-
-
Menejment, tashkilot va boshqaruv
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Analitik geometriya
Bu darslik universitetlarning matematika, mexanika, tadbiqiy matematika va informatika, statistika yo'nalishlari uchun mo‘ljallangan va amaldagi yangi bakalavrlar dasturiga muvofiq muallifning O‘zbekiston Milliy Universitetda o‘qigan ma’ruzalari asosida yozilgan. Darslik oltita qismdan iborat bo'lib, unda vektorlar algebrasi. tekislikda koordinatalar sistemasini almashtirish, to‘g'ri chiziqlar va tekisliklar, ikkinchi tartibli chiziqlar va sirtlar nazariyalari yoritilgan.
-
Menejment Marketing
Menejment Marketing bo'yicha tayyorlangan ushbu darslikni yozishda Ta'lim to'g'risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 2909-sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib oliy ta'lim sohasida olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar hisobga olingan.
-
Adabiyotshunoslik
Darslikda adabiyotshunoslik fani va uning nazariy qonuniyatlari: adabiy tur va janrlar, oqim va yo'nalishlar, hayotni aks ettirish tamoyillari, badiiy uslub, shakl va mazmun hamda uning komponentlari masalalari tahlil qilingan
-
Adabiyot nazariyasi asoslari
Ushbu darslik 2002 - yilda Oliy ta'lim vazirligi qoshidagi Oliy o'quv yurtlari aro Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tegishli ta'lim yo'nalishlari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan <<Adabiyotshunoslikka kirish>> darsligining to'ldirilgan va tuzatilgan 4 - nashridir
-
Matematik analiz asoslari 2-qism
Ushbu kitob universitetlar hamda pedagogika institutlari, shuningdek, oliy texnika o'quv yurtlarining oliy matematika predmeti chuqur dastur asosida o'qitiladigan fakultetlar talabalari uchun mo'ljallangan. Uni yozishda mualliflar bir necha yillar davomida o'qigan ma'ruzalaridan foydalanganlar Kitob analiz kursining 2-qismi bo'lib, unda ko'p o'zgaruvchilar funksiyalarning differentsial va integral hisobi, funksional qarorlar nazariyasi va Fur e qatorlari batafsil bayon etilgan.
-
Nazariy mexanika
Ushbu darslikda xorijiy adabiyotlarda uchraydigan turli xil masalalar ham bo'lib,ushbu masalalarning yechilish usullari bir necha bosqichlarda rangli holatdagi chizmalar bilan birgalikda ularni mustaqil fikrlashga undaydi.
-
Suv resurslarini o'lchovi va vositalari
Ushbu Suv resurslari o'lchovi va vositalari darsligida oqimning asosiy gidravlik parametrlari suv o'lchash joy postlarining turlari va ularning oqim sarfini aniqlash kabi mavzular yoritilgan.
-
Algoritmik tillar va dasturlash. C# tilida dasturlash asoslari
Darslik dasturlashni o'zlashtirish bilan bog'liq barcha ta'lim yo'nalishlaridagi baklavriat talablari hamda shu yo'nalishlar negizidagi magistratura talablari, doktarantlar shuningdek dasturlashni mustaqil o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Xalqaro menejment
Ushbu darslik menejment yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda xalqaro menejment, qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy firmalarning faoliyat yuritish sharoitlariga moslashuvi, xalqaro kompaniya va TMK, ularni boshqarish tizimi, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga chiqish sharoitlarini tanlash metodologiyasi, xalqaro kompaniyalarning davlat bilan munosabatlari masalalari yoritilgan.
-
Chiziqli algebra
Ushbu darslik Matematika bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun modjallangan boTib, “Chiziqli algebra” faniga doir barcha mavzularni o‘z ichiga oladi. Darslik yangi dasturga mos ravishda tayyorlangan. Darslikda chizigli tenglamalar sistemalari va ularning yechish usullari, n-tartibli determinantlar, kompleks sonlar, matritsalar va ular ustida amallar, ko‘phadlar va ularning ildizlari, chiziqli fazo, qism fazolar, Yevklid fazolari, chiziqli va bichiziqli akslantirishlar, kvaclratik formalar, chiziqli almashtirishlar, chiziqli almashtirishlarning matritsalari va ular- ning normal shakliga doir mavzular toTiq bayon qilingan.
-
Biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
Ushbu darslik hozirgi vaqtda rivojlanib borayotgan, biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi fanining biologik faol va dorivor moddalar sohasida ishlatilib kelinayotgan yoki yaqin kelajakda ishlatilishiga tayyor bo'lgan istiqbolli yutuqlari o'rin olgan.
-
Молиявий ҳисоб
Китобда ҳисоблашиш муомалалари, ресурслар, активлар, инвестиция, мажбуриятлар ҳисоби, ҳисобот тузиш ва такдим килиш тартиблари ҳозирги замон халқаро стандартларига асосан ёритилган.
-
Шаҳарсозлик 1 қисм
Архитектура энг қадимий санъат туридир. Одам ўзи учун биринчи турар жой қургандан бошлаб архитекторлик касби шакллана бошлаган. Одамлар алоҳида турар жойлардан аста секин яшаш гуруҳлари, сўнгра шаҳарлар қурилишига ўта бошлаганлар
-
Шаҳарсозлик ва ландшафт архитектураси
«Landshaft arxitekturasi» atamasi ilk bor AQShda birinchi milliy bog‘larning tashkil etilishi munosabati bilan yuz yildan ortiq vaqt ilgari paydo bo‘ldi. Yevropaga bu tushuncha ancha kechroq kirib keldi. Ammo bu landshaft arxitekturasining tarixi qisqa ekanini anglatmaydi
-
Ўзбекистон тарихи
Ўзбекистон мустақилликка эришганидан сўнг хаққоний тарихимизни ўрганиш учун кенг имкониятлар пайдо бўлди. Ушбу дарсликда мавжуд имкониятлардан фойдаланган муаллифлар жамоаси томонидан кўплаб тадкикотлар ва манбаларга асосланган ҳолда Ўзбекистон тарихининг жахон цивилизацияси тарихида, унинг ривожланишида тутган муносиб ўрни ёритиб берилган.
-
Соғлом турмуш тарзи ислом дини нигоҳида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Дин ишлари бўйича Қўмитанинг 2020 йил 6 ноябрдаги №5499-сонли хулосаси асосида нашр қилинди