-
Sutchilik ishi
0`quv qo`llanmada mamlakatimizda sutchilik ishining ahvoli, rivojlanish istiqbollari, sut, uning tarkibi va xossalari, sutni sog`ib olish va unga fermer xo`jaligida dastlabki ishlov berish, ichimlik suti, nordon sut mahsulotlari, saryog, pishloq, sut konservalari, quruq sut ishlab chiqarish jarayonlari bayon qilingan. Shuningdek, fermer xo`jaligida sutchilik xo`jaligining tashkiliy masalalari o`z aksini topgan.
-
Elektrpodstansiyalar.
Mazkur kitob «Konakt tarmog‘i va tortuvchi podstansiyalari elektr uskunalaridan foydalanish va ta’mirlash» yo‘nalishi bo‘yicha kollejlar uchun o‘quv qodlanma sifatida yozilgan.Kitobda 0 ‘zbekiston temir yo‘l transportida elektr energetikasining ahamiyati va elektr tizimlari, izolatorlar hamda tok o‘tkazuvchi qismlar, quvvat va o ‘lchov transform atorlari, taqsimlash qurilmalarining kommutatsiya va himoya uskunalari, transformator podstansiyalari, qisqa tutashuv va rele himoyasi, shuningdek, o‘z ehtiyoj iste’moli masalalari yoritilgan.
-
Analitik kimyo
“Analitik kimyo” fani turli murakkab obyektlar (suv, tuproq, havo, qotishmalar, geologik, biologik, atrof-muhit obyektlari va hok.) analizini amalga oshirishni o’rganadi
-
AMALIY OTORINOLARINGOLOGIYA
Olquv qo‘llanmada LOR a’zolarining patologiyasida va boshqa a’zolar hamda sistemalarda uchrashi mumkin bo‘lgan kasalliklarning asosiy simptomlari, qiyosiy tashxislash, davolash taktikasi va birinchi yordamning asosiy tamoyillari bayon qilinadi. Umumiy amaliyot vrachi bularni o‘tkazishni bilishi, shuningdek u amaliy ko‘nikmalarni, profilaktik va reabilitatsion tadbirlarni bajara olishi kerak. Jumladan, darslikning birinchi qismida muallif birinchi marotaba 0‘zbekistonda otorinolaringologiya fani rivojlanishining qisqacha tarixini yoritishga intildi va ushbu soha shakllanishining eng muhim tomonlarini aks ettirdi. Ikkinchi qismida LOR a’zolarining klinik anatomiyasi va fiziologiyasi bayon etilgan.
-
IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA ISHLARINI KOMPLEKS MEXANIZATSIYALASH
O`quv qo`llanma 5450300 “Suv xo`jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ta’lim yo`nalishi talabalari va magistrantlar uchun mo`ljallangan fan dasturiga muvofiq tuzilgan va amaldagi zax qochirish, sug`orish tizimlarini ta’mirlash-tiklash, yangilarini qurish ishlarini kompleks mexanizatsiyalash uchun meliorativ va qurilish mashinalarini tanlash, parki tarkibini shakllantirish, yangilab borish bo`yicha bilimlar, malaka ko`nikmalarini hosil qilishga, O`zbekistonda soha bo`yicha amalga oshirilayotgan islohotlar yo`nalishlari va erishilgan natijalari bilan hamda irrigatsiya va melioratsiya ishlarini kompleks mexanizatsiyalash sohasida xorijda erishilgan yutuqlar, ilg`or tajribalar bilan tanishtirishga,ularni amalda qo`llash ko`nikmalarini shakllantirishga mo`ljallangan.
-
English for the Pharmaceutical lndustry
English for the PharmaceuticIanld ustryh asb eens pecificalldye velopefdo r peoplew hon eedt o communicateef fectiveliyn Englishin the pharmaceuticianId ustryT. heb ookw ill equipl earnerws ith the linguistics kills ands pecialisvto cabularnye cessartyo understandda ilys ituationsin a work environment.
-
-
Kristallokimyo
Ушбу фан модданинг структураси (тузилиши) тўғрисидаги умумий қарашларни шакллантирадиган ва кристалл тузилишидаги моддаларнинг муҳим синфлари, кристаллари шаклларини аниқлаш, уларнинг қандай физик кимёвий хоссаларни намоён қилиши каби масалаларни қамраб олади. Магистрант томонидан фанни ўзлаштириш орқали олган билимлари дунёнинг замонавий физикавий кўриниши, бизни ўраб турган оламни ва табиат ходисаларини тушунишдаги модданинг тузилиши асосий ўрин тутиши тўғрисидаги хулосаларини мустаҳкамлайди
-
AMALIY va BADIIY bezak san‘ati
O‘quv qo‘llanmada amaliy va badiiy bezak san'ati haqida dastlabki ma'umotlar, amaliy va badiiy bezak san'ati fanining predmeti, plakat shriftini yozishni o‘rganish va uni rangda bajarish, namuna asosida harflar va sonlarni yozish hamda rangda bo‘yash, murakkab reklama harflari asosida to‘liq alfavit va sonlarni yozish, rangda bo‘yash, yozuv kompozitsiyasi — e'lon, shior, tabrik matni kabi yozuvlarni yozishni o‘rganish, oddiy naqsh namunalarini chizish, boyash va pardozlash (1–10 gullar), hajmli buyumlar (o‘yinchoq, kubok, yodgorlik, esdalik buyumlari va h.k.), rangshunoslikka oid turli mashqlar bajarish kabi ko‘plab mavzular nazariy va amaliy jihatdan bayon qilingan.
-
SUV TEJAMKOR SUG’ORISH TEXNOLOGIYALARI
O‘quv qo‘llanmada qishloq ho‘jaligi tashkiliy tadbirlarini amalga oshirishni takomillashtirish, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarida kuzatish tadbirlari, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, sho‘r yuvishni tashkil etish, sug‘orish usullari va ularni rayonlashtirish, O‘zbekiston Respublikasida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish dasturi to‘g‘risida to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan.
-
Бионоорганик кимёнинг долзарб муаммолари
Ушбу фан дастур- бионоорганик, аналитик ва физ-коллоид кимёнинг асосий булимларини ўз ичига олиб, “Бионоорганик кимёнинг долзарб муаммолари” фани деб номлнади ва барча олий укув юртлари талабаларига одам организмида кечадиган жараёнларнинг физик-кимёвий мохиятини ва уларнинг механизмини молекула ва хужайра даражасида тушуниб етиш учун зарур булган билимларни эгаллаб олишга имконият яратади
-
Noorganik kimyo
Ушбу фан кимёвий элементлар ва улар бирикмаларининг тузилиши, хоссалари ҳақидаги фундаментал билимларни қамраб олган холда, талабаларга кимёвий элементлар хоссаларини даврий қонун ва даврий системаси асосида модда тузилишининг ҳозирги замон маълумоларига суянган ҳолда, назарий кимё тушунчаларини қўллаб тушунтиришдан иборат бўлади. Ноорганик кимё фани умумкасбий фанлар блокига киритилган курс ҳисобланиб, 1-курсда ўқитилиши мақсадга мувофиқ. Ноорганик кимё фани табиий фанлар туркумига киради ва барча бакалавриат таълим йўналишларида ўқитилади
-
Kimyo
Kimyo atom hamda moddalarning tuzilishi, ularning fizik – kimyoviy xossalarini o‘z ichiga olga kimyoviy fanlarning eng asosiysidir. Hozirgi zamon ma’lumotlaridan foydalanib, davriy qonun va davriy sistema asosida kimyoviy elementlar, ular birikmalarining xossalarini tushuntirib berish va bashorat qila bilishni o‘rgatishdan iborat.
-
Rangtasvir : o`quv qo`llanma
O‘quv qo'llanma oliy o'quv yurti kredit-modul tizimida taxsil olayotgan talabalami rangtasvirfanining nazariy hamda amaliy asoslari bilan chuqur tanishtiradi.
-
-
Физикавий ва коллоид кимё
Ҳозирги замон Дисперс системалар кимёсини асосий муаммоларини хал қилишда, коллоид-кимёвий қонуниятларни ўрганиб, мутахассис кўз ўнгида дисперс системалар ҳақида тушунча ва тасаввурлар физик-кимёвий фанларнинг улкан ва мустақил сохаси эканлиги намоён бўлади. Дисперс системалар кимёси курси дисперс системалар ва сирт қаватда содир бўладиган ходисаларнинг физикавий-кимёсига оид фан бўлиб, талабаларни моддаларнинг дисперс системалардаги сирт хоссаларининг ўзига хос қонунлари ҳақидаги таълимот билан таништиради.