-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Ommaviy kommunikatsiya. Jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari
-
O‘ZBEKISTON TARIXI
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis bakalavr bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mamlakatimizdagi eng qadimgi davrdan hozirgi vaqtgacha bo‘lgan tarixiy jarayonlarni qamrab oladi. Mazkur darslik mustaqillik yillarida olib borilgan tadqiqotlarning umum e’tirof etilgan natijalari bilan boyitilgan, fan bo‘yicha innovatsiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etilganligi bilan ilgarigi o‘quv adabiyotlaridan farq qiladi. Darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 14-iyundagi 531-sonli buyrug‘iga asosan tavsiya etilgan hamda zamonaviy talablarga javob beradigan ilmiy asoslangan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
-
O‘zbekiston tarixi
Darslikda Vatanimizning qadim zamonlardan to hozirgi davrgacha o‘tgan bir necha ming yillik tarixi oliy o‘quv yurtlari uchun tavsiya etilgan o‘quv dasturi talablari doirasida yoritilgan. Unda O‘zbekiston insoniyat sivilizatsiyasining qadim o‘choqlaridan biri ekanligi, o‘zbek davlatchiligining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, Buyuk ipak yo‘lining ahamiyati, Amir Temur davri, Turkistonning mustamlakachilik davri hamda mustaqillik yillaridagi tarixiy taraqqiyot yo‘li yoritilgan. Darslik talabalar va O‘zbekiston tarixiga qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.
-
O'zbekiston tarixi. II kitob
Oliy o‘quv yurtlari tarix fakultetlari talabalari uchun mo‘ljallangan ushbu «O‘zbekiston tarixi» darsligining II kitobi mamlakat tarixining XIV asr o‘rtalaridan XIX asrning ikkinchi yarmiga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, mustaqillik yillarida olib borilgan tadqiqotlarning umume’tirof etilgan natijalari bilan boyitilgan va fan bo‘yicha innovatsiyalarni o‘z ichiga oladi.
-
O‘ZBEKISTON TARIXI
O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari tarix fakultetlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda O‘zbekiston tarixi eng qadimgi davrlardan boshlab XIV asrning o‘rtalariga qadar bo‘lgan davrni qamrab oladi. Mazkur darslik mustaqillik yillarida olib borilgan tadqiqotlarning umume’tirof etilgan natijalari bilan boyitilgan, fan bo‘yicha innovatsiyalar o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan. Darslikdan magistrlar, izlanuvchi-tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va tarixchi olimlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Mikrobiologiya va mikrobiologik tekshirish usullari
Darslikda yuqumli kasalliklarga sababchi bo'lgan mikroorganizmlarning barcha xossalari, ularning tashxis usullari yoritilgan.
-
O‘zbek tilining amaliy uslubiyati
Ushbu darslik oliy ta’lim muassasalarining filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz, nemis, ispan, fransuz) ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan. Unda hozirgi o‘zbek adabiy tilining bo‘limlari va ularning uslubiy imkoniyatlari ilmiy va nazariy jihatdan olingan matnlar va terma misollar asosida tahlil etilgan. Tilning vazifaviy uslublari, ularning uslubiy imkoniyatlari bo‘yicha nazariy ma’lumot hamda amaliy mashg‘ulotlarga tahlil uchun matnlar taqdim qilingan. Nazariy bilimlarni mustahkamlovchi testlar va muammoli vaziyat matnlari kiritilgan. Shuningdek, talabalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga qaratilgan “So‘z xususida so‘z” rukni asosida so‘z ma’nolarini tahlil etish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berilgan.
-
O‘ZBЕK TILINING АMАLIY USLUBIYATI
Ushbu darslik оliy tа’lim muаssаsаlаrining filоlоgiya yo‘nаlishidа tahsil olayotgan bаkаlаvr tаlаbаlаrgа mo‘ljаllаngаn bo‘lib, hоzirgi o‘zbеk аdаbiy tilining bo‘limlаri vа ulаrning uslubiy imkоniyatlаri ilmiy vа nаzаriy jihаtdаn оlingаn mаtnlаr vа tеrmа misоllаr аsоsidа tаhlil qilinadi. Tilning vazifaviy uslublari, ularning uslubiy imkoniyatlari bo‘yicha nazariy ma’lumotlar hamda amaliy mashg‘ulotlar uchun matnlar jamlangan, shuningdek, talabalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga qaratilgan qo‘shimcha topshiriqlar ham o‘rin olgan.
-
O‘zbek tili
Ushbu darslik o‘zbek tilini intensiv ravishda sodda gap qurilmalaridan murakkab grammatik shakllargacha kompleks o‘rgatish asosida yozma va og‘zaki nutqni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Unda xorijiy tillarni o‘qitish tajribalaridan ijodiy foydalanilgan hamda o‘zbek tilini chet elliklarga o‘qitishning noan’anaviy usullari qo‘llanilgan. Undagi materiallar til bilish bo‘yicha A2 darajasiga to‘liq mos keladi. Mazkur darslik oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek tilini o‘rganayotgan xorijlik talabalari va o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan.
-
O‘ZBEK TILI
Mazkur adabiyot ta'lim qoraqalpoq tilidagi guruhlarda sirtqi va kechki ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Uning tuzilishi va tarkibi kundalik turmushda, ijtimoiy-madaniy, rasmiy-idoraviy sohalarda, mehnat faoliyatida o‘zbek tilining kommunikativ imkoniyatlaridan foydalanishga qo‘yiladigan talablarga mos keladi. Darslik Qoraqalpog‘istonda o‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘qitishning ko‘p yillik pedagogik tajribasini umumlashtiradi.
-
O‘zbek tili
Mazkur darslik oliy ta'lim bakalavr yo'nalishlarining ta'lim qardosh tillarda olib boriladigan guruhlarida tahsil olayotgan talabalarga o'zbek tili (davlat tili)dan saboq berishga mo'ljallangan bo'lib, o'zbek tilining lisoniy boyliklari, grammatik qurilishi, nutq tuzilishi va uslublarini, shuningdek ish yuritishning rasmiy vositalarini bayon qiladi hamda Vatanimizning tabiati, iqlimi, qazilma boyliklari, aholisi, tarixi, urf-odatlari, milliy qadriyatlari va san'ati haqida ma'lumotlar berib, talabalarda Vatanparvarlik hissini shakllantirishga xizmat qiladi.
-
O‘zbek tili
“O‘zbek tili” darsligi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Darslik iqtisodiyot oliy o‘quv yurtlarining bakalavr bosqichi umumiy guruh talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv yili davomida olib boriladigan mavzularni o‘z ichiga oladi. Har bir dars matnlar, grammatik materiallar, mavzuni o‘zlashtirish va mustahkamlash uchun yo‘naltirilgan topshiriqlar, pedagogik texnologiyalar bilan boyitilgan. Darslikda talabalarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish maqsadida rus tilida ham matnlar va topshiriqlar berilgan.
-
Oila va gender sotsiologiyasi
Mazkur darslik “Oila va gender sotsiologiyasi” fanining namunaviy va ishchi dasturi asosida yozilgan bo`lib, unda Respublikamizda oilalarni qo`llab-quvvatlash, xususan oilalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta‘minlash, ijtimoiy-siyosiy sohalarda ayollarning rolini oshirish, nikoh va oilaning paydo bo`lishi, rivojlanishi va vazifalarini bajarish kabi masalalar o`z aksini topgan.
-
Oila huquqi
Ushbu darslikda oila huquqining umumiy va maxsus qismlari, jumladan, oila, oila huquqi tushunchasi, nikoh, er va xotinning huquqiy munosabatlari, ota-onalar va bolalarning huquq va majburiyatlari, aliment majburiyatlari, shuningdek, oila huquqining yangi institutlari, xususan, nikoh shartnomasi va uning ahamiyati yoritilgan.
-
Hisob (Calculus)
Ushbu darslik Jizzax politexnika instituti hamda uning bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, “Hisob(Calculus)” fani materiallarini to'la qamrab oladi. Jumladan, darslikda komleks sonlar nazariyasi, sonli va funksional ketma-ketliklar, differensial hisob, integral hisob, sonli va funksional qatorlar, ko'p o'zgaruvchili funksiyalar, ikki va uch karrali integrallar, egri chiziqli va sirt integrallari boblari yoritib berilgan. Shuningdek, har bir mavzuning texnikada, iqtisodiyotda, tibbiyotda, ijtimoiy olam va boshqa ko'plab sohalardagi amaliy tatbiqlari asoslab berilgan.
-
Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik
Mazkur darslikda axborot-psixologik xavfsizlik muammolari, xalqaro axborot maydonidagi axboriy kurashning murakkab xususiyatlari, ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladigan manipulyativ usullar hamda shaxs, jamiyat va davlatni axborot xurujlaridan himoya qilishning usul va uslublari keng yoritilgan. Darslik oliy o’quv yurtlari gumanitar yo’nalishlari bakalavrlari hamda keng kitobxonlar ommasi uchun mo’ljallangan bo’lib, unda axborot asrining mohiyati, axborot muvozanatsizligi va O’zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari tahlil etilgan.
-
Netzwerk neu B1
Netzwerk neu B1 ist ein modernes Lehrwerk für Deutsch als Fremdsprache, das Lernende gezielt auf das Niveau B1 vorbereitet. Es zeichnet sich durch eine klare Struktur, abwechslungsreiche Aufgaben und eine konsequente Vermittlung von Sprachkompetenzen aus. Das Kursbuch fördert die aktive Anwendung der Sprache durch kommunikative Ansätze, integrierte Audios und Videos sowie authentische Materialien aus dem deutschsprachigen Raum. Mit Fokus auf Grammatik, Wortschatz und Landeskunde bietet es eine solide Basis für den Lernerfolg in verschiedenen Kontexten.