-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
-
Madaniyat. Madaniyatshunoslik
-
Жаҳон тарихи. Янги давр (1800 — 1918 йиллар)
Mazkur o'quv qo'llanma XIX asr va XX asr boshlaridagi jahon tarixi, industrial sivilizatsiyaning qaror topishi, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarga bag'ishlangan. Unda sanoat to'ntarishi, burjua inqiloblari, mustamlakachilik va boshqa muhim tarixiy voqealar tahlil qilingan.
-
Jahon tarixi (Yangi davr)
Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma Jahon tarixi fanining namunaviy fan dasturi va o'quv-me'yoriy hujjatlar talablari asosida tuzilgan bo'lib, unda Jahon mamlakatlarida kapitalistik munosabatlarni shakllanishi, burjua inqiloblari, ilmiy-texnikaviy inqiloblar va bugungi dunyo sivilizatsiyasining tarixiy ildizlari ko'rsatib berilgan.
-
XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMIYAT TARIXI
Ushbu o'quv qo'llanmada chet el mamlakatlarining xalqaro munosabatlari va diplomatiyasi tarixiga oid dolzarb masalalar ko'rib chiqilgan. Mualliflar xalqaro munosabatlar va diplomatiya taraqqiyotining asosiy bosqichlari, yo'nalishlari va tendentsiyalarini alohida davlatlarning tashqi siyosati negizida tahlil qilishgan. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixini yoritishga taalluqli turli faktik ma'lumotlar qo'llanmada umumlashtirilgan.
-
O‘rta asrlar diplomatiyasi va xalqaro munosabatlar tarixi
O‘quv qo‘llanmada o‘rta asrlarda Yevropaning Franklar, Fransiya, Italiya, Vizantiya imperiyasi, Rus davlati, Rim papaligi va Osiyoning Xitoy, Hindiston, Arab xalifaligi, mo‘g‘ul davlatlarining diplomatiyasi va xalqaro munosabatlari tarixi yoritilgan. G‘arb va Sharq davlatlaridagi tashqi siyosat tuzilmalarining shakllanishi, ulardagi o‘ziga xos elchilik munosabatlari va tartiblari masalasiga e’tibor qaratilgan.
-
GEOAXBOROT TIZIMINING ILMIY ASOSLARI
Mazkur o'quv qo'llanmadan ko'zlangan maqsad zamonaviy axborot tizimi hisoblangan geoaxborot tizimi fanini, uning ilmiy, nazariy va amaliy asoslarini o'rganishdan iborat. Geoinformatika mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olayotgan magistr talabalar ushbu qo'llanmadan geoaxborot tizimining ilmiy tomondan qo'llanilishi, geoinformatika magistrlik dasturidagi boshqa fanlarni tushunish hamda geodeziya, kartografiya, yer resurslarini boshqarish va boshqa tarmoqlarda geoinformatika sohasini o'z ilmiy ishlar
-
Sharq xalqlari san’ati tarixi
Mazkur o'quv qo'llanmada sharq xalqlari tasviriy va me’moriy san’at turlariga oid ma'lumotlar, ularning qadimiy davrdan to bizning kunimizgacha bo'lgan tarixi, rivojlanish bosqichlari va yetuk vakillari haqida so'z yuritiladi.
-
Rossiya va O‘rta Osiyo xonliklari o‘rtasida savdo-diplomatik aloqalar
Ushbu o'quv qo'llanmada O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlarining tarix ta'lim yo'nalishi va gumanitar fanlari talabalari hamda o'qituvchilari uchun Rossiya va O'rta Osiyo xonliklari o'rtasidagi savdo-diplomatik aloqalar yoritilgan.
-
Muzeyshunoslik va arxivshunoslik
Mazkur o'quv qo'llanma muzeylar va arxivlarning jamiyat rivojida tutgan o'rni, tushunchalari, tarixi, faoliyati, taraqqiyoti, muzeyshunoslik va arxivshunoslikning zamonaviy uslublari, shuningdek, muzeyshunoslik va arxivshunoslikning dolzarb masalalari, uy muzeylari, viloyat muzeylari, muzey pedagogikasi, arxiv fondlari, hujjatlar bilan ishlash, zamonaviy muzeyshunoslik va arxivshunoslik taraqqiyotidagi yangi an'analar keng talqin etilgan. Ushbu kitob universitetning bakalavriat bosqichi talabala
-
Fan va texnika tarixi
Mazkur o'quv qo'llanma «Fan va texnika tarixi» fanining maqsad va vazifalari, mazmun-mohiyatini yoritish, jahon ilm-fani va texnika sohasida yuz berayotgan zamonaviy ixtirolarning mazmun-mohiyatini ochib berish maqsadida tuzilgan bo'lib, jahon ilm-fani va texnika taraqqiyoti tarixida yuz bergan texnika yutuqlari va uning insoniyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta'sirini o'rganishga bag'ishlangan.
-
Яқин Шарқ: муаммо ва можарони тинч ҳал этиш жараёнлари (1948-2002)
Ўқуv қўлланмада Яқин Шарқ можароси, Фаластин муаммосининг келиб чиқиш тарихи, сабаблари, уни ҳал этиш жараёнларининг ўта мураккаблиги, бу жараёнда иштирок этаётган давлат ва томонларнинг ўзига хос сиёсатлари ҳақида фикр юритилади. Қўлланма олий ўқув юртлари талабалари, магистрантлари, аспирантлари ва кенг китобхонларга мўлжалланган.
-
Методика преподавания истории
Учебное пособие разработано для студентов исторического факультета с целью получения системных теоретических и прикладных знаний о сущности, методах, средствах и принципах преподавания истории, а также для подготовки к реализации задач педагогической деятельности. В издании рассматриваются предмет и задачи методики преподавания истории, ее логическая связь с другими науками, а также основные задачи обучения в школе.
-
Tarixshunoslik
Mazkur o‘quv qo‘llanma respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy o‘quv yurtlari bakalavr tarixchilari tomonidan tarixshunoslik fanini o‘rganish uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada O‘zbekiston tarixining barcha davriga oid tarixiy ma’lumotlarning o‘rganganlik darajasini yoritishga harakat qilingan.
-
Muzeyshunoslik va arxivshunoslik
Mazkur o'quv qo'llanma muzeyshunoslik va arxivshunoslik fanlarining nazariy asoslari, muzey va arxiv ishi hamda uni yuritishdagi uslubiy metodlar, muzey va arxivlarning tarixi hamda bugungi kundagi faoliyatining turli yo'nalishlarini qamrab oladi. Kitobda sohadagi jahon tajribalari va yangi uslubiy metodlar yoritilgan bo'lib, islomshunoslik yo'nalishi talabalari va sohaga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Tilshunoslik va tabiiy fanlar
Mazkur o'quv qo'llanmada “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanini o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan asosiy mavzular berilgan bo'lib, bu tilshunoslikning boshqa fanlar bilan munosabati, fanlarning integratsiyalashuvi natijasida shakllangan tutash sohalar haqida talabalarning tasavvurini kengaytirishga mo'ljallangan.
-
Tilshunoslikning dolzarb muammolari
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma universitetlarning filologiya fakultetlari o‘qituvchilari va talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda “Tilshunoslikning dolzarb muammolari” fani bo‘yicha o‘tkaziladigan ma’ruzalar o‘rin olgan. Shuningdek, qo‘llanmadan tadqiqotchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalanishi mumkin.
-
Tilshunoslik va tabiiy fanlar
Mazkur o'quv qo'llanmada “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanini o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan asosiy mavzular berilgan bo'lib, bu tilshunoslikning boshqa fanlar bilan munosabati, fanlarning integratsiyalashuvi natijasida shakllangan tutash sohalar haqida talabalarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishga mo'ljallangan.