-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
-
-
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
Qurilish. Arxitektura
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Jismoniy tarbiya va sport menejmenti (II qism)
Mazkur darslik «Jismoniy tarbiya va sport menejmenti» fani bo`yicha Davlat standartiga mos ravishda yaratilgan bo`lib, Oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida jismoniy tarbiya va sport sohasida menejerlar tayyorlashda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Darslikning bosh maqsadi — yurtimizda va xorijda rivojlanib kelayotgan menejment, jumladan, jismoniy tarbiya va sport menejmentining asosiy kategoriyalari, ya'ni uning qonun qoidalari, vazifalari, usullari, axborot texnologiyasi hamda tashkiliy tizimlarini nazariy va amaliy tomonidan chuqur o`rganishga mo`ljallangan.
-
Tarmoq mashinalarini hisoblash va loyihalash
«Tarmoq mashinalarini hisoblash va loyihalash» darsligi ikki qismdan iborat bo’lib,birinchi qismda mashinalar, jihozlarni hisoblash va konstruktsiyalashning umumiy masalalari, ya'ni mashina va apparatlarning tasnifi, texnologik mashinalarning sinflanishi,mashinani loyihalashning umumiy sxemasi, loyihalashdagi hujjatlar, mashina va apparatlarning unumdorligini hisoblash, mashinalar uchun siklogrammalar loyihalash.Mexanizmlarni kinetostatik tahlili va boshqa hisoblash usullari batafsil bayon etiladi.
-
Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati
Darslik jismoniy tarbiya institutlari va jismoniy tarbiya fakultetlarida kurash turlari bo'yicha ixtisoslashgan bo'lim talabalari uchun hozirgi zamon talablari asosida fanni o‘rganish dasturiga muvofiq yozilgan.
-
Materiallar qarshiligi
Muhandislik fanlarining asosi hisoblanmish materiallar qarshiligi fani vazifalari va muammolarini yoritishga, ularning yechimini bayon etishga bag‘ishlangan ushbu darslikda predmetning asosiy mavzulari ham klassik, hamda zamonaviy uslublarda yoritilgan. Mazkur darslik orqali talaba mashina va inshoot qismlarini mustahkamlikka, bikrlikka va ustuvorlikka hisoblash usullari bilan tanishadi. Mashina va mexanizmlar, qurilish konstruksiyalarini hisoblash uchun o‘ziga poydevor yaratadi.
-
Французский язык
Настоящий учебник выдержал много изданий и является стабильным учебником для начинающих. Его цель - привить навыки правильного произношения, дать прочные знания основ грамматики, выработать языковые компетенции: научить писать и говорить, используя лексику и грамматические формы и конструкции французского языка в пределах пройденной тематики; подвести к чтению французской литературы в оригинале.
-
Биология
Настоящий учебник является логическим продолжением учебника биологии для 9 класса общеобразовательной школы. В нем представлены знания о зарождении и развитии органического мира, взаимодействии организмов с внешней средой, биосфере, месте человека в биосфере, об изменении наследственности микроорганизмов, растений и животных методами генной инженерии и использовании их в промышленных масштабах. Для самостоятельного овладения знаниями и развития логического мышления учащихся задания приводятся не в конце, а в начале каждой темы.
-
Adabiy tahrir
Mazkur darslikda adabiy tahriring ilmiy asoslari bayon etiladi. Darslik 15 bobdan iborat bo'lib, ularda adabiy tahrir bilan bog'liq jarayonlar, adabiy tahririning mantiqiy asoslari, kompozitsiya, asos (faktik) materiallar, matn tahlili muallif va muharrir munosabati, muharrirning nashr jarayonidagi o’rni, ayrim tur adabiyotlar, matbuot, radio va elementlar tahriri va boshqalari xususida so’z yuritiladi.
-
Botanika
Mazkur darslik bakalavriatning “5140100–Biologiya”, “5320500 – biotexnologiya”, “5630100 – ekologiya va atrof muhit muhofazasi” va “5141000 – tuproqshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv reja va fan dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda o‘simliklar hujayrasi, to‘qimalari, vegetativ va generativ organlari, tuban o‘simliklar tuzilishi, tarqalishi, yuksak sporali o‘simliklar tavsifi, qarag‘ay va magnoliyatoifa o‘simliklari sistematikasi, o‘simliklar ekologiyasi asoslari, fitotsenologiya, o‘simliklar geografiyasi haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni berish ko‘zda tutilgan
-
Biofizika
Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009-yil 27-oktabrdagi 373-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan.«Biofizika» fanining namunaviy o'quv dasturi asosida yozilgan. Unda veterinariya va chorvachilik sohalari uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan biomexanika, bioakustika, gidrodinamika, biologik tizimlarda ko'chish hodisalari, termodinamikaning biologik asoslari, bioelektromagnetizm. kvant biofizikasi, atom nurlari, radiobiologiyaga oid ma’lumotlar bayon etilgan.
-
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya metodologiyasi
"Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya" fani geografiya notabiiy yo'nalishining nazariy va amaliy evolutsiya natijasi, ya'ni "iqtisodiy va ijtimoiy geografiya" fanining rivojlanishi uning turli davrlarda umumiy fan sifatida nomining o'zgarishiga sabab bo'lgan: Iqtisodiy geografiya-iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-ijtimoiy geografiya-iqtisodiy va ijtimoiy geografiya. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-geografiya fanlari tizimida inson bilan bog'liq barcha ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning huquqiy jihatlarini o'rganuvchi fan hisoblanadi. Uning shakllanishi va rivojlanishidagi muhim jihatlardan biri ijtimoiy geografik tadqiqotlarning bosh markazida, birinchi navbatda inson omili yotishidir.
-
Ботаника
Мазкур дарслик ўсимликларнинг морфологик ва анатомик тузилиш хусусиятлари тўғрисида ҳозирги замон фанининг ютуқларига асосланиб тайёрланган. Дарсликда ўсимликлар эволюцияси ва ривожланиши, онтогенези ҳақида батафсил маълумотлар берилган. Дарслик университетларининг, педагогика институтларининг бакалавр мутахассислиги бўйича ҳамда лицей ва коллеж талабалари, шунингдек шу соҳа илмий ходимларн учун мўлжалланган.
-
Биологияи нурҳои ионкунанда
Китоби дарсии мазкур аз 18 мавзӯъи асосӣ иборат буда, аз он ҷумла муқаддима, маълумотҳои мухтасари таърихӣ, хосиятҳои умумӣ, хелҳо ва манбаъҳои нурҳои ионкунанда, дозиметрияи воҳидҳои радиофаъолӣ, усулҳои физико-кимиѐвии муҳофизат аз нурҳои ионкунанда, тағйирѐбии ҳуҷайраҳо ҷавобан ба нур, радиоҳискунии организмҳо, бемории радиационии одамон ва ҳайвонот, таъсири радиация ба ҷанин ва ҷанини батни модар (ҳомила), таъсири нурҳои ионкунанда ба растаниҳои дараҷаи олӣ ва дигар намудҳои мавҷудоти зинда, муаммоҳои экологияи радиационӣ, асосҳои илмии муайянкунии гигиении нурҳои ионкунандаро дар бар мегирад
-
Matematik analiz
Mazkur darslik “Matematik analiz" fanining to'plamlar, haqiqiy sonlar, sonlar ketma-ketligi va uning limiti, funksiyaning limiti, funksiyaning uzluksizligi va tekis uzluksizligi, funksiyaning hosilasi va differensiali, funksiyaning yuqori tartibli hosilasi va differensiali, dijferensial hisobning asosiy teoremalari, Lopital qoidalari va Teylor formulasi, funksiyani to'la tekshirish, aniqmas integral, aniq integral va uning tadbiqlari, sonli qatorlar va xosmas integrallar kabi bo'limlari bo'yicha materiallarni qamrab olgan. Darslikda keltirilayotgan mavzularning avvalo nazariyasini sodda, ravon tilda bayon qilingan, so‘ngra berilgan tushunchalar, tasdiqlar va teoremalarni mustahkamlash uchun amaliy, nazariy, mexanik, fizik xarakterdagi misollarni yechib ко ‘rsatishga ko‘proq e'tibor qaratigan. Darslik bakalavriatning “fizika” yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan bakalavriatning “matematika", “mexanika", “amaliy matematika va informatika ” hamda “oliy matematika " chuqur о‘rganiladigan texnik oliy о'quv yurtlarida ta'lim oluvchi talabalari hamda o‘qituvchilar ham foydalanishi ko'zda tutilgan.
-
Qurilish konstruksiyasi hisobi asoslari
Mazkur darslikda qurilish amaliyotida metall, temirbeton, tosh-g`isht va yog`och konstruksiyalarining qo`llanishi, ularni hisoblash va konstruksiyalarini loyihalashni o`rganish, turli hildagi konstruksiyalar, bino va inshootlatning texnik holatini tekshirish va baholay olish, yuk ko`taruvchi konstruksiyalar haqida ma`lumotlar kiritilgan.
-
Arxitekturaviy qalamtasvir, rangtasvir va haykaltaroshlik
Mazkur darslik arxitektor, dizayn, landshaft arxitekturasi mutaxassislari tayѐrlanadigan institut talabalari va kollej o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Darslik qalamtasvir hamda haykaltaroshlik ishlarida turli xil materiallardan foydalanish va ularni amaliy ishlarda qo‘llash imkoniyatlarini ochib beradi. Shuningdek, qalamtasvirni suyuq holda ishlatiladigan badiiy materiallar hamda tush-pero, sangina, guash va rangli qalamlar ѐrdamida bajarish yuzasidan ham ayrim tavsiyalar berilgan.
-
Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot
Mazkur darslikda resurslar taqchilligi sharoitida mikro va makrodarajada cheksiz ehtiyojlarni optimal qondirish masalalari o`zaro uyg`unlashgan holda yoritilgan.Iqtisodiy tanlov va muqobil xarajatlarning mikroiqtisodiy jihatlari, ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, firmalar mahsulotiga talab va taklifning bozor muvozanatiga erishish holatlari ko`rib chiqilgan.