-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Органик кимё усуллари
Қўлланманинг ҳар иккала қисмида ҳам мавзу бўйича йиғилган материаллар ягона назарий нуқтаи назардан таҳлил қилиб ёзилган. Қўлланмадаги фикр ва мулоҳазаларни асослаш учун органик кимё фанининг ҳозирги замон тузилиш назарияси асосларидан ҳамда органик моддаларнинг рентген- структур маълумотларидан, физика-кимёвий тавсифларидан яъни дипол моменти, диссоциацияланиш энергияеи, атомлараро масофаси, бурчак катталиги, кислоталик диссоциация доимийликлари каби қийматлардан тҳла фойдаланишга ҳаракат қилдик.
-
MAHSULOT SIFATI MENEJMENTI
Mazkur oʻquv qoʻllanmada sifat iqtisodiy kategoriya va boshqaruv obʻyekti sifatida, sifatni boshqarishga yondashuvlar evolyutsiyasi, sanoat qurilish mahsuloti sifatini oshirishning asosiy yoʻnalishlari, sifatni boshqarish tizimi, zamonaviy sifat boshqaruvining mexanizmi, tashkilotda sifatni boshqarish funksiyalarini amalga oshirish, sifatni boshqarishda standartlashtirish, sifatni ta’minlash sohasidagi huquqiy masalalar, standartlashtirishning uslubiy asoslari, mahsulotni sertifikatlashtirish, sertifikatlashtirishning milliy tizimi, milliy sinov markazlari, metrologiya asoslari, davlat tomonidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, sifatni boshqarishning iqtisodiy tomonlari kabi mavzular yoritilgan.
-
Maxsus tayyorgarlik
A N N O T A T S IY A - Ushbu o'quv qo'llanm ada harbiy pedagogikaning tushunchasi, obyekti. predmeti, maqsadi, vazifalari va turkumlari, harbiy pedagogikaning fan sifatida yuzaga kelishi va rivojlanish bosqichlari o'rganilgan, Harbiy xizmatchilarni tarbiyalashda ofitserning nutqi va uning tarbiyaviy ahamiyati, harbiy didaktika va uning metodologik asoslari yoritilgan, hamda harbiy-pedagogik jarayon rivojlanishining mazmuni va dialektikasi, harbiy xizmatchilar ruhiyati va harbiy jam oalarning psixo-pedagogik qonuniyatlarini aniqlagan va tatqiq qilgan holda harbiy qism, harbiy ta'lim muassasalarida o'quv-tarbiyaviy ishlarning sharoitlari, tamoyillari, metodlari va tashkiliy shakllarini, shuningdek, harbiylarning xizmat faoliyati va munosabatini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalarni asoslab beradi
-
Geomorfologiya va to`rtlamchi davr geologiyasi
Oquv qo`llanma relyef shakllarining kelib chiqishi kontinentlardagi to`rlamchi yotqiziqlarda genetik tiplarining to`planishi relyef elementlarining sistematikasi va ularning yoshini aniqlash to`tlamchi davr stratigrafiyasi kartografiya bo`yicha savollar va neotektonik harakatlarni o`rganishda geomorfologik uslublarni qo`llash muhandis-geologik tadqiqotlar yordamida foydali qazilma konlarini izlashning nazariy asoslari berilgan.
-
Модда тузилиши
Модда тузилишини ўрганиш бир вақтнииг ўзида ҳам кимёвий ва ғам физикавий усуллар ёрдамида бажарилиши мумкин. Барча кимёвий усуллар мазкур модда таркибидаги кимёвий боғлар, функционал гуруҳлар, айрим элементлар атомларига хос бўлган реакциялардан фойдаланишга асосланади.
-
Иқтисодиёт назарияси
Иқтисодиёт назарияси бўйича тайёрланган мазкур қўлланмани ёзишда кадрлар тайёрлаш миллий дастури ва олий ўқув юртларида бакалаврлар тайёрлаш давлат андозасининг иккинчи босқичи талаблари ҳисобга олинган. Ҳар бир мавзу мазмунини ёритишда Республика Президенти И. Каримов асарларидан, Республика қонунлари ва бошқа меъёрий ҳужжатлардан кенг фойдаланилган.
-
ORGANIK KIMYO NAZARIY ASOSLARI
Ikki qismdan iborat ushbu qo'llanma oliy o'quv yurtlarining kimyo, kimyo-texnologiya ixtisosligi hamda qishloq xo'jalik universitetlari talabalari, oliy o'quv yurtlarining o'qituvchilari va ilmiy xodimlar uchun mo'ljallangan bo'lib, organik kimyoning asosiy qonun va qoida- lari batafsil ko'rib chiqilgan hamda instrumental uslublardan foydalanish usullari ko'rsatilgan.
-
-
SELLULOZA VA QOG'OZ ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Uch bo'limli nashrda tolali yarim tayyor mahsulot, qog'oz va qalin qog'oz ishlab chiqarishning hozirgi kundagi ahvoli haqida ma'lumotlar berilgan. Kitobning birinchi bo'limida yog'och massasini ishlab chiqarish; bir yillik o'simliklar, paxta va yog'ochdan selluloza hamda yarimselluloza olish; qog'oz va qalin qog'oz ishlab chiqarishda mato va qog'oz chiqindilaridan foydalanish; tolali yarim tayyor mahsulotlarni yuvish, tozalash, suvsizlantirish, quritish, oqartirish va sifatini yaxshilash jarayonlarini olib borish usullari va texnologiyalari haqida ma'lumotlar berilgan.
-
Иқтисодий география асослари
Қўлланмада иқтисодий география асослари ҳақидаги билимлар тизимининг ривожланиш тарихи, географик, математик-географик, табиий-географик, ва иқтисодий географик жойлашиши, уни аниқлаш ҳамда ўқитиш методикаси, аҳоли географияси, хўжалик географияси ҳақида тушунчалар берилган
-
Тарихдан сабоқлар
Ўзбек халқи Ўрта Осиёнинг бошқа халқлари каби кўҳна ва бой тарихга эга. Бу тарих Хоразм ва Сурхон, Тошкент ва Фарғона воҳаларидан, қўйинки республикамизнинг кўп вилоят ва туманларидан топилган орхеологик топилмалар, жаҳон кутубхоналарида сақланаётган қўлёзма китобларнинг зарварақларида сақланиб қолаган. Китоб институт, университетларнинг муалиимлари, талабалари ва ўзбек халқининг тарихи билан қизиққан барча китобхонларга мўлжалланган.
-
-
Matematik tasavvurlarni shakllantirish
Mazkur o‘quv qo‘llanma “Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasawurlarni tarkib toptirish” kursi dasturining asosiy nazariy va uslubiy masalalarini qamrab olgan boiib, unda maktabgacha taiim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga miqdor va son, kattalik, geometrik shakllar, fazo va vaqt kabi tasawurlarni shakllantirishga oid ishlami rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazishga oid tavsiyalar berilgan.
-
MATEMATIK ANALIZ (FUNKSIONAL ANALIZGA KIRISH
Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy ta’lim muassasalari 5110100-Matematika o‘qitish metodikasi ta’lim yonalishining «Matematik analiz» fani dasturiga mos yozilgan bo‘lib, bunda funksional analizning asosiy tushunchalari (metrik fazo, chiziqli, normalangan, Gilbert fazolari, ularda aniqlangan operator va funksionallarning xossalari) va ularning variatsion hisobdagi tatbiqlariga oid nazariy ma’lumotlar to‘liq berilgan. Nazariy holatlarni ochib beruvchi misol va masalalar keltirilgan.
-
Бошқарув ҳисоби
Ушбу қўлланма ўзбек тилида ёзилган дастлабки қўлланма бўлиб, унда асосий эътибор бошқарув ва молия ҳисобларининг бир-биридан фарқини ва уларнинг хусусиятларини белгилашга қаратилган, бошқарув қарорларини қабул қилишга таъсир этадиган омилларни ўрганиш асосида ишлаб чиқарилаётган маҳсулотга баҳони белгилаш тамойиллари атрофлича ёритилиб, харажатлар таркиби ва тавсифи аниқ мисоллар билан кўрсатилган.
-
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Maskur o‘quv qo‘llanma kasb-hunar va pedagogika kollejlarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi, ”Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” fani o‘quv dasturi asosida tuzilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanmada maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasiga oid masalalar ochib berilgan bo‘lib, bunda jismoniy tarbiyaning tashkil etish shakllari, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, harakatli o‘yinlar, sport o‘yinlari va chiniqtirish masalalari keng yoritilgan.