-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Umr karvoni
XX asr jahon adabiyotining zabardast namoyandalaridan biri, mashhur avar shoiri, davlat va jamoat arbobi Rasul Hamzatov 1923 yilda Dog'iston Respublikasi Xunzax tumanidagi "shoirlar ovuli" bo'lmish Sadada Xalq shoiri Hamzat Sadasa xonadonida tug'ilgan. Besh yoshida ovuldagi maktabga boradi. O'n olti yoshida Bo'ynoq pedagogika bilim yurtini tugatib, 1940-1945 yillar mobaynida avval maktab o'qituvchisi bo'ladi, keyin teatrda suflyor bo'lib ishlaydi, avar sayyor teatri o'rinbosari sifatida butun Dog'istonni aylanib chiqadi. Respublika gazetasi va radiosida adabiy xodim sigatida xizmat qiladi.
-
Umrim guli
Мирзо Голиб жахон адабиётининг забардаст сиймоларидан х,исобланади. Унинг номи ва асарлари Узбскисгонда х.ам машхур. Узбек тилида шоирнинг «Шайдо» (1965) ва «Газаллар» (1975) китоблари чоп этилган. Ушбу туплам х.инд услуби намояндаси булган узига хос суз санъаткорининг бир неча авлод таржимонлар томонидан узбек тилига таржима килинган асарлариии уз ичига олади.
-
Umrki, bir sinoat
Abdumutal Abdullaev 1949 yil 12 mayda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani Ko‘tarma qishlog‘ida tug‘ilgan. 1956-1966 yillarda Xo‘jaobod tumanidagi o‘rta maktabda o‘qigan. 1971 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini “Andijonnoma” (sobiq “Kommunist”) gazetasida boshlagan. 1975-1980 yillar mobaynida Respublika “Qishloq hayoti” (sobiq “Qishloq haqiqati”) gazetasining Farg‘ona vodiysi bo‘yicha muxbiri, 1980-1982 yillarda Andijon viloyati firqa qo‘mitasida matbuot yo‘riqchisi, 1982 yildan “Andijonnoma” gazetasi bosh muharririning o‘rinbosari, 1990 yildan bosh muharrir, 1996 yildan bosh muharrirning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2012 yildan 2016 yilga qadar bosh muharrir vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Andijon viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili. 1991 yili O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.
-
Hayot hikmati
Mashhur fors-tojik shoiri, adibi va mutafakkiri Muslihiddin Sa’diy Sheroziy 1203 yili Sheroz shahrida tug‘ilgan. Otasi Sheroz otabegi Sa’d binni Zangiyning mulozimlaridan bo‘lgan. Lekin u 10—11 yoshlarida otadan yetim qoladi. Saroy tomonidan nafaqa tayinlangan bo‘lsa-da, oilaning moddiy ahvoli og‘ir edi. Mayda savdogarchilik bilan shug‘ullangan akasining ham bozori tezda kasod bo‘ladi. Shunga qaramay, bilimga chanqoq Muslihiddin boshlang‘ich ma’lumotni tug‘ilgan shahri Sherozda olgach, tahsilni davom ettirish uchun xalifalik poytaxti, o‘sha davrning eng yirik ilm va madaniyat markazi bo‘lgan Bag‘dodga boradi. Dongdor «Nizomiya» va «Mustansiriya» madrasalarida kalom, fiqh, tafsir ilmlari, arab tili sarfu nahfi, arab va fors adabiyoti, Sharq falsafasi, tarix, mantiq, tib xamda boshqa tabiiy va aniq fanlarni o‘rganadi. Taniqli tasavvuf olimi va faylasuf adib Shahobiddin Suhravardiy hamda yirik ilohiyot allomasi Abulfaraj Abdurahmon ibn Javziy qo‘lida tahsil oladi.
-
Hushtakni kim chaldi
Ahmadjon Meliboyev 1946-yil 23-mart Qirg‘izistonning Olabuqa tumanida tug‘ilgan. Uning "Bir zaminda yashaymiz", "Umidli dunyo", "Yolg'iz yashab bo'lmaydi", "Hushtakni kim haladi?", "Xotin yo'g'ida", "Torning ho'mihdan farqi", "Umr uchar yulduz", "Qirq beshinchi bekat", "Suvora sog'inchi", "Safed Bulon hikoyalari" kabi kitoblari chop etilgan. Hushtakni kim chaldi? to'plami o'quvchini fikrlashga, mulohaza yuritishga undaydi.
-
Мафтункор сиртмоқ
Ушбу китобда келтирилган ҳаётий воқеалар ўйлаймизки, сизни бефарқ қолдиргани йўқ, яхши сабоқ олдингиз. Аслида бизнинг ниятимиз ҳам сизга гиёҳвандликнинг чиркин иллатини кўрсатиб, сизда ундан ҳазар қилиш туёғусини уйғотиш эди. Сиз ўзингиз гиёҳвандликка яқинлашмасангиз, соғлом турмушга чорласангиз, биз эзгу ниятимизга етган бўламиз.
-
Yurt qo'shiqlari
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist Ra'no Zaripova uzoq yillarda buyon respublikamiz davriy nashrlarda o'zining dolzarb muammolarga bag'ishlangan maqolalari,tanqidiy-tahliliy maqolalaribilan adabiy jamoatchilikka yaxshi tanish.Ushbu kitobni o'qib biz bilan yonma -yon mehnat qilayotgan, moddiy va ma'naviy boylik yaratayotgan kishilarimizning semazmun hayoti, tinimsiz mehnat kunlari haqida tasavvuringiz boyidi.
-
Ўқинг ҳамда ибрат олинг. 2 - китоб
Атрофимизда қалб кўзимизни очадиган, тафаккуримизга туртки берадиган воқеа-ҳодисалар бисёр. Фақат унга ибрат назари билан боқсак бас. Истеъдодли олим, нозиктаъб шоир Илҳом Қаҳҳаров тасниф этган ушбу китобни ўқиб, ибратланиш бахти барчамизга насиб этган.
-
Шеърлар
Бу тўпламда Нодира ғазалларининг асосий мазмуни инсонпарварлик, муҳаббат ва садоқатни улуғлашни баён қилган. Нодира XIX асрнинг биринчи ярмида Қўқонда яшаган ва ижод этган талантли шоиралардандир. Нодира шеърлари ўзининг юксак бадиийлиги ва чуқур мазмундорлиги билан ажралиб туради.
-
Andijonnoma
Qo'lingizdagi ushbu kitobga muhtaram adibimizningkeyingi yillarda yozgan mag'zi to'la g'azallari, dilbar qo'shiqlari, shunongdek, avval e'lon qilingan ba'zi she'rlari ham kiritilgan.O'ylaymizki,otaxon adibimizning sizga aytadigan gaplari bor.Keling, birgalashib mutolaa qilaylik.
-
Ўқинг ҳамда ибрат олинг. 1- китоб
Атрофимизда қалб кўзимизни очадиган, тафаккуримизга туртки берадиган воқеа-ҳодисалар бисёр. Фақат унга ибрат назари билан боқсак бас. Истеъдодли олим, нозиктаъб шоир Илҳом Қаҳҳаров тасниф этган ушбу китобни ўқиб, ибратланиш бахти барчамизга насиб этган.
-
Анна Каренина. Биринчи китоб
Бадиий адабиётда муҳаббат мавзусида ёзилган асарлар қанчалик кўп бўлмасин, уларнинг ҳеч бирида тақдирлар, қисматлар, фожеалар, ўйлар, қарашлар бир-бирини такрорламайди. Навоийнинг Лайлиси-ю Мажнуни, Шекспирнинг Отеллоси-ю Дездемонаси, Кнут Гамсуннинг Эдвардаси, Чингиз Айтматовнинг Жамиласи... Лев Толстойнинг Анна Каренинаси ҳам ҳақли равишда мана шундай асар қаҳрамонлари сафида турадики, адиб ижодига ошно бўлган ҳар бир китобхон буни яхши англайди.
-
Zo'raki nikoh
Jahonning nomdor yozuvchilari bitgan ushbu hikoyalar to'plamida ayol qalbi, hayoti, baxti, sevinchlari, armonlari, uning o'ziga xos xarakteri teran talqin etilgan.Siz ularni birma-bir o'qib chiqar ekansiz, qizg'in hayot nafasi ufurib turgan hikoyalardan to'qinlanasiz, xayratga tushasiz va ibrat olasiz.
-
Yo'lbars terisini yopingan pahlavon
O’rta asr gruzin adabiyotining buyuk namoyandasi Shota Rustavelining hayoti va ijodi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Faqat uning bizgacha yetib kelgan «Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon» nomli genial asarining kirish qismida aytilishicha, bu kitobni Shota Rustaveli gruzin malikalaridan Tamaraga bag‘ishlagan. Shu asosda buyuk shoirning XII asrdayashab ijod etganligini aniqlash mumkin.
-
Абу Муслим жангномаси. Халқ китоблари. Достони Абу Муслим Соҳибқирон
Бу китобда халқ ижодиётидан бўлмиш Абу Муслим жангномаси ҳақида келтирилган бўлиб, Умммайрийлар даврида муворауннаҳрда рўй берган воқеаплар келтирилган.
-
Kunduz sarhadlari
Iste'dodli shoir Bahrom Ro'zimuhammad Sharq va G'arb she'riyatini yaxshi tushunadigan ijodkor.Mazkur saylanma ijodkorning eng mukammal she'riy asarlari,hozirgi zamon olmon she'riyatidan tarjimalar,shuningdek,adabiy-tanqidiy maqolalar jamlandi.Ular yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy qarashlarini rivojlantirishda, estetik didlarini o'stirishda muhim ahamiyat kasb etadi.