-
Maxsus fanlarni o`qitish metodikasi
Darslik mazkur fanni o`rganishning nazariy va amaliy asoslarini qamrab olgan. Darslikning maqsadi iqtisodiy tafakkurni shakllantirish uchun dars o`tishda qo`llaniladigan mavjud metodlar bilan tanishtirish, dars o`tishni tashkil etish va uni takomillashtirish, talabalarda iqtisodiy fanlardan dars o`tish malakasini hosil qilish bo`yicha bilim berishdir.
-
Ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish asoslari
Darslikda ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish bosqichlarida sodir bo`ladigan fizikaviy, fizika-kimyoviy va biokimyoviy o`zgarishlar, ularning mohiyati va tayyor mahsulotlar sifatiga ta`siri ko`rib chiqilgan. O`quv materiallari nafaqat oliy ma`lumotli mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, pazandachilik sohasi bo`yicha kollejlarning o`qituvchi va talabalari hamda soha xodimlari uchun foydali bo`ladi.
-
Elektromexanik tizimlarning elementlari
Ushbu darslikda sanoat korxonalarida keng qo`llanilayotgan zamonaviy elektromexanik tizimlarning tarkibiy tuzilishi, boshqariluvchi o`zgaruvchan va o`zgarmas tok o`zgartkichlarning turlari, ishlash asoslari va asosiy tavsiflari, boshqaruv tizimlarining analog hamda raqamli qurilma va bloklarining tuzilishi va ishlash asoslari hamda elektromexanik tizimlarni boshqarishda mikroprotsessorli tizimlarni qo`llashning asoslari bayon qilingan.
-
Evolyutsion ta`limot
Darslik uch bo`limdan iborat. Birinchi bo`lim evolyutsion ta`limot tarixiga bag`ishlangan. Ikkinchi bo`limda evalyutsion ta`limot vujudga kelishidagi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoit, Ch. Darvinning o`zgaruvchanlik, irsiyat haqidagi qonuniyatlari, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, organizmlarning xilma-xilligi, muhitga moslanishi, turlarning paydo bo`lishi yoritiladi.
-
Kimyo
Ushbu darslikda yoritilgan mavzular O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun tasdiqlangan o`quv dasturi asosida yozilgan. Darslik ikki qismdan iborat bo`lib, anorganik va organik kimyoni o`z ichiga oladi. Unda har bir mavzuning mazmuni va maqsadi to`liq ochib berilgan.
-
Умумий ва анорганик кимё
Дарсликда умумий ва анорганик кимё фанидан назарий қонун-қоидалар, маърузаларда бериладиган материалларга оид саволлар, тестлар, масала-мисоллар ва мустақил ўрганиш учун маълумотлар келтирилган.
-
Astronomiya
Ushbu darslikda tabiiy fanlarning eng qadimiysi hisoblanmmish astronomiya fani va uning kelib chiqishi, amaliy astronomiya asoslari, olam tuzilishi haqidagi tasavvurlar, osmon mexanikasining elementlari kabi turli xil mavzular yoritib berilgan bo`lib o`quvchi uchun astronomiya fani haqida umumiy tushunchalarga ega bo`lishiga ko`mak beradi.
-
Қатлам микроэлектроникаси асослари
Мазкур дарслик олий ўқув юртларининг "Физик электроника" мутахассислиги талабалари учун мўлжалланган бўлиб, унда "Микроэлектрон технологиянинг физик асослари" курси ёритилган.Дарсликда бўшлиқда (вакуумда) чангитиш техникаси, буғ конденсацияланганда қатламнинг ўсиш жараёнлари кўриб чиқилган.
-
Математик физика тенгламалари
Ушбу дарсликдан "Тенгламаларнинг классификацияси. Асосий чегаравий масалаларнинг қўйилиши", "Интеграл тенгламалар" ва бошқа мавзулар ўрин олган.
-
Fizika
Ushbu darslik umumiy fizika kursining "Optika, atom va yadro fizikasi" qismini o`z ichiga olib, "To`lqinlar optikasi", "Yorug`likning kvant tabiati", "Atom fizikasi", "Atom yadrosi" bo`limlaridan tashkil topgan. Bo`limlar so`ngida test va tayanch iboralarga asoslangan nazorat savollari ham berilgan bo`lib, fizik qonuniyatlarning ko`rgazmali tasvirlanganligi talabalarga qulaylik tug`diradi.
-
Elektr ta`minoti
Darslikda umumsanoat miqyosidagi elektr ta`minoti to`g`risidagi umumiy ma`lumotlar, ularning tarkibiy tuzilishlari va asosiy elektr jihozlari hamda ularning texnik vositalari bayon etilgan.
-
Олий математикадан масалалар ечиш
Дарслик Олий техника университети ва техника институтлари талабалари учун мўлжалланган бўлиб, ундан сиртқи бўлим талабалари ҳам фойдаланишлари мумкин. Ушбу дарслик 8 бобдан иборат бўлиб, 7 та боби биринчи курсда амалий машғулот дарсларида ўтиладиган «Олий математика» курсини тўлиқ ўз ичига олади.
-
BANK ISHI
Bank ishiga ilmiy-amaliy taraqqiyotni o‘zida mujassamlashtiruvchi fan sifatida qarash mumkin. Hozirgi kundagi banklar oldingi banklardan ko‘ra, ilg‘or, yangi shakllarda va yangi texnologiyalar asosida iqtisodiyotning talablariga mos keluvchi operatsiyalar qo‘llash orqali faoliyat olib bormoqdalar. Fanni o‘qitishning predmeti – bank tizimi va banklar faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar, metodlari – klassik yondashuv, matematik, analitik- statistik, tahlil, qiyosiy-tahlil va boshqa usullar hisoblanadi. Talabalar fanni o‘rganish davrida har bir o‘tiladigan mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan so‘raladigan “tayanch” ibora, test savollariga javob berib, tegishli masalani yecha olishi; o‘qish davrida yozma nazorat ishlarini bajarishi va referatlar tayyorlashi;
-
Chizma geometriya
Darslik quyidagi mavzularni qamrab olgan : kirish, nuqta, to`g`ri chiziq, tekislikning ortogonal proyeksiyalari, tasvirni almashtirish usullari, ko`pyoqlik tekislik va to`g`ri chiziq bilan hamda o`zaro kesishuvi.
-
Чизма геометрия курси
Бу дарслик техника олий ўқув юртларининг барча ихтисосликлари учун мўлжалланган. Дарсликни қайта нашрга тайёрлашда ҳозир фойдаланилаётган дастурлар асос қилиб олинган. Китоб инженерлар, лойиҳачилар ва архитекторлар учун ҳам амалий қўлланма бўла олади.
-
I TEXNOLOGIYА VА UNI О’QITISH METODIKАSI
Ushbu darslik 60110500-Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalari uchun ” Texnologiyа vа uni о’qitish metodikаsi “ fani davlat ta’lim standarti asosida tuzilgan o’quv dasturga muofiq tayyorlangan. Ma’ruza mashg’ulotlari boblarga ajratilgan hamda amaliy mashg’ulotlar dastur ketma ketligida keltirilgan.