-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
-
Fors va dariy tillari nazariyasi
Ushbu o'quv qo'llanmada fors va dariy tillari fonetikasi va morfologiyasining nazariy masalalari yoritilgan. Eron, Afg'oniston, O'zbekiston, Rossiya, G'arbiy Yevropa tilshunoslarining ilmiy-tadqiqot ishlaridagi turlicha talqinlari tanqidiy tahlil qilinib, mavzu doirasidagi hodisalarning mohiyati ochib berilgan. Kitob talabalarga ayrim munozarali masalalar yechimini topishga o'rgatish va ularning nazariy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.
-
Regional geologiya, geomorfologiya va geotektonika: O'quv-uslubiy qo'llanma (Regional geologiya va geotektonika qismi)
O'quv-uslubiy qo'llanma Yer sharining tuzilish asosini: platformasi va geosinklinal zonalari haqidagi tushunchalarni o'z ichiga oladi. Unda regional geologiya, geomorfologiya va geotektonika kursining asosiy tushunchalari, litosfera plitalari tektonikasining umumiy tamoyillari hamda amaliy mashg'ulotlarni bajarish tartibi bayon etilgan. Qo'llanma bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Sport pedagogik mahoratini oshirish (basketbol)
Mazkur o‘quv qo‘llanma amaldagi DTS, o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va zamon talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zDJTI talabalari, magistrantlari, olimpiya zahiralari KHKlari o‘quvchilari, basketbol bo‘yicha sport maktablari, jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarga mo‘ljallangan.
-
Sport pedagogik mahoratini oshirish (basketbol)
Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan bo'lib, jismoniy tarbiya va sport ixtisoslashgan ta'lim muassasalari o'qituvchi-yoshlariga, shuningdek ushbu soha o'qituvchi-murabbiylari va mutaxassis-basketbolchilariga mo'ljallangan. Kitobda basketbol bo'yicha sport-pedagogik mahoratni shakllantirish, texnik-taktik tayyorgarlik va zamonaviy ilmiy-uslubiy yondashuvlar yoritilgan.
-
Yengil atletikani o’rgatish metodikasi
Mazkur o’quv qo’llanma yengil atletika bo’yicha zamonaviy adabiyotlar, Jahon yengil atletikasi (WA) ning musobaqa qoidalari, hujjatlari va yengil atletika sohasida amaliy tajribalar asosida yaratilgan. Unda engil atletikaning rivojlanish tarixi, nazariy asoslari, turlarining tasniflanishi, turlar texnikasiga o’rgatish uslubiyati va musobaqa qoidalari keng yoritib berilgan.
-
География фанининг асосий муаммолари
Mazkur o'quv qo'llanmada kompleks geografiyaga tegishli bo'lgan bir necha долзарб муаммолар, geografik qonuniyatlar va ilmiy-uslubiy asoslar yoritilgan. Qo'llanma universitet va pedagogika institutlari geografiya ta'lim yo'nalishlari talabalari, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar hamda o'qituvchilarga mo'ljallangan.
-
Tarixiy toponimika
Mazkur o'quv qo'llanmada toponimika fanining paydo bo'lishi va taraqqiyoti, toponimika fani rivojlanishiga hissa qo'shgan jahonning va yurtimizning ko'zga ko'ringan olimlari haqida ma'lumotlar berilgan. Yurtimiz hududidagi toponimlar va ularning tarixiy qiymati, ajdodlar tilida yaratilgan tarixiy toponimlarning o'ziga xos ma'lum shaklda ifodalanib, muayyan ma'noni anglatishi yoritilgan.
-
TUPROQ GЕOGRAFIYASI
Mazkur o'quv qo'llanmada tuproqlarni geografik tarqalish omillari, tuproqlarning geografik tarqalishining qonuniyatlari va ilmiy asoslari, O'zbekiston Respublikasi tuproq qoplami, dunyo tuproqlarining geografik tarqalishi, dunyo yer resurslari va muhofazasi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.
-
-
AMALIY GEOGRAFIYA
Mazkur o'quv qo'llanmada amaliy geografiyaning nazariy va uslubiy asoslari, maqsadi, obyekti va vazifalari yoritilgan. Shuningdek, geografik bilimlardan amaliyotda, xususan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, landshaft va muhandislik-geografik tadqiqotlarni o'tkazishda foydalanish masalalari ko'rib chiqilgan.
-
Jahon geografiyasi (Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi)
Mazkur o'quv qo'llanma 'Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi' qismiga bag'ishlangan bo'lib, Yevrosiyo, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya va Okeaniya, Antarktida materiklari haqida qisqacha ma'lumotlar, test topshiriqlari hamda nazorat savollarini o'z ichiga oladi. Qo'llanma geografiya ta'lim yo'nalishi talabalari, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar hamda professor-o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Biogeografiya
Mazkur o'quv qo'llanmada zamonaviy biogeografiyaning asosiy bo'limlari qamrab olingan bo'lib, ekologik biogeografiyaga alohida urg'u beriladi, biotani differentsiatsiyalashda ekologik va tarixiy omillarning o'zaro bog'liqligi ko'rsatilgan, bundan tashqari quruqlik va okeanlarning biomlari tavsiflanib, biologik xilma-xillikni saqlash muammolari tahlil etilgan.
-
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi
O'quv qo'llanmada materiklar va okeanlarning umumiy tabiiy geografik xususiyatlarini tavsiflash, ularning geografik o'rni, chegaralari, o'rganilish tarixi, geologik tuzilishi, rel'efi va tabiatini muhofaza qilish masalalari yoritilgan. Shuningdek, har bir materik va okeanning regional tavsiflari batafsil berilgan.
-
Topografiya va kartografiya asoslari
O'quv qo'llanmada «Topografiya va kartografiya asoslari» fanining nazariy asoslari, Yer ellipsoidi va uning o'lchamlari, topografik kartalar va ularni o'qish, joylarda orientirlash hamda topografik plan olish usullari, plan olishda ishlatiladigan topografik asboblar haqida so'z boradi. Shuningdek, kartografiya fani va kartografik ishlab chiqarishning tarixi, hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, geografik globus, kartografik proyeksiyalar va GAT dasturlarining ahamiyati yoritilgan.
-
Topografiya va kartografiya, GAT texnologiyalari
Ushbu o'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalarining 5140600 - «Geografiya» yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalariga mo'ljallangan bo'lib, u 3 qismdan iborat. Kitobning 1-qismi topografiya faniga bag'ishlangan bo'lib,unda geodeziya va topografiya fanlarining umumiy ma'lumotlari, topografik xarita va uning elementlari, joyda burchak va masofa o'lchash masalalari yoritilgan. 2-qismda kartografiya fani masalalari, shu jumladan kartografik belgilar, tasvirlash usullari va atlaslarning tasnifi
-
Umumiy Yer bilimi: Oʻquv qo`llanma
Mazkur o'quv qo'llanmada geografik qobiqqa yaxlit tizim sifatida litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalarning o'zaro ta'siri, tabiiy jarayonlarning vujudga kelish va rivojlanish xususiyatlari, shuningdek, Yerning tuzilishi hamda tabiat va jamiyatdagi o'zaro munosabatlar yoritilgan.