-
-
-
Avtomatika. Hisoblash texnikasi
-
-
-
-
-
Ommaviy kommunikatsiya. Jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Kontext B2: Deutsch als Fremdsprache - Kursbuch
Kontext B2 ist ein modernes Lehrwerk für Deutsch als Fremdsprache, das Lernende gezielt auf das Niveau B2 vorbereitet. Das Kursbuch bietet eine Vielzahl an abwechslungsreichen Inhalten, die verschiedene kommunikative Situationen aus Alltag und Beruf abdecken. Durch einen klaren Kapitelaufbau, integrierte Grammatikvermittlung, authentische Lesetexte und abwechslungsreiche Übungen werden die vier Fertigkeiten Lesen, Hören, Sprechen und Schreiben systematisch trainiert. Zudem umfasst das Material zahlreiche digitale Zusatzangebote wie Audios und Videos, die bequem über die Klett-Augmented-App abgerufen werden können, um den Lernerfolg zu maximieren.
-
Kontext: Deutsch als Fremdsprache B2
Kontext B2 ist ein modernes Lehrwerk für Deutsch als Fremdsprache, das Lernende gezielt auf das Niveau B2 vorbereitet. Das Kursbuch bietet eine klare Struktur mit motivierenden Einstiegsseiten, abwechslungsreichen Modulen zu verschiedenen Themenbereichen des Alltags und Berufslebens sowie eine systematische Grammatik- und Redemittelvermittlung. Mit zahlreichen Audio- und Videomaterialien, interaktiven Übungen auf der Lernplattform allango sowie gezielten Vorbereitungen auf Prüfungen wie das Goethe-Zertifikat B2 oder telc Deutsch B2 unterstützt das Werk den Lernprozess optimal und fördert die kommunikative Kompetenz in Wort und Schrift.
-
Kontext B1+ Deutsch als Fremdsprache Kursbuch
Kontext B1+ Deutsch als Fremdsprache ist ein modernes Lehrwerk, das Lernende auf dem Weg zum B1+ Niveau begleitet und dabei gezielt Fertigkeiten wie Lesen, Hören, Sprechen und Schreiben fördert. Durch abwechslungsreiche Themen, authentische Texte, landeskundliche Porträts sowie eine klare Grammatikübersicht bietet das Buch eine strukturierte Lernumgebung für den Alltag und Beruf. Dank der integrierten Audios, Videos und Online-Übungen wird ein interaktiver und abwechslungsreicher Unterricht unterstützt.
-
Konstitutsiyaviy huquq
Mazkur darslik oliy yuridik o'quv yurtlarining bakalavr bosqichi ta’lim standartlari asosida yaratilgan bo'lib, unda Konstitutsiyaviy huquq fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuzilishi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tuzilishiga mos keladi va 2023-yil 30-aprel kuni o'tkazilgan referendum natijasida qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan barcha o'zgartirish va qo'shimchalar e’tiborga olingan.
-
Konstitutsiyaviy huquq
Ushbu darslik oliy yuridik o‘quv yurtlarining bakalavr bosqichi ta’lim standartlari asosida yaratilgan bo‘lib, konstitutsiyaviy huquq fanining nazariy va amaliy asoslarini qamrab oladi. Kitobda konstitutsiyaviy tuzum asoslari, shaxsning huquqiy holati, davlat tuzilishi va hokimiyatni tashkil etish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq yoritilgan. Darslik yuridik yo‘nalishdagi talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar va huquq normalarini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi.
-
Kompyuterli va raqamli texnologiyalar
O'quv qo'llanmada raqamli texnologiyada qo'llaniladigan sonlar tizimi, razryad og'irligi, raqamli texnikaning asosiy mantiqiy elementlari va ularning kombinatsiyalari, ular asosida sxemalar yig'ish va ularni soddalashtirish usullari va boshqa elementlari keltirilgan. Kompyuter texnologiyasi bo'yicha ularning tuzilishi va elementlarining asosiy vazifalari, axborot texnologiyasi va tizimlari haqida, yo'nalishning andozaviy-dasturiy vositalari hamda elektromexanik tizimlarni avtomatik boshqarish tizimlarini hisoblash va tadqiqot qilish uchun sonli metodlar hamda maxsus dasturlar majmuasi usullari ko'rib chiqilgan.
-
Kompyuter lingvistikasi
Mazkur darslik bakalavriat bosqichi talabalari, magistrantlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar hamda o‘qituvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda kompyuter lingvistikasi yo‘nalishining mohiyati, asosiy masalalari yoritilgan, shuningdek, fanga oid terminlar va tayanch tushunchalar izohi keltirilgan.
-
Kompyuter grafikasi
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining 5130200 – “Amaliy matematika va informatika” bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Darslikda raqamli tasvirlarni kompyuter xotirasiga kiritish, qayta ishlash hamda saqlash bilan bog‘liq algoritm va metodlar keltirilgan. Shuning bilan birga darslikda rastrli, vektorli, fraktal hamda uch o‘lchovli grafikaning asosiy tushunchalari keltirilgan bo‘lib, jumladan, grafik dizayn, CorelDraw vektor grafikasi, PhotoShop rastr grafikasi dasturida ishlash asoslari, 3D Maxda animatsiyalar yaratish hamda Adobe Flash dasturiga doir amaliy topshiriqlar yoritib berilgan.
-
Информационные технологии в искусстве
Данное учебное пособие предназначено для студентов 2 курса бакалавриата всех направлений Государственного института искусств и культуры Узбекистана, обучающихся по очной и заочной формам обучения.
-
Kasb mahorati
Ushbu darslik "Ovqat tayyorlash texnologiyasi" yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, kasbiy mahoratni oshirish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifat ko'rsatkichlarini aniqlash, texnologik jarayonlarni ilmiy asosda o'rganish hamda taomlarga estetik va sifat jihatdan ishlov berish san'atini qamrab oladi. Darslikda mustaqil ishlar, interfaol metodlar, taomlar va salatlar assortimentini kengaytirish, yangi mahsulot turlarini yaratish va ularni reklama qilish bo'yicha nazariy hamda amaliy tavsiyalar keltirilgan.
-
Kartashunoslik
Ushbu darslik oliy ta'lim muassasalarining 5311500 — «Geodeziya, kartografiya va kadastr» yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalariga mo'ljallangan bo'lib, unda kartografiya va geografik kartalar, kartalarning matematik asos, kartografik belgilar va kartografik tasvirlash usullari, kartografik generalizatsiya hamda uning mohiyati va omillari, generalizatsiya turlari, shuningdek geografik karta va atlaslarning ta'rifi, tasnifi, turlari, tiplari, ularni loyihalash va tuzish, bunda zarur bo'lgan manbalar, tuzilgan kartalardan foydalanish, ular orqali geografik tadqiqotlar olib borish, kartografiyaning geoinformatika hamda telekommunikatsiya tarmoqlari bilan aloqalari bayon qilingan. Darslikda kartografiyaning rivojlanish tarixi atroflicha ko'rib chiqilgan.
-
Jurnalistikaga kirish
Darslikda jurnalistikaning, xususan, o‘zbek jurnalistikasining paydo bo‘lishi, rivojlanishi, hozirgi zamon sharoitida uning tutgan o‘rni, jurnalistika janrlari, uning erkinlashishi, ommaviy axborot vositalarining tasnifi va tarkibi, jurnalistikaning jamiyat hayotidagi faoliyati o‘rganiladi. Kitob jurnalistika fakultetlari talabalari va shu sohaga qiziqqanlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ikki qismdan: Umumiy tushunchalar va Publitsistika qismlaridan iborat.
-
Jismoniy tarbiya va sport menejmenti
Darslikda O‘zbekistonda birinchi marta zamonaviy sport tashkilotlarining boshqaruv tizimlarini tashkillash asoslari ko‘rilgan, sport menejmenti funksiyalari, boshqaruv usullari va jamoani boshqarish, O‘zbekiston va jahon miqyosida har bir bo‘g‘inlardagi sport harakati rivoji masalalari ochib berilgan. Sport marosimlari menejmenti, xalqaro sport va olimpiya harakatlarining boshqaruv muammolari, sport boshqaruvidagi muvaffaqiyatli faoliyat darajasiga erishish bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlar ko‘rilgan. Darslik O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya institutining Jismoniy tarbiya va Sport menejmenti va turizm kafedrasida davlat standarti va Sport menejmenti fanining tayanch dasturi asosida tayyorlangan.
-
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
Darslik jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning nazariy asoslari, rivojlanish tendensiyalari, jahon bozori, xalqaro savdo, kapital harakati, valyuta tizimlari, xalqaro migratsiya va iqtisodiy integratsiya masalalarini qamrab oladi, shuningdek, talabalarga ushbu sohada fundamental bilimlar va tahlil ko'nikmalarini shakllantirishga mo'ljallangan.
-
Jahon adabiyotshunosligi tarixi
Jahon adabiyotshunosligi tarixi va uning shakllanish manbalari hamda taraqqiyot tamoyillarini o'rganuvchi ushbu darslikning birinchi jildi qadimgi davrlardan G'arb Uyg'onishi manbalariga qadar yaratilgan risola, tazkira va boshqa adabiyotshunoslik janrlari asosida tartiblandi. Mazkur darslik magistratura bosqichi talabalari, filolog-mutaxassislar va adabiyotshunoslik tarixi bilan qiziquvchi kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Jahon adabiyoti
Ushbu darslik jahon adabiyoti fani uchun tuzilgan namunaviy dastur asosida yaratilgan bo‘lib, unda jahon adabiyotining millat hamda jamiyat ravnaqidagi o‘rni, badiiy asarni chuqur anglash, tahlil va tadqiq etish, jahon adabiyoti durdonalarining jamiyat ijtimoiy hayotidagi ahamiyati hamda Sharq va G‘arb sivilizatsiyalarining o‘zaro ta’siri yoritilgan. Darslik universitetlar va pedagogika institutlari filologiya, jurnalistika fakulteti bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga mo‘ljallangan.