-
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
-
Turon kurash
Mazkur uslubiy qo’llanma sport maktablari trenerlari uchun mo‘ljallangan. O’quv-uslubiy qo’llanma mazmunida Turon kurashi tarixi, jismoniy, texnik – taktik, psixologik tayyorgarlik, mashg‘ulotlarini tashkil qilish, gigiyenik va xavsizlik qoidalari yoritilgan.
-
Статистика
Ўқув қўлланма "Хизмат кўрсатиш соҳаси" йўналишилари намунавий дастури бўйича тайёрланган бўлиб, икки бўлимдан иборат. Биринчи бўлимда статистиканинг предмети, статистик кузатиш, жамлаш ва гурухлаш, мутлок, нисбий ва ўртача микдорлар, динамика қаторлари, иқтисодий индекслар каби назарий мавзулар ёритилган. Қўлланманинг иккинчи бўлимида аҳоли ва мехнат ресурслари, миллий бойлик, миллий хисоблар тизими, молия-кредит тизими, аҳоли турмуш даражаси каби статистиканинг ижтимоий-иқтисодий мавзуларига бағишланган. Қўлланма содда ва тушунарли тарзда, мисоллар ва саволлар билан тўлдирилган холда ёритилган. Ўқув қўлланмадан статистика фани ўқитиладиган барча йўналиш талабалари ва статистикага қизикувчилар фойдаланишлари мумкин.
-
Interfaol ta'lim metodlarining psixologik asoslari
Ushbu uslubiy qo'llanma barcha ta'lim yo'nalishidagi pedagog xodimlar, amaliyotchi psixologlar, pedagog tadqiqotchilar, psixologlar, sotsiologlar, faylasuflar va shu muammoga qiziquvchi barcha soha mutaxassislari uchun mo'ljallangan.
-
Valeologiya asoslari
Ushbu qo`llanmaning asosiy maqsadi talabalar o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish, ularni o`z salomatligiga bo`lgan munosabatni yanada takomillashtirish va salomatligini muhofaza qilish, mustahkam salomatlik, kasalliklarni oldini olish, zararli odatlardan voz kechish, faol umrni uzaytirish, jismoniy tarbiya va sportning ruhan tetik, jismonan barkamol insonni shakllantirishdagi beqiyos ahamiyati kabi muhim mavzularni qamrab olgan.
-
Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish
Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish darsligi keng yo'nalishda ta'Iim olayotgan talabalarga, pedagoglarga mo'Ijallangan bo'lib, undan turli mutaxassislar, tabiatning ekologik holati va uning muhofazasi bilan shug'ullanadigan tabiat jonkuyarlari ham foydalanishlari mumkin. Darslik atrof-muhitni muhofaza qilish muammolariga bag'ishlangan bo'lib, unda shu yo'nalishning maqsadi, tarixi, vazifalari ochiladi va tabiatning asosiy tarkibiy qismlari: tabiiy zaxiralarning xillari, biosferaning ifloslanish manbalari, atmosfera, radiatsion ifloslanish, gidrosfera, Orolning ekologik holati, litosfera (yer boyliklari), tabiiy xom ashyolar va energiya manbalari, biologik zaxiralar, ularning xillari, ahamiyati, muhofaza qilish chora-tadbirlari va tabiiy boyliklardan samarali foydalanish, iqtisodiy baholash, boshqarishning ekologik huquqiy asoslari har tomonlama bayon etilgan.
-
Tarix-o‘tmish va kelajak ko‘zgusi
Vatanimizning ko‘hna va boy tarixini chuqur o‘rganish hamda haqqoniy tahlil qilish tarixchilarining oldida turgan muhim vazifalardan biri sanaladi. Shuningdek, to'plamga bugungi ijtimoiy ma'naviyatni rivojlantirishga daxldor masalalar qamrab olinib, unda tarix o'tmish va kelajak ko'zgusi ekanligi ilmiy nazariy jihatdan asoslangan.
-
Maktabgacha ta'limda musiqa tarbiyasi
Uslubiy qo'llanmadagi tavsiya etilayotgan ko'rsatmalar, musiqa repertuari jonajon vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, tabiatni e'zozlash, do'stlik, hamjihatlik, rahm-shavqat kabi hislar musiqiy obrazlar orqali idrok etishga qaratilgan va mashg'ulot jarayonida quyidagi ijrochilik malakalarini shakllantirish zarur. Tovushni to'g'ri ohangda ijro etish, musiqa ostida ritmik harakatlarni ifodali bajara olish, cholg'u asboblarining tovushiga ko'ra ajrata olish va ularni aniq uslublarga, bolalar cholg'u asboblariga chalishga o'rgatishdan iborat.
-
O`zbek tili II-qism
Mazkur darslik tibbiyot institutlarining talabalariga mo'ljallangan. Unda sog'liqni saqlash ta'lim sohasining davolash ishi, kasbiy ta'lim, pediatriya ishi, tibbiy biologiya ishi ta'lim yo'nalishlarining xususiyatlari hisobga olingan holda matnlar, ish yuritish qog'ozlari kiritilgan.
-
Jismoniy tarbiya tarixi
Pedagogika va sport yo'nalishidagi kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etilayotgan ushbu o'quv qo'lIanma maxsus dastur bo'yicha yozilgan bo'lib, unda asosiy e’tibor jismoniy tarbiya tizimi, uning vositalari, uslublari, tamoyillari, jismoniy sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan. Qo'llanma jismoniy tarbiya bo'yicha amaliyotni hisobga olish va rejalashtirishning ilmiy, nazariy va amaliy materiallarini o'zida mujassamlashtirgan hamda jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etish masalalarida yordam beradi.
-
Tarmoqlararo modellar
Mazkur o`quv qo`llanmada milliy iqtisodiyotni turli tarmoqlarida qo`llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va modellar,sanoat korxonalarida tirli xildagi yuklarni tashishning optimal rejasini aniqlash, oddiy va ko`p bosqichli transport masalasi va ularni yechishning Brudno,Lyambda usullari keltirilgan, milliy iqtisodiyotda qo`llaniladigan tarmoqlararo balans modellari har tomonlama yoritib berilgan.
-
Algebra vа sonlar nazariyasi
O‘quv qo‘llanma «Algebra va sonlar nazariyasi» fani Davlat ta’lim standard hamda dasturiga to‘la mos keladi. Tavsiya etilayotgan nazariy savollar va amaliy topshiriqlar modullarda jamlangan bo‘lib, ularda keltirilgan metodik tavsiyalar ushbu o ‘quv qo‘llanmadan foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar yaratadi.
-
Jahon etnologiyasi asoslari
Milliy mafkuraning shakllanishi o'zbek xalqining, ayniqsa, yoshlar ongi, bilim darajasining o'sishi bilan bevosita bog'liq. Ularning jahon xalqlari etnik qiyofasini tasavvur qilishi, ayrim millat va elatlarning etnogenezi, etnik tarixi, moddiy-ma'naviy hayotini, milliy his-tuyg'ulari, tabiatini bilishi juda muhim zaruriyat desa bo'ladi. Ushbu kitobda jahon xalqlarining kelib chiqishi, etnik jarayoni, shakllanishi, joylashuvi, madaniy-maishiy turmushi, moddiy-ma'naviy madaniyati, urf-odat va bayramlari, diniy tasavvurlari xususida batafsil ma'lumotlar berilgan. Mazkur kitob 1985-yilda "O'qituvchi" nashriyotida chop etilgan "Jahon xalqlari etnografiyasi" darsligining tubdan qayta ishlangan va yangi manbalar bilan to'ldirilgan nashri bo'lib, unda hozirgi murakkab etnik va etnomadaniy jarayonlar, xalqlarning hozirgi hayotida bo'layotgan ayrim o'zgarishlar aks etgan. Ushbu kitob etnologiya va uning tarixini o'rganayotgan olimlar, talabalar va ushbu sohaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
Darslikda metrologiya asoslari, sanoat ishlab chiqarishidagi texnologik jarayonlarning parametrlari (harorat, bosim, sath, sarf, konsentratsiya, zichlik, qovushqoqlik, mexanik kattaliklar) ni nazorat qilish usullari va asboblari tavsiflangan. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish asoslari, texnologik jarayonlarni avtomatik va avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini amalga oshirish mufassal bayon etilgan hamda avtomatlashtirishning zamonaviy texnik vositalari, dasturiy texnik majmualar va avtomatlashtiriladigan obyektlarni vizuallashtirishning SCADA tizimlari atroflicha yoritilgan.
-
Jamiyat hayot xotin-qizlar va ularning ijtimoiy faolligi
Ushbu monografiyada O'zbekiston Respublikasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohatlar tufayli ayollarning jamiyatidagi o'rni va mavqiyini oshirish islohatlar borasidagi ishlardir.
-
Социология
Данная книга представляет обобщенное изложение социологического материала, куда входят анализ самой социологии как наука, определение основных категорий теоретической социологии, изложение основ отдельных конкретно-социологических дисциплин и раскрытие методологических основ прикладной социологии.
-
PHP 5/6
Рассмотрены самые последние версии языка разработки серверных сценариев PHP —5.3 и 6.0. Подробно описан язык PHP, в том числе вопросы объектно-ориентированного программирования на PHP, обработки исключительных ситуаций, взаимодействия c MySQL и многое другое. В книге обсуждаются все вопросы, с которыми может столкнуться Web-разработчик, начиная с создания инструментария для быстрой разработки Web-приложений и последних нововведений языка программирования PHP и заканчивая вопросами безопасности и особенностями программирования клиент-серверных приложений. Книга имеет практическую направленность, т. к. содержит множество примеров, взятых из практики разработки динамических Web-сайтов.