-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Metrologiya, o`zaro almashinuvchanlik, standartlash
Darslikda metrologiya va texnikaviy o`lchashlar, o ‘zaro almashinuvchanlik, o`lchamlar, joizlik va o`tqizmalar haqida asosiy tushunchalar, silliq silindrik birikmalarning o ‘zaro almashinuvchanligi, burchaklar joizliklari, konusli birikmalarning o ‘zaro almashinuvchanligi, detallar yuzasining shakldan, joylashishdan og`ishlari, g‘adir-budurligi va to`lqinsimonligini me’yorlash, rezbali birikmalarining o ‘zaro almashinuvchanligi, tishli hamda chervyakli uzatmalarning o ‘zaro almashinuvchanligi, shponkali va shlisli birikmalarning o ‘zaro almashinuvchanligi, o`lchash, nazorat qilish usullari hamda vositalari, o`lchamlar zanjirlariga kiruvchi o`lchamlarni hisoblash, standartlashtirish, sertifikatlashtirish haqida batafsil ma’lumot berilgan.
-
Автомобилларда юк ва пассажирлар ташиш асослари
Дарсликдан соҳа инженер- техник ва раҳбар ходимлари ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Биоэтика
Дарсликда биоэтиканинг концептуал асослари ҳамда тиббиѐт фани ва амалиѐтининг долзарб маънавий муаммолари таҳлилининг энг янги тенденциялари келтирилган; жаҳон амалиѐтида мавжуд бўлган врач фаолиятинининг касбий этик стандартлари ҳақида маълумот берилган; аҳлоқ қоидаларига асосланган ҳолда ҳайвонларда иммобилизация, наркоз ва эвтаназия усуллари келтирилган.
-
Тиббий биокимё
Дарсликда энг кўп тарқалган касалликлар ҳамда паталогик ҳолатлар диагностикаси, уларни даволаш ҳамда олдини олиш усулларини асослаш соҳасидаги мутахассис - медикларнинг замонавий клиник - биокимёвий тайёргарлиги учун зарур бўлган клиник биокимёнинг актуал масалаларига оид маълумотлар берилган.
-
Ipakchilik va tutchilik
Mazkur darslikda mamalakatimiz qishloq xo`jaligi tarmog`ida ipakchilik va tutchilikning tutgan o`rni, ahamiyati, tarixi, rivojlantirish istiqbollari, ipak qurti biologiyasi, urug`ni jonlantirish, ipak qurti ekologiyasi, ipak qurtini boqish agrotexnikasi, pillalarni tayyorlash va ularga dastlabki ishlov berish, ipak qurti seleksiyasi va urug`chiligi, ipak qurti kasalliklari hamda zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari, tut daraxti tarixi tog`risida umumiy ma`lumot va madaniylashtirish tartibi, tut daraxtining sistematikasi va tuzilishi, tut daraxti urug`chiligi va seleksiyasi, uni ko`paytirish usullari, oziqa beruvchi tutzorlar tashkil qilish, tut bargidan foydalanish va hosilini aniqlash, tut kasalliklari va zararkunanadalari haqida berilgan.
-
Moliya
Darslik talabalar, magistrantlar, aspirantlar, iqtisodiy yo`nalishdagi oliy o`quv yurtining professor -o`qituvchilari va moliya muammolari bilan qiziquvchi barcha o`qituvchilarga mo`ljallangan.
-
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi
Ushbu darslik oliy o'quv yurtlarining ijtimoiy gumanitar, xuquq islomshunoslik, madaniyat, iqtisod va buxgalteriya fakultetlari talabalari uchun mo'ljallangan. Unda tabiatshunoslik fanning kelib chiqishi, kelib chiqish markazlari, antik davr olimlari, Markaziy Osiyolik allomalarning tabiiy fanlarni rivojlantirishga qo'shgan hissalari bayon etilgan.
-
Audit asoslari
Darslik oliy o`quv yurtlarining iqtisodiyot va boshqa ta`lim yo`nalishlari talabalari , madistrantlari, shuningdek , professor-o`qituvchilar va audit nazariyasi bilan shug`ullanayotgan mutaxassislari uchun mo`jallangan.
-
Dasturlash texnologiyalari
Dasturlash texnologiyalarining asossiy tushunchalari , uning hayotiy sikli, dasturiy vositalar va ulardagi xatolar manbalari , dasturiy vositalar sifatini ta`minlash yo`llari afzalliklari bayon etilgan.
-
Банк тизими: юзага келиши, эволюцияси ва моҳияти
Монография олий ўқув юртлари талабалари, магистрлари ва профессор- ўқитувчилари, ўрта махсус касб - ҳунар коллежи ўқитувчилари ва амалиётчилари учун мўлжалланган.
-
Psixologiya nazariyasi va tarixi
Mazkur darslik 5110900-Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo'nalishining o‘quv rejasidagi «Psixologiya nazariyasi va tarixi» nomli fan dasturi asosida yaratilgan bo‘lib, mutaxassislikka kirish, psixologiya tarixi, psixologiyaning zamonaviy tadqiqot metodlari, shaxs, faoliyat, motivatsiya, nutq, shaxsning individual-tipologik xususiyat- lari, bilish jarayonlari, hissiy-irodaviy sifatlari to‘g‘risidagi materiallarni o‘zida mujassamlashtirgan.
-
Этические ценности и принципы социальной работы
Учебник адресован преподавателям, слушателям программ переподготовки и повышения квалификации, студентам и докторантам, специализирующимся в области социальной работы, а также специалистам системы социальной защиты населения.
-
Genetika
Darslik tasdiqlangan genetika dasturi asosida yozilgan bo`lib, unda genetikaning mazmuni, rivojlanish tarixi, tadqiqot metodlari,organizmlar ko`payishnining tstologik, biokimyoviy asoslari, jinsiz va jinsiy ko`payish, urug`lanish irsiyat qonunlari, jins genetikasi va jinsga bog`liq holda irsiylanish, belgilarining birikkan holda irsiyalanishi irsiyatning xromosomasi nazariyasi, allel bo`lmagan genlarning o`zaro ta`sirida belgilarning rivojlanishi, tsitoplazmatik irsiylanish o`zgaruvchanlik, uning tiplari, ontogenezes genetikasi, populyatsiya, xulq-atvor genetikasi, odam genetikasi, genetik injenriya biotexnologiya hamda genetikaning nazariya va amaliy ahamiyati yoritilgan.
-
Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi
Mazkur darslik pedagogika oliy o`quv yurtlarining talabalari, magistrlari va akademik litsey , kasb-hunar kollejlari o`quvchilari , maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarining uslubchilari va tarbiyachilariga mo`ljallangan.
-
Табиатшунослик асослари
Мазкур курснинг ўқитилишидан мақсад - табиий фанларнинг ғояси асосида табиат, атроф муҳит, наботот олами, ҳайвонот дунёси ва коинотнинг бир бутун, мутаносиб - гармонияда эканлигини кўрсатишдан иборат.
-
Ona tili va adabiyot
Darslikning «Ona tili» qismi umumiy o‘rta ta’lim bosqichida egallangan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, unda o‘rta maxsus bilim yurti o‘quvchisining ona tili fanidan davlat ta’lim standartida ko‘zda tutilgan talablarni bajarish uchun zarur bo‘lgan materiallar berildi.