-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Geodeziya. Kartografiya
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
-
Рангтасвир
Мазкур ўқув қўлланма олий бадиий ўқув юртининг бакалавр таълим йўналиши талабалари учун тузилган бўлиб, ушбу қўлланма тасвирий санъатнинг асоси бўлган ва рассомларни тайёрлашда муҳим ўқув фани ҳисобланган рангтасвирга бағишланган. Ўқув қўлланмада муаллиф ўқув фанининг мақсад ва вазифаларини, портрет жанрининг ривожланиш тарихини, одам бошини елка қисми билан, уни қўллари билан, эркак ва аёл кишининг либоссиз ярим қоматининг рангтасвирини акварелда бажариш ва миллий либосдаги натурачининг ярим қоматини ишлаш кабиларни тасвирлаш методикаси, портретда бадиий образ яратишнинг йўлларини ҳар томонлама ва тушунарли равон тилда ёритиб берган. Шунингдек, уларни бажариш юзасидан услубий маслаҳатлар, кўргазмали материаллар берилади. Ўқув қўлланмада бадиий ва этимологик изоҳли луғати - глоссарийси келтирилган. Ўқув қўлланмадан бадиий таълим олувчи санъат института бакалавр таълим йўналишининг талабалари ва бадиий коллежларнинг ўқитувчилари ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Навобахш байтлар жозибаси.
Рисола ўзбек мумтоз шеъриятидан инглиз тилига Таржима билан шуғулланувчи таржимонлар,таржимашунос тадқиқотчилар, таржима назарияси ва амалиёти мутахассислиги бўйича таҳсил олувчи магистр ва бакалаврларга мўлжалланган бўлиб, ўзбек мумтоз адабиётидан инглиз тилига таржима қилишда ўзига хос йўриқ вазифасини ўтайди.
-
Deutsch
Ushbu o'quv qo'llanma nolisoniy fakultetlar 1-kurs talabalari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanma umumiy tahsilning 1-qismi bo'lib, oliy o'quv yurtlarning chet tillari o'qitish dasturida tavsiya qilinayotgan 114 o'quv soatlaridan kelib chiqib, unga barcha mutaxassislik egalarining kundalik hayotini aks ettiruvchi oltita mavzu tanlab olindi. Bu mavzularda berilgan so'z va iboralar, mashq va matnlar hamda illyustrativ material talabalarning tanlangan mavzular bo'yicha erkin muloqotiga poydevor bo'ladi.
-
Математика в экономике
Пособие содержит теоретические сведения по разделам «Пределы и непрерывность функции одной переменной» и «Дифференциальное и интегральное исчисление» и предназначено для проведения лекционных и практических занятий. Приводятся фундаментальные понятия и доказательства ряда классических теорем этих разделов.
-
Qurilish - ta`mirlash ishlari texnologiyasi
Mazkur o`quv qo`llanmada qurilish-ta`mirlash ishlarini tashkil etishning umumiy tamoyillari, kapital ta`mirlash texnologiyasi va uning tashkil etilishi, yer ishlari, asoslar, fundamentlar va devorlar, orayopmalar, binolarni ta`mirlashda ichki pardozlash ishlari, fasadlari ta`mirlash, ta`mirlash ishlarini takomillashtirish masalari yoritilgan.
-
Hayot faoliyati xavfsizligi
O'quv qo'llanma zootexniya va veterinariya sohasida bakalavriat ta'lim yo'nalishi uchun tasdiqlangan "Hayot faoliyati xavfsizligi" fani dasturi talablaridan kelib chiqqan holda, mehnatni muhofaza qilishning nazariy, huquqiy va tashkiliy masalalari, chorvachilikda sanitariya-gigiyena talablarining umumiy masalalari, qishloq xo'jalik hayvonlarga xizmat ko'rsatishda xavfsizlik choralari, texnika xavfsizligi talablari va qoidalari, elekter va yong'in xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari kabi usullar qamrab olingan.
-
Озиқ-овқат маҳсулотлари экспертизаси объектлари
Ушбу ўқув қўлланмада озиқ-овқат маҳсулотлари экспертизаси асослари, дон ва дон маҳсулотлари, нонларнинг тавсифи ва кимёвий таркиби, ҳўл мевалар ва сабзавотлар, крахмал, қанд, асал ва қандолат маҳсулотлари, озуқабоп ёғлар, сут ва сут маҳсулотлари, гўшт ва гўшт маҳсулотлари, балиқ ва балиқ маҳсулотлари, озиқ-овқат маҳсулотларини консервалаш, сақлаш ва сифатини баҳолаш ҳақида баён қилинган.
-
Ер ахборот тизимларини яратиш
Кореа Республикаси қисқа ривожланиш тарихи босқичида (1991-2000 йй) камбағал аграр жамиятдан замонавий ахборот коммуникация технологиялари жиҳатидан кучли ривожланган саноат даражасига эришган. Мазкур қўлланма Кореа Республикасининг Ер, инфраструктура ва транспорт вазирлиги маълумотлари асосида тайёрланган.
-
Favqulodda vaziyatlar uchun tibbiy hamshiralar tayyorlash
Ushbu qo‘llanma pedagogika universitet va institutlari hamda boshqa gumanitar oliy o‘quv yurtlari talabalaridan «Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi» uchun tibbiy hamshiralarini tayyorlashga mo‘ljallangan.
-
Sharq tillari (arab)
O'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining "2016-2017 o'quv yilidan oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini takomillashtirish va fanlarning zamonaviy o'quv adabiyotlarini tarjima qilish" bo'yicha buyrug'i doirasida yaratildi. Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi 5120600-Dinshunoslik va 5120300-Tarix (Islom tarixi va manbashunosligi) ta'lim yo'nalishlarining 1-bosqich talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Классик статистик физика
Китобда статистик физика ва статистик термодинамика асослари илмий ва услубий жихатдан ўзига хос тарзда баён қилинган ҳамда уларнинг муайян ҳолларда тадбиқи келтирилган. Тақсимот функцияларининг услубий жиҳатдан янгича баён қилиниши янги термодинамик муносабатлар олинишига ҳамда мувозанатли статистик физика ва термодинимиканинг баъзи жиддий масалаларини янгича ва қулай баён етишга имкон беради.
-
Convergence Technologies for 3G Networks.IP, UMTS, EGPRS and ATM
The telecommunications industry, and particularly the cellular industry, is currently going through a state of enormous transition. Many of the major cellular operators are now deploying a network to support packet switched data services and lead them to third generation (3G). This step to 3G involves a major change in the network infrastructure with the introduction of complex technologies such as asynchronous transfer mode (ATM), code division multiple access (CDMA) and the Internet protocol (IP). For forward-looking operators, this transition also requires a clear, strategic transformation of their business model to grasp and maximize on the benefits of the next generation’s lucrative revenue streams.
-
English for tourism
After being independent the government of Uzbekistan has paid great attention to the improvement of teaching foreign languages and it was pointed out in Presidential Decree of the Republic of Uzbekistan PD N1875 dated 10.12.1012 "On measures to further improvement of foreign languages learning system". Teachers of the English language department are looking for the most effective methods to teach English, which meets learners' requirement. This manual has been meant for students and researches aimed learning English for tourism.
-
O'zbekiston tabiiy geografiyasidan amaliy mashg'ulotlar
Ushbu o'quv qo'llanma ikki qism va ilovadan iborat. Birinchi qismda O'zbekiston tabiatining umumiy tavsifiga oid muammoli savol va topshiriqlar berilgan
-
Fizikaviy kimyo
O‘quv qo‘llanmada fizikaviy kimyo fanining chuqur o‘rganish va fandan laboratoriya ishlarini tushungan holda olib borish uchun qisqacha nazariy izohlar berib o'tilgan hamda ularning natijalarini hisoblash yo‘llari ham bayon etilgan. Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda har bir pedagogdan ta’lim jarayonida talabani faollashtiradigan interaktiv metodlardan foydalanish, ulami mustaqil bilim olishga, fikr yuritishga da’vat etish g‘oyasi ilgari surilmoqda. Shu munosabat bilan ushbu o‘quv qo‘llanmada yangi pedagogik texnologiyalarning ba’zilarini bajarilish shartlari o‘z aksini topgan.
-
Organik birikmalarning tuzilishi va reaksiyaga kirishish qobiliyati
O‘quv qo‘llanmada organik birikmalar tabiatining zamonaviy ta’rifi, molekuladagi atomlarning sifat va miqdor jihatdan o‘zaro ta’siri hamda bu ta’sirning modda xossalarida aks etishi, organik birikmalarning kislotali va asosli xossalari, organik reaksiyalarning mexanizmlari to‘g‘risidagi materiallar sodda va tushunarli tarzda bayon qilingan.