-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Sun'iy intellekt
Mazkur o'quv qo'llanma Toshket axborot texnologiyalari universiteti "Kompyuter injiniringi" va "Dasturiy injiniringi" fakulteti ta'lim yo'nalishi, hamda oily o'quv yurtlarining texnika, axborot kommunikasiya texnogiyalari talabalari va keng ornmaga mo'jallangan.
-
Ma'lumotlar bazasi boshqarish
O‘quv qo‘llanma ma’lumotlar bazasini yaratish, loyihalash va boshqarish, hamda relyatsoin ma’lumotlar bazalari ustida bajariladigan amallarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarishning asosiy vositalari, boshqarish tizimining funksiyalari, jadvallarni modifikatsiyalash, ma’lumotlar bazasini boshqarishda bog‘lanishlar va ko‘p jadvalli amallardan foydalanish, ma’lumotlar bazasini himoyalash va SQL tilida funksiya hamda proseduralar yaratish kabi asosiy texnologiyalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgan.
-
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi
Uslubiy ko`rsatma O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim va o`rta – maxsus ta`ilm vazirligi tomonidan tasdiqlangan na`munaviy o`quv rejaga binoan tuzilgan. Buyruq № _________”______”_____________yil.Uslubiy ko`rsatma “Axborot texnologiyalari” kafedrasi majlisida tasdiqlangan. Qaydnoma №19 “26” yanvar 2016 yil.
-
MULTIMEDIA INJINIRINGI
Ushbu o'quv qo'llanma "Multimedia injiniringi" fanidan tayyorlangan bo'lib, fanning nazariy asoslari, multimedia haqida umumiy tushunchalar va rivojlanish bosqicl:lari, multimedia texnologiyasining qo'llanish sohalari, multimedia ilovalarining loyixasini yaratish usullari va bosqichlari, grafik Obyektlarni yaratish texnologiyasi, tovushni sintezlash qurilmasi, tovushlarni sintezlash usullari, videolarni yaratish texnologiyasi, video turlari,
-
Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari
Diqqatingizga havola etilayotgan ushbu o‘quv qollanma hozirgi paytda tezkorlik bilan rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyot sohasiga va uning infratuzilmasini tavsiflashga bag`ishlangan. Unda raqamli iqtisodiyotning asosi bo`lgan muammolar bilan bog liq masalalar, raqamli iqtisodiyotga o`tish mexanizmi, kriptografiyaning muhim elementi bo‘lgan xeshlashtirish funksiyalari haqida bir qancha ma’lumotlar berilgan.
-
Kompyuter ko'rishi
Ushbu O'quv qo'llanma kompyuter injiniringi mutaxassisligi magistrlari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmada kompyuter ko'rishi fanining maqsad va vazifalari, kompyuter ko'rishi texnologiyasining amaliy tatbiqlari bo'yicha atroflicha ma'lumotlar berilgan. O'quv qo'llanma ikki qismdan tashkil topgan bo'lib, birinchi qismida kompyuter ko'rish fanining kelib chiqishi haqida atroflicha ma'lumotlar keltirilgan, hamda Matlab muhitining Image Processing Toolbox paketi asosida tasvirlarni turli tipdagi ishlash muammolari uslubiy misollar yordamida ko'rsatilgan. O'quv qo'llanmaning ikkinchi qismida tasvirlar va sahnalar OpenCV muhitida ishlash amaliyoti keltirilgan. Bunda tasvirlarni filtrlash, chegaralarini topish, tasvirlarni xalaqitlardan tozalash kabi mavzular uslubiy misollar vositasida ko'rsatib o'tilgan.
-
Axborot kutubxona katalogi va fondi
Ushbu o`quv qo`llanma Axborot kutubxona muassasalarining kataloglari, Axborot – kutubxonalar ish faoliyatida ularning tutgan o`rni, katalog turlari, tasvir prinsiplari, hujjatlarga ishlov bеrish, sistеmalashtirishning nazariy asoslari, tarixiy negizlari haqida tushuncha beradi. Xususan, kutubxona – bibliografik klassifikatsiyalari vujudga kelishi: Universal o`nlik klassifikatsiyaning yaratilishi, O`zbekiston Respublikasi kutubxona-bibliografik klassifikatsiyasi jadvalining tuzilishi, u bilan ishlash metodikasi masalalarini, axborot kutubxona fondi, uning belgi va xususiyatlari, fondni shakllantirish prinsiplari va jarayonlarini qamrab oladi.
-
Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
"Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi" nomli o'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalari texnika yo'nalishi magistratura mutaxassislik talabalari uchun mo'ljallangan.O'quv qo'llanmada fan, ilmiy bilish, ilmiy tadqiqot va uning metodologiyasi, ilmiy tadqiqot o'tkazish usullari va rasmiylashtirish tartibi, tajribaviy tadqiqot natijalari va ularni qiyosiy tahlili kabi aspektlar ko'rib chiqilgan.
-
Raqamli axborot xizmati
O'zbekistonda oxirgi yillarda kutubxona va arxiv muassasalarining faoliyatini zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan, raqamli texnologiyalardan foydalanib, yangi darajaga ko'tarish borasida jadal ishlar olib borilmoqda. Hukumat tomonidan belgilangan maqsadlarni zabt etishning asosiy omillaridan biri yosh mutaxassislarni sifatli tayyorlash hisoblanadi. Xususan, talabalarga kutubxonalarda raqamli axborotlarni saqlash va qayta ishlashga oid bilimlarni berish talab etiladi. Ushbu o'quv qo'llanma "Raqamli axborot xizmati fani doirasida yaratilgan bo'lib, uning maqsadi talabalarga raqamli axborotlar turlari, xususiyatlari va ularni qayta ishlab multimedia mahsulotlari, elektron nashrlar yaratish, raqamli axhorotni avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlaridan va Internetdan qidirish va foydalanuvchilarga taqdim etish, kutubxonalarda xizmat ko'rsatish jarayonida resurslarga bo'lgan mualliflik huquqlariga rioya qilish haqidagi bilimlarni berish hisoblanadi Mazkur qo'llanma Oliy ta'limning "Kutubxona-axborot faoliyati" yo'nalishi talabalari, magistrantlari va pedagoglar uchun mo'ljallangan.
-
O‘quv reja, baho va baholash
O‘quv qo‘llanmada ta’lim tizimini tashkil qilishda me’yoriy -xuquqiy xujjatlar ahamiyati, ta’lim sifati tushunchasi, baho sifatini boshqarish elementi, shuningdek, Kredit tizimi doirasida bilimlami baholash tartibi batafsil bayon etilgan. Shuningdek, bo‘lajak kasb ta‘limi o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatida o‘quv reja, baho va baholash fanini o‘rgatishning zamonaviy yondashuvlari ifoda etilgan. O‘quv qo‘llanma 5350400 - АКТ sohasida kasb ta‘limi yo‘nalishi talabalarining o‘quv jarayonida foydalanishi uchun mo‘ljallangan.
-
Электр таъминоти тизимининг реле ҳимояси ва автоматикаси
Дарсликда электр таъминоти тизимида қўлланиладиган замонавий реле ҳимояси ва автоматиканинг замонавий қурилмалари ҳақида маълумотлар келтирилган. Ишлаб чиқариш корхоналарида ва электр таъминоти тизимида қўлланиладиган ҳимоя воситаларининг ишлаш принциплари, уларни схемалари ва конструктив тузилишлари ҳозирда амалда тадбиқ этила бошлаган ярим ўтказгичли материаллар ва асбоблардан тайёрланган элементлар, микропроцессорли қурилмалар асосида ишловчи ускуналар орқали ёритилган
-
Сигналларга рақамли ишлов бериш
Ў‘қув қўлланма олий ўқув юртларининг “Радиотехника”, ‘Телевидение, радиоалоқа ва радиоешиттириш”, “Мобил алоқа тизимлари” та’лим йўналишлари талабалари учун мўлжалланган.
-
Respiratory sleep medicine
The book provides a valuable update, not only for experienced sleep specialists, but also for trainees, nurses and allied healthcare professionals.
-
МЕТРОЛОГИЯ, СТАНДАРТЛАШТИРИШ ВА СЕРТИФИКАТЛАШТИРИШ978
Ушбу дарслик алока ва ахборотлаштириш сохасига оид метрология, стандартлаштириш ва сертификатлаштириш фани буйича таълим стандартларига мос равишда ва фаннинг истикболлари эътиборга олиниб тайерланди
-
ELEKTR ALOQA ASOSLARI
O'quv qo'llanmada elektr aloqa asoslari haqida umumiy tushunchalar; signallar, aloqa kanallari turlari va ularning matematik modellari; raqamli signallar; modulyatsiya va demodulyatsiya; xalaqitbardoshlik; kodlash; signallarni kogerent va nokogerent qabul qilish; axborot nazariyasi haqidagi asosiy ma‟lumotlarni o„z ichiga oladi. Telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi oldiga qo„yilgan vazifalarni yechish yo„llarini belgilab beradi.
-
Телекоммуникация узатиш тизимлари
Телекоммуникация сигналлари назарияси, уларнинг сифат курсаткичлари, телекоммуникация узатиш элементлари, уларни ишлаш принциплари, узатиш тизимларини тузилиш назарияси ва ишлаш принциплари, аналог ва рақамли телекоммуникация каналлари, трактлари ва улар орқали телекоммуникация тармоқларини тузиш асослари, плезиахрон ва синхрон ракамли узатиш тизимларининг тузилиш ва ишлаш принциплари, телекоммуникация узатиш линияларини лойиҳалаш ва уларнинг ишончлилиги, хавфсизлиги, телекоммуникация тизимлари ва тармоқларини синхронизациялаш ва замонавий телекоммуникация узатиш тизимлари ҳамда тармоқларига оид масалалар ушбу дарслик китобига киритилган. Мазкур дарслик олий укув юртлари талабалари, алока ва информацион технологиялар коллежи ўқувчилари, алоқа ва ахборотлаштириш соҳаси ходимлари учун мўлжалланган.