-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Menejment, tashkilot va boshqaruv
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH VA KAMBAG‘ALLIKNI KAMAYTIRIShDA XORIJ TAJRIBASI
Ushbu monografiyada pandemiya sharoitida kambag‘allikni aniqlash, Namangan viloyatida kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari va asosiy yo‘nalishlari, viloyatda “Mahallabay” ishlash tizimini joriy etilishi va erishilgan natijalar hamda kambag‘allikni qisqartirishda xorij tajribasi bayon etilgan. Mazkur monografiya talabalar, ilmiy tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan.
-
Demografiya
O'quv qo'llanmada demografiyaning nazariy asoslari, demografik jarayonlar, aholi soni, tarkibi, mexanik harakati va uni o'rganish usullari ko'riladi, shuningdek, dunyoda va O'zbekistondagi holati tahlil etiladi. Aholi takror barpo bo'lishi bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish o'rtasidagi bog'liqlik, asosiy demografik jarayonlarning rivojlanishini baholash, jamiyat tarkibida migratsiya, nikoh va oila masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.
-
Рекрутмент
Ушбу ўқув қўлланма меҳнат муносабатлари барча субъектларининг инсон ресурсларига бўлган эҳтиёжини қондиришда малакали кадрларга бўлган талаб ва таклифни энг мақбул даражага етказиш учун муносиб кадрларни танлаш, саралаш ва ёллаш (рекрутмент)нинг инновацион технологиялари асосида амалий натижага эришишни таъминлайди. Қўлланма талабаларга кадрларни танлаш ва баҳолаш технологиялари соҳасида рекрутментнинг маҳаллий ва хорижий тажрибалари асосида назарий билимлар ҳамда амалиётга татбиқ этиш кўникмаси
-
Rekrutment
Darslikda rekrutment fanining muhim masalalari, o'qitishning interfaol va zamonaviy pedagogik uslublariga asoslangan holda qisqa va tushunarli tilda yoritilgan. Shuningdek, rekrutment faoliyatining tashkiliy asoslari, uning asosiy yo'nalishlari, rekrutment texnologiyalari va vositalari, klassik rekrutment vositalari hamda xorijiy tajribalar atroflicha tahlil qilingan.
-
Discrete mathematics and its applications
This eighth edition of Discrete Mathematics and Its Applications provides a comprehensive overview of discrete mathematics and its applications to computer science and related fields. Written by Kenneth H. Rosen, the textbook covers fundamental topics such as logic and proofs, sets, algorithms, number theory, induction, counting, discrete probability, and graphs.
-
Inson resurslarini boshqarish
O'quv qo'llanmada inson resurslarini boshqarish sohasida rivojlangan davlatlar, xususan, AQSh, Yaponiya va G'arbiy Yevropa mamlakatlarining ilg'or tajribalari ilmiy tahlil etilgan. Shuningdek, korxonada resurslarni rejalashtirish, mehnat resurslari bozorining tendensiyasi, kadrlarni tanlash va yollash usullari, motivatsiya nazariyalari, boshqarish usullari, xodimlarning ish faoliyati baholash usullari yoritilgan. O'quv qo'llanma talabalar, tadqiqotchilar, magistrant va shu soha bilan shug'ullanu
-
Personalni boshqarish
O'quv qo'llanmada “Personalni boshqarish” fanining asosiy mavzulari sodda va tushunarli bayon etilgan. Mazkur qo'llanma ayniqsa harbiy tashkilotlar personalini boshqarishga oid bilimlarni qamrab olgani bilan farqlanadi hamda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida ta'lim olayotgan kursantlar, Qurolli Kuchlar tizimidagi harbiy xizmatchilar va tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.
-
Inson kapitali iqtisodiyoti (Kredit-modul bo'yicha)
Mazkur o'quv qo'llanmada inson kapitali nazariyasi, uning iqtisodiy samaradorligini baholash usullari, milliy inson kapitalini rivojlantirish yo'nalish va bosqichlari, boshqarish mexanizmlari hamda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar yoritilgan.
-
Inson resurslarini boshqarish
Mazkur darslikda inson resurslarini boshqarishning nazariy va amaliy asoslari, konsepsiyalarining shakllanishi va rivojlanishi, tashkilotning kadrlariga bo'lgan ehtiyojini aniqlash hamda xodimlarni rag'batlantirish va motivatsiyalash usullari yoritilgan. Shuningdek, xodimlarni ishga yollash, tanlash, joy-joyiga qo'yish, kasbiy moslashtirish, shartnomaviy tartibga solish hamda mehnat sohasidagi ijtimoiy sherikchilik mexanizmlari atroflicha tahlil qilingan. Kitob iqtisodiyot yo'nalishidagi bakalav
-
Mehnat iqtisodiyoti
O'quv qo'llanma davlat ta'lim standartlari asosida tayyorlangan bo'lib, bakalavriat akademik darajasida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Unda bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat iqtisodiyoti fanining ahamiyati, mehnat bozori, aholining ish bilan bandligi, ishsizlik, mehnat unumdorligi va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar keng yoritilgan.
-
Moliyaviy risklar nazariyasi
O'quv qo'llanma iqtisodiyot ta'lim sohasining "Moliya" bakalavriat ta'lim yo'nalishi o'quv rejasidagi "Moliyaviy risklar nazariyasi" fani o'quv dasturi asosida yaratilgan bo'lib, unda moliyaviy risklarni boshqarishni nazariy asoslari, moliyaviy risklarni turlari va xususiyatlari yoritilgan.
-
Mehnat iqtisodiyoti: Nazariya va amaliyot
Mazkur darslikda strategik taraqqiyotning rivojlanish jarayonida shakllanayotgan innovatsion va raqamli iqtisodiyotdagi mehnat munosabatlari, mehnat bozori xususiyatlari, ish bilan virtual bandlik hamda masofada turib ishlash, ish bilan bandlikning beqaror shakllari va boshqa usullar yoritilgan. Shuningdek, har bir oilaning tadbirkor bo‘lishi, mamlakatda majburiy mehnatga barham berish, mehnatga bo‘lgan rag‘bat, motivatsiya va ish haqi, aqliy iqtisodiyot, iste’mol savatchasi hamda munosib mehnat
-
Mehnatni tashkil etish va boshqarish
Ushbu o‘quv qo‘llanmada mehnatni tashkil etish va boshqarish nazariyasi, mehnat taqsimoti va uning turlari, mehnat kooperatsiyasi, ish o‘rinlarini tashkil etish va xizmat ko‘rsatish kabi muhim masalalar yoritilgan. Kitob oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiy yo‘nalishlari talabalari, magistrlar va mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
-
Mehnat bozori iqtisodiyoti
Ushbu darslikda mehnat bozori tushunchasi, uning tarkibiy qismlari, elementlari, segmentlari, shakllanishi, tartibga solinishi va rivojlanishi batafsil bayon qilingan. Shuningdek, mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanishini tahlil etish va istiqbollashtirishda qo'llaniladigan zamonaviy balans, marketing, sotsiologiya va ekonometrika usullari aks ettirilgan. Darslik iqtisodiy ta'lim yo'nalishidagi oliy o'quv yurtlarining bakalavrlari, magistrantlari, professor-o'qituvchilari va ilmiy tadqiqo
-
Investitsion tahlil
Ushbu darslikda investitsiyalarning mazmuni va uslubiy asoslari, investitsiyalarni joriy etish dastaklaridan samarali foydalanish asoslari, investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish omillari ochib berilgan. Asosiy e'tibor investitsiyalarni tahlil qilish usullariga va zarurligiga, shuningdek, korxona va tashkilotlarning moliyaviy investitsiya portfellarining boshqaruvida qo'llaniladigan investitsion loyihalarni samaradorligini baholash investitsion menejmenti masalal
-
Bank menejmenti va marketingi
Ushbu darslikda bank menejmenti va marketingining predmeti, obyekti va metodi, bank menejmentining nazariy asoslari va rivojlanishi, huquqiy asoslari, tijorat banklari faoliyatini boshqarishni tashkil qilish asoslari, korporativ boshqaruv, moliyaviy menejment, xodimlarni boshqarish tizimi, bank mahsulotlari va xizmatlari bozori hamda banklararo raqobat masalalari yoritilgan.