-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
-
-
DUNYONING ISHLARI
Sevimli yozuvchimiz O'tkir Hoshimovning mazkur qissasi ona-larga qo'yilgan haykal bo'ldi, desak, mubolag'a bo'lmaydi. Qissani o'qib, har birimiz undan o'z onamiz siymosini topamiz. Ko'zimizga yosh olamiz, xulosa chiqaramiz, ibrat olamiz. Nashriyotimiz O'tkir Hoshimov uslubiga xos bo'lgan sodda va tushunarli tilda yozilgan, bir o'tirishda o'qib chiqiladigan bu asarni yana bir bor Siz aziz kitobxonlarga taqdim etadi
-
-
ВОЙ, ОНАЖОНИМ
Инсон ҳаётини нимага ўхшатиш мумкин? Сокин оқа-ётган дарёгами ёхуд ур-сур, талатўп дунёгами? Ахир, ким-лар хато қилмайди! Мол-дунёга ҳирс қўйиб, ўйламасдан қадам босаётганлар қанча! Улар меҳр-мурувватни, яқинларини унутадилар. Оқибатда бундан бошқалар ҳам азият чекадилар, ғам-андуҳга мубтало бўладилар. Ўзбекистон халқ ёзувчиси Тоҳир Маликнинг ҳикоялари жамланган мазкур китоб сизни ўйлашга, чуқур мушоҳада юритишга, инсонийликни унутмасликка ундайди...
-
MOLIYAVIY TAHLIL
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati, uning samaradorligi, moliyaviy ahvoli va natijaviyligi, ularning pul ishlab topish va kapitalni o‘stirish imkoniyatlarini aniqlash muhim axborotlar oqimini shakllantirish bilangina hal etilmaydi.
-
30 сония учун 30 қоида
Бу китоб тингловчининг диққатини жалб қилишга, уни қизиқтиришга ва ундан ўзингиз истаган нарсани атиги ўттиз сония ичида сўрашга ўргатади.
-
OʻN SAKKIZGA KIRMAGAN KIM BOR
Mazkur kitobga O'zbekiston xalq yozuvchisi, iqtidorli adib Shukur Xolmirzayevning eng sara qissa va hikoyalari kiritildi. Ularda sevgi-muhabbatning o'zgacha talqini, oshiqlik va ojizlik, matonat va razolat, inson ma'naviyati bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy va axloqiy masalalar bayon etiladi
-
Ajdodlarimiz fojiasi
O'quvchilarimiz e'tiboriga taqdim etilayotgan kitobda Boborahim Mashrab, Mohlaroyim Nodira, Spitamen, Temur Malik, Jahon otin Uvaysiy kabi ajdodlarimiz hayot yo'li, ularning fojiali taqdiri haqida hikoya qilinadi. Qissalarni o'qir ekan, kitobxon yaqinlari hayoti uchun jon fido qilishga tayyor uyg'oq yurak, uyg'oq ruh bilan yashagan, atrofidagi insonlarning xatti-harakatlaridan og'ringan, insonlar taqdiriga yaxshilik olib kirishga intilgani holda kamsitilgan, tahqirlangan ajdodlari bilan yuzlashadi
-
Одам бўлиш қийин
Шундай истеъдод эгалари борки, тенгдошлари ва замондошларининг ҳурмат-эътиборини қозониш бахтига муяссар бўладилар. Бунинг устига ўз замондош устозлари эъзозидан, баҳра топадилар. Ижоддаги бундай ҳолат фақат ўша истеъдоднинг бахтигина бўлиб қолмай, балки у мансуб бўлган адабиётнинг ҳам омади, равнақидан бир далолатдир. Бизнинг адабиётимиз бахтига бундай чинакам истеъдод соҳиблари анчагина. Ўзбекистон халқ ёзувчиси Ўлмас Умарбековнинг қўлингиздаги ушбу романи албатта сизга манзур бўлади деб ўйлаймиз.
-
Odamlar ORASIDA
Odamlar orasida" qissasi Saida Zunnunovaning eng yaxshi asarlaridan biridir. Adiba qaysi mavzuga qo'l urmasin o'z qahramonlarini yorqin bo'yoqlarda tasvirlaydi. Bu kishilarning bir-biriga bo'lgan mehr-u oqibatiga havas qilasiz. Ushbu qissada adiba Vasila va Sirojning samimiy muhabbati, beg'ubor sevgisi tufayli chekkan mashaqqatlari qalamga olingan. Shuningdek, ushbu to'plamdan yozuvchining eng yaxshi hikoya-lari ham o'rin olgan
-
Qizlar daftariga
Ushbu kitob o'z davrida qoʻlma-qo'l bo'lib ketgan. Unda buvining nabira-qiziga, shu orqali uning dugonalariga hayot saboqlari muhabbat, vafo, burch va sadoqat, halollik, to'g'rilik xususidagi o'gitlari o'z aksini topgan. Shu bilan birga egrilikning oqibatlari, oiladagi kelinlik vazifalari, farzand tarbiyasidagi nozik jihatlar bayon etiladi. Kitob mutolaasi balog'at yoshidagi har qanday qiz qalbidagi yashirin so'roqlarga, yurak tubida asragan, kimdandir so'rashga iymanayotgan savollariga javob bo'ladi. Mazkur tuhfa turmush qurish arafasida turgan qizlari-mizga, yosh kelinlarimizga mustahkam oila bekasi boʻlish-larida hissa qo'shadi, degan umiddamizивация
-
Kafansiz ko'milganlar
Boshidan o'tkazgan qiyinchiliklarini, to'g'rirog'i, xo'rlikla-rini eslash insonni yana bir karra og'ir azobga ro'baro' qiladi. Uni yozish esa... Qatag'onlik davri tasviri, undan ham og'iri o'zining xalq dushmani deb ayblanishi haqida yozish, mahbusligini eslash, qamoq voqealari, lager hayoti, so'zsizlik... bularning haqqoniy tasviri Shukrulloning Kafansiz ko'milganlarida yaqqol ifodalangan. Asarning yana bir ahamiyatli jihati uning mazkur mavzudagi yagona asarligida. Ushbu xotira-roman o'quvchiga qatag'on davri haqida tirik lavhalarni namoyish etadi.