-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Ichki kasalliklar
So'nggi yillarda ichki kasalliklaring etiologiyasi, patogenezini oʻrganish, tashxislash va davolashni mukammallashtirishda sezilarli ijobiy natijalarga erishildi. Bu, avvalo, amaliyotga yangi zamonaviy labo- rator - asbobiy tekshirish usullarining joriy etilishi va yuqori samarali dorilarning yaratilishi bilan bog'liq. Lekin shunga qaramasdan, butun dunyoda, jumladan, Oʻzbekistonda ham aholi orasida keng tarqalgan yuqumli bo'lmagan kasalliklarning ko'payishi kuzatilmoqda. Uning qator ob'yektiv va sub'yektiv sabablari mavjud boʻlib, bunga sabab amaliyotda ishlayotgan shifokorlarning yuqorida qayd etilgan zamonaviy usul- lar bilan yetarli darajada tanish emasliklari va so'nggi yillarda talabalar uchun lotin alifbosida darsliklar nashr etilmaganligidir. Shularni e'tiborga olib mazkur qo'llanma tibbiyotning so'nggi yutuqlariga tayanilgan holda tibbiyot institutlarining davolash va tibbiy pedagogika fakultetlari IV-V kurs talabalari o'quv rejasiga mos ravishda tayyorlangan. Unda aholi orasida keng tarqalgan ichki kasalliklar batafsil yoritilgan. Darslikdan nafaqat talabalar, balki terapevt shifokorlar (shu jumladan, kardiolog, pulmonolog va boshqa yo'nalishdagi shifokorlar) va umumiy amaliyot vrachlari ham foydalanishlari mumkin.
-
BOLALAR TERAPEVTIK STOMATOLOGIYASI
Darslik 2-qismdan iborat. I qismda Bolalar terapevtik stomatologiyasi fani yoritishi kerak bo`lgan bolalar yoshida uchraydigan og`iz bo`shlig`i a’zolari kasalliklari, ularning zamonaviy tasnifi, klinik belgilari, tashxis qilish usullari va davolash choralari yoritilgan. II qismda asosiy stomatologik kasalliklar profilaktikasi kompleks chora tadbirlari, ularni amalga oshirish usullari, amaliyot shifokorlari tomonidan amalga oshirish kerak bo`lgan muolajalar va maorif oqartuv ishlari keng bayon etilgan. Darslik tibbiyot oliy o`quv yurtlarining stomatologiya fakulteti talabalari, magistrantlari, klinik ordinatorlar, shifokor stomatologlar va pedagoglar uchun mo`ljallangan.
-
Yuqumli kasalliklar: tibbiyot oliy o'quv yurtlari uchun darslik
Mazkur darslik o'quv dasturiga muvofiq yozilgan bo'lib, unda bugungi kunda ko'proq uchrab turadigan yuqumli kasalliklar, xususan, o'tkir yuqumli ichak kasalliklari, virusli gepatitlar, havo-tomchi infeksiyalari va boshqa infeksiyalar hamda ularning kelib chiqish sabablari yoritilgan. Shu bilan birga kasallik ta'rifi va boshqa materiallar oddiy va ravon tilda bayon qilingan. Darslik tibbiyot oliy o'quv yurtlari magistrlariga mo'ljallangan. Shuningdek, ushbu o'quv adabiyotidan yuqumli kasalliklar shifokorlari va boshqa tor mutaxassislar ham foydalanishlari ham mumkin.
-
Bolalar kasalliklar propedevtikasi.
Bolalar kasalliklari propedevtikasi (BKP) fani pediatriya fakulteti 3- kurs talabalari uchun boshlang'ich klinik fan hisoblanadi. BKP fani asosan turli yosidagi bolalarning a'zo va tizimlarini anatomo-fiziologik hususiyatlari, tekshirish usullari, zararlanishlari semiotikasini oʻrgatadi. Fanni oʻzlashtirishda normal va patologik anatomiya, fiziologiya, biologiya, tibbiyot genetikasi, bioximiya, fizika kafedralarida orttirilgan bilim va ko'nikmalari yordam beradi. Tulabalar oʻquv yili mobaynida bolani umumiy parvarishini, bola organizmining anatomo-fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uning jismoniy, ruxiy va Jinsiy rivojlanishini baholab, sog'lom va bemor bolani tekshirish uslublari, turli yoshdagi bolalarni ratsional toʻgʻri ovqatlantirish, shuningdek a'zolar va tizimlarning asosiy jarohatlanish semiotikasi boʻyicha ko'nikmalar hosil qiladilar.
-
Tibbiyot tarixi
Mazkur darslikda tibbiyotning kelib chiqishi va rivojlanish yo'llari arxeologik manbalar hamda tibbiy-tarixiy adabiyotlar asosida mufassal bayon etilgan. Kitob bo'lajak vrachlar uchun tibbiyot tarixi fanini o'rganishda asosiy dastur bo'lib xizmat qiladi. Ularning bilim darajasi va saviyalarini yuksaltiradi, chuqur va keng bilimli mutaxassislar boʻlib yetishishlarida asosiy manba hisoblanadi. Darslik tibbiy o'quv yurtlarming amaldagi dasturlariga muvofiq yozilgan.
-
Halokat tibbiyoti
Halokat tibbiyoti» darsligi halokatlar tibbiyotiga taalluqli boʻlgan umumiy savollarni o'z ichiga olgan boʻlib, bunda favqulodda vaziyatlar sharoitida Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil qilish prinsiplari tizimlashtirilgan. Oʻzbekiston Respublikasida Favqulodda Vaziyatlar Davlat Xizmatining shakl- lanishi va faoliyat koʻrsatishiga oid savollar darslikda o'z yechimini topgan. Shuningdek, darslikda halokatlarning tibbiy-sanitar oqibatlarini bartaraf etish, aholini, jabrlanganlarni, xodimlarni halokatlar oqibatlaridan himoya qilish, halokat oʻchogʻida va yordam koʻrsatishning keyingi bosqichlarida Shoshilinch tibbiy yordamni tashkil qilish masalalari batafsil yoritib o'tilgan va bu borada- gi erishilgan yutuqlarga alohida urg'u berilgan. Darslik tibbiyot instituti talabalari, magistrlar va klinik ordinatorlar uchun moʻljallangan boʻlib, «Halokatlar tibbiyoti» fanini oʻrganish uchun maxsus yozilgan. Shuningdek, darslikdan amaliy faoliyat koʻrsatuvchi shifokorlar ham foydalanishi mumkin.
-
БОЛАЛАР КАСАЛЛИКЛАРИ
Ушбу китоб соғликни сақлаш бўйича дарслик ҳисобланмайди. Ундаги барча тавсиялар ШИФОКОР маслаҳати билан амалга оширилиши шарт. Китобни тайёрлашда ижодий мақолаларидан фойдаланганимиз учун Шаҳло Рустамовага алоҳида миннатдорчилик билдирамиз Ушбу китобда болалар кўп учрайдиган касалликлар ҳақида сўз боради. Саралаб олинган мақолалар ота-оналарга тушунарли тарзда ёзилган бўлиб, китоб фарзандлар саломатлигини сақлашда ажойиб кўмакчи бўлади, деган умиддамиз.
-
-
LOTIN TILI VA MEDITSINA TERMINOLOGIYASI
<Lotin tili va meditsina terminologiyasi» fani darsligi kasb-hunar kollejlari uchun tuzilgan o'quv dasturi asosida qayta ishlandi va to'ldi- rildi. Fonetika, harf va tovushlar tasnifi, odam skeleti va ichki a'zolari, dori shakllari, dorivor o'simlik qismlariga doir ma'lumotlar hamda nazorat ishlari variantlari kabi qismlar kiritildi. Ushbu darslikda tibbiy atamalarning yasalishi va ulaming zamonaviy tibbiyot terminologiyasi (anatomik, davolash hamda dorishunoslik)da qoʻllanilishi berilgan. Darslikdagi mavzular boblarga boʻlingan. Qoʻshimcha ma'lumotlarda kasallik nomlari, tibbiy fanlar va davolash usullari, shuningdek, xalq tabobatida qoʻllaniladigan shifobaxsh oʻsimliklar va mevalaming lotin- cha nomlari berilgan.
-
Назарияи функсияҳои тағирёбандаи комплекси
Аз чониби шўрои-услубии факултети механика-математика ДДС ба нашр тавсия шуда аст
-
БОЛАЛАР УРОЛОГИЯСИ
Дарслик болаларда учрайдиган сивдик аъзоларининг нукронли ривожланшилари ва хнрургик касалликлари хдкдда барча керакли маълумотларни уз ичига олган. Ушбу кулланма замонавии укув дастури асосида ёзилган булиб, тиббиёт институтлари талабалари, болалар хирурглари, педиатрлар ва амалиёт шифокорларига мулжалланган. Дареликка 6 га жадвал, 70 та раем, 160 та тест ва вазият масалалари киригилган
-
BOLALAR YUQUMLI KASALLIKLARI
Qo'llanmada bolalar orasida uchrayotgan yuqumli kasalliklaming asosiy kechish xususiyatlari, etiologik tizimi, epidemiologiyasi, putogenez tizmasi, klinik kechimi va tasnifi, diagnostika usullari, uy sharoitida davolashga va kasalxonaga yotqizishga ko'rsatmalar yoritilgan
-
AKUSHERLIK Uchinchi nashr
DarsliK tibbiyot oliy oquv yurtlarida aKusherliK fanini o’rganayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. MazKur darslixda ayollar jinsiy a’zolari anatomiyasi, homilaning rivojlanishi, ayollarda homiladorliK paytida Kuzatiladigan fiziologiK o’zgarishlar, patologiya holatlarining etiologiyasi, patogenezi, tashxisi, ularning oldini olish, davolash tamoyili, amaliy mahoratlarni qadamma-qadam bajara olishi Ko’rsatilgan. ShuningdeK, ushbu darsliKdan UASH mutaxassislari va UASH malaKasini oshirish Kurslaridagi tinglovchilar ham foydalanishlari mumKin
-
Римское право.
В учебнике освещаются следующие вопросы : предмет римского прапва, источники римского права, иски и т.д.
-
АКУШЕРЛИК
Дарслик тиббиёт олий юртларида акушерлик фанини ўрганаётган та- лабалар учун мўлжалланган. Мазкур дарсликда аёллар жинсий аъзолари анатомияси, хомиланннг ривожланиши, аёлларда ҳомиладорлик пайтида кузатиладиган физиоло- гик ўзгаришлар, патология ҳолатларининг этиологияси, патогенези, таш- хиси, уларнинг олдини олиш, даволаш тамойили, амалий махоратларни қадамма-қадам бажара олиши кўрсатилган. Шунингдек, ушбу дарслик- дан УАШ мутахассислари ва УАШ малакасини ошириш курсларидаги тингловчилар хам фойдаланишлари мумкин.
-
AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYA
O'quv qo'llanmada mavzularni yoritishda homiladorlik va tug'ruqni boshqarish, chaqaloqlik davri parvarishi, akusherlik patologiyalarining oldini olish va davolashda akusherlik amaliyotida keng qo'llaniladigan klassik usullar bilan bir qatorda, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari ham inobatga olingan. Shuningdek, ginekologik bemorlarni tekshirish, davolash usullari haqida yetarlicha ma'lumot berilgan. Ushbu qo'llanma tibbiyot kollejlari o'quvchilari fanni mukammal o'zlashtirish- lariga yaqindan yordam beradi.