-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Bovari xonim
Gustav Floberning eng katta romani - Bovari xonim. fransuz adabiyotining eng mashhur asarlaridan biridir. Bosh qahramon - Emma Bovarining hayoti, turmush tarzi, orzu-istaklari va nihoyat fojiasi haqida hikoya qiladigan ushbu roman aslida nafaqat o‘sha davr, balki hoy-u havasga berilgan ayolning hamma zamon va bar makonlardagi fojiasidir. Emma nomunosib turmush yoki taqdirning noloyiq jufti sabab o‘z hayotini o‘zgartirish va o‘zicha go‘zal hayot qurish sari intiladi. Boy va kelishgan xushtor ayolga qanchalik baxt bera oladi yoki qadrli va sevikli bo‘lish uchun er qanday fazilat va imkoniyatlarga ega bo‘lishi lozim? Taqdir yo‘rig‘iga rozi bo‘lmagan inson o‘z hayotini qanchalik o‘zgartira oladi? Yoki taqdir insonga qanchalik bog‘liq? Bovari xonim timsolida yengil hayot va qiyinchiliksiz farog‘atdan bahramand bo‘lish istagi insonni oxir-oqibat fojiaga, hatto butun oilasining tanazzuliga sabab bo‘lishi yorqin tasvirlarda ifodalanadi.
-
Tanlangan asarlar
Taniqli shoir va dramaturg Usmon Azimning ushbu kitobiga uning navqironlik paytida yozilgan, xalqimiz tomonidan hali-hanuz e’zozlab kelinayotgan she’rlari, dostonlari kiritilgan bo‘lib, unda Vatan madhi, sevgi-muhabbat, sadoqat, odamiylik kabi insoniy tuyg‘ular tarannum etiladi.
-
Sharqiy ekspressdagi qotillik
Agata Kristi bir necha marta muhtasham «Sharqiy ekspress» poyezdida sayohat qilgan. 1931 yilning dekabrida Turkiyadan Angliyaga qaytishi, ayniqsa, esda qolarli bo‘lgan, chunki sayohat davomida ob-havo yomonligi tufayli ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelgan. Yana bir hodisa - 1929 yil yanvarida «Sharqiy ekspress» qor bo‘roniga uchrab, olti kun to‘xtab qolgani ham asar g‘oyasiga turtki bergan. Bundan tashqari, 1932 yilning martida taniqli amerikalik uchuvchi Charlz Lindbergning bolasi o‘g‘irlab ketilishi roman syujetiga asos bo‘lgan. Roman ilk bor 1934 yil 1 yanvarda Buyuk Britaniyada nashrdan chiqqan. 2015 yilda Kristi ijodi muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, «Sharqiy ekspressdagi qotillik» ommabopligi jihatidan «O‘nta negr bolasi»dan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallaydi. Asar Amerikada «Barcha davrlardagi 100 ta eng yaxshi detektiv roman» ro‘yxatiga kiritilgan.
-
Mukammal xotira 2
Орамизда кучли хотирага эга бўлишни истамайдиган киши топилмаса керак. Дарҳақиқат, хотира инсон муваффақиятларининг калитидир. Ушбу китоб айнан ана шу калитни қўлингизга тутқазувчи ноёб маълумотларга бой. Хотирани мустаҳкамлаш борасидаги жаҳон тажрибаси билан омихта қилинган машғулотлар билан мунтазам шуғуллансангиз, тасаввурингиз кенгайиб, эслаб қолиш қобилиятингиз ошиб бораверади. Бу ишда китобдаги тавсилар яқиндан ёрдам беради. Китоб кенг ўқувчилар оммаси учун мўлжалланган.
-
Ritorika notiqlik sanati
So‘z – insonning eng kuchli quroli degan edi mashhur faylasuf Aristotel. Insondagi hech bir narsa so‘zchalik kuchli taʼsir kuchiga ega emas. So‘z bo‘lganda ham har qanday so‘z emas, balki badiiy, adabiy til meʼyorlariga amal qilgan so‘zlar uni mahorat bilan go‘zal tarzda yetkazib beruvchi notiq tilida dunyodagi eng dahshatli texnik quroldan ham katta kuchga ega bo‘ladi. Insonlarning fikrlarini o‘zgartirish, ularning qalbiga osonlikcha yo‘l topish uchun notiq bo‘lish kifoya. Ushbu kitob orqali notiqlik sanʼatining sir-u asrorlaridan boxabar bo‘lasiz. Unda omma qarshisida nutq so‘zlashda nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi, kiyinish madaniyatidan tortib o‘zini qanday tutishgacha bo‘lgan bilimlar aks etgan. Kitob o‘z nutqini rivojlantirish istagida bo‘lganlar, jurnalistika sohasi vakillari, qolaversa, jamiyatning barcha qatlami uchun umumiy va foydadan xoli emas. Qaysi soha vakili bo‘lishingizdan qatʼiy nazar hozir qo‘lingizda ushbu kitob bor bo‘lsa, demak, siz muvaffaqiyat sari ilk qadam tashladingiz. Jamiyatda o‘rningizni mustahkamlash, yuksak marralarni egallash istagingiz bo‘lsa, “Ritorika” kitobi doimiy hamrohingiz bo‘lsin. Omad!
-
Alibaba. Jek Ma bunyod etgan maskan
"Alibaba: Jek Ma bunyod etgan maskan" - oddiy ingliz tili o‘qituvchisi qanday qilib dunyodagi eng qimmat kompaniyalardan birini yaratgani va jahon iqtisodiyotini o‘zgartirib yuborgani haqida hikoya qiladi. Kitobda “Alibaba” kompaniyasining dunyoga kelishi va misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatga erishishida nafaqat Jek Madagi ishtiyoq, qatʼiyat, tap tortmaslik, xarizma, kirishimlilik va boshqa xislatlar, balki o‘sha davrda shakllangan qulay muhit, raqiblarning jiddiy xatolari, Xitoyning o‘ziga xos siyosati kabi boshqa omillar ham muhim rol o‘ynagani yoritilgan. Shuningdek, Jek Maning muvaffaqiyatga erishish qoidalari va ularning tatbiqi ham tasvirlangan. Kitobni o‘qir ekansiz, “Alibaba” kompaniyasining oyoqqa turishi bilan bir qatorda, Xitoy iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni, inqilobiy islohotlar, xitoy tadbirkorlari va xalqining bozor iqtisodiyoti uchun kechgan og‘ir hamda matonatli kurashiga ham guvoh bo‘lasiz.
-
Pul psixologiyasi yohud boylik, ochko‘zlik va baxt hakida eskirmas saboqlar
Morgan Hauzelning «Pul psixologiyasi» kitobi pul bilan bo‘lgan munosabatingizni tom maʼnoda o‘zgartirib yuborishga qodir degan umidda sizga ushbu asarni tortiq etmokdamiz. Asarni mutolaa qilar ekansiz, pulni samarali boshqarishda moliyaviy yoki matematik bilimlar emas, kishining xulq-atvoriyu turli keskin pallalarda o‘zini qanday tutishi muhimroq rol o‘ynashi kundek oydinlashib boraveradi. Qolaversa, kitobda sizga doimiy hamrohlik qiladigan boylikka tejamkorlik, kamtarlik va ehtiyotkorlik singari insoniy xislatlar bilan erishilishi hayotiy dalillar va o‘rinli misollar bilan isbotlab berilgan. Umid qilamizki, ushbu asar butun o‘zbek kitobxonlari uchun foydali manbaga aylanadi.
-
Late omili
Ойликдан ойликкача яшашдан чарчадингизми? Молиявий эркин бўлишни истайсиз, аммо ишни нимадан бошлашни билмайсизми? Агар шундай бўлса, унда «Латте омили»ни ўқишингиз керак. Бадавлат бўлмай туриб ҳам бой яшаш мумкинми? Албатта, мумкин. Бунинг учун маошингизни оширишларини, лотереяга ютуқ чиқиши ёки кутилмаган хазина топиб олишни кутишга ҳожат йўқ. Кўпчилик бир умр бошқаларни бой қилиш учун ишлаганини жуда кеч тушунади. Натижада ўзини ҳеч қачон бадавлат бўлолмайдиган муҳтож одамдек ҳис этиб, барча истакларини ноаниқ муддатга ортга суради... Ушбу китоб қаҳрамони ҳам «Қурбим етмайди» дея кўп нарсада, ҳатто орзуларида ҳам ўзига чекловлар қўйган. У тасодифан танишиб қолган кекса бариста эса қизга ўзи ўйлаганидан анча бадавлатроқ эканини тушунтириб беради.
-
Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari
Ishda, oʻqishda diqqatingizni jamlay olmaysizmi? Doim Telegram, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar sizni chalgʻitadimi? Demak, AQShlik professor Kel Nyuportning maslahatlari aynan siz uchun. Diqqatni jamlab, chalgʻimasdan oʻz faoliyati bilan shugʻullanish muammoga aylangan zamonda professor oʻzining ilmiy asosga ega maslahatlari bilan sizga yordamga keladi.
-
Alkimyogar
Одамзоднинг бу дунёдаги яккаю ягона, олий вазифаси – ўз тақдирини рўёбга чиқаришга эришувидир... Барча одамлар ёшлик пайтларида ўз тақдирларини биладилар... Аммо фурсат ўтиши билан сирли бир куч уларни ўз тақдирларини рўёбга чиқариш имконсиз эканлигига ишонтира боради. Бу сирли қудрат инсон зотига ғанимдай туюлади, аслида эса ўз тақдирини қандай рўёбга чиқариш йўлини худди ана шу қудрат кўрсатиб беради. У инсоннинг руҳини ва эркини ўша буюк вазифага тайёрлайди. Бу курраи заминда олий бир ҳақиқат мавжуд: қачонки сен ниманидир астойдил истасанг, албатта унга эришасан, чунки бундай истак Оламнинг Руҳида дунёга келган бўлади. Сен ер юзида худди ана шунинг учун яратилгансан. “Алкимёгар” романи замиридаги ушбу ҳикмат ўтмишда ўтган ёхуд ривоят қаҳрамони бўлган кимнингдир қаётигагина тааллуқли эмас, бу сизу биз учун ҳам, биздан кейингилар учун ҳам ўтилажак йўлдир. Балки бугун бу китобнинг дунёдаги 120 мамлакатда севиб ўқилаётгани ҳам, Пауло Коэлонинг дунёнинг энг машҳур ёзувчисига айлангани ҳам бежиз эмасдир. “Алкимёгар” ҳақида гапирганда Ричард Бахнинг “Жонатан исмли чақалай”, “Тасаввурлар” ёки Экзюперининг “Кичик шаҳзода” сингари эртак-ривоятларини эсламасликнинг сира ҳам иложи йўқ. Аммо “Алкимёгар” уларнинг ҳеч бирига ўхшамайди.
-
Baxtli bo'lish sirlari
Inson borki, hayotda turli muammolar bilan yuzlashadi, baʼzan ular qarshisida ojiz qoladi. Shunday paytda dardlashadigan, boringni to‘kib-soladigan, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan hamdardga ehtiyoj sezasan. Biroq dardingni jon-qulog‘i bilan tinglab, sirlaringni saqlaydigan, ayniqsa, to‘g‘ri maslahat berib, yo‘l yo‘riq ko‘rsatadigan do‘stni topish amrimahol. Dunyodagi eng ko‘p sotilgan psixologik kitoblarning mashhur muallifi Mrinal Kumar Guptaning ilk marotaba o‘zbek tiliga tarjima qilingan «Baxtli bo‘lish sirlari» kitobi siz uchun sirdosh va yaxshi maslahatchi bo‘la oladi. Oson va tushunarli tilda yozilgan, hayot sinovlaridan o‘tgan ushbu maslahatlar to‘plamini o‘qishingizni tavsiya qilamiz. Tarjimon: Dilafro‘z Ahmadaliyeva
-
Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari
Nega ayrim mamlakatlar farovonroq yashaydi? “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” mualliflari ushbu savolga ishonchli va izchil asoslangan yangi nazariya bilan javob berishga bel bog‘lagan: farovonlik sababi iqlim, geografiya yoki madaniyat emas, balki mamlakatdagi institutlardir. Qadimgi Rim va tyudorlar davridan to zamonaviy Xitoygacha bo‘lgan tarixiy va zamonaviy misollarga tayangan yetakchi olimlar – Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms A. Robinsonning taʼkidlashicha, kuchi va mablag‘ini tikishi uchun odamlar qattiq mehnat qilsa, boyishi mumkinligiga ishonishi zarur, bu esa innovatsiyaga rag‘bat, barqarorlik va tinchlikni taʼminlovchi ishonchli institutlar demakdir. Kitob mualliflari o‘zlarining o‘n besh yillik tadqiqotlariga asoslanib, Maks Veberdan to Jeffri Saks hamda Jared Daymondgacha bo‘lgan qator olimlarning nazariyalariga javob berdi.
-
Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet do‘kon tarixi
• Ishdan boʻshash uchun yangi xodimlarga katta pul taklif qiling • Mijozlarga xizmat koʻrsatishni faqat bir boʻlim emas, balki butun kompaniya masʼuliyatiga aylantiring • №1 ustuvor vazifa sifatida korporativ madaniyatiga eʼtibor qarating • Biznesni yuritishda baxt ilmidan olingan tadqiqotlarni qoʻllang • Xodimlarga shaxsiy va kasbiy jihatdan oʻsishiga yordam bering • Dunyoni oʻzgartirishga intiling • Va pul ishlang. . . Gʻayritabiiy eshitilyaptimi? Bu har yili 1 milliard dollardan ortiq yalpi tovar sotuvini amalga oshiruvchi onlayn-riteyler Zapposdagi standart ish tartibi. 2009-yilda Fortune jurnalining yillik “Ishlash uchun eng yaxshi kompaniyalar” roʻyxatida eng yuqori oʻrinni egallagandan soʻng Zappos Amazon tomonidan yopilish kunida qiymati 1,2 milliard dollardan ortiq boʻlgan shartnoma asosida sotib olindi. “Baxt yetkazish” asarida Zappos bosh direktori Toni Shey LinkExchange, Zappos va boshqalar orqali chuvalchang yetishtirish fermasidan tortib pizza biznesini yuritishgacha boʻlgan biznes va hayotda olgan turli saboqlari bilan oʻrtoqlashadi. Bir nafasda oʻqib chiqiladigan ushbu kitob korporativ madaniyat muvaffaqiyat kaliti ekanligi, atrofingizdagi insonlarga baxt ulashish orqali yanada baxtliroq boʻlishingiz mumkinligini koʻrsatadi. Kitob “New York Times” hamda “Wall Street Journal”ning bestseller asarlar roʻyxatidan joy olgan.
-
Маркетинг А дан Я гача. Ҳар бир тадбиркор ва менеджер билиши зарур бўлган 80 та концепция
Маркетинг отаси деб тан олинган жаҳонга таниқли мутахассис Филип Котлернинг мазкур китоби миллионлаб раҳбарлар ва маркетинг бўйича мутахассисларнинг столи устида турадиган бўлди. Унда ҳозирги замон шароитларида компанияларнинг муваффақияти учун зарур бўлган самарали маркетингнинг 80 та концепцияси жуда қисқа ва лўнда қилиб баён этилган. Бу китоб нафақат вақтлар синовидан ўтган маркетигнинг классик усуллари ҳақида балки кейинги йилларда фойдаланилаётган инновацион ишланмалар ҳақида ҳам энг яхши тажрибаларни беради. Ушбу китоб барча даражадаги маркетинг бўлими menedjerlari, бизнесменлар, шунингдек, талабалар учун мўлжалланган.
-
SOS! Savol ortidagi savol
Odamda masʼuliyat hissi boʻlmasligi aybni birovga toʻnkash, oʻzini jabrdiyda his etib norozi boʻlish, oxir-oqibat ishni ortga surishga sabab boʻladi. Shaxsiy javobgarliksiz hech bir kompaniya yoki inson erkin bozorda muvaffaqiyatli raqobatlashishi, oʻz oldiga qoʻygan maqsad-vazifalariga erishishi, mukammal xizmat koʻrsatishi, ajoyib jamoaviy ishda qatnashishi va odamlarni professional oʻstirishi ehtimoldan juda yiroq. Jon G. Millerning fikricha, kompaniyalar jabr koʻrayotgan bu muammolarni kimnidir ayblash orqali hal qilib boʻlmaydi. Masalaning chinakam yechimi har birimiz shaxsiy javobgarlikni his etganimizdagina topiladi. Miller oʻzining ushbu kitobida “Nima uchun hammasini biz bajarishimiz kerak?” yoki “Aybdor kim oʻzi?” singari salbiy va notoʻgʻri berilgan savollar odamlarda masʼuliyat yetishmasligidan darak beradi, deydi. “Vaziyatni yaxshilash uchun nima qila olaman?” yoki “Men qanday hissa qoʻshishim mumkin?” kabi toʻgʻri savollar esa hayotimiz va jamoamizni ham oʻzgartirib yuboradi. Qisqa, tushunarli va amaliy, “SOS! Savol ortidagi savol” ajoyib natijalarga olib kelishi mumkin boʻlgan kundalik hayotga shaxsiy javobgarlikni qoʻllash usulini taqdim etadi: muammolar hal qilinadi, toʻsiqlar yoʻqoladi, xizmat yaxshilanadi, jamoaviy ish samarasi ortadi va odamlar oʻzgarishlarga moslashadi.
-
Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar
Yosh bo‘lishiga qaramay, millionlab turk kitobxonlari mehrini qozonib ulgurgan Mirach Chag‘ri Oqtoshning ushbu kitobi ilk bor o‘zbek tiliga o‘girilib, o‘quvchilar hukmiga taqdim etilmoqda. Mazkur asarida muallif muqaddas Qurʼoni Karimdagi suralar, payg‘ambarlar hayotidan ibratli voqealardan misollar, jahonga tanilgan ko‘plab mutafakkirlar, donishmand allomalarning purmaʼno fikrlaridan iqtiboslar keltirib, falsafiy mushohada yuritadi. U insonlarni ezgulikka, xayr-u saxovat ko‘rsatishga, doimo yaxshilik qilish va kek saqlamaslikka chorlab, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi; hayotdagi qiyinchiliklar Allohning bir sinovi ekani, ular oldida esankiramay, muammolarga yechim izlash, doimo olg‘a intilish zarurligini uqtiradi, o‘quvchida shukronalik tuyg‘ularini uyg‘otadi. Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.