-
-
-
-
-
-
Machine Learning For Absolute Beginners:A Plain English Introduction Copyright
Machine Learning For Absolute Beginners:A Plain English Introduction Copyright
-
Hands-on Machine Learning with Scikit-Learn, Keras, and TensorFlow
Hands-on Machine Learning with Scikit-Learn, Keras, and TensorFlow
-
Trends in Linguistics
Kitobda tilshunoslik tarixi uning ilk bosqichlaridan boshlab XX asr o’rtalarigacha bo’lgan umumiy nazariya va metod sohasidagi eng muhim yutuqlargacha qisqa va izchil bayon qilingan. Muallif turli davrlardagi lingvistik yo’nalishlarni bir-biri bilan bog’liq holda va ularni yuzaga keltirgan madaniy muhit bilan birga tushuntiradi. Asar talabalar uchun darslik sifatida foydalanishga mo’ljallangan bo’lib, serb-xorvat tilidagi asl nusxadan ingliz tiliga tarjima qilingan.
-
-
O’zbek tili yordamchi so’z turkumlarining lisoniy tizimdagi o’rni va lingvopragmatik tahlili
Monografiyada o’zbek tilidagi yordamchi so’z turkumlari formal, substansial va diskursiv tahlil usullarining o’zaro bog’liqligida tavsiflangan. Yordamchi so’zlardagi transpozitsiya, graduonimiya, grammatikalizatsiya, presuppozitsiya, polifunksionallik, pleonazm va semantik-stilistik differensiatsiya kabi hodisalar substansiallikni pragmatizm bilan bog’lagan usulda tahlil etilgan. Kitob tadqiqotchilar, bakalavrlar, magistrantlar va tilshunoslik bilan qiziquvchilarga mo’ljallangan.
-
Odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Mazkur o‘quv qo‘llanmasi “60110300 - Maxsus pedagogika (logopediya)” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda foydalanish uchun ishlab chiqilgan. Qo‘llanmada inson organizmining anatomik tuzilishi va fiziologik jarayonlari maxsus pedagogika fanining mazmuni va vazifalaridan kelib chiqqan holda yoritilgan. O‘quv materiallari maxsus ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar organizmining yoshga oid, individual hamda funksional xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlangan. Qo‘llanmada har bir mavzu bo‘yicha amaliy va nazariy topshiriqlar, kuzatish va mustaqil ishlashga mo‘ljallangan mashqlar, zaruriy adabiyotlar ro‘yxati, nazorat savollari, tayanch tuchunchalar, glossariy berilgan.
-
Revising and Editing for Translators
Qo’llanma tarjima talabalari va professional tarjimonlarga boshqalarning tarjimasini tahrir qilish, asl matnni muharrirlash va o’z tarjimasini qayta ko’rib chiqish ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan. Kitobda korrektura, uslubiy va tuzilmaviy tahrir, izchillikni tekshirish, tahrir tamoyillari va tartibi hamda tarjima sifatini baholash masalalari kasbiy vaziyatlar bilan bog’liq holda yoritilgan. To’rtinchi nashrga mashina tarjimasini tahrir qilish va yangiliklar matnini tarjima-tahrir qilishga oid yangi boblar kiritilgan.
-
Parayengil atletika
Mazkur o‘quv qo‘llanma “61010300-Adaptiv jismoniy tarbiya va sport (barcha ta’lim shakllari uchun)” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, Parayengil atletikani o‘rgatish metodikasi fanidan nazariy va amaliy jihatdan foydalanish mumkin. Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi dasturlar asosida tuzilgan. Unda talaba mavzular bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulot rejalari, darslarga tayyorlanish davomida foydalaniladigan ma’ruza matni, qo‘shimcha ma’lumotlar, zarur adabiyotlar ro‘yxati, nazorat savollar, glossariy berilgan.
-
Chet tili o'qitishning integrallashgan kursi
Ushbu darslik B2-С1 darajasidagi universitet talabalari uchun mo'ljallangan bo‘lib ingliz tilini chet tili sifatida o'rganishga integrallashgan yondashuvni taqdim etadi. Metodologiya to'rtta til ko'nikmasini - tinglash, gapirish, o'qish va yozishni - real hayotdagi muloqot kontekstlarini aks ettiruvchi yagona tematik bo'limlar ichida birlashtiradi. Til komponentlarini alohida ko'rib chiqish o'rniga, kurs grammatika, lug'at, talaffuz va pragmatik kompetentlikni topshiriqqa asoslangan ta'lim faoliyati orqali tizimli ravishda integratsiyalaydi.
-
Eski o‘zbek yozuvi
Mazkur o‘quv qo‘llanma 60220300 – Tarix hamda 60320300 – Arxivshunoslik yo‘nalishida “Eski o‘zbek yozuvi” fanidan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari o‘tadigan o‘qituvchi, shuningdek, mazkur yo‘nalish talabalari va eski o‘zbek yozuvini mustaqil o‘rganishga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
-
Theoretical Aspects of English Language
Mazkur darslik “60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” bakalavriat yo‘nalishining 4-bosqich talabalariga “O‘rganilayotgan tilning nazariy aspektlari” hamda “Stilistika” fanlari uchun asosiy adabiyot sifatida tavsiya etiladi.Theoretical Aspects of English Language nomli ushbu darslik ingliz tilining qadimgi (Old English), o‘rta (Middle English) va zamonaviy (Modern English) davrlaridagi asosiy fonetik, leksik va grammatik o‘zgarishlar, shuningdek til taraqqiyotiga ta’sir etgan ijtimoiy va madaniy omillar umumiy ko‘rinishda bayon etiladi. Darslik ingliz tilining stilistik jihatlari va tarixiy taraqqiyot bosqichlarini qamrab olgan kompleks o‘quv manbadir. Unda ingliz tilining funksional uslublari (ilmiy, rasmiy, badiiy, publitsistik uslublari) hamda ularning leksik, grammatik, fonetik va stilistik xususiyatlari qisqa va tizimli tarzda yoritiladi. Shuningdek, metafora, metonimiya, epitet, kinoya kabi stilistik vositalarning semantik va ekspressiv vazifalari izohlanadi.