-
-
-
-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
-
-
-
-
Tarix o’qitish metodikasi
Mustaqillik sharofati bilan milliy merosimiz va tengi yuq tariximizni yanada kengroq urganish uchun katta imkoniyatlar buldi. Esh avlodlarni qatanparvarlik, o'z ona yurtiga cheksiz muh'abbat ruh'ida tabiyalash, jonajon ulkamiz go'zalligi, ananalarga h'urmat kabi fazilatlarni shakllantirish, ularda fazilat, milliy g'urur ezgu tuyg'ularni o'stirish kabi talablar ayni zamonga eng muhim vazifalardandir. Bu olijonob ishlarni amalga oshirish maktablarda "O'zbekiston tarixi" fanini o'qitish jarayonini tug'ri tashkil etishiga h'am bog'liqdir
-
Социология
Sotsiologiya fanini o'rganishga kirishgan har bir kishi bu fanning o'ziga xos so'zlari bilan atamalari, rivojlanish yo'nalishlari, bugungi ahvoli va istiqboli xususida tasavvurga ega bo'lishi kerak. Sotsiologiya fanini mukammal o'rgangan kishi ijtimoiy jarayon va ijtimoiy jamoalar mohiyatini, ularda yuz berayotgan zoxiriy va botiniy o'zgarishlarni, shuningdek ijtimoiy taraqqiyot qonunlari mohiyatini chuqurroq tushunadi, ilmiy amaliyotga nazariy metodologik jihatdan qurollangan holda kirisha oladi, keng jamoatchilik fikrini shakllantirish va istiqlol yo'liga to'la safarbar etish amaliyoti sirlaridan voqif bo'ladi.
-
SOTSIOLOGIYA
Sotsiologiya kursi shaxsning fuqarolik va professional jihatlarini, uning intelekti va ijodiy qobiliyatlarini, yalpi umumgumanitar madaniyatini shakllantirishga ko'maklashadi.
-
Архившунослик
Узбекистон мустақилликка эришган бир шароитда ўтмиш қадриятларимиз, тарихимизни ўрганиш муҳим аҳамиятга эгадир. Тарихни ўрганишда эса архив материалларининг роли беқиёс. Мустақиллик давридаги тарихий тадқиқотларнинг аксарияти архив материалларига асослангани ва янгича, Холис тарихий тараққиёт концепцияси заминида яратилаётгани туфайли бугун тарихимизга қизиқиш тобора ортаётир.
-
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ТАРИХИ
Қорақалпоғистон тарихи фанининг долзарб муаммолари ечимини кутаёган ва аниқлиқ киритилиш лозим бўлган масалалар талайгина. Хусусан Ватанимиз ҳудудида энг кадимги даврлардан бошлаб яшаетган аҳоли ва ўларнинг жойлашуви бу аҳолининг қўшни қабилалар ва элатлар билан турли муносабатлари қадимги аҳолининг ҳозирги қорақалпоқ халқи пайдо бўлишига таъсири, қорақалпоқ халқи тарихининг пайдо бўлишининг хронологик доираси шулар жумласидандир.
-
Qo'qon xonligi tarixi manbashunosligi va tarixshunos
Tarixiy manbalar asosida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Ilmiy tadqiqotlar u yoki tarixiy muammoning tarixshunosligini tashkil etadi. Ana shu tadqiqotlar tarix fanining rivojlanishini ta'minlaydi. Qo'qon xonligi tarixini o'rganish bu xonlik mavjud bu bo'lgan davrdayoq boshlanib, shu kungacha davom etib kelmoqda. Ammo xonlik tarixiga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlar o'z mazmuni va ahamiyati jihatidan bir hil emasdilar. Ularning mazmuni va saviyasi ular yozilgan davr muhiti bilan, yozma manbalarning qay darajada ilmiy tadqiqotlarga jalb qilinishi bilan, qolaversa, tarixchi olimlarning dunyoqarashi va metodologik pozitsiyalari bilan bog'liq bo'lgan. Shundan kelib chiqqan holda, biz o'rganmoqchi bo'lgan maxsus kursning uchinchi vazifasi magistrantlarni Qo'qon xonligi tarixi tarixshunosligining asosiy davrlari bilan tanishtirishdan iboratdir.
-
“Prezident I.A.Karimov asarlari mustaqil O’zbekiston tarixiga oid manba"
Mustaqillikni tiklash uchun kurash siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy sohalarda bosqichma-bosqich muhim choralar amalga oshirilib boorish. Milliy davlat, milliy boshqaruv, milliy qo'shin tuzildi, O'zbekiston BMTga a'zo bo'lishi ma'naviy hayotdagi o'zgarishlar. O'zbek diplomatiyasining faoliyati tarixini ochib betish. Mavzuning ob'yekti, pryedmyeti va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdyek turli davrlarda tadqiqotchilar tomonidan mavzuga doir ta'riflarni talabalarga tushuntirish, mavzuning dolzarb ekanligidan talabalarni boxabar etish.
-
ПАЛЕОГРАФИЯ
Палеография фани ўрганадиган у ёки бу қўлёзма манбанинг ташки белги-хусусиятлари қуйидагилардан иборат: қўлёзма ҳарфлари, бу ҳарфларнинг ёзилиш хусусиятлари, ёзув тури, қўлёзманинг материали, ёзув куроллари, қўлёзмада ишлатилган безаклар, қўлёзма ёзилган сиёх, қўлёзмадаги тамғалар, муҳрлар, қўлёзманинг формати, қўлёзма муқоваси ва бошка ташки белгилар.
-
«Topografiya asoslari va kartografiya»
Topografiya asoslari fanining maqsadi, mazmuni, predmeti va vazifalari. Vazifalami bajarishda olib boriladigan o’lchash va hisoblash ishlari. Matematika, geodeziya, chizmachilik, geografiya va boshqa fanlar bilan aloqasi. Fanni geografik fanlar tizimida va geografiya yo’nalishi bakalavrlarini tayyorlashda tutgan o’mi. Kartografiya fanining maqsadi, mazmuni, predmeti va vazifasi.Ushbu vazifalami echishda bajariladigan hisoblash va chizma ishlari. Kartografik fanlar va ulaming matematika, geodeziya, geografiya, geomorfologiya, statistika va boshqa bir qancha fanlar bilan aloqasi, geografik fanlar tizimida va geograf mutaxassislami tayyorlashdagi tutgan о’mi.
-
Investitsion loyihalar fanidan ma`ruza matnlari
Fanni o`qitishdan maqsad talabalarda investitsiya loyihalarini boshqarishning uslubiy jihatlari yuzasidan bilimlarini chuqurlashtirish,fanni nazariy va amaliy jihatdan o`rganish hamda mazkur fan bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarni shakllantirish.
-
Диншунослик
Диншунослик гуманитар фанлар қаторидаги инсониятнинг маданий, маьрифий, фикрий тарихини ўз ичига олган илмлар қаторига киради.
-
Iqtisodiy statistika
Ushbu ma’ruza matnlarida makroiqtisodiy statistikaning: aholi va mehnat resurslari, aholi turmush darajasi, milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, davlat byudjeti kabi mavzulari; mikrodarajada: korxonalar asosiy va aylanma mablag‘lari, mahsulot ishlab chiqarish va tannarx, korxonalar moliyaviy natijalari va moliyaviy holati statistikasi kabi mavzulari to‘liq sodda va tushunarli tarzda bayon etilgan. Ma’ruza matnlari “Iqtisod” yo‘nalishi bakalavrlariga tayyorlangan bo‘lib, undan boshqa yo‘nalish talabalari ham foydalanishlari mumkin.
-
Математик таҳлил
Bir qarashda, bu ikki savol bir-biridan deyarli farq qilmaydi, biroq ular orasidagi farq javob qidirishni boshlashimiz bilan ko'zga yaqqol tashlanadi. Birinchi savolga javob berish uchun, z, ketma-ketlikdan berilgan a sonni ayirib, {a} ketma-ketlikning nolga intilishini tekshirishimiz kerak. Agar nolga intilsa, savolga javor ijobiy, bordi-yu intilmasa, jovob salbiy bo'ladi. Ikkinchi savolga javob berish uchun esa, har bir haqiqiy a sonni olib, {a} ketma-ketlikni nolga intilishini tekshirishimiz kerak. Agar u nolga yaqinlashmasa, haqiqiy sonlarni tanlashni toki {z} ketma-ketlik yaqinlashadigan sonni topgunga qadar davom ettirish kerak. Bordi-yu, barcha haqiqiy sonlarni tekshirib ko'rganimizda ham {z} ketma-ketlik yaqinlashadigan son topilmasa, bu ketma-ketlik uzoqlashuvchi bo'ladi. Albatta, hech kim bu usulda ketma-ketlik yaqinlashishini tekshirmaydi. Buning sababi shundaki, frantsuz matematigi Ogyusten Koshi ketma-ketlikning limiti bo'lishi mumkin bo'lgan sonni bilmasdan turib, ketma-ketlikning yaqinlashishini aniqlash usulini topishga muyassar bo'lgan. Gap shundaki, har qanday yaqinlashuvchi ketma- ketlikning hadlari zichlashishi zarur, ya'ni uning elementlari bir-biri atrofida to'planishi kerak. Qizig'i shundaki, bu tasdiqning teskarisi ham o'rinli ekan, ya'ni agar ketma-ketlik hadlari «zichlashsa, u yaqinlashar ekan.
-
MATEMATIK TAHLIL
Matematik tahlil shakillanishi davrida unga differensial tenglamalarni tuzish va yechish usullari deb qaralgan edi.Hozirgi kunda matematik tahlil deganda differensial va integral hisobi tushunilib, differensial tenglamalar nazariyasi deganda esa, asosan matematik tahlilning usul va natijalariga asoslangan, matematikaning alohida bo'limi tushuniladi.. Zamonaviy matematik tahlilning asosida limitlar nazariyasi yotadi deb xech ikkilanmasdan aytish mumkin. Keng ma'noda olib qaraganda, ayinan mana shu holat matematik tahlilni matematikaning boshqa bo'limlaridan ajratib turadi.
-
OʻZBEKISTON TARIXI
Tariximiz ildizlari necha-necha ming yillarga borib taqaladi. Oʻzbekiston xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. Hozirgi O'zbekiston hududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bqlib, qariyb 3000 yil davomida takomillashib borgani va dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko'tarilgani jahonga ma'lum.
-
Амалий психология касбий қайта тайёрлаш курси тингловчилари учун маъруза матнлари
Таълим тизимида психологик хизматнинг ташкил этилиши тарбияланувчи, ўқувчининг индивидуал-психологик хусусиятларини ўрганиш асосида унинг шахси ҳар томонлама камол топиши, ҳам маънавий, ҳам ақлий ривожланиши, ўзлигини англаши ва қобилиятларини намоён этиши учун тегишли таълим- тарбиявий ҳамда маънавий-рухий шароитлар яратишни назарда тутади.