-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
Амали ҳандаса (геометрия амаллари)
Ушбу китобча ҳандаса (геометрия)га оид 1916 йиллар атрофида ёзилган ва эски ўзбек тилидан ҳозирги ўзбек тилига айлантирилган рисоласидир.
-
Vokal san'ati asoslari
Unda magistrlarning badiiy-ijrochilik tomonlarini puxta o'zlashtirilishiga, ularning qo'shiqlari repertuarlarini xilma-xil shakl va xarakterdagi rang-barang asarlar bilan bo'yitib borishga alohida e'tibor berilib, o'zbek kompozitorlarining yangi asarlari, musiqali dramalardan parchalar, romanslar, ariyalar, xalq qo'shiqlari kiritilgan.
-
Yakkaxon qo'shiqchilik
Unda talabalarning badiiy-ijrochilikning sirlarini puxta o‘zlashtirishlari, ularning repertuarini rang-barang shakl va xarakterdagi asarlar bilan boyitib borishga alohida e’tibor berilgan. O‘zbek kompozitorlarining bir qator asarlari, opera va musiqali dramalardan parchalar, romanslar, ariyalar, xalq qo‘shiqlaridan namunalar kiritilgan. Darslikda vokal asarlarini ijro etish yuzasidan annotatsiyalar, pedagogik tavsiyanomalar, xonandalik san’atining rivojlanish tarixi, ovoz apparatining tuzilishi va uni boshqarish hamda vokal san’atiga oid asosiy tushunchalar haqida ma’lumotlar berilgan
-
Xor aranjirovkasi
Xor ijrochiligi bayonining turli usullari: qayta ishlangan asarlar yozuv uslubi, ularning tuzilishi, shakli, ovozlar taqsimotining xususiyatlari tahlil etilgan. Ko'p ovozli a'cappella xori uchun aranjirovka qilishda ifodaviy vositalarni tanlab olish tamoyillari ta'riflangan.
-
Logopediya
Ushbu darslikda logopediyaning nazariy va metodologik asoslari; nutq kamchiliklarining turlari va ularni bartaraf etish; rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari; maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutqning rivojlanmaganligi hamda ularni o'qitish va tarbiyalash masalalari; nutq buzilishlarining oldini olish islilari yoritildi.
-
UZ- DAEWOO автомобилларининг тузилиши бўйича плакатлар тўплами
Ушбу ўқув қўлланма олий ва ўрта махсус таълими талабалари, хайдовчиликни ўрганувчиларга ҳамда UZ- DAEWOO автомобилига қизиқувчилар учун мўлжалланган бўлиб, TICO автомобили мисолида двигател механизмлари, мойлаш тизими, совитиш тизими, электрожиҳозлари ва ҳаказо автамобилни асосий қисмларини ишлаш ва тузилиш жараёнлари плакат шаклида берилган.
-
Сирли табобат
Ушбу китоб ҳозирги кунда энг муҳим ва зарур бўлган масала - инсон чиройига бағишланган бўлиб, у мўйнинг тўкилиши ва пўст ташлашдан сақлайдиган, мўй рангини ўз ҳолига келтирадиган, юз ва қўлни чиройли қиладиган, оқ ва қора песликни йўқотадиган, қўтир, қичима, милкак ва сўгални тузатадиган, тери ёрилишларини битирадиган, семиз кишини эса оздирадиган, тирноқларда юз берадиган эгрилик, улардаги песлик ва моховликни даволайдиган содда ва мураккаб дорилар тавсифидан ҳамда уларнинг ишлатиш йўлларининг баёнидан иборат. Ушбу рисола кенг ўқувчилар оммасига мўлжалланган.
-
Qadimgi dunyo tarixi
Qo'llanma eng qadimgi davr tarixini davrlashtirish masalasini yorituvchi, qadimgi odamlarning hayoti, ular yashagan manzilgohlar, ushbu davr manbalari va tarixchilari to'g'risidagi ma'lumotlardan iborat. O'quv qo'llanma o'quvchilarni qadimgi dunyo tarixidan mukammal bilimlarga ega bo'lishiga ko'maklashadi.
-
O'zbekistonning tarixiy o'tmishi
Ushbu kitobda O'zbekistonning qadimgi davrlardan to XIX asr o'rtalarigacha bo'lgan tarixiy o'tmishi yorqin va mazmunli shaklda bayon qilingan. Kitob, birinchi navbatda keng o'quvchilar ommasiga - o'z Vatanining tarixiy o'tmishi bilan qiziqadigan barcha-barchaga mo'ljallangan.
-
Matematik analiz asoslari (2-qism)
Ushbu kitob universitetlar hamda pedagogika institutlari, shuningdek, oliy texnika o'quv yurtlarining oliy matematika predmeti chuqur dastur asosida o'qitiladigan fakultetlari talabalari uchun mo'ljallangan. Uni yozishda mualliflar bir necha yillar davomida o'qigan ma'ruzalaridan foydalanganlar Kitob analiz kursining 2-qismi bo'lib, unda ko'p o'zgaruvchili funksiyalarning differentsial va integral hisobi, funksional qatorlar nazariyasi va Fur'e qarorlari batafsil bayon etilgan.
-
Aranjirovka
Unda jamoani tashkil etish u bilan ishlash, repertuar tanlash, vokal-xor jamoalari uchun aranjirovka qilish (jamoa ijrosiga moslashtirish)ning muhim elementlari ustida ishlash uslubiy yo‘nalishlari, hamda muallif tomonidan aranjirovka qilingan asarlar to‘plami mujassamlangan.
-
Folklor jamoa ijrochiligi
0'quv qo'llanma Farg'ona - Toshkent folklori misoiida foiklor jamoa ijrochiligining umumiy jihratlari, jamoaga qo'yiladigan talablar, ular ijro etadigan asarlar va ularning o'zlashtirilishi, jo'r'ovoz bo"lib kuylash borasida kasbiy tavsivalar va ijro amaliyoti uchun bir qator musiqiy namunalar ketrtirilgan.
-
Yakkaxon xonandalik
Qo'llanmaga O'zbekiston bastakorlarining sara asarlari talaba-yoshlarni konsert repertuarlari bo'yicha vokal ijro mahorati texnikasi ustida ishlash uchun taqdim etiladi.
-
Жисмоний тарбияда педагогик техналогиялар
Ўқув қўлланма жисмоний тарбия институти ва педагогика университетларининг магистрлари учун мўлжалланган.
-
Спорт иншоотлари
Спорт иншоотлари фани бўлажак мутахассисларга мураббий ва ўқитувчи бўлишида ижтимоий тажриба беради. Ўқув материали мазмуни ҳар хил жиҳозлар, қурилмалардан фойдаланиш, уларни тайёрлаш қоидалари ва усуллари, ҳаракат ва машқларга мустақил жой тайёрлаш, спорт иншоотларининг атроф-муҳитга таъсирини тўғри ҳисобга олишни ўргатади.
-
Енгил атлетика
Дарслик Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг олий ўқув юртлари аро илмий-услубий Кенгаши томонидан нашр этишга тавсия этилган.