-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
San’at. San’atshunoslik
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
-
Texnika va amaliy fanlar
-
Qurilish. Arxitektura
-
Siyosat. Siyosiy fanlar
-
Moliyaviy matematika
Mazkur o`quv qo`llanmada moliyaviy matematikaning asosiy tushunchalari haqida ma`lumot berish bilan bir qatorda investitsiyaning daromadligini oddiy va murakkab foiz stafkalari bo`yicha hisoblash, moliyaviy investitsiya savatinidiversifikatsiyalash, valyutalar konversiyasidan keladigan daromadlarni hisoblash usullari va foizlarini jamg`rish, badallar summasi bo`yicha pensiya miqdorini hisoblash usullari bayon etilgan
-
Statistik fizika va termodinamika
Ushbu darslikda klassik statistik fizikaning asosiy vazifasini talqin etish uchun konfiguratsiyali - ko‘p o‘lchamli muhit tushunchasi, ehtimoliyat nazariyasidan asosiy ma’lumotlar berildi. Gibbs metodiga asoslangan statistik taqsimot ko‘rinishlari, ularning klassik bir atomli ideal gazga tatbiqlari yoritildi. Shuningdek, termodinamikani statistik asoslashga bag‘ishlangan alohida bob yozildi. Kvant statistik fizikasini talqin etish uchun zarur bo‘lgan kvant mexanikasidan ma’lumotlar berilib, Gibbs taqsimotlari kvant tizimlar uchun umumlashtirildi, u orqali Boze - Eynshteyn va Fermi - Dirak taqsimotlari keltirib chiqarildi.
-
Pul va banklar
Darslikda quyidagi pul, kredit bank nazariyalari to‘g‘risida batafsil yozilgan. Bundan tashqari moliya tizimi, korxonalar moliyasi, inflatsiya, bank tizimi, xalqaro valuta-kredit munosabatlari va bank ishi keng mavzulari yoritilgan. Ushbu darslik oliy ta’lim talabalari, kollej o‘quvchilari va tijorat banklari xodimlariga tavsiya etiladi.
-
Методы адаптивной обработки сигналов передачи данных
Освещены причини и характер линейных искажений в каналах связи, определяющих помехоустойчивость приема дискретных сигналов . Даны количественные оценки частотных искажений .На основе анализа реальных условий передачи определены математические модели дискретных параметров
-
Mashina detallari
Ushbu darslik uch qismdan iborat bo‘lib, texnika oliy o'quv yurtlarining talabalari uchun mo‘ljallangan. Unda mashinalarning detal va uzellarini hisoblash, ularning issiqlikka, titrashga, yyeyilishga chidamliligini aniqlashga doir masalalar yoritilgan. Darslikda zarur chizmalar, jadvallar hamda namuna sifatida masalalar yechib ko‘rsatilgan.
-
Arxitekturaviy qalamtasvir,rangtasvir va haykaltaroshlik
Mazkur o`quv qo`llanmada tasvirlash ketma -ketligi, perspektiva, buyumlarning konstruktiv tuzilishi, tus munosabatlari, gipsli madellar chizishning nazariy va metodik qoidalari keltirilgan.
-
Moliyaviy menejment
Mazkur darslikda moliyaviy menejmentning iqtisodiy mohiyati, rivojlanish bosqichlari, konseptual asoslari, moliyaviy menejmentning funksiya va vazifalari, moliyaviy rejalashtirish, bankrotlik amaliyoti va uning tashkiliy xususiyatlari hamda aksiyadorlik jamiyatlarida tarkibiy o`zgartirishlarni amalga oshirish jarayonlarini boshqarish kabilar yoritilgan.
-
Ayrim qishloq xo`jalik ekinlari seleksiyasi va urug`chiligi
O`quv qo`llanmada Respublikamizda ekilayotgan asosiy ekinlarning seleksiyasi va urug`chiligi, ekinlarning xalq xo`jaligidagi ahamiyati, sistematikasi, morfologik xususiyatlari kelib chiqishimarkazlari, terqalishi, seleksiyanig vazifalari, yo`nalishlari, boshlang`ich ashyo, seleksiya usullari, tanlash usullari, seleksion ashyoni baholash, seleksiya jarayonini uslubi, texnikasi, ekinlar bo`yicha seleksiyani va urug`chilikning yutuqlari keltirilgan.
-
Bilish falsafasi
Istiqlol yillarda mamlakatimizda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda, xalqimiz nihoyatda katta o'zgarishlar ro'y bermoqda. Ta'lim sohasida ijtimoiy fanlarning yangi tizimi shakllanmoqda.
-
Manzarali bog`dorchilik
Ushbu darslikda ko`kalamzor hududlar barpo etishda yer maydonlarini muhandislik asosida tayyorlash,yer osti va usti kommunikatsion tizimlarini,manzarali daraxt va buta ko`chatlarini ekish sxemalarini ko`rsatish,o`simliklarni joylashtirishda loyihalashtirish,aholi yashash hududlarini,istiroxat bog`lari,xiyobonlar atrofini ko`kalamzorlashtirish,shuningdek,rabatkalar va gulzorlar barpo etish ishlari to`liq berilgan.
-
Gidrotexnika inshootlari (1-jild)
Mazkur darslik (1-jild, to'ldirilgan qayta 2-nashri) da suv resurslari, suv xo'jaligi va uning tarmoqlari, gidrotexnika inshootlari haqida umumiy ma'lumotlar, ularning zaminlari va ishlash sharoitlari, gidrotexnika inshootlarining zaminlarda va qirg'oqqa tutashgan qismlaridagi filtratsiya, dimlovchi betonli gidrotexnika inshootlarini ustuvorlikka va mustahkamlikka hisoblashning umumiy masalalari, kanallar va ulardagi gidrotexnika inshootlari, gidrotexnika inshootlarining mexanik jihozlari, o'zanlarini rostlash, daryodan suv olish inshootlari, tindirgichlar haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan.
-
Фалсафа асослари
Фалсафий тафаккур ривожи ≪Авесто≫ замонларидан бугунги кунгача мураккаб тараккиёт йўлини босиб ўтди. Қарийб уч минг йилни қамраб олган бу даврда инсоният тарихида нихоятда катта ахамият касб этган ғоя ва таълимотлар яратилди, турли-туман фалсафий йуналишлар, оқим ва мактаблар вужудга келди, эзгулик ва адолатга хизмат қилган бунёдкор ғоялар билан бирга, халклар ва миллатларни қабохат ва жахолат томон бошлаган бузғунчи ва вайронкор мафкуралар хам шаклланди. Бутун дунё глобаллашиб, турли вайронкор ғоялар хуружи кучайиб бораётган бугунги кунда мамлакатимиз мустакиллигини янада мустахкамлаш, ахолининг турли катламлари, айникса ёш авлод калби ва онгида бунёдкор ғояларга садоқат туйғусини шакллантириш мухим ва устувор вазифалардан бирига айланди. Шунинг учун ҳам ≪Фалсафа қомуси≫ туркумига кирадиган тўрт китобдан иборат қўлингиздаги дарсликни бу соҳадаги тушунча ва атамаларнинг алфавит кетма-кетлиги тарзидаги изохи эмас, балки мазкур фаннинг йуналишлари ва мавзулари мазмун-мохиятини ифодалайдиган қўлланма сифатида баён этишга харакат қилинди. У Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Махкамаси хузуридаги Фан ва технологияларни ривожлантиришни мувофиклаштириш қўмитаси билан хамкорликдаги И-2012-45 рақамли инновацион лойиха асосида тайёрланди. Ўзбекистон Миллий Университети фалсафа факультета Илмий кенгаши томонидан нашрга тавсия этилган, бакалавр ва магистрлар, тадқиқотчи ва изланувчилар, соҳа мутахассисларига мўлжалланган мазкур китоб, бу борадаги илк тажрибалардан бири бўлгани боис, у хақдаги фикр-мулоҳазаларингизни қуйидаги манзилга юборишингизни сўраймиз.
-
Fizikaviy kimyo
Mazkur o‘quv qo llanmada termodinamika asoslari, Termodinamika I, II.Ill. qonunlari.Gibbs va gelmgols energiyasi eritmalar, kimyoviy kinetika va kataliz haqidagi ma'lumotlar to‘liq yoritib berilgan, shunindek.pedogogik lexnologiya elementlardan fovdalanib. dars o*tish usullari. fanga oid tavanch iboralar, glos- sariylar ham bayon etilgan
-
Selluloza-qog'oz ishlab chiqarish korxonalari asbob-uskunalari
Ushbu o'quv qo'llanma selluloza va qog'oz ishlab chiqarish sohasida ta'lim olayotgan bakalavrlarga mo'ljallangan. Unda seluloza va qog'oz ishlab chiqarishda qo'llanadigan tehnologik asbob-uskunalar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
-
Pardozlash va issiqlik izolyatsiya materiallari
Ushbu o`quv qo`llanmada xalq xo`jaligida moddiy va energetik resurslarni iqtisod qilish omili sifatida issiqlik izolyatsiyasining samarasi, pardozlash va issiqlik izolyatsiya materiallarini ishlab chiqarishni rivojlantirish, mineral paxta va boshqa issiqlik izolyatsiya materiallarini hamda ularning ishlatilishi keng yoritilgan.
-
Тарихий хотира ва инсон омили-буюк келажагимизнинг гаровидир
Ўзбекистан Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг „Тарихий хотира ва инсон омили — буюк келажагимизнинг гаровидир“ рисоласи (2012 йил 9 май — Хотира ва кдлрлаш куни муносабати билан оммавий ахборот воситалари вакилларига берган интервьюси)да мамлакатимизнинг бугунги ва эртанги тараккиётига дойр ўта ходим ғоя хамда хулосалар илгари сурилди. Уларни хар томонлама чуқур ўрганиб, халкимиз, айниқса, ёшларнинг онгу тафаккурига сингдириш жамиятимизда тинчлик-барқарорлик, мехр-оқибат мухитини мустаҳкамлаш, бугунги мураккаб дунёда юз бераётган воқеа-ҳодисалар, халкдмиз эришаётган улкан ютуқ-марралар моҳиятини теран англаш, эркин ва озод хаётимизни кадрлаш, муқадддас Ватанимиз манфаатларини ҳимоя қилиш йулида фидойилик билан яшашдек эзгу максадларга хизмат қилади.