-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Siyosat. Siyosiy fanlar
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Rahbarlik san'ati
Ushbu o'quv qo llanmaning asosiy maqsadi -- kelajakda tashkilot va muassasalarda samarali rahbar boʻlishga intiluvchi shaxslarda nazariy bilimlar, amaliy ko'nikmalar va rahbarlik qobiliyatini shakllantirishdir. Shu bilan birga, rahbarlikning tarixiy evolyutsiyasi, asosiy vazifalari, funksiyalari, usullari va zamonaviy yondashuvlari haqida chuqur tushuncha berish ham nazarda tutilgan.
-
Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning iqtisodiy-ekologik mexanizmlarini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)
Ushbu monografiyada barqaror rivojlanish sharoitida mintaqa iqtisodiyotini iqtisodiy-ekologik rivojlantirishning nazariy asoslari yoritilgan, mintaqalarni barqaror rivojlantirishning iqtisodiy-ekologik ko‘rsatkichlari tahlil qilingan va mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning iqtisodiy-ekologik mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari taklif qilingan. Monografiya natijalaridan oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, magistrature talabalari va soha xodimlari foydalanishlari mumkin.
-
ЭШИТИШ АЪЗОЛАРИДА ФУНКЦИОНАЛ БУЗИЛИШЛАРИ БОР БЎЛГАН БОЛАЛАРНИНГ ЭШИТИШ ҚОБИЛИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ
Мазкур қўлланма эшитиш аъзоларида туғма ва орттирилган функционал бузилишлари бор бўлгани сабабли кохлеар имплантат ўрнатилган ёки қулоққа тақиладиган махсус эшитиш аппаратидан фойдаланадиган болаларда эшитиш қобилиятини ривожлантириш масалалари юзасидан ота-оналарга ва мутахассис шифокорларга амалий тавсиялар бериш учун мўлжалланган. Услубий қўлланмада эшитиш аъзоларида бирон бир нуқсони бор мактабгача таълим ва бошланғич мактаб ёшидаги болаларда эшитиш ҳамда ташқи оламдаги товушларни, нутқни тинглаб идрок этиш қобилиятларини ривожлантиришга ёрдам берадиган ўйин шаклидаги қизиқарли машқлар йигмаси баён этилган. Мажмуавий характердаги ушбу қўлланмада амалий тавсиялардан ташқари 4 та иллюстратив
-
Ўзбекистон: Учинчи Ренессанс-тараққиёт концепти. Бадиий публицистика. Урду тилидан бадиий таржима.
"Ўзбекистон: Учинчи Ренессанс — тараққиёт концепти" китоби Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнинг фалсафий фикрлари, ислоҳотлар йўлидаги ютуқлари ва стратегик қарашларини очиб берувчи бадиий публицистика намунаси ҳисобланади. Асарда ҳамкорлик — қарама-қаршиликни, билим — жаҳолатни, ишонч эса адоватни енга олиши ҳақидаги янги инсонпарварлик ғояси илгари сурилади. Муаллифнинг ўз ўқувчиларига йўллаган барча даъватлари айнан шу фикр замирида мужассам.
-
-
Energo audit
Ushbu qo‘llanma “Energoaudit” fanining mazmuni va amaliy ahamiyatini yoritishga qaratilgan bo‘lib, mavzular ketma-ketligi energetik tizimlarni chuqur tahlil qilish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish va korxonalarda energiya tejamkorligini oshirishga xizmat qiladi. Unda energoauditning mohiyati, fanga kirish, asosiy tushunchalar va qonunchilik talablari bayon etilib, obyektlarda energiya auditi va ekspertizani o‘tkazish tartibi, audit metodlari hamda qisqa muddatli va detalli audit xususiyatlari tushuntiriladi.
-
Янги Ўзбекистон орзуси (Қатъий ирода, инсон қадри, халқ ишончи)
Таниқли журналист ва олим Салим Дониёровнинг мазкур тўпламдан ўрин олган публицистик мақолаларида Ватанга муҳаббат. миллий урф-одатларга, умуминсоний қадриятларга ҳурмат туйғулари ажиб оҳангларда тасвирланади. Муаллифнинг ижтимоий-сиёсий йўналишдаги мақолаларида Янги Ўзбекистонни қуриш йўлида Президентимиз томонидан олиб борилаётган оламшумул ислоҳотларга камарбасталик акс этади.
-
Эстрадный вокальный ансамбль
Структура учебника помогает студентам и преподавателям правильно организовать занятие
-
МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ ЭШИТИШИДА МУАММОСИ БЎЛГАН БОЛАЛАР ТАЪЛИМИ
Мазкур қўлланма оилада эшитишида муаммо бўлган фарзанди бор ота-оналар ва мактабгача таълим муассасаларида инклюзив таълим олиб бораётган тарбиячилар учун мўлжалланган.Кўлланмада эшитмайдиган (кар, заиф эшитадиган) болалар, уларнинг ривожланиш хусусиятлари кенг ёритилган. Эшитишида муаммоси бўлган болани дастлабки мулоқотга ўргатиш йўриқлари тафсилотлари билан берилган. Оила шароитида болани эшитишга ўргатиш, эшитишини текшириш ва бузилиш даражасини аниқ-лаш учун уй ва боғча шароитида амалга ошириладиган тайёргарлик ишлари учун қатор машғулотлар берилган. Шу билан бир қаторда берилган машғулотлар комплекс вазифаларга йўналтирилди: эшитишга ўргатиш;
-
Oziq-ovqat biokimyosi
Darslikda "Oziq-ovqat biokimyosi" fani talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda uni tarkibidagi biokimyoviy moddalarni va texnologik ishlovda yuz beradigan jarayonlarni va inson organizmiga ta'sirini oʻrganishdan iborat bolib, talabalarga barcha biokimyoviy jarayonlar ularni qayta ishlash hamda saqlash davridagi biokimyoviy jarayonlarning borishi, oqsillar, fermentlar, yoglar, uglevodlar, vitaminlar, nuklein kislotalar asosiy moddalar almashinuvini organizmda kechishi, barcha organik moddalar sintezining borish jarayonlarining biokimyoviy oʻzgarishlariga alohida e'tibor qaratilgan.
-
Lotin tili va veterinariya атамаlari
Qo'llanmada tilshunoslikning muhim boʻlimlari - fonetika va grammatika masalalari izchil yoritilgan.
-
Falsafiy antropologiya.
Mazkur darslikda falsafiy antropologiya fanining falsafiy-tarixiy va nazariy asoslari, inson muammosini falsafiy jihatdan o‘rganish masalalari hamda hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyotining inson va jamiyat rivojlanishiga ta’siri haqida yoritish maqsadida yozilgan. Darslik davlat standarti asosida, Farg‘ona davlat universitetining “Falsafa va milliy g‘oya” kafedrasi namunaviy o‘quv rejasiga mos ravishda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi falsafa mutaxassisligi talabalari uchun tayyorlangan. Darslikdan ta’limning barcha yo‘nalish talabalari, magistrlar, tadqiqotchi va fan o‘qituvchilari hamda falsafiy antropologiyani mustaqil ravishda o‘rganmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar ham foydalanishlari mumkin. Darslikda “Falsafiy antropologiya” faniga oid asosiy masalalar, asosiy tushunchalar, nazariy matn, mavzularni mustaqil o‘zlashtirish uchun savolnoma, testlar, glossariy, shuningdek, asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati berilgan.
-
ENGLISH FOR IT STUDENTS
Mazkur uslubiy qo'llanma oliy o'quv yurtlarining mutaxassisligi chet tili bo'lmagan fakultetlarining Informatika o'qitish metodikasi yoʻnalishi I-II-III-kurs talabalariga ingliz tili fanidan mustaqil o'qib o'rganish uchun mo'ljallangan.Mazkur uslubiy qo'llanma Chirchiq davlat pedagogika universiteti Uslubiy kengashining 2024 yil 26 sentaybr 2-sonli qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan.
-
Асаларилар учун қўлланма
Ушбу китобда асаларичиликка қизиқувчиларга асаларичиликнинг Ўзбекистонга кириб келиш тарихи, уларнинг биологияси, ривожланиши, маҳсулотлари, ўсимликларни чанглантириши, уялари ҳамда касалликлари ва қишлаш жараёнлари тўғрисида тушунча берилади.
-
Daktilologiya va imo-ishora nutqi
Mazkur o'quv qo'llanmada kar va zaif eshituvchi bolalarni daktil va imo-ishora nutqiga o'qitish tizimi tavsifi, daktil va imo-ishora nutqiga o'rgatish uslubiyati bayon etilgan. O'quv qo'llanmada daktil va imo-ishora nutqiga o'qitish metodikasining barcha bo'limlarida ishlar maxsus maktabda eshitishda nuqsoni bo'lgan o'quvchilarning nutqiy rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda korreksion yo'nalishda tashkil etilishi yoritilgan. O'quv qo'llanma 60110400-Maxsus pedagogika: surdopedagogika (qo'shimcha surdotarjimon) yo'nalishi uchun daktil va imo-ishora nutqiga o'qitish metodikasi namunaviy dasturi asosida tuzilgan bo'lib, talabalar uchun mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma kar va zaif eshituvchi bolalar maxsus maktab-internati o'qituvchilari tomonidan qo'llanilishi mumkin.