-
-
-
San’at. San’atshunoslik
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Madaniyat. Madaniyatshunoslik
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Kompyuter lingvistikasi asoslari
Маzkur qo‘llanma oliy о ‘quv yurtlarining 5220100-filologiya (о ‘zbek filologiyasi) ta'lim yo'nalishi 1-bosqich bakalavr talabalari, magistrantlar, tadqiqotchilar va o'qituvchilarga mo‘Ijallangan. Unda kompyuter lingvistikasining asosiy masalalari tahlil va talqin etilgan, shuningdek, kitob so‘ngida kompyuter lingvistikaxining tayanch terminlari lug'ati (glossariy) keltirilgan.
-
Tuproq bonitirovkasi
Darslik «Tuproq bonitirovkasi» fani dasturiga muvofiq tuzilgan. Darslikda Davlat kadastri tizimini yuritishda tuproqning sifati, unumdorlik darajasi, uni o‘ziga mansub tabiiy iqtisodiy mintaqada joylashganligi bo'yicha ilmiy asoslangan ma’lumotlar keltirilgan. Darslikda tuproqni bonitirovkalash uslublari, ishlari davrlari, ya’ni tayyorgarlik, dala ishlari, kameral - tahlil ishlari mazmuni yoritilgan. Sug'oriladigan, lalmikor yerlami bazali bonitirovka shkalasi keltirilgan. Sug‘oriladigan, lalmikor tuproqlami bonitirovkalashda tuproqning asosiy xususiyatlari va tabiiy sharoitlariga ko‘ra pasaytirish omillari yoritilgan.
-
Sun'iy intellekt
Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar rivojlanishining tarixiy sharhi, ekspert o`quv qo`llanmada: sun’iy intellekt rivojlanishining yo`nalishlari; modeliar; ifodalar mantiqi va predikatlar mantiqi; Bayes ehtimolligi; mantiq cheklovlari; qaror qabul qilishning Markov jarayonlari; neyron to`rlar hamda sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanish istiqbollari, me’yoriy hujjatlar keltirilgan. O`quv qo`llanma oliy o‘quv yurtining 5330500 - «Kompyuter injiniringi» («АТ-servis», «Kompyuter injiniringi», «Multimedia texnologiyalari») fakulteti ta'lim yo`nalishi hamda oliy o`quv yurtlarining texnika, axborot kommunikatsiya texnogiyalari talabalari va keng ommaga mo`ljallangan.
-
Folklor kiyimlar va bezaklari
Ushbu qo`llanma o`zbek milliy kiyimlar va an`anaviy bezaklarning kelib chiqish tarixi, manbalari, ajdodlarimizning kiyim bilan bog`liq qadimiy urf-odatlari va marosimlari, har bir davrda kiyinish madaniyatining taraqqiyoti va rivojlanishi xususida yozilgan
-
Tibbiy biokimyo
Darslikda eng ko`p tarqalgan kasalliklar hamda patalogik holatlar diagnostikasi, ularni davolash hamda oldini olish usullarini asoslash sohasidagi mutaxassis mediklarning zamonaviy klinik-biokimyoviy tayyorgarligi uchun zarur bo`lgan klinik biokimyoning aktual masalalariga oid ma`lumotlar berilgan.
-
Avtomobil yo'llari
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti uslubiy kengashi tomonidan o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etilgan. O'quv qo'llanma avtomobil yo'llari tarixi ularni loyihalash qurish ekspluatatsiya qilish va texnik ekspluatatsion ko'rsatkichlari yo'llarda harakat havfsizligini tashkil etishga doir ma'ruza laboratoriya va testlar va nazorat savollari keltirilgan.
-
Kostyum tarixi
Kostyum tarixini tadqiqot qilish uchun turli manbalardan foydalanish mumkin; davr va xalq tarixi, tasviriy san'at asarlari, adabiyot ma'lumotlari va saqlanib qolgan libos namunalari hamda moda jurnallaridan va boshqalar. Ushbu darslik yozilishi jarayonida rus tilada nashr etilgan ko'pgina adabiyatlardan foydalanildi.Darslik qo'l yozmasini o'qib chiqib, muhim fikr-mulohazalar taklif etganlari uchun ustozlarimiz M. Sh. Jabbarovaga, G.Fayziyevaga,O'zbekiston Respublikasi tikuvchilik sanoati assortiment va modalar markazi jamoa korxonasining bosh muhandisi XBO'rmonovaga minnatdorchilik bildiramiz.
-
Menejment
Ushbu darslikda menejmentning nazariy jihatlari, boshqaruv munosabatlari va tashkilotlarning rivojlanishidagi yangi tendensiyalar zamonaviy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqiladi. Boshqaruv jarayonining asosiy figurasi — kasb egasi bo‘lgan boshqaruvchi menejerga, uning shaxsi, ishni tashkil etish, o‘zini o‘zi boshqarish va mehnat jamoasini tashkil etishga muhim o‘rin ajratiladi. Mazkur darslik Oliy va o‘rta maxsus ta’lim o‘quv yurtlari talabalari, tadqiqotchi va o‘qituvchilari hamda amaliy xodimlar, turli darajadagi menejerlar uchun mo‘ljallangan.
-
Педагогические технологии и педагогическое мастерство
Данное учебное пособие, написанное заслуженным деятелем народного образования Н.Н. Азизходжаевой, раскрывает современные проблемы педагогических технологий и педагогического мастерства преподавателя высшей школы.
-
Shirin orzular (She’rlar, qatralar, maqolalar)
Bu kitobchada endi ijod maydoniga kirib kelayotgan yosh qalamkashning ilk ilhom namunalari ja'm bo‘lgan. U ham izlanishda. Ustozlardan saboq olib, o‘z ustida ishlasa, bilimini oshirsa o‘z orzusiga yetishi mumkin. Siz ham uning murg‘ak qalbidan qaynab chiqqan jo‘shqin satrlariga oshno bo‘ling
-
Koreya tarixi, madaniyati va iqtisodiyotiga oid ocherklar
Mazkur o'quv qo'llanma, Koreya Respublikasi koreyashunoslik Akademiyasining " Koreyani tushunish" bo'yicha loyihalarda qatnashayotgan horijiy nodavlat tashkilotlar va akademik jamiyatlarni qo'llab - quvvatlashga qaratilgan mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan ilmiy ish mahsuli hisoblanadi.
-
Стоматология
Мазкур "Стоматология" қўлланмаси стоматология факультети талабалари, магистрлар, клиник ординаторлар, малака ошириш факультетлари тингловчилари ва амалиётдаги шифокорлар учун мўлжалланган. Қўлланма 2017 йилда Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги, тиббий таълимни ривожлантириш маркази томонидан стоматология йўналишидаги клиниклар, туман марказий кўп тармоқли поликлиникалар ва қишлоқ шифокорлик пунктларидаги стоматологик хоналари, уларнинг асбоб-ускуналар ва дори воситалари билан таъминланиши қоидалари, санитар-гигиеник талаблар, юз-жағ соҳасидаги кузатилаётган касалликларнинг этиологияси, патогенези, ташхиси, қиёсий ташхиси ва даволаш усулларига тўғри риоя этиб иш юритишва фаолиятида иш столларидаги доимий қўлланма сифатида тавсия этилади.
-
Sport va harakatli o'yinlar (futbol)
Darslikni yozishda mualliflar tomonidan futbolga tegishli asosiy savollar yoritilgan. Ayniqsa, dunyo futboli tarixi paydo bo'lishi va rivojlanishi, hamda O'zbekistonda mustaqillik davrlarida futbolga berilgan e'tibor va uning shiddat bilan rivojlanib borayotganligi haqida ma'lumotlar keltirilgan, o'yin texnikasi nazariyasi asoslari, maxsus sifatlarni rivojlantirish bo'yicha ko'rsatmalar berilgan.
-
Tuproq biologiyasi
O'quv qo'llanma 5410100- Agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo'nalishi bakalavrlari uchun mo'ljallangan bo'lib, talabalarning tuproq biologiyasi fanidan olgan nazariy bilimlarini laboratoriyada mustahkamlab, unda laboratoriyada ishlash qoidalari, har bir laboratoriya ishi uchun ish tartibi hamda mavzu yakunida savollar keltirilgan. O'quv qo'llanmada 16 ta mashg'ulot bajarish uslubi yoritilgan bo'lib, har bir mashg'ulotni bajarish jarayonida tavsiya etilgan adabiyotlar, kerakli asbob va ish anjomlaridan foydalanish tavsiya etilgan.
-
Темур қиссаси
Эски ўзбек тилидан ҳозирги ўзбек тилига ўгириш сўз боши, луғат ва изоҳ муаллифлари: тарих фанлари доктори Ҳайдарбек Бобобеков, филология фанлари доктори Аҳмаджон Қуронбеков, юридик фанлари доктори Ҳалимбой Бобоев, полковник Зуҳриддин Бобокалонов
-
Деҳқон ва фермер хўжаликлари иқтисоди
Ушбу қўлланмада қишлоқ хўжалигида ишлаб чиқаришни ташкил этишнинг самарали шаклларидан бўлган деҳқон ва фермер хўжаликларининг ташкилий-иқтисодий ва ҳуқуқий асослари ҳамда уларини ташкил этиш, бошқариш билан боғлиқ масалалар ёритилган.