-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Agrokimyodan amaliy mashg`ulotlar
Ushbu uslubiy qo`llanma talaba va shu fanga qiziquvchilar uchun mo`ljallangan.
-
ANORGANIK MODDALARNING KIMYOVIY XOSSALARI
Davriy sistemadagi 105 ta element va noorganik birikmalarining kimyoviy xossalari bo'yicha qo'llanma. U axborot ma'lumotnoma xarakterida bo'lib, 3500 ta modda xaqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi va aniq ishlab chiqilgan tuzilishga ega hamda kerakli birikmani yoki reaksiya tenglamasini oson topish imkonini beradigan ko'rsatkichlar bilan ta'minlangan. Ushbu qollanma oliy o'quv yurtlarining kimyo mutaxassisligi talabalari uchun mo'ljallangan. Kimyo bo'yicha andozaviy darsliklarga ajoyib to'ldiruvchi bo'la oladi. Qo'llanma o'qituvchilar, magistrlar, doktorantlar talabalar, abituriyentlar hamda kimyo sanoatida ishlaydigan ilmiy va muxandis-texnik xodimlar uchun foydali bo'ladi. Uning birinchi qismida s- va p- elementlar qamrab olingan.
-
Internet marketing
Ushbu amaliy mashgu'lotlar uchun uslubiy qo'llanma Samarqand iqtisodiyot va servis institutining "Marketing" kafedrasida ishlab chiqildi. Mazkur uslubiy qo'llanma 5230400-Marketing (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan talabalar amaliy mashg'ulot darslarida va fanni mustaqil o'zlashtirishtirishda keng foydalanadi. Uslubiy qo'llanma Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Marketing" kafedrasining 2020 yil 29 avgustdagi 1-son yig'ilishida hamda o'quv-uslubiy Kengashining 2021 yil 19 fevraldagi 7-son majlislarida muhokama qilinib, o'quv jarayonida foydalanishga va chop etishga tavsiya etilgan.
-
Педагогик маҳорат
Педагогик маҳоратга эришиш педагогнинг муайян шахсий сифатлари билан амалга ошади . Педагогик маҳорат юксак даражада педагогик фаолиятининг тараққий этишини, педагогик техникани эгаллашни, шунингдек, педагог шахси, унинг тажрибаси, фуқоролик ва касбий мавқеини ифодалайди.
-
Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi
Bolalar psixologiyasi- psixologiya fanining alohida tarmog’i bo’lib, u tuirli yosh davrlarida bola psixik taraqqiyotining qonunyatlarini, shuningdek, bir yosh bosqichdan boshqasiga o’tish qonunyatlarini o’rganadi.Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug’ulgandan yetuklik davrigacha inson psixkasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratilgan.
-
Кичик мактаб ёшидаги ўқувчилар психологияси
Халқимизнинг миллий онги, миллий ғурури ўсиб, маънавий дунёси кундан-кун бойиб бормоқда. Мазкур услубий қўлланма кичик мактаб ёшидаги ўқувчиларнинг ўзига хос психологик хусусиятлари ва мазкур ёшга оид психик ривожланиш муаммоларига бағишланади.
-
Таълим жараёнида интерфаол методларнинг имкониятлари
Услубий қўлланмада педагогик ва психологик билим асослари мухтасар тарзда баён этилган бўлиб, ундаги маълумотлар ёшларни турли вазиятлар ва гуруҳларда муомала қилиш сирлари, педагогик технологияларнинг кўллаш шартлари, эркин, мустақил фикрлаш омиллари тўғрисидаги маьлумот билан таништиради.
-
Tasviriy faoliyatga o'rgatish maxsus metodikasi
Tasviriy faoliyatga o'rgatish maxsus metodikasi fanining asosiy maqsadi, bo'lgusi defektolglarni, rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni, tasviriy san'at darsilari va tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini tashkil etish va o'tkazish bilan tanishtirishdan iborat.
-
Педагогика тарихи
Маълумки, узоқ ва бой тарихга эга бўлган Марказий Осиѐ халклари ўзининг таълим-тарбияга оид улкан меросини яратиб, такомиллаштириб, инсониятнинг юзлаб авлодларини инсонпарварлик, илмпарварлик, мехр-оқибат, меҳнатсеварлик, дўстлик, саховат каби умуминсоний фазилатлари рухида тарбиялаб келган, халқимиз яратган маърифий фикр сарчашмалари қадим-қадимларга бориб тақалади.
-
MEXANIKA (mashina detallari)
Mazkur O‘quv uslubiy ko‘rsatma fan dasturiga mos ravishda tuzilgan. O‘quv uslubiy ko‘rsatma 60720800 «Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish» va 60720700 «Texnologik mashina va jihozlar» ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun «Mexanika» (MD) fanidan tajriba mashg‘ulotlarni bajarish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan. O‘quv uslubiy ko‘rsatmada ishning maqsadi va vazifalari shakllangan, uning tarkibi va tuzilishi atroflicha bayon qilingan: ajraladigan (rezbali, shponkali) birikmalarning hisobi, ajralmaydigan (payvand, parchin mixli) birikmalarning hisobi, tishli va chervyakli uzatmalarni loyiha va tekshiruv hisoblari, yassi yoki ponasimon tasmali uzatmaning hisobi, zanjirli uzatmaning hisobi», vallarning loyiha va tekshiruv hisob, reduktor detallarini joylashtirishning birinchi xomaki chizmasi va podshipniklarning xizmat muddatini aniqlash bo‘yicha tushunchlar berilgan va ishni bajarish tartiblari to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
-
Xalq pedagogikasi
“Xalq pedagogikasi” fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr xalqning asrlar davomida erishgan tarbiyaviy tajribalari tarixini analiz qilishni o‘rganish: xalq tarbiya metodlarining xilma-xil ko‘rinishlari; xalq pedagogikasi manbalari; milliy urf-odat, an’ana, marosim va qadryatlar mazmun mohiyati; dunyo va milliy qadriyatlarning o‘zaro aloqadorligi; xalq pedagogokasi manbalarini didaktik jarayonga tatbiq etishni o‘rganadilar. (Qudratova Sh.)
-
Umumiy o‘rta ta’lim maktabda trigonometrik tenglama va tengsizliklarni yechishni o‘rganish uchun
Trigonometrik tenglama va tengsizliklarni yechish umumiy o‘rta ta’lim maktablarning 10 sinfida o'qitiladi.Uslubiy ko'rsatmada trigonometrik tenglama va tengsizliklarni yechish batafsil tushuntirilgan bo‘lib, trigonometrik tenglama va tengsizliklarni yechish jarayonida ildizlarning yo‘qolishi, chet ildizlaming paydo boTish holatlari misollar va so‘z yordamida to‘liq yoritilgan.
-
Ички юқумсиз касалликлар
Ички юқумсиз касалликлар фанини яхши ўзлаштирган ветеринария врачи бўлиб шаклланиш учун талаба юқумсиз табиатли касалликларнинг келиб чиқиш сабаблари ва кечиш хусусиятлари, ташхиси, даволаш ҳамда олдини олиш усуллари бўйича назарий ва амалий билимларни мукаммал эгаллаши лозим.
-
Maktabgacha tarbiya maxsus mеtodikasi
Maktabgacha tarbiya maxsus mеtodikasi fanining nazariy, didaktik asoslarini aniqlash, bilish faolligini oshirish asosida muloqot qilish jarayonidagi buzilishlarni bartaraf qilish qamda maktab ta'limiga tayyorlash samaradorligini ta'minlashga qaratilgan korrеktsion pеdagogik usullarni ishlab chiqish maxsus pеdagogika oldida turgan dolzarb vazifalardandir.
-
Махсус педагогика (сурдопедагогика)нинг долзарб масалалари
Кар ва заиф эшитувчи болалар мактаб-интернати ўқув-тарбия жараёнига қўйилаётган янги талаблар у ерда фаолият кўрсатаётган сурдопедагоглар олдига қатор вазифаларни қўймоқда-ки, бу энг аввало, уларнинг таълим-тарбия жараёнига янгича ѐндашишларини тақозо этишда намоён бўлмоқда.
-
Ижтимоий педагогика
Ижтимоий педагогика маънавий – маърифий фаолиятнинг алоҳида соҳаси сифатида унинг оммавийлиги, барча аҳоли ўртасида миллий истиқлол ғояларини тарғибот-ташвиқотини кенг олиб бориш имкониятини беради. Ижтимоий педагогика предмети санъатдан шахсга таъсир этадиган ғоявий – эмоционал воситалар комплексидан кенг фойдаланиш билан фарқ қилиб туради.