-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Ixtisoslikka kirish (Yunon rum) 1-2-qism
Mazkur o‘quv qo‘llanma “Yunon-rum kurashi ixtisoslikka kirish” fanidan universitet bakalavriat bosqichi talabalarini tayyorlashga qo‘yilgan talablarga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, u yunon-rum kurashi yo‘nalishida tahsil olayotgan sirtqi hamda kunduzgi ta’lim shaklidagi talabalar uchun nazariy kurs sifatida majburiy o‘quv manbasi hisoblanadi. Unda ushbu sport turining nazariy, metodik va amaliy asoslari keng yoritilgan bo‘lib, ixtisoslik yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar uchun o‘z bilimlarini chuqur o‘zlashtirish va kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish imkonini beradi. Talabalardan fanning nazariy va metodik jihatlarini puxta o‘zlashtirish, o‘qitish jarayonida metodik yondashuvlarni to‘g‘ri qo‘llay olish, kasbiy madaniyat, bilimdonlik, intizom, joziba va axloqiy poklik kabi fazilatlarni egallash talab etiladi. Mavzularni ijodiy tahlil asosida o‘rganish, olingan nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llash bo‘lajak mutaxassislarga sport sohasida mustaqil izlanishlar olib borish, o‘z tajribasini takomillashtirish va zamonaviy talablarga mos natijalarga erishish imkonini yaratadi.
-
ELEKTROTEXNIKA VA ELEKTRONIKA ASOSLARI
Ushbu qo'lanma kasb-hunar kollejlarining barcha yo‘nalishlari uchun tuzilgan Davlat ta'lim standartlari o‘quv dasturi asosida va „Elektrotexnika va elektronika asoslari" predmeti kasb-hunar kollejlarining elektroenergetika asosiy bo'lmagan yo'nalish va mutaxassisliklari o‘quv dasturlariga muvofiq yozilgan. Qo'llanma kasb-hunar kollejlarining talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Shifokorninig nutq madaniyati va bemor bilan muloqot san'ati
Shifokorninig nutq madaniyati va bemor bilan muloqot san'ati o'quv qo'llanma
-
Ingliz tili o‘qitish metodikasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Ushbu qo‘llanma ingliz tilini o‘qitish metodikasining nazariy va amaliy asoslarini yoritishga qaratilgan bo‘lib, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi. O‘quv qo‘llanmada chet tillarni o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi, zamonaviy kommunikativ yondashuvlar, til ko‘nikmalarini (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish) o‘qitishning psixologik, metodik va amaliy asoslari, shuningdek, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan interfaol usullar va texnologiyalar keng yoritilgan.
-
География тарихи
Китоб география фани тарихи билан қизиқувчи китобхонлар, ўқитувчилар, талабалар ва ўқувчиларга мўлжалланган.
-
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA PEDAGOGIK MAHORAT
0 ‘quv qo‘llanmada «Kadrlar tayoiiash milliy dasturi»dagi vazifalardan kelib chiqib oliy maktabda ta’lim jarayoni tahlil qilingan. Ta’limning mohiyati, tamoyillari va mazmuni asosiy nazariyalari ko‘rib chiqilgan. Oliy maktabda o'qishni tashkil qilish shakllari va metodlariga zamonaviy talablar hamda talabalaming bilim olish faoliyatlari o'rganiladi. Pedagogik texnologiyalar ilmiy-nazariy asoslariga alohida e’tibor qaratiladi, ishlab chiqilgan pedagogik texnologiyalar beriladi. Pedagogik texnologiyalarni amaliyotda aniq foydalanish o‘qituvchining pedagogik mahorati bilan bog‘lanadi. Pedagogik mahorat asoslari, o'qituvchining pedagogik faoliyati turlari, pedagogik munosabat va pedagogik madaniyat masalalari ochib beriladi. Oliy maktab magistraturasining barcha ixtisosliklari uchun tavsiya etilgan.
-
Menejmentga kirish
Mazkur o‘quv qo‘llanma “Menejmentga kirish” asoslarini tizimli va izchil ravishda yoritib beradi. “Menejmentga kirish” kursi doirasida menejmentning mohiyati, tashkilotni tizim sifatida anglash, boshqaruvning asosiy funksiyalari hamda usullarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, boshqaruv qarorlarini qabul qilish texnologiyalari, nizoli vaziyatlarda rahbarlik uslublari va boshqaruv jarayonining mazmun-mohiyati batafsil ifodalangan.
-
Matematik analiz (egri chiziqli integrallar, sirt integrallari va Furye qatori)
Mazkur qo‘llanma universitetning matematika, amaliy matematika va informatika hamda fizika yo‘nalishlari talabalari o‘quv rejalariga kiritilgan matematik analiz fani dasturlariga asosan berilgan mavzularni o‘z ichiga olgan. Unda matematik analiz fanining bir bo‘limiga oid mavzularning nazariy qismi berilib, ularga doir namuna sifatida misollar yechilib ko‘rsatilgan, o‘rganilganlik darajasini tekshirish uchun nazorat va test savollari berilgan hamda mustaqil yechish uchun misol va masalalar keltirilgan.
-
Iqtisodiy xavfsizlik
Bugungi kunda iqtisodiy xavfsizlik mamlakatimiz milliy xavfsizligining eng muhim elementlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Insonlarning hayotiy faoliyatlaridagi barqarorlik ko'p jihatdan iqtisodiyotdagi barqarorlikka bog'liq bo'ladi. Demak, makro darajada iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash xavfsizlikning barcha tizimlari asosiy elementi sifatida yuzaga chiqadi. Mazkur о'quv qо'llanma oliy ta‘lim muassasalarining iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bо'yicha) yо'nalishida tahsil olayotgan talabalar, ma‘ruza va amaliy mashg'ulotlar о'tib kelayotgan professor-о'qituvchilar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar uchun mо'ljallangan.
-
Noan’anaviy energiya manbalari va ulardan foydalanish
Mazkur o‘quv qo`llanma «Fizika» yo‘nalishi (kunduzgi)talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, o‘quv mashg‘ulotlarida foydalanishlari mumkin. Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi dasturlar asosida tuzilgan. Unda talabalar mavzular bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulot rejalari, darslarga tayyorlanish davomida faydalaniladigan ma’ruzalar matni, qo‘shimcha ma’lumotlar, zarur adabiyotlar ro‘yxati, nazorat savollari, tayanch tushunchalar, glossariy berilgan.
-
Cross-cultural communication etiquette.
Mazkur qo‘llanma “Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabalariga “Madaniyatlararo muloqot etiketi” fanidan turli madaniyatlar doirasida muloqot qilish qoidalarini o‘rgatishga mo’ljallangan maqsadli adabiyotdir. Ushbu qo‘llanmaning asosiy maqsadi Oliy ta’lim muassasalari talabalariga qo‘yiladigan malaka talablarining amaliyotga tadbiq etilish, oliy ta’lim muassasalardagi chet tillar ta’limi sifatini oshirishni ta’minlashga xizmat qilish, talabalarda ijtimoiy lingvistik kompetensiyani rivojlantirish, xususan, madaniyatlararo nutq madaniyati qonun-qoidalari bilan tanishtirish, ommaviy nutq jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar bilan tanishtirish va ularning samarali yechimlari hamda oldini olish usullari haqida ma’lumot berish, shu bilan birga, nutq jarayonida ishlatiladigan qo‘shimcha materiallarni tanlash kabilarni o‘z ichiga oladi.
-
Tanlangan sport turida ilmiy-uslubiy faoliyat (Taekvondo)
Mazkur o‘quv qo‘llanma taekvondo ixtisosligi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning nazariy bilimlarini kengaytirish, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda sport mahoratini bosqichma-bosqich rivojlantirish masalalari ilmiy asosda yoritilgan. Qo‘llanmada taekvondo mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish, bosqichma-bosqich rejalashtirish va yuklamalarni optimallashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar keltirilgan.
-
Fizikа va astronomiya o‘qitish metodikasi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma Fizika, bakalavriat yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan.Qo‘llanmada fizika va astronomiya fanlarini o‘qitishning nazariymetodik asoslari yoritilgan. Unda ushbu fanlarni o‘qitishning maqsadi va vazifalari, shuningdek, ta’lim jarayonida talabalarni ilmiy dunyoqarash va insonparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Qo‘llanma fizika va astronomiya didaktikasi sohasidagi zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlarini ham qamrab olgan. Unda fizik va astronomik tushunchalarni shakllantirish metodikasi, maktab fizika va astronomiya eksperimentlarini tashkil etish, masalalar yechishning samarali usullari hamda ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish metodlari batafsil bayon etilgan.
-
Python kutubxonalari
Ushbu o‘quv qo‘llanma Python dasturlash tilining eng mashhur va talab yuqori bo‘lgan kutubxonalarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, ular fan, texnika va axborot texnologiyalarining turli sohalarida qo‘llaniladi. Kitobda ma’lumotlar, tasvirlar, grafikalar, mashinali o‘qitish, vebilovalar yaratish, shuningdek, avtomatlashtirish va ko‘p oqimli (multithreading) ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatiga ega boʻlgan kutubxonalar haqida batafsil ma’lumot berilgan.
-
Karakalpak equivalents of english somatic phrasemes
The present book is designed for intermediate and upper-intermediate students of translation department of higher educational establishments. It introduces and practices approximately 500 somatic phraseological units using a variety of motivating and interesting exercise types. Readers can find some pragmatic somatic phraseological units of Karakalpak and English languages as well as their comprehensible definitions, translations and examples in both languages. At the back of the book there are answers to the exercises. Students will enjoy using this stimulating material both in the classroom and at home.
-
English for Sports and Physical Education.
Mazkur o‘quv qo‘llanma “Sport faoliyati” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, Xorijiy til (ingliz tili) fanidan nazariy va amaliy jihatdan foydalanishlari mumkin. Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi dasturlar asosida tuzilgan. Unda talaba mavzular bo‘yicha turli mavzularda muloqot qilish, matnlarni tahlil qilish, eshitish ko‘nikmalarini mustahkamlash va yozma ishlarni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar, tayanch tushunchalar, nazorat savollari, glossary berilgan.