-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Anorganik kimyo laboratoriya mashg'ulotlari
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanmada umumiy va noorganik kimyodan labaratoriya ishlarini bajarish bo'yicha mavzular berilgan.
-
Xx аср америка ва ўзбек реалистик романларида идеал қаҳрамон образи
Эстетик идеалнинг бадиий тимсол билан алоқаси, унинг назарий, бадиий-эстетик жиҳатлари мазкур тадқиқотда америка ва ўзбек адабиёти вакилларнинг ижоди мисолида ёритилган. ХХ асрда яшаб ижод қилган икки романнавис — Синклер Льюис ва Пиримқул Қодировнинг характер яратиш маҳорати, эстетик идеаллари хамда мазкур идеалларни бадиий образ орқали ифодалаш воситаларининг қиёсий таҳлили китобдан ўрин олган. Монография соҳа мутахассислари, филологик йўналишда таҳсил олаётган талабалар ва кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Маргарет дрэббл асарларида аёл образи ва унинг ижтимоий-эстетик талқини
Монографияда таниқли инглиз ёзувчиси Маргарет Дрэббл асарларида гавдалантирилган аёллар образининг ижтимоий-эстетик талқини масаласи ва адиба ижодига оид тадқиқотлар ривожи ёритилган. Ёзувчи романларидаги аёллар образининг даврий хусусиятлари аниқланиб, бадиий асарларлардан келтирилган мисоллар орқали очиб берилган. Шунингдек, ўзбек ва инглиз адабиётида яратилган аёллар образининг ўхшаш ва фарқли жиҳатлари ҳам ўз ифодасини топган. Монография Ғарб адабиёти, қиёсий адабиётшунослик, инглиз адабиёти тарихи ва адабиётшунослик ихтисослиги билан шуғулланиб келаётган тадқиқотчилар, филология йўналишида таҳсил олаётган талабалар учун мўлжалланган.
-
Иш қоғозлари қандай ёзилади
Ушбу китобда иш қоғозларини қандай ёзиш, баённома, ҳисоботларни қандай ёзиш бўйича тавсиялар берилган.
-
Xotira nuri
"Xotira nuri" hali oramizda hayot bo'lgan o'zbek faxriylarining xotiralari aks etgan kitobdir. Ular o'z hayot yo'llari, jasoratlari orqali tinchlik qadrini esga soladilar. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va guvohlarining xotiralarini jamlash va saqlab qolish g'oyasi Shaxnoza Mirziyoyevaning tarixga va insonga bo'lgan e'tibori bois yuzaga keldi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari yurtimizning turli hududlariga borib, 14 nafar faxriyning hayot yo'li haqidagi hikoyalari va xotiralarini yozib oldilar. Shu orqali kitob sahifalarida butun O'zbekiston ovozi yangradi. Bu shunchaki xotiralar to'plami emas, bu kitob avlodlar muloqoti, haqiqat va ruhni anglatadigan suhbat, urush dahshatlarini o'z ko'zi bilan ko'rgan odamlarning o'zidan chin e'tiroflarni eshitish imkoniyatidir. Ularga kelajakni qurishga ruhiy bardosh, jasorat va ishonch tuyg'ulari yordam bergan
-
Tatariston Respublikasi muzeylari to'plamlari(Rossiya) 62-jild.
Qozon va O'zbekiston shaharlarini uzoq yillik tarixiy va madaniy aloqalar bog'laydi. XIX asr ikkinchi yarmidan bu aloqalar turli etnografik va arxeologik ekspeditsiyalar orqali kechdi, ular natijasida Volga bo'yidagi bu yirik shaharga O'zbekistonning qadimiy shaharlaridan hunarmandchilik buyumlari va topilmalar kelib tushdi. Ushbu nashr nafaqat olim va tadqiqotchilar, balki O'zbekistonning boy madaniy merosiga qiziquvchi barcha mahalliy va xorijiy o'quvchilar, yosh avlod vakillari uchun mo'ljallangan. Jahonda o'xshashi yo'q ushbu Loyiha mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o'zbek xalqining madaniy, tarixiy va intellektual merosini asrab-avaylash, boyitish hamda yanada ko'paytirish masalalariga bo'lgan .
-
Ипак қуртининг кичик ва катта ёшларида, ҳамда дастага чиққан қуртларни парвариш қилиш бўйича тавсиянома
Тавсияномада ипак қуртининг кичик ва катта ёшларида, ҳамда дастага чиққан қуртларни парвариш қилиш бўйича тавсиялар берилган.
-
O'zbekiston madaniy merosi. Qozog'iston va Qirg'iziston muzeylarida 63-jild
Xalqimizning qadimiy va betakror madaniy merosini o'rganish, saqlash va ommalashtirish yo'lida jonbozlik ko'rsatib kelayotgan siz, azızlarga, olim va tadqiqotchilar, noshir va jurnalistlar jamoasiga, shuningdek, jahondagi turli fond va kolleksiyalarda xalqimizning tarixiy va madaniy yodgorliklarini asrab-avaylab, bizning mutaxassislarimiz bilan yaqin hamkorlik qilib kelayotgan olijanob insonlarga chuqur minnatdorlik bildiraman. Biz sizlarning barchangizni O'zbekistonning chinakam do'stlari deb bilamiz va ilmiy-ijodiy faoliyatingizni yuksak Telegram
-
O'zbekiston Madaniy merosi 67-jild.Markaziy Osiyo qo'lyozma merosi Berlin davlat kutubxonasida (1-qism)
Markaziy Osiyo qo'lyozma merosi Berlin davlat kutubxonasida
-
Балиқдан тайёрланадиган таомлар
Ушбу китобда балиқдан тайёрланадиган таомлар ҳақида маълумотлар берилган.
-
Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi
Fanning vazifasi-talabalarga foydalanilayotgan gidrotexnika inshootlari xavfsizligi xavfsizlik nazariyalari asosida ishga layoqatliligini baholashni o'rgatishdan iborat.
-
Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекс
Ушбу китобда Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекси 2025 йил 5 ноябргача бўлган ҳолатида берилди ва мазкур санадан кейин кучга кириши белгиланган нормалар матни хам ушбу Кодекснинг тегишли моддаларида алоҳида фарқли ранг билан ажратилган ҳолда хавола этилди ҳамда кучга кириш санаси қайт қилинди.
-
Аграр сектор корхоналарида ички аудит хизматини ташкил этиш бўйича тавсиянома
Тавсияномада аграр сектордаги йирик қишлоқ хўжалик товар ишлаб чиқарувчи ва хизмат кўрсатувчи корхоналарда ички аудит бўлимини ташкил этишнинг зарурати ва хусусиятлари асосланган.
-
Сувни фильтрсиз тозалаш, зарарсизлантириш курилмлмасидан интенсив балиқчиликда фойдаланиш бўйича” тавсиялар
Нашрда интенсив балиқ етиштиришда сувни тозалаш ва зарарсизлантириш учун филтрсиз мосламани синов натижалари ва бошқа маълумотлар берилган.
-
Ingliz va oʻzbek tillari soʻzlashuv nutqining funksional-semantik tahlili
Mazkur monografiya og'zaki soʻzlashuv nutqining (SN) ingliz va oʻzbek tillaridagi funksional-sintaktik, semantik, pragmatik va strukturaviy xususiyatlarini qiyosiy-tipologik tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotda hozirgi kungacha so'zlashuv nutqi boʻyicha olib borilgan ilmiy izlanishlar chuqur tahlil qilinib, ularda asosiy e'tibor SNning informatsion hajmi, mazmuni, uslublararo oʻrni kabi parametrlariga qaratilgan bo'lsa-da, uning semantik va pragmatik jihatlari yetarlicha o'rganilmaganligi qayd etiladi. Shu bois, ushbu monografiyada soʻzlashuv nutqining kommunikativ-semantik mohiyatini aniqlash, uning qardosh boʻlmagan ingliz va oʻzbek tillaridagi ifoda vositalari orqali qanday namoyon bo'lishi tadqiq etilgan. Ushbu monografiya tilshunos olimlar, doktorant va magistrlar, shuningdek, soʻzlashuv nutqi boʻyicha ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun muhim ilmiy-amaliy manba hisoblanadi.
-
His-hayajon gaplarning kognitiv-pragmatik xususiyatlari (ingliz va oʻzbek tillari misolida)
His-hayajon gaplarda insonga xos lisoniy, mantiqiy, ruhiy faoliyatlar bir-biriga bog'lanib, yagona nutqiy tafakkur jarayonini oʻziga xos shaklda namoyon etadiki, bundan tilning nafaqat ongni harakatlantiruvchi, balki ruhiyatga ham ta'sir ko'rsatuvchi vositalardan biri ekanligi yana bir bor ayonlashadi. Shu ma'noda, tilshunoslikda his-hayajon gaplar alohida, oʻziga xos lisoniy, nutqiy tuzilmalardan biri sifatida qabul qilinadi. Kitobda ingliz va oʻzbek tillarida his-hayajon gaplarning grammatik, funksional-stilistik xususiyatlarini ingliz adibi Somerset Moem asarlari tarjimasi misolida kognitiv-pragmatik aspektlari borasida mulohaza yuritilgan. Monografiya tilshunos, adabiyotshunos, tarjimashunos, tayanch doktorantlar, filolog-talabalar uchun mo'ljallangan.