-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Poligrafiya. Reprografiya. Fotokinotexnika
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Iqtisodiy ta`limotlar tarixi
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining erkin bozor munosabatlariga o’tish xususiyatlari ko‘rsatilgan. Har bir bobda qisqacha xulosalar, tayanch tushuncha, nazorat va muhokama uchun savollar berilgan. Darslik oliy o‘quv yurti talabalari, aspirant, ilmiy xodimlar va iqtisodiyot tarixi bilan shug‘ulianuvchilarga mo‘ljallangan.
-
Bolalar adabiyoti
Ushbu darslik 2002-yilda o'tkazilgan "Yilning yaxshi darsligi va o'quv adabiyoti" respublika tanlovida birinchi o'rinni egallagan.Yosh avlodga chinakam aqliy, axloqiy, estetik tarbiya berish, ularni mamlakatimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek ulug‘ maqsadni ko‘zlab yozilgan mazkur „Bolalar adabiyoti“ (darslik-majmua) kitobi kasb-hunar kollejlarining „Maktabgacha ta’lim“ bo‘limi o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan bolalar adabiyotiga qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishlari mumkin
-
Matematika o'qitish metodikasidan praktikum
Qo'llanma talabalarning matematikdan boshlang'ich ta'lim metodikasi bo'yicha amaliy mashg'ulotlarda bajaradigan asosiy ishlarning tavsifini va namunalarini o'z ichiga oladi.
-
Ўсимликлар физиологияси
Дарслик университетнинг биология, экология ва қишлоқ хўжалиги йўналиши бўйича таҳсил оладиган бакалаврларга ҳамда ўсимликлар физиологияси, экология ва биология ихтисослиги йўналишидаги магистрлар учун мўлжалланган бўлиб, ундан ушбу соҳа бўйича шуғулланаётган илмий-тадқиқотчилар ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Karies kasalligi
O`quv qo`llanmada terapevtik stomatologiya sohasida vrachlar kasbini rivojlantirish maqsadi va vazifalari, kutilgan natijalar, ma`ruzalar, amaliy mashg`ulotlar, seminarlarning mavzusi, ularni o`tkazish uchun uslubiy tavsiyalar hamda vrach-terapevt-stomatolog bilimlarini rivojlantirsh va davolash samaradorligini oshirish uchun zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalar, fan va texnikaning oxirgi yutuqlariga tayangan holda aks ettirilgan va stomatologiya sohasidagi zamonaviy adabiyotlar keltirilgan. Ushbu o`quv qo`llanma stomatologiya talabalari hamda malaka oshirish vrachlarining bilimlarini yanada rivojlantirish uchun mo`ljallangan.
-
Bolalar yuqumli kasalliklari
Qo'llanmada bolalar orasida uchrayotgan yuqumli kasalliklarining asosiy kechish xususiyatlari, etiologik tizimi, epidemiologiyasi, patogenez tizmasi, klinik kechimi va tasnifi, diagnostika usullari, uy sharoitida davolashga va kasalxonaga yotqizishga ko'rsatmalar yoritilgan.
-
Мутафаккирлар аҳлоқ ва адолат ҳақида
Одоб ва аҳлоқ, адолат тушунчалари бир занжирнинг чамбарчас халқаларидир. Одоб ва аҳлоқ йўқ макон-у замондан, инсон қалби ва хатти-ҳаракатидан адолат қувғинда ва аксинча, адолат бўлмаган жойдан одоб ва ахлоқ излаш бефойда. Зотан улуғ аждодларимиз ҳам бу умуминсоний неъматларнинг шундай узвий бирликда кўрганлар ва бизга таълим берганлар. Қўлингиздаги ушбу рисолада ҳам улуғ алломаларимизнинг одоб ва ахлоқ, адолат борасидаги қарашлари ўрин олган. Рисола сизнинг китоб жавонингиздан муносиб ўрин олишига ишонамиз.
-
Fizikaviy kimyodan masalalar to'plami
O'quv qo'llanmada fizikaviy kimyo fanining barcha bo'limlariga tegishli bo'lgan, qonun-qoidalari, tushunchalari, ta'riflari va boshqa masalalar kiritilgan.
-
Анализ производственно хозяйственной деятельности автотранспортных предприятий
В учебнике рассмотрены основные методы и приемы технико-экономического анализа производственно-хозяйственной деятельности автотранспортных предприятий, работающих в условиях хозяйственного расчета н самофинансирования. Дан анализ выполнения плана перевозок, технического обслуживания и ремонта подвижного состава, себестоимости перевозок, прибыли и рентабельности, социального развития коллектива, плана мероприятий по охране окружающей среды и использованию природных ресурсов, других направлений деятельности АТП.
-
Aruz ilmi
Ushbu darslik aruz ilmining qonun-qoidalari, tarkibiy qismlari, aruz bahrlari va aruz doirlari hamda mavarounnahrlik olimlarning aruzga doir asarlari haqidagi ma’lumotlarni o'z ichida qamrab olgan. Mazkur darslik “Arab filologiyasi” va “Mumtoz filologiya” mutaxassisligi bo ‘yicha bakalavr ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo‘Ijallangan.
-
Pediatrning amaliy ko’nikmalari
O’quv – uslubiy qo’llanma tibbiyot oliygohlari talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, har xil yoshdagi sog’lom va bemor bolalarni ob’ektiv baholashda kasbiy malaka va amaliy ko’nikmalarini chuqur egallashga ko’maklashish, hamda o’tkaziladigan tekshiruv ishlari samaradorligini oshirishga mo’ljallangan.
-
Kasb mahorati
Ushbu о`quv qо`llanma oliy о`quv yurtlari talabalari, malaka oshirish kurslari tinglovchilari va paxta tozalash sanoati xodimlari uchun mо`ljallangan bo`lib, unda paxtachilikni rivojlanish bosqichlari, chigitli paxtani qabul qilish jarayoni va uni boshqarish yо`llari, paxtani g`aram maydonlari va yopiq omborlarda saqlash, paxta tozalash korxonalari va paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonlari, paxta tozalash korxonalarida ishlatiladigan paxta tasish vositalari, chigitli paxtani quritish va iflos aralashmalardan tozalash jarayonlari, paxta tozalash korxonalarida jinlash va linterlash jarayonlari, tola tozalash jarayoni va paxta tozalash korxonalarining mexanika bо`limi bо`yi-cha malumotlar keltirilgan
-
Bosish jarayoni texnologiyasi
Ushbu qo'llanma bosish jarayonining zamonaviy texnologiyasi, bu sohada mamlakatimizda va chet ellarda erishilgan yutllqlar, asosiy bosma usullarining istiqbolli texnologik variantlari, mahsulot tayyorlash hamda turli uskunalarda bosishning xususiyatlarini aniqlash, bosish uskunalaridan samarali foydalanishga doir materiallar berilgan hamda atrof-muhit ifloslanishining oldini olishni ta'minlaydigan omillarni tahlil qilish masalalari atroflicha yoritilgan. Qo'llanma matbaachilik yo'nalishidagi kasb-hunar kolIejlari uchun mo'ljallangan.
-
Ma`naviyat asoslari (Barkamol avlodni tarbiyalashda uzluksiz ta`limniinsonparvarlashtirish texnologiyasi)
Tarbiyaviy muammolari yechimini hal qilishda milliy tarbiyani yuksaltirish, ma’naviyat va mafkuramizni yuksak bosqichlariga ko‘taradigan milliy g‘oya, mafkura g‘oyalarini rivojlantirishda ta’lim muassasalari faoliyatlarini ham yuksaltirishga katta e’tibor berish lozim. Shunga ko‘ra, biz ijtimoiy-gumanitar fanlari o`qitishda ta’limni tarbiya bilan uzviy bog‘lash va talaba-yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash usullaridan keng foydalanish maqsadida ushbu o‘quv qo‘llanmani yaratishni maqsad qildik.
-
Fizikadan masalalar to'plami
Kitob 5 ta bobga bo'lingan. Har bir bob uch qismga ajratilgan. Birinchi qismda shu bobga tegishli asosiy formulalar va qanuniyatlar keltirilgan. Bu formulalar shunchalik mufassal yozilganki, ularning qatorida maktabda o'rgatilishi mumkin bo'lgan, lekin hozirgi kunda darsliklarda qayd etilmaganlari ham bor. Bunday formulalar fizikani chuqur o'rganuvchilarda qiziqish uyg'otadi. Bu formulalardan ba' zilarining isboti namuna uchun echib ko' rsatilgan masalalarda keltirilgan. Ikkinchi qismida turli qiyinlik darajasiga ega bo'lgan bir qancha masalalar mufassal echib ko'rsatilgan. Birinchi navbatda bu masalalarning echimlarini tahlil qilish kerak. Bu jarayon davomida talabalarning masala echish bo'yicha mahorati va tajribasi ortadi. Uchinchi qismda mustaqil echish uchun mo'ljallangan masalalar keltirilgan. Bu masalalarning qiyinlik darajasi turlicha bo'lib, ular safida odatdagi maktabda ishlanadigan va bir formula ishlatish yo' li bilan echiladiigan masalalardan tortib, chuqur fikr yuritishni taqozo etuvchi Olimpiada masalalarigacha bor:.
-
Математик физика тенгламалари фанидан масалалар тщплами
Мазкур масалалар тўплами университетнинг математика, амалий математика ва информатика, механика ва физика йуналишларида таълим олаётган талабалари учун мўлжалланган.