-
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Transport vositalari tuzilishi va texnik ekspluatatsiyasi
Fanni o`qitishdan maqsad talabalarda transport vositalarining tasnifi, tuzilishi,ishlash jarayoni hamda muayyan ekspluatatsion sharoitda effektiv darajada ishlash imkoniyatini aniqlash va uning konstruktsiyasini berilgan sharoitga qay darajada moslashganligini baholash usullari bo`yicha yo`nalish profiliga mos bilim, ko`nikma va malaka shakllantirishdir.
-
“АNORGANIK KIMYO “ FANIDAN TA'LIM TЕXNOLOGIYASI
“Anorganik kimyo fanidan o`quv-uslubiy majmua” ning annotatsiyasi Anorganik kimyo fanidan o`quv–uslubiy majmua namunaviy ko`rsatma asosida tuzilgan. U jami 443 sahifadan iborat bo`lib, fanning namunaviy dasturini, ishchi dasturni kalеndar rеjalarni, ma'ruzalar matnini, o`z ichiga oladi. Har bir ma'ruza va amaliy mashg`ulot uchun tеxnologik modеl va tеxnologik xaritalar, ta'lim tеxnologiyasi, tеstlar, nazorat uchun savollar, tarqatma matеriallar, glossariy, tayanch so`zlar va adabiyotlar ro`yxati kеltirilgan. Majmuada amaliy mashg`ulotning turiga qarab shwot, bumеrang, klastеr, aqliy xujum kabi pеdagog tеxnologiyalar ilova qilinganki, ular yordamida muammoli, vaziyatli va munozarali mavzularni o`rganish mumkin. Alohida chop etilgan o`quv qo`llanmada anorganik kimyo kimyodan masalalar to`plami ilova qilingan. Ma'ruzalarning elеktron variantlarida ko`pgina jarayonlar rangli tasvirdagi multimеdiyali sxеmalar, animatsiyali rasmlar orqali namoyish etilgan. Undan tashqari majmua ichida talabalar bilimini baholash mеzonlari kеltirilgan. Majmua tushunarli tarzda bayon etilgan, foydalanishga oson va qulay. Agar majmuadan unumli va samarali foydalansa, albatta intеrfaol dars bеrish ta'minlanadi. Majmuaning elеktron varianti ushbu fandan dars bеruvchi harbir o`qituvchida mavjud. Majmua elеktron varianti va muqovalangan holatdagi qog`oz varianti kafеdrada saqlanadi.
-
Payvandlashning asosiy uslublari
Mazkur majmuada “Payvandlashning asosiy uslublari” fani dasturi, ma’ruza mashg‘ulotlarining ta’lim texnologiyasi va texnologik xaritasi, ma’ruza slaydlari, ma’ruzalar matni, amaliy mashg‘ulotlarning ta’lim texnologiyasi va texnologik xaritasi, amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy ko‘rsatmalar, nazorat turlari uchun tayyorlangan topshiriqlar variantlari, test savollari, fandan umumiy nazorat savollari va glossariy (izohli lug‘at) jamlangan.
-
« ANALITIK GEOMETRIYA VA CHIZIQLI ALGEBRA» fanidan o’quv-uslubiy M A J M U A
Ushbu majmuada «Analitik geometriya va chiziqli algebra» fanining maqsadi va vazifalari, fanni o’zlashtirishga qo’yilgan talablar, fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlari turlari va ularning hajmi (soatlarda), fanning mazmuni, fan bo’yicha talabalar o’zlashtirishining nazorati, fanning o’quv, o’quv-uslubiy qo’llanmalar bilan ta’minlanganlik darajasi, fanni o’zlashtirish uchun kerakli jihozlar va (asbob uskunalar) apparatura, o’qituvchilar uchun uslubiy tavsiyalar, talabalarning mustaqil ishini bajarish bo’yicha uslubiy tavsiyalar, mustaqil ishlarni bajarish bo’yicha eslatmalar, mustaqil ishlarni bajarish uchun o’quv - uslubiy qo’llanmalar keltirilgan. Shuningdek, oraliq nazoratlar uchun savollar va variantlar namunalari, yakuniy nazorat uchun nazariy savollar va variantlar namunalari, test savollari, mustaqil (individual) bajariladigan kontrol ishlar, «Analitik geometriya va chiziqli algebra» fanidan ma’ruza darsi ishlanmasi namunasi, «Analitik geometriya va chiziqli algebra» fanidan amaliy mashg’ulot darsi ishlanmasi namunasi ilovalar shaklida berilgan. Uslubiy qo’llanma bakalavriatning 5480100 – amaliy matematika va informatika ta’lim yo’nalishi uchun mo’ljallangan bo’lib, u amaldagi davlat ta’lim standartlari va «Analitik geometriya» fani namunaviy dasturiga asosan tuzildi.
-
«ANALITIK MEXANIKA» FANINING O’QUV-USLUBIY MAJMUASI
Ushbu o’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan 2016 yil 22 yanvardagi 26-sonli buyrug’ining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan, Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari bo’yicha o’quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtirish Kengashining 2016 yil 9 yanvaridagi 1-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan va №БД-5140300 – 4.02 raqam bilan ro’yxatga olingan Analitik mexanika fan dasturi, shu ta’lim yo’nalishining 2021-2022 o’quv yiliga mo’ljallangan ishchi o’quv rejasi va shular asosida tuzilgan ishchi o’quv dastur hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan 2017 yil 1 mart kuni 107-son buyruq bilan chiqarilgan “Yangi o’quv-uslubiy majmualarni tayyorlash bo’yicha uslubiy ko’rsatmani tavsiya etish to’g’risida”gi Buyrugi va uning ilovasidagi “Oliy ta’lim o’quv rejalari fanlarining yangi o’quv-uslubiy majmualarini tayyorlash bo’yicha uslubiy ko’rsatma”si asosida ishlab chiqilgan.
-
«PROGRAMMA MAHSULOTLARNI YARATISH TEXNOLOGIYALARI» FANIDAN O‟QUV- USLUBIY MAJMUA
«Dasturiy mahsulotlarni yaratish texnologiyasi» fanidan ushbu o‘quv – uslubiy majmua Samarqand davlat universitetining «Axborotlashtirish texnologiyalari» kafedrasida tayyorlangan. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua shu fanni o‘rganish jarayonida talabaning mustaqil ishlashini tashkil etishga mo‘ljallangan bo‘lib, u talabaning mustaqil ishlashini ta‘minlovchi o‘quv-uslubiy materiallarni o‘z ichiga olgan hamda talaba olgan bilimining sifatini doimo nazorat qilishni ta‘minlaydi. Mazkur majmua bir necha bo‘limlardan iborat: annotatsiya; muallif haqida ma‘lumot; normativ hujjatlar; ta‘lim texnologiyasi; nazorat materiallari; o‘quv materiallar; ishlanmalar va tarqatma materiallar; mustaqil ishlar, kurs ishlari va BMI mavzulari; glossariy hamda ilovalar (majmua tuzilmasiga e‘tibor qiling). Ushbu fanni o‘rganish ana shu mantiqiy ketma-ketlikka rioya qilishni talab etadi. Shuning uchun shu bandlarga asoslanib, har bir mavzuni chuqur o‘rgangandan so‘ng yangi mavzuga o‘tish mumkin bo‘ladi. Bunda talabaga mavjud o‘quv uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar hamda tavsiyalar, ishlanma va tarqatma materiallar, foydalanish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar yaqindan yordam beradi.
-
Issiqlik ishlab chiqarish uskunalari
Issiqlik ishlаb chiqаrish uskunаlаri dеb suv bugʻi, issiq suv yoki qizdirilgаn hаvо koʻrinishidаgi issiqlik enеrgiyasini ishlаb chiqаrish uchun fоydаlаnilаyotgаn uskunа vа mехаnizmlаr mаjmuigа аytilаdi. Issiq suv vа qizdirilgаn hаvоdаn ishlаb chiqаrish, jаmоаt vа turаr jоy binоlаrini isitish, shuningdеk ахоlini kоmmunаl mаishiy eхtiyojlаri uchun fоydаlаnilаdi.
-
Пространственные конструкции покрытий зданий и сооружений
В учебно-методическом пособии приведены основные сведения по формообразованию классификации типам конструкции проектированию элементов узлов и деталей оболочек сводов складок куполов составных пространственных конструкций структур вантовых покрытий мягких оболочек и других.
-
« ANALITIK GEOMETRIYA VA CHIZIQLI ALGEBRA» fanidan o’quv-uslubiy M A J M U A
Ushbu majmuada «Analitik geometriya va chiziqli algebra» fanining maqsadi va vazifalari, fanni o’zlashtirishga qo’yilgan talablar, fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlari turlari va ularning hajmi (soatlarda), fanning mazmuni, fan bo’yicha talabalar o’zlashtirishining nazorati, fanning o’quv, o’quv-uslubiy qo’llanmalar bilan ta’minlanganlik darajasi, fanni o’zlashtirish uchun kerakli jihozlar va (asbob uskunalar) apparatura, o’qituvchilar uchun uslubiy tavsiyalar, talabalarning mustaqil ishini bajarish bo’yicha uslubiy tavsiyalar, mustaqil ishlarni bajarish bo’yicha eslatmalar, mustaqil ishlarni bajarish uchun o’quv - uslubiy qo’llanmalar keltirilgan. Shuningdek, oraliq nazoratlar uchun savollar va variantlar namunalari, yakuniy nazorat uchun nazariy savollar va variantlar namunalari, test savollari, mustaqil (individual) bajariladigan kontrol ishlar, «Analitik geometriya va chiziqli algebra» fanidan ma’ruza darsi ishlanmasi namunasi, «Analitik geometriya va chiziqli algebra» fanidan amaliy mashg’ulot darsi ishlanmasi namunasi ilovalar shaklida berilgan. Uslubiy qo’llanma bakalavriatning 5480100 – amaliy matematika va informatika ta’lim yo’nalishi uchun mo’ljallangan bo’lib, u amaldagi davlat ta’lim standartlari va «Analitik geometriya» fani namunaviy dasturiga asosan tuzildi.
-
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi
Sanoat binolari ishlab chiqarishda faol rol uynamasdan bilvosita (passiv) rol o’ynaganini hisobga olib, loyihalash jarayonida ko’p material va mehnat talab qiladigan tomonlarini qisqartirib, binoning smeta tannarxini arzonlashtirishga harakat qilish kerak.
-
Kasbga yo’naltirilgan ingliz tili
Bu fan lotin tili, qiyosiy lingvistika, ingliz tili o’qitish qiyosiy metodikasi, maxsus fanlarni o’qitish metodikasi, tarjimashunoslik, linvomamlakatshunoslik kabi fanlarning nazariy va amaliy xulosalariga tayanadi. Talabalarning kasbga oid ingliz tili fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion pedagogic texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir.
-
Qiyosiy tipologiya va tarjima nazariyasi
Fanning o`quv dasturi O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida ishlab chiqilgan “Qiyosiy tipologiya va tarjima nazariyasi ” o`quv fan dasturi asosida yaratilgan.
-
Umumiy pedagogika
Shaxs uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o‘zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o‘zida ijtimoiy ta’sirlar yordamida ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi.
-
Ta'lim-tarbiya jarayonida normativ-huquqiy hujjatlar
Normativ-huquqiy hujjatlar davlat siyosatini amalga oshirishning zaruriy elementi sanaladi. Uning vositasida ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi hamda davlat boshqaruvi yo’lga qo’yiladi. Davlat va huquq nazariyasi normativ-huquqiy hujjatlarni huquq manbasi sifatida e’tirof etadi.
-
Boshlang’ich ta’lim fanlari nazariyasi
Jamiyatning, axborot muhitining va Texnologiya bozoridagi holatning jadal rivojlanishi natijasida reproduktiv ta’lim tizimi davr talabiga javob bermay qoldi. Bu esa Texnologiya va uni o’qitish metodikasining yangicha yondashuvlarini ishlab chiqilishini talab qilmoqda.
-
“MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH” FANIDAN O’QUV-USLUBIY MAJMUA
FANNNING ANNOTATSIYASI Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga ko‘ra o‘qitiladigan «MATEMATIK O'YINLARNI TASHKIL ETISH » fani Gumanitar fanlarda matematikaning ahamiyati katta. Barcha gumanitar fanlar biror ob'ektlar umumiyligi, ularning xossalari va ular orasidagi munosabatlarga ega. Shunday qilib, Matematika o'zining qo'llanilish sohasini kengaytiradi. Matematika asosan gumanitar fanlarni tartiblanishiga xizmat qiladi. dasturi tabiatshunoslik va texnik fanlar sohalarida, mavjud bo‘lgan va ommaviy xarakterga ega bo‘lgan voqeliklarga oid qonuniyatlarni o‘rganish va uni amaliyotda qo‘llashda zarur bo‘ladigan: chiziqli algebra, analitik geometriya elementlari, matematik analiz, oddiy differensial tenglamalar nazariyasi tushunchalarini o‘z ichiga olgan bo‘limlaridan tashkil topgan. Fanni kiritishdan maqsad talabalarga umumta’lim maktablarida,akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida matematika o‘qitish dolzarb muammolari, matematik ta’lim jarayonida zamonaviy usllarni qo‘llashga o‘rgatish, matematika o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari va amaliy xususiyatlarini bayon etish hamda ularda kelgusi faoliyatlarida nazariy va amaliy jihatdan pedagogik faoliyatda foydalana oladigan ko‘nikma va malakalarni shakllantirish qobiliyatlarni rivojlantirish hisoblanadi. Matematika fanini o‘qitish jarayonida pedagogika, axborot texnologiyalari, yangi pedagogik texnologiyalar kabi fanlar usullari hamda matematikaning turli tarmoqlari tadqiqot metodlari va natijalaridan keng foydalaniladi.