-
O‘zbek onomastikasi masalalari
Mazkur o‘quv qo‘llanmada o‘zbek onomastikasi masalalari fanini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan asosiy mavzular berilgan bo‘lib, mazkur fanning o‘rganish predmeti, maqsad va vazifalari to‘g‘risida, bu sohaning shakllanish tarixi, onomastik ko‘lam, onomastik tadqiqot metodlari, o‘zbek antroponimikasi va uning asosiy muammolari haqida talabalarning tasavvurini kengaytirishga mo‘ljallangan.
-
Tarixiy toponimika
Mazkur o'quv qo'llanmada toponimika fanining paydo bo'lishi va taraqqiyoti, toponimika fani rivojlanishiga hissa qo'shgan jahonning va yurtimizning ko'zga ko'ringan olimlari haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, yurtimiz hududidagi toponimlar va ularning tarixiy qiymati, geografik nomlarning kelib chiqishi va ma'nolari yoritilgan.
-
Onomastika
Ushbu o'quv qo'llanmada onomastika, unga xos asosiy tushunchalar, onomastikaning tizimiy xususiyatlari, uning toponimiya, antroponimiya, oronimiya kabi yo'nalishlari bilan bog'liq masalalar yoritilgan. Shuningdek, qo'llanmada toponimlarga xos xususiyatlar, Buxoro toponimiyasi masalalari hamda ismlar bilan aloqador ayrim lisoniy jihatlar bayon etilgan. Qo'llanmadan talabalar, magistrantlar, tadqiqotchlar hamda onomastika sohasi bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
-
Sotsiolingvistika
Mazkur o‘quv qo‘llanmada “Sotsiolingvistika” fanini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan asosiy mavzular berilgan bo‘lib, fanning o‘rganish predmeti, maqsad va vazifalari, shakllanish tarixi hamda sotsiolingvistik hodisalar yoritilgan.
-
Amaliy o‘zbek tili
O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining rus guruhlarida tahsil oladigan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek tilining nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatishga bag‘ishlangan. Kitobda davlat tili va alifboga oid qonunlar, fonetika, unli tovushlar tizimi hamda nutq madaniyatiga oid mavzular yoritilgan.
-
Mevachilik
Mazkur o'quv qo'llanmada meva va rezavor meva ekinlarining ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, biologik xususiyatlari, Davlat reyestriga kiritilgan va keng tarqalgan navlarning ta'rifi, meva ekinlarini ko'paytirish usullari hamda meva bog'lari barpo etish va parvarishlash masalalari yoritilgan. Shuningdek, mavzular bo'yicha amaliy mashg'ulotlar va ularni bajarish tartibi berilgan. Kitob talabalar, o'qituvchilar, magistrlar, aspirantlar, fermerlar va qishloq xo'jaligi mutaxassislari uchun mo'l
-
Himoyalangan joy inshootlarining turlari
O'quv qo‘llanmada O‘zbekiston sharoitida himoyalangan joy inshootlarini ahamiyati, vazifasi, xususiyatlari, turlari hozirgi ahvoli va rivojlanish istiqbollari hamda isitilgan yer, parniklar, issiqxonalar ularni vazifasi, turlari va tuzilishi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
-
Yem-xashak ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi praktikumi
Ushbu o‘quv qo‘llanma qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlarining qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va agronomiya ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun yem-xashak ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.
-
-
Kam tarqalgan va noan’anaviy sabzavot ekinlarini yetishtirish texnologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar
O‘quv qo‘llanmada Respublikamizda kam tarqalgan va noan’anaviy sabzavot ekinlarining xalq xo‘jaligi va inson salomatligini yaxshilashdagi ahamiyati, ularning asosiy biologik xususiyatlari, turlari va yetishtirish texnologiyasining ilmiy asoslangan masalalari yoritilgan. Mazkur qo‘llanma qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlarining bakalavriatura va magistratura talabalari hamda soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.
-
Matn tarjimasi va tahriri
Ushbu o‘quv qo‘llanma turk tilidan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan turk tiliga matn tarjimasi va tahriri sirlarini o‘rganayotgan magistrantlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tarjima nazariyasi va amaliyotiga oid masalalarni qamrab oladi.
-
YEM - XASHAK EKINLARI SELEKSIYASI VA URUG‘CHILIGI PRAKTIKUMI (O‘QUV QO‘LLANMA)
Ushbu o‘quv qo‘llanma qishloq xoʻjaligi oliy oʻquv yurtlarining qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun “Yem-xashak ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi” fanidan amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan. Shuningdek, qo‘llanmadan agronomiya va oʻsimlikshunoslik ta’lim yo‘nalishlarining bakalavriat talabalari ham foydalanishlari mumkin.
-
Kam tarqalgan va noan’anaviy sabzavot ekinlarini yetishtirish texnologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar
O‘quv qo‘llanmada Respublikamizda kam tarqalgan va noan’anaviy sabzavot ekinlarining xalq xo‘jaligi va inson salomatligini yaxshilashdagi ahamiyati, ularning asosiy biologik xususiyatlari, turlari va yetishtirish texnologiyasining ilmiy asoslangan masalalari yoritilgan. Mazkur qo‘llanma qishloq xo‘jaligi Oliy o‘quv yurtlarining bakalavriatura va magistratura talabalari hamda soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.
-
SENTINEL-2 User Handbook
This document is the official user handbook for the SENTINEL-2 mission, providing comprehensive information on mission objectives, satellite description, ground segments, product types, processing levels, resolutions, and data formats.
-
Ерларнинг мелиоратив ҳолатини яхшилаш
Ushbu qo'llanmada agrar sohada suvdan oqilona foydalanishning ilmiy va amaliy jihatlari, zamonaviy sug'orish texnologiyalari, suv tejash usullari hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari yoritilgan. Kitob dehqon-fermerlar, bog'bonlar, suv xo'jaligi mutaxassislari va qishloq xo'jaligi sohasi vakillari uchun mo'ljallangan.
-
Ўрмон тузиш
Ўқув қўлланма университет ва қишлоқ хўжалиги олий ўқув юртларининг ўрмончилик ва аҳоли яшаш жойларини кўкаламзорлаштириш йўналиши бўйича таҳсил олувчи бакалаврлар учун мўлжалланган бўлиб, ўрмон тузиш фанининг асосий бўлимлари ва мавзулари бўйича амалий машғулотларни ўтказиш учун ўқув кўрсатмалар келтирилган.