-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Avtomatika. Hisoblash texnikasi
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Avtomatika. Hisoblash texnikasi
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Xalqaro biznes menejmenti (Kredit-modul bo‘yicha)
Ushbu o'quv qo'llanma oliy ta'limning «Biznes boshqaruvi (MBA)» ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan magistrant, talaba va tinglovchilarga, bojxona organlari uchun boshlang'ich tayyorlash kurslarida ta'lim olayotgan tinglovchilar hamda o'z malakasini oshirayotgan xodimlar uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmada xalqaro biznes menejmenti fanining zamonaviy sharoitdagi roli, boshqaruvga oid bilimlar, tashkilotlarni boshqarish modellari va boshqa dolzarb masalalar yoritib berilgan.
-
Investitsiya loyihalari tahlili
Ushbu o'quv qo'llanmada loyihalarning mohiyati va ularni tayyorlash, loyiha tahlili kontseptsiyasi, loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholashning uslubiy asoslari va usullari, loyihalarni tahlil qilishning turli jihatlari yoritilgan. Shuningdek, loyihalarning tavakkal xavfini baholash, ekologik, institutsional, ijtimoiy va makroiqtisodiy yondashuvlarga alohida e'tibor qaratilgan.
-
Loyihalarni boshqarish
Mazkur o'quv qo'llanmada «Loyihalarni boshqarish» fanining mazmuni, mohiyati, asosiy prinsiplari hamda uning o'ziga xos xususiyatlari, tarkibiy qismlari, texnologiyasi va funksiyalari yoritilgan. Shuningdek, loyihalarni boshqarishning tashkiliy mexanizmi, iqtisodiy-matematik usul va modellardan foydalanish sohalari, loyiha jamoasini boshqarish hamda mavjud muammolar va ularni hal qilish yo'llari ko'rib chiqilgan. Qo'llanma oliy ta'lim muassasalari talabalari va mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
-
Infratuzilma iqtisodiyoti
Ushbu o'quv qo'llanmada infratuzilmaning mohiyati, ahamiyat, vazifalari, turkumlanishi va ijtimoiy – iqtisodiy ishlab chiqarish uchun normal shart-sharoitlarni ta'minlovchi tarmoq sifatida batafsil yoritib berilgan. Mamlakatda iqtisodiyotni rivojlantirish va makroiqtisodiy barqarorlik ta'minlashga erishishda infratuzilma tarmoqlarining rivojlanishi va takomillashuvi zarur ekanligi ko'rsatib berilgan. Oliy ta'lim muassasalarining iqtisodiyot ta'lim yo'nalishlari bakalavr talabalari, infratuzilma
-
Bozor infratuzilmasi nazariyasi
Mazkur o'quv qo'llanmada bozor infratuzilmasi nazariyasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, uning tarkibiy qismlari, turlari va vazifalari yoritilgan. Shuningdek, O'zbekistonda bozor infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish xususiyatlari, shuningdek bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilingan.
-
Personal motivatsiyasi
O'quv qo'llanmada insonlarni bir jamoa maqsadiga jalb etish, belgilangan maqsadga erishish va o'zaro ishonchli munosabatlarni shakllantirish orqali yuqori darajadagi personal motivatsiyasiga erishishning nazariy-amaliy tomonlari yoritilgan. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida kadrlar menejmenti va xodimlarni rag'batlantirish tizimini takomillashtirish masalalari ko'rib chiqilgan.
-
Mehnat resurslarini boshqarish
Mazkur o'quv qo'llanmada mehnat resurslarini boshqarishning nazariy asoslari, mehnat resurslarining takror barpo bo'lishi, aholining ish bilan bandligi va ishsizligi, mehnat bozorini tartibga solish va boshqarish, mehnat resurslari balansini tuzish uslubiyoti, korxonalarda xodimlarni boshqarish strategiyasi va taktikasining mohiyati yoritilgan.
-
Sun'iy intellekt: zamonaviy yondashuv
Mazkur qo'llanma sun'iy intellekt, mashinaviy o'qitish va ma'lumotlar ilmidagi asosiy tushunchalarga bag'ishlangan. Kitobda sun'iy intellektning asoslari, tarixi, evolutsiyasi, mashinaviy o'qitish turlari, Big Data hamda zamonaviy dunyodagi qo'llanilish sohalari keng yoritib berilgan.
-
Statistika nazariyasi
O'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalari iqtisodiy yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, statistika nazariyasining predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati, statistik ko'rsatkichlar, tanlama kuzatish, korrelyatsion va regression tahlil hamda dinamika qatorlari kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
-
Kadrlar menejmentining huquqiy asoslari
Ushbu o'quv qo'llanmada mehnatga oid munosabatlarning subyektlari, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, mehnat shartnomasini tuzish, o'zgartirish va bekor qilish, ish vaqti, ta’tillar, moddiy javobgarlik, imtiyozlar, mehnat nizolari va pensiya ta’minoti kabi mavzular bayon etilgan. Qo'llanma Oliy ta'lim muassasalari talabalari, mutaxassislar va tadqiqotchilarga mo'ljallangan.
-
Banklarda buxgalteriya hisobi fanidan masalalar to‘plami
Mazkur o‘quv qo‘llanma tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari, bank operatsiyalarini birlamchi hujjatlarda rasmiylashtirish va hisobotlarda aks ettirish tartiblarini yoritadi. Qo‘llanma bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
-
Sun'iy intellekt: zamonaviy yondashuv
Mazkur qo'llanma sun'iy intellekt, mashinaviy o'qitish va ma'lumotlar ilmidagi asosiy tushunchalarga bag'ishlangan. Kitobda sun'iy intellektning tarixi, falsafiy va mantiqiy asoslari, mashinaviy o'qitish turlari, Big Data hamda zamonaviy dunyodagi qo'llanish sohalari keng yoritib berilgan.
-
Audit (I qism). O'quv qo'llanma
Ushbu o'quv qo'llanma bakalavriat ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, ushbu I qismda «Audit» fanining nazariy asoslari bayon qilingan. Ushbu qismda auditorlik faoliyatining tashkiliy va huquqiy asoslari, audit standartlari, auditorlik faoliyatini rejalashtirish, muhimlik va tavakkalchilik darajasini aniqlashtirish va boshqa shu kabi mavzular yoritib berilgan.
-
Inson kapitali iqtisodiyoti (Kredit-modul bo'yicha)
Mazkur o'quv qo'llanmada inson kapitali nazariyasi, inson kapitalini iqtisodiy samaradorligini baholash usullari, milliy inson kapitalini rivojlantirish yo'nalish va bosqichlari, inson kapitalini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi hamda O'zbekistonda milliy inson kapitalini rivojlantirish tendensiyalari yoritilgan.
-
Demografiya
O'quv qo'llanmada demografiyaning nazariy asoslari, demografik jarayonlar, aholi soni, tarkibi, mexanik harakati va uni o'rganish usullari ko'riladi, shuningdek, dunyoda va O'zbekistondagi holati tahlil etiladi. Aholi takror barpo bo'lishi bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish o'rtasidagi bog'liqlik, asosiy demografik jarayonlarning rivojlanishini baholash, jamiyat tarkibida migratsiya, nikoh va oila masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.
-
Рекрутмент
Ушбу ўқув қўлланма меҳнат муносабатлари барча субъектларининг инсон ресурсларига бўлган эҳтиёжини қондиришда малакали кадрларга бўлган талаб ва таклифни энг мақбул даражага етказиш учун муносиб кадрларни танлаш, саралаш ва ёллаш (рекрутмент)нинг инновацион технологиялари асосида амалий натижага эришишни таъминлайди. Қўлланма талабаларга кадрларни танлаш ва баҳолаш технологиялари соҳасида рекрутментнинг маҳаллий ва хорижий тажрибалари асосида назарий билимлар ҳамда амалиётга татбиқ этиш кўникмаси