчиларига мўлжаллаб қайта ишланган ушбу китобда: ўзгармас ва Узгарувчанток генератори ва моторларининг тузилиши, ишлаш принципи, тавсифлари, уларни ишга тушириш, тормозлаш, айланиш тезликларини ростлаш усуллари, трансформаторларнинг тузилиши, ишлаш принципи, вазифалари, махсус трансформаторлар ҳамда электр юритма турла.
-
Noorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari
Noorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari о`quv qo'llanmasi universitetlarning kiniyo fakultetlari uchun nomunaviy о‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi. Har bir oliy о`quv yurti uchun о`z imkoniyatlarini, moddiy-texnik bazasini hisobga olgan holda rejani о`zgartirishi mumkin.
-
Маркетингда нарх сиёсати
"Маркетингда нарх сиёсати" фанини ўрганиш ва хусусиятлари, истеъмол имкониятлари ва афзалликлари, бозор конъюктураси ва ўзига хослигини ўрганишдан иборат, нархни белгилашга тизимли ва эгилувчан ёндашувдан фойдаланилади. Бу эса , нарх маркетологлар томонидан харидорга таъсир воситаси ва шу билан бир вақтда ўрганиш учун қулай бўлган барча омиллар ва боғлиқликларни ҳисобга олган ҳолда тадқиқот объекти сифатида кўриб чиқилишини англатади.
-
Kimyoviy birikmalar tuzilishi va xossalarini matematik modellash
O`quv qo`llanma 5140500 — Kimyo bakalavri ta'lim yo`nalishining o`quv rejasidagi «Kimyoviy birikmalar tuzilishi va reaksion qobiliyatini matematik modellash» fani mutaxassislik kursining va 5A140501— Fizikkimyo ixtisosiigi bo`yicha magistraturaning o`quv rejasiga tanlov fani sifatida kiritilgan «Kompyuter kimyosi» fanining o`quv dasturi asosida yozilgan bo`lib, unda kimyoviy birikmalar tuzilishi va reaksion qobiliyatini matematik modellashning zamonaviy usullari atroflicha yoritilgan, laboratoriya ishlari va ularni bajarish tartiblari hamda talabalar bilimini nazorat qilish uchun nazorat savollari va testlar keltirilgan. Kitob ilmiytadqiqot institutlarining xodimlari, kimyo fanlari ixtisosiigi bo`yicha katta ilmiy xodim — izlanuvchilar uchun ham o`quv qo`llamna vazifasini o`tashi mumkin.
-
Umumsan`at tarixi
Mazkur o‘quv qo‘llanma “Umumsan’at tarixi” fanini o`rganuvchi talabalar uchun mo`ljallangan bo`lib, jahon me’morchiligi va tasviriy san’atidagi badiiy jarayonlami o`rganishdagi eng muhim bosqichlardan biri o`rta asrlar Vizantiya va roman davri san’atini yoritib beradi. Unda Vizantiya hamda roman uslubi me’morchiligi, tasviriy san’ati shakllanishiga ta’sir ko'rsatgan asosiy omillar, sanamnavislikning badiiy kanonlari va o`ziga xos uslubiy jihatlari ochib berilgan, davr madaniyatidagi asosiу chizgilarni namoyon etuvchi durdona asarlar tahlil etilgan. Qo`llanmada san’atshunoslik va me’morchilik ilmida keng muomalaga kirgan atamalarga batafsil izoh keltirilgan. “Umumsan’at tarixi (O`rta asrlar san’ati)” o`quv qo`llanmasi badiiy ta’lim yo`nalishidagi oliy, o`rta mahsus va kasb-hunar kolleji talabalari uchun mo`ljallangan.