-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Veterinariya va chorvachilik
-
Kutubxonashunoslik va arxivshunoslik
-
Kutubxonashunoslik va arxivshunoslik
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Ўзбекистон Республикасида қорамолларда пневмоэнтеритни бартараф этиш дастури
Узбекистан Республикаси чорвачилик фермаларига корамолларнинг пневмоэнтеритига карши курашда илмий маслахат ва амалий соғломлаштириш ёрдамини курсатиш (чорвачиликнинг турли технологиялари билан).
-
Бройлер жўжаларини парваришлаш, уларда бўладиган фузариотоксикозни диагностикаси ва профилактикаси бўйича тавсиянома
Бройлер жужаларини парваришлаш, уларда буладиган фузариотоксикозни диагностикаси ва профилактикаси буйича тавсияномада паррандачиликда бройлер жужаларини бокиш учун хоналарни тайёрлаш, жужаларни келтириш, асраш, озиқлантиришда ем сифатига, фузариотоксинлар билан зарарланмаганлигига эътибор каратиш хамда соғлом устиришдаги ветеринария санитария тадбирлари баён қилинган.
-
JISMONIY HOLATIGA QARAB YUKLAMALAR BERISH VA ULAR ORQALI JISMONIY QOBILAYTI BAHOLASH USULLARI
JISMONIY HOLATIGA QARAB YUKLAMALAR BERISH VA ULAR ORQALI JISMONIY QOBILAYTI BAHOLASH USULLARI
-
Turk va Islom san’ati muzeyi to‘plami (Istambul, Turkiya) 60-tom
Istanbuldagi Turk va islom san'ati muzeyi islom olamining umaviylardan tortib usmoniylargacha boʻlgan barcha madaniyatlarini aks ettiruvchi osori ori atiqalar toʻplamiga ega. Eksponatlarning umumiy soni 40 000 birlikdan oshadi. Bular kulolchilik, haykaltaroshlik, shisha, yogʻoch, tosh va metall, zargarlik buyumlari, gilamlar, miniatyuralar va xattotlik durdonalaridir. Qoʻlyozmalar fondining salmoqli qismini temuriylar davrida yaratilgan namunalar tashkiletadi.Bular XV asr oʻrtasi – ikkinchi yarmida Hirotda va saltanatning boshqa shaharlarida ko'chirilgan Qur'on qoʻlyozmalari, kitobat san'atining boshqa ajoyib namunalari boʻlib, ular orasida Husayn Boyqaro devoni va Sharafiddin Ali Yazdiyning 1486–1487-yillarga oid "Zafarnoma" asari alohida e' tiborga molik. Mazkur kitob-albom Oʻzbekiston qoʻlyozma merosining ushbu qismi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
-
Sh.Marjoniy nomidagi ilmiy va madaniy dasturlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi kolleksiyasi 57-tom
O'zbekiston an'anaviy san'ati asarlarini kolleksiyalar doirasida toʻplash XIX asrning so`nggi yillaridan rivoj topdi. Ilk kolleksiyalar qiyinchiliksiz, juda qisqa vaqt ichida shaklandi. Keyinchalik ushbu bebaho buyumlar butun dunyo muzeylariga tarqala boshladi. Bugungi kunda vaziyat oʻzgardi. Toʻplamlar bilan shug'ullanish uchun nafaqat mablag' va bilimga ega boʻlish. balki ma'lum muhim maqsad sari intila bilish ham kerak. Sh. Marjoniy nomidagi ilmiy va madaniy dasturlarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi asoschisi Rustam Suleymanov o'z oldiga aynan shunday maqsad qoʻygan, u boʻlajak islom san'ati muzeyi uchun toʻlagonli toʻplam shakllantirishni rejalashtirgan. Oʻzbekiston hududida yaratilgan san'at asarlari ushbu toʻplamning muhim qismi hisoblanadi. Ularning eng saralari ushbu jildda taqdim etilgan. Bular X-XIX asrlarga oid miniatyuralar bilan boyitilgan qoʻlyozmalar, kulolchilik, metall va toʻqimachilik buyumlari, shuningdek, milliy rassomlik maktabining asosini tashkil etgan musavvirlar va zamonamiz rassomlarining asarlaridir.
-
O‘zbekiston madaniy merosi Qozog‘iston va Qirg‘iziston muzeylarida 63-tom
Qozogʻiston va Qirgʻiziston muzeylarida oʻzbek millatiga tegishli turli xil eksponatlar toʻplamlari mavjud. Bular XIX asr oxiri va XX asrda ishlangan bezakli amaliy san'at buyumlari, shuningdek, zamonaviy tasviriy san'at asarlaridir. Mazkur toʻplamlarning eng yaxshi namunalari ushbu kitob-albomda taqdim etilgan. Ular Qozogʻiston Respublikasi Milliy muzeyida, Qozogʻiston Respublikasi Markaziy davlat muzeyida, Chimkent shahridagi Turkiston viloyati tarix-oʻlkashunoslik muzeyida, Jambul viloyat oʻlkashunoslik muzeyida, G. Aytiyev nomidagi Qirgʻiziston milliy tasviriy san'at muzeyida saqlanadi. Shuni ham ta'kidlash joizki, "Oʻzbekiston madaniy merosi" turkumining alohida jildi Oʻzbekiston rassomlarining Qozogʻiston Respublikasi Abilxon Qasteyev nomidagi davlat san'at muzeyida saqlanayotgan asarlariga bagʻishlangan.
-
O‘zbekiston madaniy merosi Ozarbayjon to‘plamlarida 61-tom
Oʻzbekiston va Ozarbayjon – etnogenetik, tijoriy, madaniy aloqalar orqali tarixan bogʻlangan mamlakatlar boʻlib, Ozarbayjon muzeylarida oʻz davrida Oʻzbekiston hududida yaratilgan koʻplab osori atiqalarning saqlanishi tasodif emas. Bular oʻrta asrlarga oid qoʻlyozmalar hamda numizmatik material, gazlamalar namunalari, zargarlik buyumlari va koʻplab boshqa ashyolardir. Buxoro amiri Said Abdulahadxonning ozarbayjonlik neft konlari egasi va metsenat Hoji Zeynalabdin Tagiyevga hadyalari alohida qiziqish uygʻotadi. Bu hadyalar ular oʻrtasidagi yaqin doʻstona munosabatlardan dalolat beradi. Jildda Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi Muhammad Fuzuliy nomidagi Qoʻlyozmalar instituti toʻplamida saqlanayotgan O'zbekistonga oid qoʻlyozmalar haqidagi ma'lumotlar, Ozarbayjon tarixi milliy muzeyi, Ozarbayjon milliy san'at muzeyi, Ozarbayjon milliy gilam muzeyi kolleksiyalaridan san'at asarlari taqdim etiladi.
-
O‘zbekiston Janubidagi durdonalar: Surxondaryo muzeylari to‘plamlari 56-tom
Surxondaryo viloyati Oʻzbekistonning madaniy merosi xilma-xilligi bilan mashhur boʻlgan eng qiziqarli hududlaridan biridir. Aynan shu yerda yunon-rim ta'sirining va mashhur Kushonlar saltanatining izlari toʻliqroq saqlanib qolgan, ilk oʻrta asrlar shahar madaniyati boʻrtib koʻrinadi. Islom oʻrta asrlari, ayniqsa, musulmon Uygʻonish davri (IX-XII asrlar), shuningdek, Buxoro amirligi davridagi xalq amaliy san'ati merosi ham yorqin ifodalangan. Bu davrlarga oid ashyolar hozir viloyat muzeylari - Termiz arxeologiya muzeyi, Termiz va termiziy allomalar merosi tarixi muzeyi, Termiz davlat muzey-qoʻriqxonasida saqlanmoqda. Ushbu muzeylarning eng yaxshi eksponatlari “Oʻzbekiston janubidagi durdonalar: Surxondaryo muzeylari toʻplamlari" kitob-albomida taqdim etilgan. Bular arxeologik topilmalar, devor rasmlari parchalari, numizmatika, amaliy bezak san'ati namunalari va boshqa koʻp narsalardir.
-
O‘rta asrlar islom dunyosi madaniy boyliklari: Buxoro xususiy kolleksiyasi. 51-tom
Ushbu kitob-albomda muallif Abdulg'afur Razzoq Buxoriyning xususiy kolleksiyasiga oid xattotlik, naqqoshlik san'ati va kitob miniatyuralaridan bebaho namunalar taqdim etilgan. Islomshunos olim, taniqli xattot, ustoz, Sharq mumtoz adabiyoti bilimdoni Abdulgʻafur Razzoq Buxoriy koʻp yillar davomida Sharq kitobat san'atini oʻrganish bilan shugʻullanib keladi. Turfa xattotlik yozuvlari boʻlgan, nafis naqshlar bilan hoshiyalangan sahifalar ham Oʻzbekiston hududida, ham uning tashqarisidagi turli badiiy markazlar xattotlari va rassom-naqqoshlarining yuksak mahoratini namoyish etadi. Qur'oni karim namunalari alohida e'tiborni tortadi - ularni dizaynining benuqsonligi va nafisligi umumlashtirib turadi. Kitob-albomda miniatyura namunalari koʻp emas, ammo chop etilganlarining bari bir maromda tasvirlangani, ranglari uygʻunligi va yuksak mahorat mahsuli ekanligi bilan diqqatga sazovor.
-
Aysima Mirsulton Markaziy Osiyo qo‘lyozma merosi Berlin davlat kutubxonasida (-2-qism) 68-tom
Berlin davlat kutubxonasi (Staatsbibliothek zu Berlin) - Germaniyaning yirik ilmiy kutubxonasi, u dunyoning nufuzli madaniy muassasalaridan biri boʻlgan Prussiya madaniy merosi jamg‘armasi (Stiftung Preussischer Kulturbesitz) tarkibiga kiradi. Kutubxonaning keng ko'lamlikolleksiyasi Markaziy Osiyoning madaniy durdonalari sanaluvchi turkiy (chig atoy), fors vaarab tillaridaginoyob qoʻlyozmalarni jamlagan. Ular Genrix Fridrix fon Dis, Alois Shprenger, Yulius Genrix Petermann, Martin Xartmann kabi ko'plab nomdor sharqshunoslar va kolleksionerlarning fidokorona sa'y-harakatlari bilan xarid qilingan va kutubxona kolleksiyasi tarkibiga kiritilgan. “Oʻzbekiston madaniy merosi" turkumining ikki jildi ushbu qoʻlyozmalarga bagʻishlangan. Ikkinchi jildda Markaziy Osiyo olimlari tomonidan yaratilgan antologik, astronomik, tarixiy, tilshunoslik va diniy qoʻlyozmalar haqida ma'lumotlar jamlangan boʻlib, ushbu sohalarga qiziquvchi tadqiqotchilar uchun boy manba boʻladi.
-
Aysima Mirsulton Markaziy Osiyo qo‘lyozma merosi Berlin davlat kutubxonasida (1-qism) 67-tom
Berlin davlat kutubxonasi (Staatsbibliothek zu Berlin) - Germaniyaning yirik ilmiy kutubxonasi, u dunyoning nufuzli madaniy biri boʻlgan Prussiya madaniy merosi jamg‘armasi (Stiftung Preussischer Kulturbesitz) tarkibiga kiradi. Kutubxonaning keng koʻlamli kolleksiyasi Markaziy Osiyoning madaniy durdonalari sanaluvchi turkiy(chigʻatoy), fors va arab tillaridagi noyob qoʻlyozmalarni jamlagan. Ular Genrix Fridrix fon Dis, Alois Shprenger, Yulius Genrix Petermann, Martin Xartmann kabi koʻplab nomdor sharqshunoslar va kolleksionerlarning fidokorona sa'y-harakatlari bilan xarid qilingan va kutubxona kolleksiyasi tarkibiga kiritilgan. “Oʻzbekiston madaniy merosi" turkumining ikki jildi ushbu qoʻlyozmalarga bagʻishlangan. Birinchi jildda temuriylar va boburiylar davrlariga oid qoʻlyozmalar, nafis xattotlik va miniatyuralar namunalari taqdim etilgan.
-
Katibur Rahman, Komal Pande Kushonlar va Boburiylar san’ati Nyu-Dulidagi Hindiston milliy muzeyida. 55-tom
Oʻzbekiston va Hindistonni qadimdan barqaror tarixiy, iqtisodiy va madaniy alogalarbog lab turadi. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, Hindiston muzeylarida ham Oʻzbekistonga, ham Hindistonga oid boʻlgan, moziyda Oʻzbekiston hududiga oid davlatlardan yetishib chiqgan ustalar tomonidan yaratilgan koʻplab nodir san'at asarlarining mavjudligi bejiz emas. Ushbu kitob-albomda hozirgi kunda Nyu-Dehlidagi Hindiston milliy muzeyi toʻplamlarida saqlanayotgan ana shunday osori atiqalarning bir qismi taqdim etilgan. Ular orasida kushonlar madaniyatiga oid koʻrgazma buyumlar - numizmatika, haykaltaroshlik namunalari, zargarlik buyumlari, Boburiylar davrida yaratilgan oʻrta asrlarga xos hashamdor bezakli qoʻlyozmalar va tangalar bor.
-
Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi to‘plami 64-tom.
"Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi toʻplami" kitob-albomida Fargʻona vodiysidagi eng qadimiy madaniyat muassasalaridan birining eng yaxshi san'at namunalari taqdim etilgan. 1934-yilda qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasi asosida tashkil etilgan muzey Andijon viloyat tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi sifatida mashhur edi. 2017-yil 11-dekabrdan u tarix va madaniyat davlat muzeyi maqomini oldi. U toʻrtta boʻlim va bir filialdan iborat. Kitob-albomning boʻlimlari muzeyda saqlanayotgan osori atiqalar haqida yorqin tasavvur beradi. Bular arxeologik yodgorliklar, numizmatika namunalari, qoʻlyozma kitoblardir. Shuningdek, tanlangan namunalarda yogʻoch oʻymakorligi, kandakorlik hamda zargarlik, kulolchilik va badiiy toʻqimachilik san'ati ham oʻz ifodasini topgan. Alohida boʻlim tasviriy san'at toʻplamiga bagʻishlangan.
-
Xotira nuri
Ushbu xotiralar kitobi Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan va uning guvohi bo‘lgan, hozirgi kunda hayot bo‘lgan o‘zbekistonlik faxriylar hikoyalariga asoslanadi. Ular yosh avlod vakillari tomonidan yozib olingan.
-
Rustam Qosimov zamondoshlari xotirasida
Yaxshilarning ikkinchi umri bo‘ladi, deganlari rost. Ular dunyodan o‘tsalarda, bu hayotda amalga oshirgan ezgu va xayrli ishlari, nurli xotiralari odamlar qalbida yashayveradi. Taniqli davlat va jamoat arbobi, sharqshunos olim, mohir pedagog va diplomat Rustam Sobirovich Qosimov hayot bo‘lganida bu yil 70 yoshni qarshilar edi. Qo‘lingizdagi to‘plamdan bu zahmatkash va fidoyi insonning ibratli hayot yo‘li, qizg‘in ijtimoiy-siyosiy faoliyati, betakror fazilatlari haqida zamondoshlari va yaqin do‘stlari, hamkasblari va shogirdlarining samimiy xotiralari o‘rin olgan. Kitob keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.