-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
Fizika kursi: elektromagnetizm, tebranishlar va to`lqinlar. II qism
Ushbu ma’ruzalar matni fizika kursi 3 semestr davomida o‘rganiladigan bakalavriatning texnika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Bunda fizika kursining elektromagnetizm, tebranish va to‘lqinlar bo‘limlariga bag‘ishlangan 18 ta ma’ruza matnlari keltirilgan. Ushbu ma’ruzalar matni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘quv uslubiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan “Professional oily ta’lim Davlat Standarti” ga binoan oily texnika ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash uchun ishlab chiqilgan fizikadan 3 semestrlik o‘quv dasturining 2-semestriga moslab tuzilgan
-
ПЕДАГОГИК ПСИХОЛОГИЯ
Педагогик психология психология фанининг муҳим тармоқларидан биридир. Педагогик психология мураккаб тузилишига эга бўлиб, инсон ҳаётининг барча соҳаларининг, айниқса, таълим ва тарбиявий томонларини ўз ичига қамраб олади. Педагогик психология курсининг мақсади талабаларга таълим ва тарбиянинг мазмуни, ундаги психологик қонуниятлар, инсон ва жамият ҳаётидаги аҳамияти, педагогик психологиянинг методлари билан таништиришдан иборатдир. Педагогик психология фанининг асосий вазифаларига бакалаврларни ижтимоий фаолиятининг таълим ва тарбия каби йўналишларида ўқитувчи шахси меҳнатини ташкил этиш, педагогик жамоаларда ишни ташкил этиш омиллари, механизмлари ва шарт-шароитлари билан таништириш, таълим фаолият мотивларини мукаммал ўзлаштириш, ўқувчиларнинг таълимдаги қобилият ва иктидорини ўстириш йўллари ҳамда уларни ривожлантириш омилларига ўргатиш, бу борада ижтимоий-психологик ҳодисалар табиати ва моҳиятини тушунишга кўмаклашишдан иборатдир.
-
Fizikaviy va kolloid kimyo
Kolloid kimyo esa talabalarga moddalarning dispers holatlari va sirt qavatlarning o'ziga xos xususiyatlari, o'z tabiati bilan bir-biridan farq qiluvchi fazalararo sirt chegaralarda sodir bo'ladigan mexanik va elektr xossalarga ega bo'lgan sirtlarda geterogen strukturalarning rivojlanishi, kog'oz, beton, qotishma, keramika shisha, rezina, plastika surokov moy va boshqalar ishlab chiqarish jarayonlarni kolloid kimyo qonunlariga asoslanib o'rgatadi.
-
Дала экинларини биологияси ва етиштириш технологияси
Сизга тавсия этилган "Дала экинларини биологияси ва етиштириш технологияси" фани буйича маъруза матнлари туплами тасдикланган намунавий дастур асосида ёзилиб, бакалавр 5620200 "Агрономия" йуналиши талабаларига мулжалланган булиб, бунда барча экинларининг ахамияти, келиб чикиши, таркалиши, хосилдорлиги, биологик хусусиятлари ва етиштириш технологиясига оид асосий тушунчалар ва маълумотлар берилган.
-
ARXITEKTURA QURILISH CHIZMACHILIGI
Fan va texnika jadal suratda rivojlanayotgan hozirgi paytda yangi texnalogiyadan foydalanib dars o’tish davr talabidir. Kelajakda yoshlarimiz yuksak madaniyatli, o’tkir bilimli hamda o’z kasbining etuk mutahassislari bo’lishlarida maorif sohasining hissasi juda katta bo’lib, ta’lim uchun kerakli bo’lgan barcha ishlarni amalga oshirmoqdalar. Shu nuqtai nazardan bu tayyorlangan ko’rgazmalar o’quvchilarga mavzuni yanada tushunarli bo’lishiga yordam berishi bilan birga o’qituvchilarni yangi texnik vositalar yordamida sifatli dars o’tishlariga imkon beradi. Ayni vaqtda dars samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy texnalogiyadan foydalanib dars o’tish dolzarb masalalardan biridir
-
Спорт психологияси
Мазкур муаммоли маърузалар тўплами 2006 йилда тузилган ўқув дастури асосида тайѐрланган бўлиб, педагогик йўналишидаги барча факультетларда бакалавриат даражасида таълим беришга мўлжалланган. Унда мавзулар асосий саволларга бўлиниб, барча саволлар учун тегишли бўлган таянч тушунча ва иборалар, муаммоли савол, вазифа ва вазиятлар қайд этилган. Ҳар бир савол учун алоҳида мақсадлар тизими ишлаб чиқилган. Ўқитувчи ва ўқувчи мақсадлари уйғунлаштирилган. Мақсадлар ва асосий саволнинг мазмунидан келиб чиққан ҳолда назорат топшириқлари берилган. Назорат топшириқларини ишлаб чиқишда талабаларнинг билимларини ўзлаштириш даражалари кетма-кетлигига амал қилинган. Якунловчи муаммоли савол ва хулосалар қайд этилган. Мавзу бўйича энг асосий адабиѐтлар рўйхати тавсия қилинган. Маърузалар тўплами психология фани мазмунини тўла акс эттирган ҳолда талабаларнинг мустақил билим олишларига самарали таъсир этади деб ҳисоблаш мумкин. Муаммоли маърузалар тўплами Гулистон Давлат Университети ўқув методик кенгаши томонидан (2 баѐннома, 26.11.2009 йил) нашрга тавсия қилинган.
-
СОЦИОЛОГИЯ
Социология фанидан тузилган ушбу маърузалар матнида ўқув режасида кўрсатилган мавзулар бўйича тайёрланган матнлар, қисқа ёзма иш мавзулари, мавзуни мустаҳкамлаш бўйича назорат саволлари, адабиётлар рўйхати, оралиқ ва якуний назорат саволлари, фан бўйича тест саволлари берилмоқда. Ушбу материалларни маъруза ва семинар машғулотлари жараёнида самарали қўллаш мумкин. У профессор-ўқитувчиларнинг ўқув машғулотларини янги педагогик технологиялар асосида ўтишлари, талабаларнинг эса фанни чуқур ўзлаштиришлари учун амалий аҳамиятга эга бўлади.
-
Педагогика маърузалар матни
Ушбу маърузалар матнида «Педагогика» фанининг мақсад ва вазифалари, фаннинг моҳияти, фаннинг жамият учун зарурлиги, инсонни тарбиялашнинг қонун, қоида, услуб ва воситалари, мутахассиснинг юксак маънавияти ва ахлоқий фазилатларини ҳамда ўз —ўзини тарбиялаш ва бошқариш бўйича билимлар кўргазмали воситалар шаклида кенг ёритилган. Маърузалар матни нопедагогик йўналишларда таҳсил олаётган бакалаврларга, касб —ҳунар коллежлари ўқитувчиларига ҳамда таълим — тарбия билан шуғулланувчи мутахассисларга мўлжалланган.
-
Sotsiologiya fani predmeti, obhekti va ijtimoiy fanlar tizimidagi o’rnи
Sotsiologiya fanini o’rganishga kirishgan har bir kishi bu fanning o’ziga xos so’zlari bilan atamalari, rivojlanish yo’nalishlari, bugungi ahvoli va istiqboli xususida tasavvurga ega bo’lishi kerak. Sotsiologiya fanini mukammal o’rgangan kishi ijtimoiy jarayon va ijtimoiy jamoalar mohiyatini, ularda yuz berayotgan zoxiriy va botiniy o’zgarishlarni, shuningdek ijtimoiy taraqqiyot qonunlari mohiyatini chuqurroq tushunadi, ilmiy amaliyotga nazariy metodologik jihatdan qurollangan holda kirisha oladi, keng jamoatchilik fikrini shakllantirish va istiqlol yo’liga to’la safarbar etish amaliyoti sirlaridan voqif bo’ladi.
-
M A ' R U Z A L A R M A T N I
“Sotsiologiya” fani mustaqil O’zbekistonimiz taraqqiyotida mustaqillik sharofati munosabati bilan vujudga kelgan yangi fan hisoblanadi. Aslida “Sotsiologiya” fani fan sifatida tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida XIX asrning boshlarida G’arbiy Yevropada mustaqil fan bo’lib shakllanadi. Sotsial qarashlar esa g’oyaviy ta’limotlar tarzida bir necha ming yillik tarixiga ega bo’lib, dastlab Antik dunyoda Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq, Misr va Markaziy Osiyoda ilgari surilib ijtimoiy-siyosiy g’oyalar bilan uzviy bog’liqlikda shakllanib vujudga kelgan, rivojlanib taraqqiy etgan, Antik dunyo, G’arb va Sharqning buyuk allomalari - Demokrit, Sokrat, Platon, Aristotel, Konfutsiy (Kun-Fu-Szi), S.Guatama, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Xaldun, Alisher Navoiy va boshqa ko’plab buyuk sotsial ta’limot namoyondalarining bu sohada xizmatlari cheksiz bo’lgan. Ayniqsa Xitoyda “O’n uch kitob”, Hindistonda “Veda” va “Upanishod”lar, Markaziy Osiyoda “Avesto” va ko’plab qadimiy tarixiy manbalarda sotsial-g’oyaviy ta’limotlarning shakllanib rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan qimmatli manbalar hisoblanadi. Mustaqil fan sifatida shakllanishida esa frantsuz olimi Ogyust Kontning xizmati kattadir.
-
Kasbiy psixologiya
Mazkur ma'ruzalar kursi ta'lim standartlari hamda «Kasbiy psixologiya» fanining o'quv dasturi asosida davlat tilida tayyorlangan dastlabki ishlardan biri bo'lib, unda ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining psixologik jihatlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, ma'ruzalar kursida berilgan savol va topshiriqlar hamda psixologik testlar_oʻquvchilarning bu sohadagi bilimlarini takomillashtirishga qaratilgan. Ushbu ma'ruzalar kursi yurispudensiya va yuridik psixologiya sohalarida ichki ishlar xodimlari faoliyati psixologiyasini o'rganayotgan tinglovchi va talabalar, uni tadqiq etish bilan shug'ullanayotgan adyunktlar, aspirantlar, tadqiqotchilar hamda professor-o'qituvchilarga, shuningdek, ichki ishlar organlarining amaliyotchi xodimlariga mo'ljallangan.
-
Болалар касалликлари пропедевтикаси
Ўрта Осиё худудида 9 асрга келиб (874 йиллар) Хоразмшохлар йирик қудратли сомонийлар давлати ташкил топди. Шу даврда Бухоро, Самарқанд шаҳарлари йирик савдо ва сиёсий марказларга айланди. Ўрта Осиёда фаннинг ёрқин юлдузлари дунёга келдилар. Шулар жумласидан IX асрда яшаб ижод этган «Астраномиянинг бошланиши» асарини яратган математик астроном геогрф Аҳмад Ибн Мухаммад Фарғоний, Муҳаммад Ибн Мусо Хоразмий, шарқ Афлотуни (Аристотел) номини олган Абу-Носир Фаробийларни тилга олиш лозим. Ўз вақтида Ибн Сино Фаробийнинг «Назарий ва амалий табобат ҳақида китоб» ини ўқигач ҳаким бўлишга қарор қилган деган фикр ҳам бор. Бу олимлар жумласига Мухаммад ибн Аҳмад ал- Хоразмий (973 1048), ёхуд Абу Райхон Беруний, Нажибуддин Самаркандий ва бошқалар киради.
-
Kattalarda hamshiralik parvarishi
Kattalarning salomatligiga bog’liq muommolar murakkab harakterga ega va uning zamirida ko’p omillar yotadi. Katta yoshdagi insonlarni salomatligini saqlab turish va yaxshilash uchun uning shaxsi orqasidan yashirinib turgan turli omillarni to’g’ri tushinish zarur va bemor hayotini hisobga olgan holda samarali yordam ko’rsatish kerak. Shuning uchun muommolarni muntazam yechish jarayonida asosan bemor salomatligini yetarlicha tekshirish va samarali yordam ko’rsatish kerak.
-
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida yuqumli kasalliklar. Virusli kasalliklar. Vensan yarali-nekrotik stomatiti. Sil. Zahm. Kandidoz. OITS.
CHaqiruvchi virus - oddiy gerpes. Inkubatsion davri 3-4 kun. O‘tkir yukumli kasallikni boshlanishida tana xarorati oshadi, umumiy xolsizlanish kuzatiladi, toshmalar toshadi, pufakchalar tez orada yorilib, eroziya paydo bo‘ladi. Oqiz bo‘shlig‘i shillik qavatida tarqalgan qizarish, shish, eroziya, afta va yaralar bo‘lishi kuzatiladi, ular bir biri bilan qo‘shilish xususiyatiga ega bo‘ladi. Joylashishi notekis, tanglayda, labda, og‘iz atrofi va burun terisida, jinsiy a’zolar shilliq qavatida afta-eroziya-yara ajralib turadi va ular oq-sariq rangli fibrin karash bilan qoplangan bo‘lib, paxta tampon bilan qiyin olinadi.
-
П С И Х О Л О Г И Я Т А Р И Х И
Психология фани узо³ ´тмишга эга б´либ асрлар давомида ривожланиб келмо³да. Ушбу маъруза матнида антик давр психологларининг, Шар³ мутафаккирлари ва µозирги замон психологларини фикрлари ѐритиб берилган. Ушбу ³´лланма амалий психологлар ва психология мутахассислиги б´йича таълим олаѐтган талабаларга м´лжалланган.
-
Yog’och va plastmassa konstruksiyalari
YOg‘och – qurilishbop tabiiy material bo‘lgani sababli, qadimdan insonlar uni turli bino va inshootlar, turar joylar (masjid, maqbara, tug‘on, kuprik va x.k.) qurilishida ishlatib kelishgan. YOg‘ochning qurilishda keng qo‘llanishiga sabab, birinchidan, tabiatda uning zaxirasi ko‘pligi bo‘lsa, ikkinchidan, ijobiy xususiyatlaridir (ishlovi berishg osonligi engilligi, olovbardoshligi, kimyoviy agressiv muxitga chidamliligi va boshkalar). SHu bilan birga, yog‘ochni binokorlikda ishlatilish jarayonida uning salbiy xususiyatlarini xam (anizatropligi, yonishi, chirishi, mikroorganizmlar ta’sirida buzilishi va boshqalar) xisobga olish zarur.