-
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Физикадан масалалар тўплами
Мазкур масалалар тўплами Олий техника ўқув юртлари талабалари учун физика курси бўйича амалдаги дастур асосида тузилган. Ҳар бир бўлимга мураккаблиги тартиб рақамига мос равишда ортиб борувчи етарли миқдордаги масалалар киритилган. Ҳар бир параграфнинг бошида асосий қонун қоидалар ва формулалар келтирилган, типик масалаларни ечишга доир мисоллар берилган.
-
Fizikaviy tadqiqot usullari
Ushbu o ‘quv qo‘llanma atomlarning chiqarish, molekulalarning elektron, infraqizil, yadro magnit rezonansi spektrlarini o'rganish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar bayonini, shu usulning asosini tashkil etuvchi fizikaviy hodisaning qisqacha nazariyasini hamda bu ishlarni bajanshda ishlatiladigan spektr asboblarining tuzilishi, ishlash prinsipi va o'lchash tartibi kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
-
Funksiyalar va grafiklar
Ma`lumotlar to`plamida matematik analizining asosiy bo`limlaridan biri bo`lgan funksiyalar va ularning grafiklarini chizish bo`yicha zarur materiallar to`liq keltirilgan.
-
Funksiyalar va grafiklar
Ma'lumotlar to‘plamida matematik analizning asosiy bo'limlaridan biri bo'lgan fiinksiyalar va ularning grafiklarini chizish bo'yicha zarur materiallar to‘liq keltirilgan va o‘quvchi, amaliyotda uchraydigan tekshirishning qiyinlik darajasi har xil bo‘lgan funksiyalarning grafiklarini elementar yo‘l bilan va hosila yordamida chizish usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqida mavjud ko'p sonli kitoblarga murojaat qilmasdan, ushbu qo'llanmadan foydalanishi mumkin.
-
PageMaker 6.5. Самоучитель
Автор книги-сотрудник МГУ им. М. В. Ломоносова; сотрудник ЗАО "Аргументы и факты", имеющий огромный опыт верстки изданий самого разного характера-газет, книг, журналов, рекламной продукции.
-
Атом ядроси ва зарралар физикаси
Мазкур китобда атом ядросининг хусусиятлари, ядро реакциялари, парчаланиш, нурланиш, мермоядро синтези ҳозирги замон назарияларининг асосий тушунчалари, атом энергиясини олиш усуллари, янги элементларни ҳосил қилиш, атом ядроларининг ўзаро айланиши, "шарпа" зарра - нейтринонинг олам тараққиётидаги катта роли, элементар зарраларнинг хиллари, табиати, ҳозирги замон физикасида тутган ўрни, бу соҳадаги билимларнинг фан ва техникадаги ютуқлари ёритилган.
-
Агроэкология ва агрокимё
Қўлланмада қишлоқ хўжалиги экологиясининг умумий масалалари: агроэкология ҳақида умумий тушунча, унинг тарихи, агроэкотизмлар, бу тизимдаги ўзаро алоқалар, муносабатлар ҳақида ҳамда, Ўзбекистонда етиштириладиган энг муҳим маданий экинлар: пахтазор, буғдойзор, бедазор ва сабзовот экинлари экологияси ҳамда, маҳсулотлар етиштириладиган ҳудудлардаги иқлим шароитлари, тупроқнинг агрофизик, механик кўрсаткичлари, сув ресурслари ҳақида, уларнинг ифлосланиши, мониторинги ва агроэкотизмлар маҳсулдорлиги, тупроқ унумдорлигини оширишнинг агроэкологик асослари - қишлоқ хўжалик экологиясининг асосий йўналишлари баён этилган.
-
ҲАЁТ ФАОЛИЯТИ ХАВФСИЗЛИГИ
Ушбу ўқув қўлланмада фан тарихи, ривожи ва истиқболи ҳамда Республикамиздаги ижтимоий-иқтисодий ислоҳотлар натижалари, ишлаб чиқариш ва худудий хавфсизлик муаммоларининг инсон ҳаёти хавфсизлигига таъсири масалалари келтирилган. Ўқув қўлланмани яратилишидан мақсад - бўлажак мутахассисларга ҳаётий фаолиятларида юзага келадиган хавфларнинг келиб чиқиш сабабларини, хусусиятларини, оқибатларини ва уларни йўқотиш қоидаларини, хавфсиз иш шароитларини яратиш, табиий, техноген, экологик ва бошқа тусдаги фавқулодда вазиятлардан аҳолини ҳимоя қилиш, уларни назарий ва амалий жиҳатдан ҳимояланишга ҳамда жароҳат олганларга бирламчи тиббий ёрдам кўрсатиш қоидалари келтириб ўтилган.
-
Fizikadan praktikum
Ushbu qo`llanma pedagogika oliy o`quv yurtlarining "Fizika" mutaxassisliklari dasturi asosida yozilgan bo`lib, unda talabalarning umumiy fizikadan bajarishlari lozim bo`lgan laboratoriya ishlarining tavsiyalari berilgan.Qo`llanma pedagogika universiteti va institutlarining fizika, matematika fakulteti bakalavriyat talabalari uchun mo`ljallangan.
-
Mehnat bozorini tadqiq etish va bandlikni boshqarish
O‘quv qo‘llanma “Mehnat iqtisodiyoti” fan dasturi doirasida talabalarga mehnat bozori, uning faoliyat yuritish mexanizmi va qonuniyatlarining nazariy asoslarini bayon qiladi. Unda iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida aholi bandligiga ko‘maklashish, ishchi kuchi taklifining demogarafik omillari, mehnat munosabatlarini erkinlashtirish, norasmiy bandlik va tashqi mehnat migratsiyasini legallashtirish, uzluksiz ta’lim hamda inson kapitalini rivojlantirishga oid masalalar keng o‘rin olgan.
-
O‘ZBEK TERMINOLOGIYASI
Mazkur o‘quv qo‘llanma “O‘zbek terminologiyasi” fanining mazmunmohiyatini yoritish maqsadida tuzilgan bo‘lib, u o‘zbek tili terminlar tizimi, taraqqiyot bosqichlari va hozirgi takomillashish davridagi fonetik, leksiksemantik va grammatik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan. Qo‘llanma terminologiyaga oid adabiyotlar, lug‘atlar va o‘zbek adabiy tili rivojlanish dinamikasini o‘zida mujassam etgan ilmiy, tarixiy va badiiy asarlarda qayd etilgan ashyoviy materiallar bazasida tuzilgan bo‘lib, fanning asosiy masalalarini qamrab olgan
-
-
Ўзбек тили I-том (Морфология)
Ўзбек тили грамматикасининг ушбу томи сўз ясалиши, морфологияга бағишланган бўлиб, унда барча сўз туркумлари, ҳар бир туркумга оид сўзларнинг семантик ва грамматик таҳлил этилади. Асар ўзбек тили масалалари билан шуғулланувчи мутахассислар, олий ўқув юртлари филология факультетлари студентларига мўлжалланган.
-
O'rmon xo'jaligi korxonalari ishini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish
Qo'llanmada o'rmon xo‘jaligining ixtisoslashtirilgan tarmoqlari va ularni birga qo'shib olib borish; bo'limlar, ishlab chiqarish sexlari, fermer xo'jaliklarining ratsional hajmi, ishlab chiqarish vositalari va ulardan foydalanishni tashkil qilish, talab darajasidagi uzoq muddatli va bir yillik, olti va uch oylik hamda biznes-reja tuzish va amalga oshirish, mehnatni zamon talab darajasida tashkil etish va unga haq to'lash, ishlab chiqarilgan turli mahsulotlar tannarxini kamaytirish, ishlab chiqarilgan mahsulotlar samaradorligini yuqori darajaga ko‘tarish va undan ko‘plab daromad olishni tashkil etish kabi qator masalalar bayon etilgan.
-
Fizikadan praktikum
Ushbu qo`llanma pedagogika universiteti va institutlarining «Fizika va astronomiya», «Matematika - informatika» yo`nalishlari dasturi asosida yozilgan bo`lib, unda bakalavriat talabalari umumiy fizikaning «Optika» hamda «Kvant fizika» bo`limlari bo`yicha bajarishlari lozim bo`lgan laboratoriya ishlarining tavsifnomalari berilgan. Qo`llanma optika va kvant fizikaga oid laboratoriya ishlari va mashqlarni o`z ichiga olgan.
-
Адабий танқид ва ўзбек болалари адабиёти
Монографияда 30—80-йиллар адабий танқидидаги болалар адабиёти спецификасига оид кузатишлар, дидактика, сатира ва юмор, бадиий тил муаммолари, ижобий қахрамон образини яратишга оид кузатишлар та^лилга тортилиб, адабий танқид муаммоларига оид тадқиқотлар, уларнинг мавзуси умумлаштирилади. Адабий танқиднинг болалар адабиётига оид йуналиши характерланади.