-
New Fly High english 5
The new edition of “Fly High 5” is prepared by Lutfulla Jurayev, Svetlana Khan and Ludmila Kamalova. It is based on “Fly High 5” 2000 which was the result of a collaboration between the Ministry of Public Education of Uzbekistan, The British Council and “O‘qituvchi” Publishing House, authored by Lutfulla Jurayev, Svetlana Khan, Rozaliya Ziryanova, Urinboy Hoshimov, Hurmat Ganiyeva, Ludmila Kamalova, Shoira Ernazarova and Tuti Tursunova.
-
Ўрта Осиё хаттотлик саньати тарихидан
Ушбу рисола автори 350 та Шарқ қўлёзмаларни ўрганиши натижасида Ўрта Осиёда хаттотлик саньати тарихининг ташкил топиши ва ривожланиши масалаларини назарий жиҳатдан ўрганиб чиқиб, 300 дан ортиқ хаттот ҳақида биографик маьлумотларни баён қилган. Асар илмий ходимларга, олий ўқув юртининг студентларига, аспирантларига, шунингдек, Ўрта Осиё маданияти тарихи билан қизиқувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Differentsial geometriya va topologiya. 1-qism
Mazkur ma’ruzalar matnida differensial geometriya va topologiyaning asoslariga bag'ishlangan. U umumiy topologiyaning elementlarini, vektor funksiyalar ustida amallarni, chiziqlar nazariyasining asosiy tushunchalari, u egri chiziqli koordinanatalar sistemasi, riman metrikasi, sirtlar nazariyasini o'z ichiga oladi o'z ichiga oladi.
-
Differensial tenglamalar (misol va masalalarda)
Uslubiy qo’llanma Samarqand davlat Universiteti Amaliy matematika va informatika yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, undan matematika, mexanika, fizika, talabalari ham foydalanishlari mumkin. Qo’llanma olti bobdan iborat unda birinchi tartibli, yuqori tartibli hamda differensial tenglamalar sistemalariga nazariyasi keltirilgan. Har bir mavzu ko’p miqdorda har xil tipdagi jami 140 tadan ko’proq misollar va masalalar yechilgan. Mustaqil yechish uchun jami 300 tadan ziyod mashqlar keltirilgan.
-
Differensial tenglamalar
«Differensial tenglamalar» fanidan ushbu o’quv – uslubiy majmua Samarqand davlat universitetining «Differentsial tenglamalar» kafedrasida tayyorlangan. Majmua «Differensial tenglamalar» fanini o’rganish jarayonida talabaning mustaqil ishlashini ta’minlovchi o’quv-uslubiy materiallarni o’z ichiga oladi hamda talaba olgan bilimining sifatini doimo nazorat qilishni ta’minlaydi.
-
NEW FLY HIGH english 5
The new edition of “Fly High 5” is prepared by Lutfulla Jurayev, Svetlana Khan and Ludmila Kamalova. It is based on “Fly High 5” 2000 which was the result of a collaboration between the Ministry of Public Education of Uzbekistan, The British Council and “O‘qituvchi” Publishing House, authored by Lutfulla Jurayev, Svetlana Khan, Rozaliya Ziryanova, Urinboy Hoshimov, Hurmat Ganiyeva, Ludmila Kamalova, Shoira Ernazarova and Tuti Tursunova. The team are particularly grateful to the teachers and students of the schools who participated in the piloting of this book and whose valuable advice and comments have helped greatly in its development.
-
Oddiy differensial tenglamalar
Ushbu "Oddiy differensial tenglamalar" nomli ma'ruzalar matnida quyidagi: differensial tenglamalar haqida dastlabki tushunchalar, o'zgaruvchilari ajraladigan differensial tenglamalar, birinchi tartibli chiziqli differensial tenglama, to'liq differensial tenglama, Pikar teoremasining isboti, differensial va integral tengsizliklar,Parametr kiritish usuli va shu kabi mavzular bayon etilgan. Ularga doir misol va masalalar ham o'quvchilarning bilimlarini mustahkamlash maqsadida kiritilgan.
-
O'zbek tilidan universal qo'llanma
Jamlanmani tuzishda o'rta maktab, akademik litsey, oliy ta'lim va mustaqil shug'ullanuvchi uchun o'zbek tili bo'yicha yaratilgan turli darslik va manbaga tayanildi. Shuning uchun qo'llanmani tuzuvchilar o'zlarini muallif emas, balki musannif sifatida e'tirof etishadi. Qo'llanma o'rta maktab o'quvchisi, akademik litsey, kasb-hunar kolleji va oliy maktab talabasi, ona tili o'qituvchisi, oliy o'quv yurtiga kirish uchun mustaqil tayyorlanuvchi hamda keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Differensial tenglamalar kursi 1-jild
Mazkur kitob differensial tenglamalar kursini o'rganish uchun yozilgan qo'llanmaning birinchi jildidir. Unda differensial tenglamalarga olib keluvchi masalalar hamda birinchi tartibli va yuqori tartibli differensial tenglamalar nazariyasi keltiriIgan. Bundan tashqari, bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash uchun masalalar berilgan. Bu masalalarning ko'pini yechish uchun ko'rsatmalar va javoblar ham berilgan.
-
Buxoro xonligi tarixi
Oliy o‘quv yurtlari tarix fakultetlari (5120300 - Tarix (mamlakatlar va yo'nalishlar bo`yicha)) talabalari uchun mo`ljallangan ushbu “Buxoro xonligi tarix" o‘quv-uslubiy qo`llanmasi namunaviy o`quv dasturining “O‘zbekiston tarixi” III qism (O'zbekiston tarixining XIV asridan -XVIII asr o‘rtalarigacha bo'lgan davri) bir bo'lagini, ya’ni 2-qismini qamrab olgan. Bu mamlakat tarixining XVI-XVIII asr o'rtalariga qadar bo‘lgan davrini o‘z ichiga olgan. Mazkur qo'llanma mavjud manbalar, so`nggi yillarda amalga oshirilgan tadqiqot natijalari bilan boyitilganligi, fan bo‘yicha innovatsiyalarning joriy etilganligi bilan ilgarigi o‘quv adabiyotlaridan farq qiladi.
-
Chet el musiqa tarixi
Chet el musigasri (Romantizm) о'quv, uslubiy qo'llanmasi o‘zbekiston Respublikasi pedagogika universitetlarining talabalari uchun mo'ljallangan. Qo‘llanmaning asosiy vazifasi G‘arbiy Yevropa buyuk musigasri kompozitorlari ijodining shakllanishi hamda rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini ochib berishdan iboratdir.
-
Олий ўқув юртидаги тарбиявий ишларга психологик ёндашувлар
Ушбу ўқув-услубий қўлланмада олий ўқув юртидаги тарбиявий ишларга психологик ёндашувлар масалалари кенг ёритилган. Қўлланмада мураббий фаолиятининг мазмуни, вазифалари, функциялари, касбий жиҳатдан муҳим хусусиятлари, талаба феъл-атворининг психологик ўзига хос хусусиятлари-қадриятлар йўналганлиги, мотивлар ва ўзини ўзи баҳолаш ҳамда мураббийнинг тарбиявий ишини ташкил қилишнинг асосий ёндашувлар келтирилган
-
Эпос ва театр
Халқ эпоси азал-абад театр санъати учун ҳаётбахш сарчашма бўлиб келган. Эпик мерос ўзининг кенг қамрови ва серқатламлиги билан миллий драматургия, режиссура, актёр ижроси ва саҳна безакларини яратишда улкан аҳамият касб этади. Ўз навбатида халк бадиий ижрочилигининг театр захиралари эса замонавий саҳна санъати имкониятларини кенгайтириб, мазмунан бойишига ҳизмат қилади.Тадқиқот ишида эпик ижодиётнинг театр санъатидаги ўрни нафакат ўзбек театри, балки қирғиз, қозоқ, туркман миллий театрлари мисолида таҳлил этилган.
-
O'zbekiston kompozitorlarining zamonaviy vokal lirikasi konsertmeysterlik mahorati sinfida
Taqdim etilayotgan o'quv-uslubiy qo'llanma XX va XXI asrlar O'zbekiston kompozitorlarining zamonaviy vokal lirikasining ijro talqini (interpretatsiya) va ijrochilik tahlilini o'rganish masalalarini tadqiq etadi. Mazkur ish yosh pianinochi-jo'rnavozlarning vokal musiqasidagi kompozitorlik xati zamonaviy uslubiga moslashuv darajasini oshirishga qaratilgan. O'quv-uslubiy qo'llanmaga O'zbekiston kompozitorlarining nashr etilmagan asarlari kiritildi va ularni ijrochilik jihatidan tahrir qilindi. U musiqa oliy o'quv yurtlari talabalari, malaka oshirish fakulteti o'qituvchllari va tinglovchilari hamda professional konsert ijrochilariga mo'ljallangan.
-
Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma`naviy-ma`rifiy asoslari
Kitobda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, bunda ma`naviy-ma`rifiy omil bilan bog`liq masalalar tizimli tahlil qilingan. Diniy e`tiqodning mazmuni, mamlakatimizda vijdon erkinligining siyosiy-huquqiy asoslari va bu borada olib borilayotgan amaliy ishlar yoritilgan. Shu bilan birgalikda, diniy ekstremizm va terrorizmning mohiyati, tarixiy va g`oyaviy ildizlari, jahon dinlari tizimida islomning tutgan o`rni tadqiq etilgan.
-
Олий ўқув юртларида ўқитишнинг замонавий усуллари
Қўлланмада ўқитишга анъанавий ёндашишнинг камчиликлари кўриб чиқилган. Назарий педагогиканинг асосий қонун-қоидалари, ўқитиш омиллари келтирилган. Репродуктив ва продуктив даражадаги педагогик технологиялар баён қилинган. Танқидий фикр юритиш асослари, шу жумладан ўқитишнинг қатор янги усуллари ва йўллари, ўқитиш натижаларини баҳолашнинг объектив усуллари баён қилинган