-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
O'simlikshunoslik
Darslikda 0„zbekistonda va qisman yer yuzida ekilayotgan dala ekinlari to„g„risida ma‟lumotiar keltirilgan. Bunda dala ekinlari yetishtirishning zaruriyati, ekinni yetishtirish tarixi, sistematikasi, biologiyasida rivojlanish davrlari, tashqi muhitga talablari hairida zamonaviy yetishtirish texnologiyalari bayon etilgan. Ekinlarni yetishtirish texnologiyasi bo'yicha xorijiy tajribalarga ham e‟tibor qaratilgan.
-
Poyabzal korxonalarini loyihalash
"Poyabzal korxonalarini loyihalash" (mualliflar: M. R. Djurayeva va boshqalar) — yengil sanoat yo‘nalishi, xususan, charm va poyabzal ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar, magistrlar hamda soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan muhim darslik/o‘quv qo‘llanmasi hisoblanadi. Ushbu kitob va uning doirasidagi fanning asosiy mazmuni poyabzal ishlab chiqarish korxonalarini zamonaviy talablar asosida loyihalash, texnologik jarayonlarni tashkil etish va jihozlash masalalarini qamrab oladi.
-
Maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari
Mazkur darslik oliy ta’lim muassalari bakalavriat yo‘nalishi 70110201– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) uchun mo‘ljallangan. “Maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari” faniga doir me’yoriy ta’minot o‘quv dasturi asosida mazmunan o‘z aksini topgan. Ushbu darslik oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga mazkur darslikdan ilmiy tadqiqotchilar hamda “Maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari” fani bilan qiziquvchilar, maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat olib borayotgan rahbarlar, tarbiyachi, uslubchilar tarbiyachilar ham foydalanishlari mumkin. Darslikda me’yoriy hujjatlar, uning tarkibi, tuzilishi, vazifalari va unga bo‘lgan zamonaviy yondashuvlar hamda undan amalda foydalanishga doir tavsiyalar bayon qilingan.
-
Musiqa o‘qitish metodikasi. Maktab repertuari
Mаzkur darslik 60110600 – Musiqа tа’limi yо‘nаlishi tаlаbаlаri vа umumiy о‘rtа tа’lim muаssаsаlаrining «Musiqа mаdаniyаti» fаni о‘qituv chilаri uchun mо‘ljаllаngаn bо‘lib, undа fаnning mаqsаd vа vаzifаlаri metоdоlоgik аsоslаri tа’rifi kаbi metоdik mаsаlаlаr yоritilgаn. Shuning dek, umumiy о‘rtа tа’lim muаssаsаlаrining musiqa madaniyati darslarini tashkil etish, darslarda qо‘llaniladigan metоdlar, labоratоriya mashg‘ulоt lari uchun asarlarni nоtali ilоvalari ham taqdim etilgan. Ushbu darslikda asarlarni qanday ijrо etish uslublari muallifni jоnli ijrоsida QR kоdni skannerlab, kо‘rib о‘rganish imkоniyati ham mavjud. Har bir mavzuga oid test savollari ham ishlab chiqilgan.
-
Kimyo va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologik asoslari
Mazkur ishda kimyo va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning texnologik asoslari yoritilgan. Unda oziq-ovqat sanoatida qo‘llaniladigan asosiy kimyoviy jarayonlar, xom ashyoni qayta ishlash usullari hamda mahsulot ishlab chiqarish bosqichlari tahlil qilingan.
-
Rus tili yangi davrda (40 darsda)
Rus tili yangi davrda kitobi rus tilida kundalik suhbatlarni qura olish qobiliyatini shakllantirishni istab, til o'rganishni boshlagan o'zbekzabonlar uchun mo'ljallab tuzilgan darslik bo'lib, o'rganivchiga, tilni an'anaviy yozma shaklda, yozma lug'atlar va yozma izohlar orqali emas, maxsus, raqamlashtirilgan media kontentlar orqali mavzular tushuntiriladi va mustahkamlantiriladi.
-
Қишлоқ хўжалик ишлаб чиқариш иқтисодиёти ва маркетинги.
Дарсликда қишлоқ хўжалик соҳасининг миллий иқтисодиётидаги салоҳияти, ўзига хос хусусиятлари, ташкилий-иқтисодий асослари,иқтисодий ислоҳатларни амалга ошириш, иқтисодий ресурслар, ер ва сув ресурслари, асосий ва айланма фондлар, меҳнат ресурслари, меҳнат унумдорлиги, бандлик даражаси, ишсизлик, маҳсулот етиштириш ва уни иқтисодий самарадорлиги, самарадорлик, самарадорлик кўрсаткичларини тўғрисида маълумотлар берилган.
-
Boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlar
Ushbu darslikda Umumta’lim maktablarida joriy etilgan Milliy o‘quv dasturining mazmuni va mohiyati, tabiiy fanlarni shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, maqsadi, mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, tabiat haqida tushuncha, jonli va jonsiz tabiat, tirik organizmlar, organizmlarning tuzilishi, hayotiy jarayonlar, yashash joyining turlari, yashash joyiga ta’sir etuvchi omillar, ob-havo va iqlim, tabiatda suvning aylanishi, yil fasllari, yorug‘lik va tovush, energiya, jismlarning harakati, harakat turlari kuch, massa va uning birliklari, jismlarning o‘zaro ta’siri bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqilgan, darslik, O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari 60110500-boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan. Magistrantlar, doktorantlar va boshqa tabiiy fanlar fani bilan qiziquvchilar foydalanishi mumkin.
-
TRANSPORTDA INSON FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
Texnosfera xavfsizligi, bizning fikrimizcha, biosferada yuzaga keladigan xavflarni hisobga olmasdan texnosferadagi xavflarni o'rganadi. Ammo biosfera va texnosferada sodir bo'layotgan jarayonlar o'zaro shartli bog'langandir, ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi.
-
Tilshunoslikka kirish
Darslikda til va uning ijtimoiy hodisa sifatidagi o'rni, tilning barcha egallagan bilimlarimizning asosi ekanligi va u orqali tariximiz, o'tmishimiz haqida tasavvurga ega bo'lishimiz, xullas, uning barcha xususiyatlari, ahamiyati hamda boshqa jihatlar haqida so'z boradi. Kitob filologiya fakultetlari talabalari uchundarslik sifatida tavsiya etilgan.
-
Иссиқхона хўжалигини ташкил этиш ва юритиш
Дарслик иссиқхона хўжаликларини ташкил этиш ва юритишнинг ҳозирги ҳолати, фанининг предмети, мақсади, вазифалари, иссиқхона хўжаликларини ташкил этишнинг ташкилий - ҳуқуқий асослари, ер ва сув ресурсларидан самарали фойдаланишни ташкил этиш, сабзавот маҳсулотларини етиштириш усуллари, парник ва теплицаларда сабзавотчилик кўчатларини етиштириш, иссиқхона хўжаликларида сабзавот экинларини етиштиришда ишлаб чиқаришни ташкил этиш технологияси, меҳнат ресурсларидан фойдаланиш ва ҳақ тўлаш. хўжалик фаолиятини режалаштириш ва унинг иқтисодий смарадорлигини ошириш ва бозорга рақобатбардош маҳсулотларни етиштириш ва уларни экспорт қилиш йўналишлари кўрсатиб берилган.
-
Koreys adaniyoti poetikasi
Koreys adaniyoti poetikasi darsligi 70230104-Adabiyotshunoslik (Koreys adabiyoti) mutaxassisligi magistrantlari uchun mo'ljallangan.Darslik turli davrlarda yaratilgan koreys nasrining o'ziga xos xususiyatlarini yoritish orqali nasr poetikasi masalalarini ta'qin va tahlil qiladi.
-
Инновацион иқтисодиёт
Дарсликда қишлоқ хўжалигида инновациялардан фойдаланишнинг ҳозирги ҳолати, инновацион фаолиятнинг хуқуқий, ташкилий-иқтисодий асослари, инновацион бизнес, инновацион лойҳалар ва уни ишлаб чиқиш, режалаштириш, жорий этиш истиқболлари, инновацияни амалга оширишда ҳорижий инвестициялар ва унинг ҳуқуқий асослари, инновацион маркетинг ва унинг турлари, ҳамда инновацияларнинг иқтисодий самарадорлиги таҳлил қилинган.
-
Botanika (Yuksak oʻsimliklar sistematikasi)
Mazkur darslik bakalavriatning -510000 Biologiya va turdosh fanları, -60510100 Biologiya ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o'quv reja va fan dasturi asosida yozilgan bo'lib, unda Yuksak o'simliklarni o'rganishda botanika nomenklaturasiga kiritilgan, xalqaro botaniklar jamoasi tan olgan kategoriya va taksonlar, sistematik birliklar va fanning so'ngi yutuqlaridan foydalanishga qaratilgan bilimlar mavzular kesimida qamrab olinishiga axamiyat beriladi. O'simliklarni botanik oilalarini bilib olish, har bir botanik oilaga mansub o'simliklarni yirik sistematik birliklari - boʻlim, ajdod, (sinf) qabila, oila va boshqalarni shuningdek ularning o'ziga hos belgilarni tushunib borishni talab etadi.
-
Xitoy xalq respublikasi iqtisodiyoti
Jahon iqtisodiyotining 2-iqtisodiyoti va o'z maqomiga ko'ra rivojlanayotgan mamlakat hisoblangan Xitoy xalq Respublikasi hozirgi davrda dunyoning eng yirik va eksport salohiyati yuqori no'lgan mamlakatiga aylandi.
-
Tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi
Darslik Chirchiq davlat pedagogika universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan yaratilgan. Tabiiy fanni o'qitish maxsus metodikasi fanining asosiy mazmuni bayon qilingan bo'lib, unda maxsus fanning nazariy asoslari, o'qitish metodlari va shakllari, nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligi ko'rsatib berilgan.Mazkur darslikdan pedagogika yo'nalishidagi oliy o'quv yurtlarining maxsus pedagogika yo'nalishi talabalari bilan bir qatorda maxsus muassasalar pedagoglari hamda ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh tadqiqotchilar o'quv adabiyoti sifatida foydalanishlari mumkin.