-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
-
-
-
-
San’at. San’atshunoslik
-
Professional competence
The textbook covers core psychological qualities, the role of motivation and leadership, and the significance of effective communication and ethical decision-making. It also examines how interdisciplinary thinking, digital literacy, and universal competencies shape the careers of future professionals.
-
Kasbiy ta'limning dolzarb muammolari
Bugungi kunda oliy ta'limning asosiy vazifalaridan biri zamonaviy ta'lim tizimini samarali tashkil etish hisoblanadi. Ushbu o'quv qoʻllanmada kasbiy ta'limning dolzarb muammolarini o'rganish, kasbiy ta'lim tizimidagi islohotlar, kasbiy ta'lim tizimida yetuk va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qo'yiladigan talablarga e'tibor qaratilgan. Darslarni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish, zamonaviy globallashuv sharoitida o'quv-tarbiyaviy jarayonni boshqarish, kadrlar tayyorlash jarayonidagi kasbiy-malakaviy oʻzgarishlar; kasblarni tahlil qilish metodlari mualliflar tomonidan batafsil yoritilgan.
-
OG`ZAKI TARJIMA
Ushbu o‘quv qo‘llanma “Og’zaki tarjima” fanidan zaruriy manba bo’lib xizmat qiladi, ushbu darslikda 4 ta til ko’nikmalariga oid zaruriy bilimlar berilgan.
-
Guidelines to banking
"Guidelines to Banking" is accessible for intermediate level students and above for the students of economics specialization. This tutorial includes exercises for developing reading, listening, writing and speaking skills. It aims to help students to extend and develop a wide variety of language skills and to acquire a knowledge for banking, accounting and finance in English
-
Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi
Darslikda "Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi" fanining maqsad va vazifalari hamda fanning umumiy nazariy asoslari yoritilgan. Unda, shuningdek, ta'lim jarayonini tashkil etishning shakllari, metodlari, tamoyillari, vositalari va usullari keng bayon etilgan. Shu bilan birga, tarbiyaning asosiy turlari hamda pedagogik mahoratning nazariy va amaliy jihatlari haqida batafsil ma'lumot berilgan
-
Analitik kimyodan laboratoriya mashgʻulotlari (miqdor analizi)
Mazkur oʻquv qoʻllanmada “Analitik kimyo” fanidan laboratoriya mashgʻulotlari mavzulariga oid bajarilishi koʻzda tutilgan tajribalar boʻyicha koʻrsatmalar, har bir bob boʻyicha nazorat savollari, testlar, masala va misollar kеltirilgan. Oʻquv qoʻllanma “Kimyo” yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan. Bundan tashqari, oʻquv qoʻllanmadan analitik kimyo fani oʻqitiladigan boshqa ta’lim yoʻnalishi talabalari, shuningdek, ilmiy tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin
-
Ma'lumotlar bazasi
Mazkur darslik Maʼlumotlar bazasi fanini o'rganishga moʻljallangan boʻlib. unda ma' lumotlar bazasi tushunchasi, ularning turlari,tuzilishi va loyihalash asoslari batafsil yoritilgan.
-
GENETIKADAN AMALIY MASHG‘ULOTLAR
O’quv qo‘llanma 60510100-Biologiya ta'limi yo‘nalishi talabalari uchun “Genetika va genomika asoslari” fanining genetika qismini o‘rganish uchun o‘quv reja va dasturlarga asoslangan xolda tayyorlangan bo‘lib, nazariy bilimlar bilan o‘qitilibgina qolmasdan, balki amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Amaliy mashg‘ulot darslarining asosiy maqsadi, bo‘lajak pedagoglar tomonidan eksperimentlarni bajarish bilimlarini chuqurlashtirishdan iboratdir.
-
O'zbek tilining izohli lug'ati. To'rtinchi jild. Q-S
Mazkur ko'p jildli Lug'at hozirgi o'zbek adabiy tilida keng iste'molda bo'lgan 80 mingdan ortiq so'z va so'z birikmalarini fan, texnika,san'at va madaniyat sohalariga oid terminlarni bir necha shevada qo'llanadigan so'zlarni ba'zi tarixiy va eskirgan atamalarni o'z ichiga oladi.
-
Etnologiya
Mazkur darslik 60220300 Tarix ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan boʻlib, 4 ta modulga ajratilgan. Ushbu darslikda etnologiya fanining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda zamonaviy ilmiy-nazariy asoslari yoritilgan. Darslikda etnologiyaning asosiy tushunchalari, dunyodagi yirik etnologik maktablar va ularning ilmiy yo'nalishlari, shuningdek, O'zbekiston etnologiya fanining taraqqiyoti keng tahlil etilgan. Ikkinchi modulda etnologik manbalar, ilmiy tadqiqot metodlari, etnografik va kiberetnologik dala tadqiqoti usullari haqida ma'lumot beriladi. Uchinchi modul dunyo xalqlarining geografik, xoʻjalik-madaniy, diniy, irqiy va lingvistik klassifikatsiyasini o'z ichiga oladi. To'rtinchi modulda esa jahon xalqlarining etnologiyasi Avstraliya va Okeaniya, Osiyo, O'rta Osiyo va Qozog'iston, Afrika, Amerika hamda Yevropa xalqlarining etnomadaniy xususiyatlari tahlil etilgan
-
Iste'molchi xulq-atvori
Oʻquv qoʻllanmada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'quv jarayoniga keng tatbiq etish, chet tillarini intensiv oʻzlashtirish darajasini oshirish hisobiga ularning kasb mahoratini, ilmiy faoliyatini muntazam yuksaltirish. oliy ta'lim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarishni tizimli tahlil qilish, shuningdek pedagogik vaziyatlarda optimal qarorlar qabul qilish bilan bogʻliq kompetensiyalarga ega boʻishlari taʼminlanadi.
-
ODAM ANATOMIYASIDAN ATAMA VA TUSHUNCHALARNING IZOHLI LUG‘ATI
Mazkur izohli lug‘atda odam anatomiyasi fanida qo‘llaniladigan atama va tushunchalarning ilmiy mazmuni yoritilgan. osteologiya, artrologiya, sindesmologiya, miologiya, splanxnologiya, angiologiya, nevrologiya, esteziologiya, endokrinolo-giyaga oid atama va tushunchalarning mazmun mohiyati ochib berilgan. Izohli lug‘at Biologiya hamda Sport faoliyati va boshqaruvi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, odam anatomiyasi fanlarini o‘qitishda foydalanish mumkin.
-
Xorazm maqomoti va suvora turkumlariga nazira qilingan ashulalar
Xorazm maqomoti va suvora turkumlariga nazira qilingan ashulalar” oʻquv qoʻllanmasi 2024-yilda 60211400-Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik) bakalavriat ta’lim yoʻnalishi uchun ishlab chiqilgan “Maqom yakka xonandiligi” fani dasturi asosida tayyorlandi. Oʻquv qoʻllanmada Xorazm maqomoti va suvora turkumlariga nazira qilingan ashulalar, ijodkorlarning musiqiy merosi tasnifi, qoʻshiqlarning nota matni yaratilish tarixi bayon etilgan
-
Raqamli axborot texnologiyalari
Ushbu darslik 60310300 Psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, psixologik faoliyatda qo'llaniladigan raqamli axborot texnologiyalarini o'zlashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, undan pedagogika, psixologiya va axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar, o'qituvchilar hamda ilmiy tadqiqotchilar kasbiy kompetensiyalarini oshirishda foydalanishlari mumkin
-
Ma'naviyat - yangi O'zbekistonning zuhro yulduzlari
Ushbu asar muallif ishtirokida 0'zbek kitobxonlari uchun maxSus tarjima qilindi. Barcha kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
GENETIK INJENERIYA
Laboratoriya amaliyoti 15 ta amaliy mashg‘ulotdan iborat bo‘lib, ular metodning nazariy tavsifi, qisqacha xarakteristikasi va laboratoriya topshiriqlarini bajarish bo‘yicha batafsil protokoldan iborat. Xususan, molekulyar biologiya va gen muhandisligining asosiy usullari, mikroorganizmlar madaniyatlarini saqlash usullari, mikroorganizmlarni yetishtirish usullari, ozuqa muhitlarini tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar ko‘rib chiqiladi. Tanlangan bakterial va xamirturush shtammlari, rekombinant konstruktsiyalar, vektorlar va genlar xavfsiz, keng tarqalgan va mavjud bo‘lganlari hisoblanadi.