-
-
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
Pozitiv psixologiya
Shaxsiy va ijtimoiy farovonlikni yaxshilash va insonning psixologik o'z-o'zini rivojlantirish imkoniyatlarini o'rganishga qaratilgan fan sohasi sifatida pozitiv psixologiya bugungi dunyoda dolzarb qiymat kasb etmoqda.
-
PEDАGOGIK PSIXOLOGIYА VА PSIXOLOGIYАNING O'QITISH METODIKАSI
Ushbu o'quv qo'llanma 60310300-Psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda Pedagogik psixologiya va psixologiyaning o'qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari, prinsiplari, ta'lim metodlarining tasnifi, pedagogik fanlarini o'qitish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish, o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalarini tashxis etish, psixologiya fanlarini o'qitishning o'ziga xos xususiyatlari, psixologiya fanlarini o'qitish shakl va metodlari, o'qitishning interfaol metodlari, psixologiya fanidan bilimlarni baholash tiplari yoritilgan.
-
O'SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI FANIDAN LABORATORIYA MASHG'ULOTLARI
Mazkur qo'llanma «O'simliklar fiziologiyasi» fani bo'yicha o'tkaziladigan laboratoriya mashg'ulotlari uchun tuzilgan bo'lib, unda har bir mashg'ulotga qisqacha tushunchalar berilgan. O'quv qo'llanma o'simliklar fiziologiyasi fanining hujayraning tuzilishi, suv rejimi, ularning ildiz orqali oziqlanish jarayonlari, tanasidagi zaruriy mineral elementlarning miqdori, ularga bo'lgan talab, o'zlashtirish mexanizmi, fiziologik ahamiyati, tabiiy tuproqlarning unumdorligi, o'g'itlash tizimi, usullari va muddatlari laboratoriya mashg'ulotlari asosida yoritilgan. Fotosintez mohiyati, nafas olish jarayonining ahamiyati, ayniqsa, o'simlik gormonlari, ularning hosil bo'lishi, turlari, tuzilishi, kimyoviy tarkibi, fiziologik ahamiyati va boshqalar ko'rsatilgan. Fiziologik faol sun'iy moddalar, o'simliklarning tinim holatlari, harakatlari va ularning fiziologik asoslari talqin etilgan. Fiziologik jarayonlarni tasvirlashda O'zbekiston hududida yetishtirilayotgan qishloq, xo'jalik ekinlari, ekologik muhit va boshqalarga asoslanilgan. Ushbu o'quv qo'llanmadan oliy o'quv yurtlari biologiya, biotexnologiya, agronomiya yo'nalishi talabalari foydalanishlari mumkin.
-
Various Approaches for Teaching English within Biological Contexts
Mazkur o'quv qo'llanma biologiya faniga oid asosiy atamalar, mavzular hamda sohaga daxldor matnlar asosida ingliz tilini o'qitishga yo'naltirilgan bo'lib, unda turli topshiriqlar, lug'atlar, savol-javoblar hamda yozma va og'zaki nutq ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashqlar jamlangan. Har bir bob yakunida mustahkamlash uchun nazorat savollari va test topshiriqlari berilib, ular orqali talabalarning o'zlashtirish darajasi baholanishi ko'zda tutilgan. Qo'llanma CEFR (Common European Framework of Reference for Languages) mezonlariga asoslanib ishlab chiqilgan bo'lib, u B1-B2 darajadagi til kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
-
BIOTEXNOLOGIYA ATAMALARINING IZOHLI LUG‘ATI
Biotexnologiya sohasidagi atamalar mazmunini chuqurroq tushunish uchun ularni tasniflash shaklida tizimlashtirish zarur. Ushbu o'quv qo'llanmada juda ko'p tillardagi biotexnologiyaga oid terminlarning tasnifi keltirilgan. O'quv qo'llanmadan biotexnologiya fanlaridan oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning darsliklari asosida terminologik lug'at yaratish, biotexnologiya fanlarini o'rganish jarayonida terminologik lug'atdan foydalanish asosida talabalarning yangi mavzularni o'zlashtirish jarayonini tezlashtirish va ta'lim sifatini oshirishda foydalanish mumkin. Maskur o'quv qo'llanma biotexnologiya mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalarga fanni o'zlashtirishda, olgan bilimlarini mustahkamlashda, talabalarni mustaqil ishlashida asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi
-
INTRODUCTION TO CОMPARATIVE LITERATURE
Ushbu o'quv qo'llanma "Introduction to Comparative Literature" fanining asosiy nazariy tushunchalari, metodologik yondashuvlari va amaliy tahlil usullarini qamrab oladi. Qo'llanmada qiyosiy adabiyotshunoslikning shakllanish tarixi, uning Sharq va G'arb ilmiy maktablaridagi rivoji, adabiyotlararo aloqalar, intertekstual tahlil tamoyillari hamda madaniyatlararo dialog masalalari yoritilgan. Mazkur qo'llanma turli xalqlar adabiyotlarining o'zaro ta'sirini, umumiylik va farqlarini aniqlash, janr va uslub evolyutsiyasini qiyosiy nuqtai nazardan tahlil qilish imkonini beradi. Dante, Navoiy, Shakespeare, Goethe, Dickens, Tolstoy kabi jahon adabiyoti namoyandalarining asarlaridan olingan misollar orqali nazariy qarashlar amaliy jihatdan mustahkamlanadi. O'quv qo'llanma talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar hamda qiyosiy adabiyotshunoslikka qiziquvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, ularning adabiy tahlil ko'nikmalarini rivojlantirish, global adabiy jarayonlarni tushunish va madaniyatlararo tafakkurni kengaytirishga xizmat
-
KOMPYUTER GRAFIKASI VA GEOMETIRYASI
O'quv qo'llanmada o'quv dasturiga mosravishda Dasturiy injiniring, Kompyuter ilimlari va dasturlash texnologiyalari fanining kompyuter grafikasi mavzusini o'zlashtirishga k o'makchi sifatida tayyorlandi. Qo'llanmada kompyuter grafikasi turlari va Adobe Photoshop, CorelDRAW, 3DMAX, Fraktallar dasturi haqida ma'lumot berildi. Qo'llanma Kompyuter grafikasi dasturlarini mustaqil o'rganmoqchi bo'lgan barcha toifadagi harbiy xizmatchilar uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada mavzu bo'yicha nazorat savollari, test, keys va amaliy topshiriqlar berilgan.
-
Sharqshunoslikka kirish
Ushbu qo'llanma Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi davridan, ya'ni mintaqada kishilik jarmiyatini paydo bolishidan to Arab xalifaligigacha bo'lgan tarixini o'z ichiga oladi. Ma'lumki, Markaziy Osiyo insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimiy o'choqlaridan bo'lib, keyingi yillarda olib borilgan arxeologik va ilmiy tadqiqot izlanishlari buni yana bir marta tasdiqladi. Yaponiya, Avstraliya, Fransiya va Rossiyalik arxeologlarning O'zbekiston olimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan ilmiy ekpeditsiyalari juda samarali bo'ldi. Mazkur hamkorlikning natijasi o'laroq olingan ilmiy-amaliy yangiliklar ham o'quv qo'llanmada o'z aksini topgan.
-
SPORT TURLARINI O'RGATISH METODIKASI (BASKETBOL, GANDBOL)
Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlari 6112000-Sport faoliyat (faoliyat turlari bo'yicha) yo'nalshi talabalari, sport maktablari murabbiylari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda basketbol hamda gandbolning umumiy va maxsus jismony, texnik taktik tayyorlashning zamonaviy usullari ko'rsatilgan. Ushbu o'quv qo'llanma orqali basketbol va hamda gandbolchilarni barcha imkoniyatlarini rivojlantirish uchun ko'rsatmalar berilgan.
-
QISHLOQ XO'JALIGI GEOGRAFIYASI
Mazkur qo'llanmada qishloq xo'jaligi geografiyasining hozirgi zamon mazmuni, tadqiqot obyekti va predmeti, shakllanishi hamda rivojlanish xususiyatlari, uning tarmoqlar tarkibi, tadqiqot usullari ko'rib chiqilgan. Qo'llanma O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlari geografiya, geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo'nalishlarida tahsil oluvchi talabalar uchun mo'ljallangan. Shuningdek, undan magistrantlar, ilmiy xodim-izlanuvchi va tadqiqotchilar hamda va qishloq xo'jaligi geografiyasi bilan qiziquvchilar ham foydalanishi mumkin
-
ЛИТЕРАТУРА ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ
Литература Центральной Азии: учебник для студентов специализации «Филология», «Русский язык и литература в иноязычных группах». Учебник предназначено для студентов филологического факультета, а также для магистрантов по направлению «Литературоведение». Оно содержит расширенную программу курса, включающую историю развития центральноазиатской литературы в процессе становления и как часть мировой литературы. Определение основных понятий и теоретический комментарий историко-литературного цикла, задания для самостоятельной работы, список литературы, вопросы для подготовки к научным докладам и рефератов. Курс «Литература Центральной Азии» нацелен на углубление знания студентов литературоведческой подготовки студентов-филологов, формирование представлений 0 формах H закономерностях межлитературного процесса, овладение практическими навыками анализа художественных текстов, а также расширение общегуманитарного кругозора
-
Nanokompozit materiallar kimyosi
O'quv qo'llanma 60530100 kimyo bakalavriat yo'nalishida ta'lim oladigan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda nazariy va mustaqil ta'limni tashkil etish, mustaqil ta'lim topshiriqlariga alohida o'rin ajratilgan. O'quv qo'llanmada nanotexnologiyaning asosiy tushunchalari, nanokimyo, nanotexnologiyalar va kompozit materiallarning rivojlanish tarixi, nanoob'ektlarning asosiy turlari va ular asosidagi nanosistemalar, nanostrukturalangan materiallar xossalarining ular o'lchamiga bog'liqligi, nanomateriallarni qo'llanilishi, nanokristall, nanoklasterlar va ular asosidagi kompozit materiallar, metallar klasterlari, nanostrukturalangan materiallarni sintez usullari, fullerenlar, nanotrubkalar va nanotolalar, uglerod qovurg'ali strukturalar, nanokompozit materiallar va nanozarrachalarning o'lchamini aniqlash usullari, kondensirlangan sistemalar tuzilishi nanozarralar tuzilishi, kimyoviy bog'lanish, molekulalararo ta'sirlar, optik, elektrik va magnit xossalarini o'rganish usullari bo'yicha materiallar, nazorat savollari, testlar, glossariy va foydalanishga tavsiya etilgan adabiyotlar ro'yxati berilgan.
-
PSIXOLOGIYA TARIXI
Mazkur o'quv qo'llanmada psixologiya fanining qadimgi davrlardan hozirgi zamongacha bo'lgan rivojlanish bosqichlari yoritiladi. Asar falsafiy ildizlar, ilmiy psixologiyaning shakllanishi, klassik maktablar va zamonaviy yo'nalishlarning paydo bo'lishini tizimli ravishda ochib beradi. Mashhur psixolog olimlarning nazariyalari, eksperimental yondashuvlarning rivoji va psixologiya metodologiyasining o'zgarishlari tahlil qilinadi. Ushbu qo'llanma psixologiya rivojlanishining ichki va tashqi omillarini ilmiy tahlil qilish orqali zamonaviy psixologik nazariyalar va amaliy yo'nalishlarni chuqur anglashga xizmat qiladi
-
PYTHON DASTURLASH TILI VA KUTUBXONALARI
Ushbu qo'llanma "Python dasturlash tili va kutubxonalari" fani boyicha tugallangan o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etiladi. O'quv qo'llanma "Python dasturlash tili va kutubxonalari"ni o'rganuvchi Oliy o'quv yurti talabalari uchun o'quv qo'llanma bo'lib xizmat qiladi. O'quv qo'llanmaning boblari dasturiy Python dasturlash tili va kutubxonalarini bosqichma-bosqich o'rganishni osonlashtirish uchun mavzularga ajratilgan va mavzular hajm jihatidan imkoniyat darajasida to'liq yoritilgan. Qo'llanmada Python dasturlash tili ma'lumotlar turlari, operatorlar, kiritish va chiqarish, ma'lumotlar strukturasi, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash, foydalanuvchi funksiyalarini yaratish, sinflar, istisnoli holatlar, matn va satrlar bilan ishlash, shaxsiy modulli fayllar hosil qilish, CSV, JSON, XMLva Excel fayllari bilan ishlash, kutubxonalarni o'rnatish va ulardan foydalanish, NumPy, Pandas, Matplotlib kutubxonalaridan foydalanish, foydalanuvchi grafik interfeysi bilan ishlashda Tkinter va PyQT grafik kutubxonalari va kriptografik xizmatlar kutubxonalari haqida ma'lumotlar keltirilgan. O'quv qo'llanma "Dasturiy injiniring", "Amaliy matematika" ta'lim yo'nalishi talabalari, dasturiy mahsulot ishlab chiquvcilar va ushbu sohaga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan
-
KIMYОVIY SENSORLAR
Ushbu o'quv qo'llamma kimyoviy sensorlarning tarkibi, tuzilishi, qo'llanilishi, ularning qulaylik va kamchiliklari singari ko'rasatgichlari bilan tanishtirish, xalq xo'jaligining turli sohalaridagi real namunalar analizida ishlatilishini o'rgatish, rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqilgan sensorlardan foydalanib, ko'p komponentli murakkab aralashmalarning tahlil usullarini o'rgatish hamda, tajribalar asosida metrologik tavsifi va ekspluatatsion ko'rsatkichlari yaxshilangan, ko'chma, chetdan keltiriladigan o'z analoglarini almashtira oladigan, ekologik nazoratni amalga oshirishga, atrof-muhitda mavjud bo'lgan zaxarli gazlarni miqdorini aniqlashga imkon beruvchi sensorlar va analizatorlarni yangi avlodlarini sinovdan o'tkazish va ishlab chiqarishga tatbiq qilish bilan tanishtirish va moddalarning tarkibini tekshirishga qaratilgan
-
KATALIZATORLAR TEXNOLOGIYASI
Ushbu o'quv qo'llanma kimyoviy ishlab chiqarishining eng muhim tarmoqlaridan biri katalizatorlar ishlab chiqarish texnologiyasiga bag'ishlangan. "Katalizatorlar texnologiyasi" tanlov fani kimyo va kimyoviy texnologiya ixtisosliklari bo'yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, amaldagi dastur asosida yozilgan. O'quv qo'llanmada mavzular ketma-ketligiga amal qilingan holda yozilgan hamda har bir bo'lim yoki mavzu nazariy materiallarni o'z ichiga oladi. "Katalizatorlar texnologiyasi" tanlov fani o'nta mavzuni qamram olgan bo'lib, I-IV mavzularda kataliz va katalizatorlar haqida umumiy ma'lumotlar, sanoat katalizatorlari hamda ularni ishlab chiqarish usullari, V-VIII mavzularda katalizatorni ishlab chiqarish jihozlari, katalizatorlarni tadqiq qilish, shakl berish usullari va o'zak moddalarda katalizatorlar tuzilishi shakllanishining o'ziga xosligi hamda IX-X mavzularda katalizatorlar va adsorbentlar ishlab chiqarishga misollar va geterogen katalitik jarayonlarning o'tish sohalari va bosqichlari bayon etilgan. O'quv qo'llanma kimyo, kimyo o'qitish metodikasi va kimyoviy texnologiya yo'nalishi bo'yicha tahsil oladigan talabalari uchun o'quv adabiyoti sifatida tavsiya etiladi va magistrlar, doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilar va shu sohada ishlaydigan ilmiy hamda ilmiy-texnik xodimlar uchun mo'ljallangan