-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Madaniyat. Madaniyatshunoslik
-
-
-
-
-
-
-
Jahon adabiyoti
Ushbu jamoaviy darslik jahon adabiyoti fani uchun tuzilgan namunaviy dastur asosida yozilgan bo‘lib, unda jahon adabiyotining millat hamda jamiyat ravnaqidagi o‘rni, badiiy asarni chuqur anglash, tahlil va tadqiq etish, jahon adabiyoti durdonalarining jamiyat ijtimoiy hayotidagi ahamiyati hamda xalqaro adabiy aloqalarning maqomi yoritilgan. Darslik Sharq va G‘arb adabiyotining antik davrdan bugungi kungacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlarini, adabiy oqimlar va janrlarning o‘ziga xos xususiyatlarini qamrab olib, oliy o‘quv yurtlari bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga mo‘ljallangan.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha mazkur darslikda iqtisodiyotning umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot nazariyasiga oid mavzular o‘rin olgan. Ayniqsa, iqtisodiyotning asosiy muammosi, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti, uning qonun-qoidalari va tartibga solish mexanizmlari rolini yoritishga alohida e’tibor qaratilgan. Darslik iqtisodiy yo‘nalishdagi barcha bakalavrlar uchun mo‘ljallangan.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
Mazkur darslik iqtisodiyotning umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti, makroiqtisodiyot va jahon xo‘jaligi kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan. Kitobda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanish strategiyasi, modernizatsiya jarayonlari, moliya, kredit, bank va pul tizimining o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, talabalarga iqtisodiy nazariya fanining nazariy va amaliy jihatlari, xususan, bozor munosabatlari va iqtisodiy madaniyatni shakllantirish masalalari yoritilgan. Darslik oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
Ushbu darslik iqtisodiyot nazariyasi fanining umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti, makroiqtisodiyot va jahon xo‘jaligi masalalarini qamrab olgan bo‘lib, bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan. Nashrda O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, tarkibiy o‘zgarishlar va diversifikatsiya qilish, shuningdek, bozor mexanizmlari, moliya, kredit va bank tizimlarining roli nazariy va amaliy jihatdan chuqur yoritilgan. Darslik mamlakatimizdagi islohotlar va jahon iqtisodiyotidagi zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda qayta ishlangan va to‘ldirilgan.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
Mazkur darslik bakalavrlarga mo‘ljallangan asosiy kurs tarzida yozilgan bo‘lib, bo‘lg‘usi mutaxassislarga kasb-korining qanday bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z faoliyatining iqtisodiy natijalarini bilishlariga, iqtisodiy hodisalar mohiyatini tushunish, sir-asrorlarini idrok etishlariga yaqindan yordam beradi. Shuningdek, «Iqtisodiyot nazariyasi» beradigan fundamental bilimlar bozor iqtisodiyoti sharoitida yashash va ishlash uchun unda yuz beradigan o‘zgarishlarni anglab, ularga moslashib borishga xizmat qiladi.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
Mazkur darslikda Respublika Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va oliy o'quv yurtlarida bakalavrlar tayyorlash davlat andozasi talabi asosida iqtisodiyot nazariyasi fani yoritilgan. Darslikda bozor iqtisodiyotining umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti, makroiqtisodiyot va jahon xo'jaligining rivojlanish bosqichlari kabi dolzarb masalalar Prezident Islom Karimov asarlari hamda respublika qonunlari asosida bayon etilgan. Qo'llanma barcha yo'nalishdagi bakalavrlar uchun mo'ljallangan bo'lib, iqtisodiy tafakkurni shakllantirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
-
IQTISODIY TAHLIL NAZARIYASI
Ushbu darslik 5230900 — «Buxgalteriya hisobi va audit» (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo‘lib, unda «Iqtisodiy tahlil nazariyasi» fanining nazariy va uslubiy asoslari bayon qilingan. Darslikda moliya-xo'jalik faoliyatini yurituvchi xo‘jalik subyektlarida iqtisodiy tahlilning tashkiliy va huquqiy asoslari, tahlilning fan sifatida shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlari, predmeti va vazifalari, turlari va shakllari, tahlil jarayonida qo‘llaniladigan usullar, tahlilda foydalaniladigan axborotlar va axborot texnologiyalarini qo‘llashning samarali yo‘nalishlari chuqur yoritib berilgan.
-
IQLIMSHUNOSLIK
Darslik universitetning gidrometeorologiya yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda iqlimning shakllanishiga ta'sir etuvchi fizik jarayonlar, iqlimshunoslikning umumiy masalalari, iqlim genezisi, iqlimlarning tasniflanishi, O‘rta Osiyo iqlimining geologik va tarixiy o‘tmishi, hamda zamonaviy iqlim o‘zgarishlari va ularning oqibatlari batafsil yoritilgan.
-
Interkulturelle Kommunikation: Interaktion, Fremdwahrnehmung, Kulturtransfer
Das vorliegende Lehrbuch bietet einen umfassenden und systematischen Überblick über die zentralen Konzepte und Problemfelder der interkulturellen Kommunikation. Hans-Jürgen Lüsebrink erläutert die theoretischen Grundlagen der Interaktionsanalyse, untersucht die Mechanismen der Fremdwahrnehmung und Stereotypisierung sowie die Dynamiken des Kulturtransfers. Das Werk verbindet kulturwissenschaftliche Perspektiven mit psychologischen und linguistischen Analyseansätzen, um die Komplexität interkultureller Begegnungen in einer globalisierten Welt verständlich zu machen. Mit zahlreichen Abbildungen und Grafiken veranschaulicht, bietet das Buch fundiertes Wissen für Studierende und Forschende in den Geistes- und Sozialwissenschaften und dient als unverzichtbares Nachschlagewerk für das Verständnis von Identität, Hybridität und interkulturellem Lernen.
-
INSON RESURSLARI SOTSIOLOGIYASI
Mazkur darslik 70311002 – Ijtimoiy tizim va jarayonlarning axborot psixologik xavfsizligi ta’lim mutaxassisligi (magistratura)da majburiy fanlar turkumiga kiruvchi “Inson resurslari sotsiologiyasi” fanidan ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan. Darslik ijtimoiy fanlar yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bakalavr, magistr talabalari hamda shu sohada ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar va ijtimoiy soha mutaxassislari foydalanishi uchun mo‘ljallangan. Unda ijtimoiy tizim va jarayonlarning axborot psixologik xavfsizligi inson resurslarini boshqarish tarmoq sotsiologiyasi tomonidan o‘rganiladigan dolzarb yo‘nalish sifatida ochib berilgan.
-
Inklyuziv ta’lim
Ushbu darslikda imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim sharoitida o‘qitishning mohiyati, inklyuziv ta’limni tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari hamda pedagogik-psixologik aspektlari yoritib berilgan. Shuningdek, inklyuziv ta’lim sharoitida eshitishida, ko‘rishida, aqliy va psixik rivojlanishida, nutqida, tayanch-harakat a’zolarida, autistik sohasida muammolari bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan davr talabiga mos pedagogik texnologiyalar keltirilgan. Darslikdan talabalar, o‘qituvchilar, maxsus pedagog-tyutorlar, tarbiyachilar, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarning ota-onalari korreksion va rivojlantirish ishlarida foydalanishlari mumkin.
-
INKLYUZIV TA'LIM. GOSPITAL PEDAGOGIKA
Mazkur darslik 4 ta modulga ajratilgan. Inkyuziv ta'limning metodologik va nazariy asoslari, ta'lim texnologiyalari, alohida ehtiyojlarga ega o'quvchilar xilma-xilligi hamda gospital pedagogika asoslari kabi muhim mavzularni qamrab olgan. Darslikda tibbiyot muassasalarida uzoq muddatli davolanayotgan bolalarning ta'lim olish imkoniyatlarini pedagogik qo'llab-quvvatlash hamda inklyuziv muhitni loyihalash masalalari yoritilgan.
-
INKLYUZIV TA'LIM. GOSPITAL PEDAGOGIKA
Ushbu darslik inklyuziv ta'limning nazariy va metodologik asoslarini, shuningdek, alohida ehtiyojli bolalar uchun ta'lim texnologiyalarini o'z ichiga oladi. Kitobda gospital pedagogika tushunchasi, xorijiy tajribalar va tibbiyot muassasalarida uzoq muddatli davolanayotgan bolalar uchun ta'lim muhitini yaratish hamda ularning ta'lim olish imkoniyatlarini pedagogik qo'llab-quvvatlash masalalari atroflicha yoritilgan.
-
Начертательная геометрия
В учебнике изложен материал по классическим основам начертательной геометрии, дано подробное изложение теории построения обратимых изображений трехмерного пространства-основных геометрических фигур, способов преобразования, способов решения позиционных и метрических задач.
-
Injenerlik obodonlashtirish va transport
Kitobda shaharsozlikda shaharni injenerlik va dekorativ obodonlashtirish elementlarini loyihalashtirishning asosiy tamoyillari, jumladan, shaharni injenerlik tayyorgarligi, transport tizimini tashkil etish, vertikal rejalashtirish, tashqi suvlarni qochirish, hududni sanitar tozalash, yer osti injenerlik tarmoqlari, ko'kalamzorlashtirish, yoritish va kichik me’moriy shakllar masalalari respublikamizning tabiiy-iqlimiy xususiyatlarini inobatga olgan holda bayon etiladi.
-
INFORMATIKA
Darslikda hozirgi zamon talablari asosida informatika fanining axborotlashtirish asoslari, informatikaning texnik asoslari, operatsion tizimlar, amaliy dasturlar, axborot texnologiyasi elementlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Mazkur darslik tegishli oliy o‘quv yurtlarining talabalariga mo‘ljallangan va shu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin. Darslikning maqsadi informatika fanining asosiy tushunchalarini berish, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini ko‘rsatish, informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyatini va imkoniyatlarini yoritib berish, axborot tizimlarini va texnologiyalarini ishlatish usullarini va yo‘llarini ifodalashdan iborat.