-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
Тупроқшуносликдан амалий машғулотлар
Қўлланмада тупроқнинг энг муҳим физик,физик-механик, химиявий хоссаларини ўрганиш, уларни аниқлашга оид лабораторя машғулотлари ҳамда далада тупроқнинг табиий ҳолда текшириш, тупроқ эрозиясини аниқлаш методикаси ва ишлаш усуллари баён этилган.
-
Тупроқнинг таркиби хоссалари ва анализи
Ўқув қўлланмада Ўзбекистон тупроқларининг ўзига хос хусусиятлари,тупроқнинг асосий хоссалари тушунарли баён этилган,амалий машғулотларда тупроқ таркибини анализ қилиш усуллари ёритилган.Китобда тупроқни муҳофаза қилиш масалаларига алоҳида ўрин ажратилган,тупроқларнинг асосий типлари хақида маълумотлар берилган, тупроқ карталари ва картограммаларини ўқиш, уни бонитировкалаш усуллари ёритилган.
-
Қишлоқда ижтимоий ва иқтисодий ислоҳатларни чуқурлаштириш асослари
Мустақил мамлакатимизда олиб борилаётган ижтимоий, иқтисодий, сиёсий, мафкуравий соҳаларда, шунингдек, ҳалқ хўжалигининг турли жабҳаларида, хусусан, аграр тармоқдаги туб ислоҳатларда мамлакатимиз аҳлининг фаол иштироки давр талабига айланди. Мазкур китобда ана шу туб ислоҳатларни амалга оширишга доир асосий вазифалар, долзарб муаммолар, йўналиш ва чора-тадбирлар, қонуний асослар чуқур таҳлил эилган бўлиб, бу китоб жамиятимизнинг турли соҳаларида ишлаётган барча мутахассисларга ҳаётий қўлланма ўрнида асқотади, деб умид қиламиз.
-
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi 9-sinf
Darslikning asosiy maqsadi Siz, aziz o ‘quvchilarga dunyo mamlakatlari iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasiga doir chuqur bilim berish, o‘quvchilarni mustaqil bilim olishga va uni amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatishdan iboratdir. Darslikni unga mo‘ljallab tayyorlangan «Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi» geografik «Atlas»i bilan birga taqdim etilishi maqsadga muvofiqdir.
-
O'zbekiston tabiiy geografiyasidan amaliy mashg'ulotlar
Ushbu o‘quv qo'llanma ikki qism va ilovadan iborat. Birinchi qismda O'zbekiston tabiatining umumiy tavsifiga oid muammoli savol va topshiriqlar berilgan. Ikkinchi qismda respublikamiz hududidagi tabiiy geografik okruglarga oid qiziqarli savollar, topshiriqlar va ulami mustaqil bajarishga qaratilgan uslubiy ko'rsatmalar berilgan.
-
Tibbiyot va kimyoda d-elementlar
Tibbiy kimyo tibbiyotning fundamental fanlardan biri bo`lib, u farmokologiya, biokimyo kabi muhim fanlarning asosini tashkil etadi. Fanning o`zlashtirilishi ma’ruza, amaliy mashg`ulotlar hamda laboratoriya mashg`ulotlari yordamida amalga oshiriladi. Tibbiy kimyo fani ikki asosiy bo`limni o`z ichiga oladi
-
Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Mazkur o‘quv qo‘llanma o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida «Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi» mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. Garchi geoekologik ta’limning tarixi O‘zbekistonda uch o‘nyillikni qamrab olsa-da, mazkur o‘quv qo‘llanma mamlakatimizda ilk bor tegishli yo‘nalishga oid o‘quv adabiyoti sifatida chop etildi. O‘quv qo‘llanmadan ekologiya, geoekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qiziquvchi pedagoglar, talabalar, tadqiqotchilar va boshqalar ham foydalanishlari mumkin.
-
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
Mazkur darslikda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi haqida asosiy tushunchalar berilgan. Darslik nazariy va amaliy qismdan iborat bo'lib, unda ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanishning asosiy masalalari va muammolari qarab chiqilgan.
-
Foydali qazilmalar va ularning konlari
Kasb-hunar kollejlarining «Foydali qazilmalar geologiyasi va qidiruv ishlari» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha geologiya qidiruv ishlari, geofizika ishlari, geologiya qidiruv quduqlarini burg‘ilash mutaxassisliklari uchun yozilgan va o‘quv dasturlariga mos keladi.
-
Turizm va rekreatsiya geografiyasi
O'quv uslubiy qo'llanmada geografiya va turizmga oid fanlarni o'qitishda va amaliyotda zarur bo'lgan tushuncha va atamalarni hamda turizm va rekreatsiya geografiyasining iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy va ijtimoiy ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, o'quv qo'llanmada madaniy va tarixiy rekreatsiya hamda hududiy rekreatsiya resurslari, rekreatsiyaviy va turistik tabiatdan foydalanish, rekreatsion va turistik rayonlashtirish kabi mavzular yoritib berilgan.
-
Umumiy psixologiya
Mazkur o‘quv qo‘llanmada psixologiya fanining muammolari, tuzilishi, tamoyillari, psixik rivojlanishi qonuniyatlari, psixik jarayon va individual xususiyatlar, ularning asab tizimi, har bir psixik hayot sohasining o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan. O‘quv qo‘llanma kasb-hunar va pedagogika kolleji, akademik litsey talabalariga mo‘ljallangan.
-
Ekologiya va atrof muhit muhofazasi
Ushbu darslikda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi haqida asosiy tushunchalar berilgan. O‘quv adabiyoti nazariy-amaliy qismdan iborat bo‘lib, unda ekologiya, tabiatdan foydalanish, atrof-muhit muhofazasi masalalari va muammolari qarab chiqilgan. Xususan, organizmlar, ularning muhit bilan o‘zaro ta’siri, populatsiyalar, biosenozlar, ekologik tizimlar, biosfera va uning evolutsiyasi, odam ekologiyasi, biosferaga antropogen ta’sirlar, tabiatdan to‘g‘ri foydalanish va atrof-muhit muhofazasining asosiy tamoyillari, sanoat va qishloq xo‘jaligi ekologiyasi asoslari, ekologiya huquqi kabi masalalar tavsifi bayon etilgan.
-
Geografiya (materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi) 6-sinf
„Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi“ kursida Sizlarga geografik xaritalar, geografik qobiq va uning rivojlanish qonuniyatlari, tuzilishi, xususiyatlari, tarkibiy qismlari (litosfera, gidrosfera, atmosfera), har bir materik va okean tabiatiga oid bilimlar beriladi. Siz geografik qobiq tabiiy geografiyaning o‘rganish obyekti bo‘lganligi uchun shu mavzuga oid bilimlarni chuqur egallab olishingiz lozim. Shundagina materiklar va okeanlar tabiatini, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni oson bilib olasiz.
-
Tabiiy geografiyadan amaliy mashg'ulotlar
Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma geografiya fanining eng asosiy tushuncha va qonuniyatlarini o'z ichiga oluvchi 21 mavzuga doir 460 dan ortiq mashq va masalalarni, amaliy topshiriqlarni o‘zida jamlagan. Mazkur qo'llanma o'quvchilarning geografiya faniga oid bilim, ko'nikma va malakalarini mustahkamlaydi hamda ulaming fanga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshiradi. Qo'llanmadan geografiya darslarida, shu bilan birgalikda darsdan tashqari fakultativ kurslar haqida fan to'garaklarini tashkil etishda ham foydalanish mumkin. Qo'llanma maktab geografiya o‘qituvchilari va o‘quvchilar, akademik litsey va kasb hunar kollejlarining o'quvchilari, geografiyadan fan olimpiadasi va «Bilimlar bellashuvi»da ishtirok etuvchi o'quvchilarga, oliy o'quv yurtlari talabalari, unuman shu fanga qiziquvchi barchaga mo'ljallangan.
-
Elektr yuritma asoslari
Darslikda elektr yuritma tizimidagi o'zgarmas va o'zgaruvchan tok elektr dvigatellarining elektr mexanik xususiyatlari, tavsiflari, ularning tezligini rostlash usullari, elektr yuritma dvigatellarining quv vatini hisoblash va tanlash usullari bayon qilingan, shuningdek, zamonaviy mikroprotsessorli elektr yuritmalarning tuzilishi va ishlashi, energiya tejovchi elektr yuritmalarning qo‘llanishi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
-
Bosishgacha bo'lgan jarayon uskunalari
Ushbu darslik bakalavrlar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda bosma mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan zamonaviy terish va bosma qolip tayyorlashda qo'llanadigan uskunalar, ya'ni tasvirni tahlil qilish uchun skanerlar, lazer fotonabor avtomatlar, lazerli va oqimli printerlar, nusxa ko'chiruvchi ramalar, of set va fotopolimer plastinalarga ishlov berish uchun prot:sessorlar haqida ma'lumot keltirilgan.